Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin


Sanoat mahsulotining tasniflanishi



Yüklə 1,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/100
tarix28.11.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#135423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish

3. Sanoat mahsulotining tasniflanishi
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida mahsulot sifatini baholash 
uchun ilmiy - uslubiy ta’minlash, ishlab chiqaruvchi va iste’molchi 
orasidagi munosabatlar mol - pul xususiyatlariga deyarli mos 
kelishi lozim. Buning uchun ushbu kompleks masalalarni hal qilish 
lozim bo‘ladi:
• Har taraflama mahsulot sifatini tavsiflovchi xossalami va 
ko‘rsatkichlarni ajratib olib, me’yoriy hujjatlarda mahsulotni va 
uning sifatini baholash natijasida xolisona ifodalash;
• 
0
‘zaro bog‘langan sifat, miqdor va iste’moldagi narxlarni 
e’tiborga olgan holda ishlab chiqaruvchi, tayyorlovchi va 
iste’molchilarning turli bosqichlarda birgalikdagi mahsulot sifatini 
xolisona baholash;
• Mahsulot sifati hamda “sifat halqasi”ning har bir bosqichida- 
gi uning texnikaviy darajasi va raqobatbardoshligi haqida hamma 
zarur xolisona amaliy ma’lumotlarni olish.
Mahsulot sifatining ko‘rsatkichlari nomenklaturasining tanlab 
olishni asoslash quyidagilarni inobatga olgan holda amalga 
oshiriladi:
• Mahsulotning ishlatilishidagi sharoitlarni va vazifasini;
• Iste’molchilar talablarining tahlilini;
• Mahsulot sifatini tavsiflanuvchi tarkibini va tuzilishini;
• Sifat ko‘rsatkichlariga bo‘lgan asosiy talablarni.
Mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillarni to‘rt toifaga bo‘lish
mumkin:
1. Texnikaviy;
2
.Tashkiliy;
3.Iqtisodiy;
4.Ijtimoiy.
Texnikaviy omillarga uskunalarning jihozlanish, asboblarning 
hamda nazorat vositalarning, texnikaviy hujjatlaming holati; 
dastlabki materiallar, yarimfabrikatlarning sifati va shunga 
o‘xshashlar kiradi.
Tashkiliy omillarga rejalik, bir maromda ishlash, texnikaviy 
xizmat va uskunalarni ta’mirlash; materiallar, komplektlanuvchi 
buyumlar jihozlanishi, asboblarning texnikaviy hujjatlar va nazorat
9


vositalari bilan ta’minlashganligi, ishlab chiqarish madaniyati, 
mehnatni ilmiy asosda tashkil etish; ovqatlanish, ish vaqtida dam 
olishni tashkil etish va boshqalar kiradi.
Iqtisodiy omillarga mehnatga haq to‘lash shakllari, oylik 
maoshning miqdori; yuqori sifatli mahsulotni va ishni moddiy 
rag‘batlantirish, mahsulotning yaroqsizligi uchun oylik maoshidan 
ushlab qolish, sifat darajasi, tannarxi, mahsulotning bahosi va 
shunga o‘xshashlar kiradi.
Ijtimoiy omillarga kadrlar tanlash va joy - joyiga qo‘yish, 
malaka oshirishni tashkil qilish, ilmiy - texnikaviy ijodni, ijodkorlik 
va ixtirochilikni 
tashkil 
etish, 
turmush sharoitlari, 
o‘zaro 
munosabatlar, jamoadagi psixologik iqlim va tarbiyaviy ishlar 
kiradi.
Mahsulot sifatining tashkil topishi uning hamma hayotiy 
bosqichlarida - tadqiqot va loyihalash ishlarida, ishlab chiqarishda; 
muomalada; iste’moldayoki ishlatilishida namoyon bo‘ladi.
Tadqiqot 
va 
loyihalash 
ishlari 
mahsulotning 
sifatini 
oshirilishida belgilovchi o‘rinni egallaydi. Bu bosqich sifatni tashkil 
topishining boshlanishi hisoblanib, bunga ilmiy - texnika 
taraqqiyotining qo‘llanishi natijasida hamda me’yoriy hujjatlarni 
mahsulot ishlab chiqarish uchun uni muomalada iste’molga yoki 
ishlatilishiga belgilangan iqtisodiy ko‘rsatkichlariga rioya qilgan 
holda tayyorlash natijasida erishiladi [3].
Bu bosqich quyidagi tadbirlarda amalga oshiriladi:
• andozalar, sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan namunalarga 
yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot, tajriba - konstruktorlik va boshqa 
ishlarni bajarish;
• 
me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy qilish;
• standartlarga rioya qilinishida o‘z-o‘zini nazorat qilishni 
amalga oshirish;
• mahsulot sifatining darajasini istiqbollash va me’yorlash.
• Mahsulot sifatini rejalangan darajasiga erishish, turli 
usullarni tayyorlash choralarini joriy qilish, sinash va nazoratga 
yo‘naltirilgan konstruktorlik va texnologik tadbirlarni ishlab 
chiqish;
• Bizda va xorijda chiqarilayotgan shu xildagi mahsulot sifati 
haqidagi axborotni tahlil qilish;
10


• Mahsulot sifatining ko‘rsatkichlarini va shuningdek sifat 
darajasini baholashni tasniflash va aniqlash.
Mahsulot sifatini boshqarish tizimlari 
ishlab 
chiqarish 
bosqichida texnikaviy darajaning rivojlanishini doimo yuqori 
sur’atlarda bo‘lishini ta’minlaydi. Murakkab va mas’uliyatli 
buyumlar uchun ishlab chiqarish sifatini boshqarish jarayonida 
maxsus ish rejalari tuziladi.
Maxsus 
konstruktorlik 
ilmiy-tadqiqot 
yoki 
loyihalash 
institutlarida, sanoat korxonalarida konstruktorlik texnologik bo‘lim 
(byuro) larda yangi mahsulot namunalarni ishlab chiqish mumkin. 
Bunda asosiy e’tibor ushbu buyum namunasi haqiqatan yangi 
bo‘lishiligigayoki ishlab chiqarishidagi buyumlarni takomillashgan- 
ligiga qaratiladi.
Mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlash bosqichida optimal 
texnologik jarayonlarni tanlash qiyin va mas’uliyatli vazifa, chunki 
bu bosqichda doimiy texnologiyaning qiyinlashish hamda ishlab 
chiqarishning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash zaruriyati 
bo‘ladi. 
Tayyorlash 
bosqichida 
mahsulot 
sifatini 
oshirish 
korxonaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Mahsulotni ishlab chiqarish bosqichida esa quyidagi tadbirlar 
amalga oshirilishi mo‘ljallanadi:
• Mahsulotni bevosita tayyorlash;
Uskunalarning, jihozlarning, nazorat o‘lchash texnikasining 
sifatini kerakli darajada bo‘lishini ta’minlash va nazorat qilish;
• Mahsulot sifatini oshirish, yaroqsizlikning oldini olish, 
me’yoriy hujjatlarga mos kelmaydigan mahsulot ishlab chiqarish 
sabablarini bartaraf qilish tadbirlarini tayyorlash va amalga oshirish;
• M e’yoriy hujjatlarni joriy qilish va ularga qat’iy rioya qilish;
• Korxonaga tushayotgan xomashyoning, materiallarning, 
yarimfabrikatlarning va komplektlanuvchi buyumlarning kirishdagi 
nazoratini o‘rnatish;
• Chiqarilayotgan mahsulotning ish bajarishdagi, qabuldagi va 
sinashdagi nazoratini o‘rnatish;
• Tekshiruvchan nazoratga, me’yoriy hujjatlarga rioya qilish;
• Ishlatish bosqichidagi mahsulotning sifati haqidagi axborotni 
yig‘ish va to‘plash, uning yaroqsizligini, u haqidagi shikoyatlarni 
hisobga olish va tahlil qilish;
11


• Xomashyo, materiallar, yarimfabrikatlar, komplektlanuvchi 
buyumlarni va tayyor mahsulotni omborlarda, korxona ichidagi 
transportlarda me’yoriy hujjatlaming talablariga binoan olib 
yurilishini ta’minlash va nazorat qilish;
• Belgilangan sifat darajasidagi mahsulotni ishlab chiqarishda 
korxonaning xodimlarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish.
Ishlab chiqarish birlashmalarida, korxonalarda ishlab chiqarish 
bosqichida belgilangan maqsadlarga va vazifalarga erishishni 
mahsulot sifatini boshqarish tizimlari ta’minlaydi.
Muomala 
va 
savdo-sotiq 
bosqichlarida 
boshqarishning 
yo‘nalishi mahsulotni saqlashga, transport tashishga, sotishga 
belgilangan rejali topshiriqlarga, standartlarga va texnikaviy 
shartlarga binoan kerakli sharoitlarni yaratishga qaratilgan bo‘ladi.
Mahsulotni transportlarda tashishda ortish va tushirish 
qoidalariga rioya etilishi ko‘zda tutiladi.
Tayyor mahsulotning omborlarda saqlanishida issiqlik va 
boshqa noqulay ta’sirlaridan saqlanish zarur. Bu bosqichda tayyor 
mahsulotning 
sifati 
yuqori 
ravishda 
saqlanishi 
lozim 
va 
iste’molchiga belgilangan sifat ko‘rsatkichlarida yetkazilishini sifat 
boshqarish tizimlari ta’minlaydi.
Bu maqsadlarga erishish uchun korxona - tayyorlovchi 
quyidagi tadbirlarni amalga oshiradi:
• Iste’molchidagi buyumlaming ishlatilishini va saqlanishini 
va uni iste’molchi ehtiyojlarini mos kelish darajasi haqidagi 
ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash va tahlil qilish;
• Iste’molchilarni ishlatilishdagi va ta’mirlashdagi kerakli 
hujjatlar bilan ta’minlash;
• Buyumlarning kafolatli ta’mirini bajarish;
• Iste’molchilarni 
ehtiyot 
qismlar, 
asboblar 
va 
ishlab 
chiqarilgan buyumlarga tegishli narsalar bilan ta’minlash.
Sifatni har taraflama o‘z ichiga oluvchi, uning hamma 
tomonlarini ta’minlovchi hamda mahsulotning barcha hayotiy 
bosqichlarini qamrab oluvchi faoliyat sifat tizimlarini bildiradi. 
Sifatli ish marketing (bozor tahlili va savdo - sotiq ishlari) 
sohasidan boshlanib, mahsulotning ishlatilishidan hosil bo‘ladigan 
chiqindilardan foydalanish bosqichi bilan yakunlanadi. 
Bu
12


bosqichlarning yig‘indisini sifat halqasi (petlya kachestva) deb 
atalib, uning ta’rifi esa yuqori da keltirilgan.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə