Microsoft Word asosij vositalar hisobi



Yüklə 225,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/21
tarix31.12.2021
ölçüsü225,09 Kb.
#82314
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
asosij vositalar hisobi

                                                      KIRISH 

         Bugungi  kunning  eng  dolzarb  muammosi  -  bu  2008  yil  AQSHda  boshlangan  jahon 

moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi,  uning  ta’siri  va  salbiy  oqibatlari,  yuzaga  kelayotgan  vaziyatdan 

chiqish yo’llarini izlashdir. 

         O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tishning qabul qilingan 5 tamoyili (iqtisodiyotning 

siyosatdan  ustunligi,  davlat  -  bosh  islohotchi,  kuchli  ijtimoiy  siyosat  yurgizish,  qonun 

ustuvorligi,  bozor  iqtisodiyotiga  bosqichma-bochkich  o’tish),  o’ziga  hos  islohot  va 

modernizasiya  modeli  orqali  o’z  oldimizga  uzoq  va  davomli  milliy  manfaatlarimizni  amalga 

oshirish vazifasini qo’yilishi, "shok terapiyasi" kabi usullardan voz kechilishi. 

"Yangi  uy  qurmasdan  turib,  eskisini  buzmang"  degan  hayotiy  tamoyilga  tayangan  holda,         

islohotlarni izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirilishini tanlanishi. O’tish davrida muhimi, 

davlat  -  bosh  islohotchi  sifatida  mas’uliyatni  o’z  zimmasiga  olishi  va  bunday  yondashuvning 

ohir  oqibatda  o’zini  to’la  oqlashi.  Shu  o’rinda  O’zbekistonda  moliyaviy-  iqtisodiy,  byudjet, 

bank-kredit  tizimi  shuningdek,  iqtisodiyotning  real  sektori  korhonalari  va  tarmoklarining 

barqaror  hamda  o’zluksiz  ishlashini  ta’minlash  uchun  etarli  darajada  zahiralar  yaratilganligi  va   

zarur resurslar bazasining mavjud ekanligi. 

            Amerikada  boshlangan  inqirozning  bunday  tez  muddatda  tarqalishiga  bir  tomondan 

dunyo davlatlarining ishlab chiqarishi ko’p jixatdan okean orti davlati bilan chambarchas bog’liq 

ekani  sabab  bo’ldi.  Ikkinchi  tomondan  ,  sayyoramizdagi  deyarli  barcha  davlatlarning  Amerika 

dolariga muqobil valyuta zaxirasiga ega ekani muammoni yanada chuqurlashtirdi. 

Har  bir  korxonaning  ishlab  chiqarish  jarayoni  nafaqat  material,mehnat  va  moliyaviy 

resurslaridan  foydalanish  hisobiga  balki  asosiy  vositalardan  foydalanish  hisobiga  ham 

ta’minlanadi. 

         Asosiy vositalar mehnat qurollari bo’lib ularga quyidagilar kiradi: 

-stanoklar; 

-ish mashinalari; 

-uzatuvchi moslamalar; 

-instrument va shu kabilar; 

Shuningdek 

mehnat 

jarayonini 

moddiy 

sharoitlari-ishlab 

chiqarish 

binolari,inshootlar,transport vositalari va boshqalardir. 

Asosiy  vositalardan  samarali  foydalanishning  asosiy  ko’rsatkichlaridan  biri  bo’lib  bekor 

turishlarni  qisqartirish,smenalik  koeffisiyentini,yangi  texnika  va  texnologiyani  qo’llash 

asosida unumdorligini,fond qaytimini oshirish bo;lib hisoblanadi,ya’ni asosiy vositaning har 

bir so’miga to’g’ri keladigan mahsulotlar bajarilgan ishlar hajmini ko’paytirish. 




Yüklə 225,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə