Microsoft Word anton burini ziyouz com doc



Yüklə 145,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/46
tarix13.03.2022
ölçüsü145,39 Kb.
#84461
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   46
anton bo\'rini

www.ziyouz.com kutubxonasi 

11

“Agar velosiped yuta olmasang, mendan xafa bo‘lma”, – dedi u yarashib olish niyatida. – 



Yoqimli ishtaha”. 

Anton qutilarga nazar tashladi. “Suli yormasidan o‘zimni yomon his qilyapman, — dedi 

u, — velosiped yutishga ham qiziqmay qoldim”. 

Antonning onasi esankirab qaradi. “Unda markalarni tashlab yuborsak bo‘larkan-da”. 

“Yo‘q, — dedi Anton darhol, — ularni boshqa narsalarga almashtirish mumkin”. 

“Qanaqa narsalarga?” – so‘radi Antonning onasi. 

“Har qanaqa, — dedi Anton, — Mikki Maus jurnallariga, shilliq qurtlarga, saqichga, 

tyulenga…” 

“Xo‘sh, sen markalaringni nimalarga almashtirmoqchisan?” 

Shu payt Antonning xayolidan Sibillening Vernerga aytgan gapi o‘tdi: “Qoyilman senga”. 

“Bilmadim”, — dedi u to‘g‘risini aytishga jur’at etolmay. 

“Har holda, bu yerda tyulenlarni boqmasang kerak, shundaymi?” – so‘radi onasi 

hafsalasi pir bo‘lib. 

“Yo‘q, — dedi Anton endi to‘g‘ri so‘zlab. – Tyulenlar haqida o‘ylayotganim yo‘q”. 

Oxir oqibatda Sibille tugul Antonning boshqa sinfdoshlaridan birortasi ham velosiped 

yuta olmadi.  




Yüklə 145,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə