Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin


 Mahsulotga qo‘yiladigan talablarni tahlil qilish



Yüklə 1,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/100
tarix28.11.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#135423
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   100
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish

3. Mahsulotga qo‘yiladigan talablarni tahlil qilish
Tashkilot mahsulotga qo‘yiladigan talablarni tahlil qilishi 
kerak. Bunday tahlil mahsulotni iste’molchiga yetkazib berish 
bo‘yicha majburiyatlarni qabul qilishdan (masalan, tenderda
109


qatnashish, kontrakt tuzish yoki buyurtma qa6ul qilish) oldin 
o‘tkazilishi lozim va:
a) mahsulotga qo‘yiladigan talablar aniq belgilangan bo‘lishini;
b) aw algi qabul qilinganlaridan farqli bo‘lgan kontrakt yoki 
buyurtma talablari kelishilgan bo‘lishini;
v) tashkilot mahsulotga nisbatan qabul qilingan majburiyatlar 
va belgilangan talablarni bajarishga qodir bo‘lishini ta’minlashi 
kerak.
Tahlil natijalari va undan keyingi harakatlar bo‘yicha 
yozuvlarni olib borishi kerak.
Agarda iste’molchi o‘zining talablarining hujjatli tasdig‘ini 
taqdim qilmagan bo‘lsa, tashkilot o‘z tashabbusi bilan ushbu 
talablarni ularni qabul qilishdan aw al tasdiqlashi kerak. Agarda 
mahsulotga qo‘yiladigan talablar o‘zgartirilgan bo‘lsa, tashkilot 
tegishli hujjatlarga o‘zgartirishlaming kiritilishini ta’minlashi va 
o‘zgartirilgan talablarni manfaatdor xodimlarga yetkazishi lozim.
Izoh: ba’zi bir vaziyatlarda, masalan, internet orqali sotilganda
har bir buyurtma bo‘yicha tahlil qilish maqsadga muvofiq emas. 
Buning o‘rniga tahlil kataloglar yoki reklama materiallarida 
keltirilgan tegishli axborotni ko‘rib chiqishi mumkin.
Mahsulotga barcha talablar hujjatli rasmiylashtirilishi kerak.
Yetkazib 
berishga 
shartnoma 
(kontrakt) 
ga 
kiritilgan, 
iste’molchi bilan kelishilgan aw algi talablar o‘zgartirilishi 
zaruriyati bo‘lganda, tashkilotda shartnoma, kontrakt loyihalari 
bo‘yicha, shuningdek bajarilish bosqichida bo‘lgan shartnomalarga 
iste’molchi tomonidan kiritilgan o‘zgartirishlar ro‘yxatga olinishi 
kerak.
Ko‘rib chiqish va tahlil kontrakt (shartnoma) imzolanguncha 
amalga oshirilishi kerak.
Tashkilot 
mahsulotga talablarning 
tahlili 
natijalari 
va 
iste’molchilar talablarini bajarish bo‘yicha keyingi harakatlarni 
qo‘shgan holda, tahlil natijalari bo‘yicha keyingi harakatlarni 
ro‘yxatga olishi kerak.
Ishlab chiqarish talablari va o‘zgarishlar bilan bog‘liq 
sabablarga ko‘ra kontraktga o‘zgartirishlar kiritish zaruriyatida 
tashkilot kontraktning o‘zgargan shartlari bilan mahsulot yetkazib
110


berishning barcha o‘ziga xos xususiyatlari to‘g ‘risida iste’molchini 
xabardor qilish va u bilan kelishishni ta’minlash kerak.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə