Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin



Yüklə 1,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/100
tarix28.11.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#135423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish

4. Mahsulotning sifatini baholash
Sifat tizimlarida mahsulot sifatini baholashning uslubiy 
asoslariga, ayniqsa, mahsulotni majburiy va ixtiyoriy sertifikatlash- 
tirishda alohida talablar qo‘yiladi, bunda quyidagilar deyarli to‘liq 
ta’minlanadi;
• Mahsulotning iste’moldagi hamma xossalarining kompleks 
tahlil va xolisona baholanishi, xavfsizliligi va ekologikligi namoyon 
bo‘lish imkoniyati;
• Keltirilgan baholanishga asoslanib, iste’molchi tomonidan 
mahsulotning ishlatilishdagi va ekologikligidagi xavfdan hamda 
mahsulot va uning sifatini (amaldagi bozor sharoitida) noto‘g‘ri 
baholanish xavfidan ijtimoiy himoya qilishga zamin yaratish.
Mahsulot sifatining darajasi baholanishining asosiy maqsadi;
• Yangi mahsulot turlarining parametrlarini asoslash;
• Mahsulotni, standartlarini, texnikaviy shartlarni ishlab 
chiqishda texnikaviy topshiriqlar tayyorlash hamda yangi mahsulot 
uchun uning texnikaviy darajasi kartalarini tuzish;
• Ishlab chiqariluvchi mahsulotning sinov natijalariga qarab 
qaror qabul qilish;
• Mahsulotni ta’mirlash bo‘yicha qaror qabul qilish;
• Mahsulotni bozorda yetarlicha qadrlanishiga va arziydigan 
bahoda sotilishiga zamin yaratish.
Mahsulot sifatining darajasini baholashda turli usullardan 
foydalaniladi: differensial, kompleks, aralashgan va statistik usullar.
Differensial usul 
deb, mahsulotning birgina ko‘rsatkichidan 
foydalanishga asoslangan mahsulot sifatining baholash usuliga 
aytiladi. Differensial usul baholanuvchi mahsulot sifatining 
ko‘rsatkichiga asos bo‘luvchi ko‘rsatkich bilan taqqoslashga 
asoslangan. Masalan, bir korxonadan chiqarilayotgan uskunaning 
ishlash muddati 
8
yilni, ikkinchi korxonada esa bu raqam 
12
yilni 
tashkil etadi, asos bo‘luvchi qiymat asos bo‘luvchi qiymatga 
nisbatan past, ikkinchisida esa balanddir. Bu ko‘rsatkichga uning 
ishlash muddatining yaxshilanishi natijasida erishilgan.
13


Mahsulot sifatining kompleks ko‘rsatkichlarining qo‘llanilishi- 
ga asoslangan mahsulot sifatini baholash usuli - kompleks usul deb 
ataladi. Masalan, avtobuslarning sifatini baholashda umumlashti- 
rilgan sifat ko‘rsatkichi - bu ularning yillik unumdorligi tushuniladi.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə