Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin


 Iste’molchi bilan o‘zaro munosabat



Yüklə 1,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/100
tarix28.11.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#135423
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   100
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish

4. Iste’molchi bilan o‘zaro munosabat
Tashkilot:
a) mahsulot to‘g ‘risidagi axborot;
b) so‘rovlarning kelib tushishi, kontrakt yoki buyurtma 
bajarilishi, hamda ularga bo‘lgan o‘zgartishlar;
v) iste’molchi shikoyatlari bilan birga u bilan aks aloqaga 
tegishli masalalar bo‘yicha iste’molchilar bilan o‘zaro munosabatda 
bo‘lish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni aniqlashi va joriy etishi 
kerak.
Tashkilotda iste’molchi (nafaqat mahsulot yetkazib berishga 
shartnoma imzolagan, balki bo‘lishi mumkin bo‘lgan) bilan o‘zaro 
aloqaning usullari va shakllari belgilanishi kerak. Iste’molchi bilan 
o‘zaro aloqaning usullari va shaklini va bu o‘zaro aloqa natijalarini 
ro‘yxatga olishni belgilovchi hujjatlashtirilgan tartib bo‘lishi kerak.
Iste’molchilarning 
tashkilotga turli 
usullar bilan 
kelib 
tushayotgan buyurtmalari va murojaatlarini ro‘yxatga olish hamda 
buyurtmalar va murojaatlarni barcha bosqichlarda ko‘rib chiqish 
tartibi o‘rnatilishi kerak.
Iste’molchidan kelib tushayotgan barcha turdagi m a’lumotlarni 
ro‘yxatga olish tartibini o‘rnatish talab qilinadi.
Kelib tushayotgan mahsulot sifatiga taalluqli e’tirozlar, 
shikoyatlar, istaklar yoki boshqa ma’lumotlarni ko‘rib chiqish tartibi 
o‘rnatilishi kerak. Bu tartib nomuvofiq mahsulotni yetkazib 
berishga olib kelgan sabablar tahlili, sabablarni bartaraf qilish 
bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish, ularning samaradorligini 
tekshirishni o‘z ichiga olishi kerak.
5. Loyihalash va ishlab chiqish. Loyihalash va ishlab chiqishni
rejalashtirish
Tashkilot 
mahsulotni 
loyihalash 
va 
ishlab 
chiqishni 
rejalashtirishi va boshqarishi kerak. Rejalashtirish paytida tashkilot:
a) loyihalash va ishlab chiqish etaplarini;
111


b) 
har bir etapga to‘g ‘ri keladigan natijalarni tahlil qilish, 
verifikatlash (tekshirish) va validatlash (tasdiqlash) shakl va 
usullarini;
v) loyihalash va ishlab chiqishni o‘tkazish bo‘yicha javobgarlik 
va vakolatlarni aniqlashi kerak.
Loyihalash va ishlab chiqishda qatnashayotgan turli guruhlar 
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlami boshqarish, ular orasidagi aloqa 
samaradorligini va javobgarlikni aniq taqsimlashni ta’minlaydigan 
tarzda amalga oshirish kerak.
Rejalashtirish natijalari, zarur bo‘lganda, loyihalash va ishlab 
chiqish jarayonida aniqlanishi kerak.
Izoh: Loyihalashtirish va ishlab chiqishning tahlili, verifikatlash 
va validatlash o‘ziga xos maqsadlarga ega. Ular mahsulot yoki 
tashkilotga bog‘liq holda alohida yoki istalgan birlashmada 
o‘tkazilishi va ro‘yxatga olinishi kerak.
Mahsulotni loyihalash va ishlab chiqish bo‘yicha faoliyat ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotning sifatiga, uning o‘rnatilgan talablarga 
muvofiqligiga va, oxir - oqibat, iste’molchini qanoatlantirishga 
sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Mahsulotni loyihalash bo‘yicha ishlarning asosiy maqsadi 
bo‘lib yangi mahsulotni yaratish yoki ishlab chiqarilayotganlarini 
takomillashtirish hisoblanadi.
Loyihalash bo‘yicha ishlarni rejalashtirishda tashkilot aniq 
mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan loyihalash 
bosqichlari va etaplarini belgilashi kerak. Loyihalash bosqichlari va 
etaplari 
ishlab 
chiqarilayotgan 
mahsulotning 
o‘ziga 
xos 
xususiyatlari, murakkabligi vayangiligi darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Mahsulot ishlab chiqish rejasi loyihalash bosqichlari va 
etaplarini, har bir bosqich uchun javobgarlarni va har bir etapni 
bajarilish kalendar muddatlarini o‘z ichiga olishi kerak.
Loyihalashda ishtirok etayotgan turli guruhlarning o‘zaro 
munosabatlarini rejalashtirishda barcha etaplardagi ishtirokchilarni 
belgilash zarur.
Tashkilot loyihalash va ishlab chiqishning har bir bosqichiga 
muvofiq bo‘lgan faoliyat tahlili, tekshirilishi va tasdiqlanishini 
ta’minlashi kerak.
112


Mahsulot ishlab chiqish bo‘yicha reja, loyihalash bosqichlari 
bajarilishida, ishlab chiqish natij alarining tahlili va tekshirilishi 
zaruriyatini hisobga olishi kerak.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə