Microsoft Word asosij vositalar hisobi


 FOYDALANISHGA QABUL QILINGAN ASOSIY



Yüklə 225,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/21
tarix31.12.2021
ölçüsü225,09 Kb.
#82314
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
asosij vositalar hisobi

 

1.3 FOYDALANISHGA QABUL QILINGAN ASOSIY 

VOSITALARNI HISOBGA OLISH 

 

Foydalanishga  qabul  qilingan  har  bir  oboekt  uchun  OS-1  raqamli  tipik  shakldagi  asosiy 

vositalarni  qabul  qilish-topshirish  akti  yoziladi,  Unda  oboektning  dastlabki  qiymati  va  boshqa 

texnik-iqtisodiy  maolumotlar  ko`rsatiladi.  Aktga  ushbu  oboektga  taalluqli  bo`lgan  jami  texnik 

hujjatlar  qo`shib  qshyiladi,  Asosiy  vositalar  uchyoti  korxona  buxgalteriyasida  belgilangan 

nomenklaturada har bir inventar oboekti bo`yicha yuritiladi. 

Inventar  oboekti  deyilganda  ayrim  vosita  yoki  maolum  ishlab  chiqarish  funksiyasini 

bajarishga mo`ljallangan buyumlar (hamma moslamalari bilan) jami tushuniladi. Hisobga qabul 

qilingan har bir asosiy vosita oboektiga, masalan binolarga 001 dan 099 gacha, inshootlarga 100 

dan  199  gacha,  o`tkazgich  qurilmalariga  200  dan  299  gacha  va  xokazo  inventar  rakami 

biriktiriladi. 

Buxgalteriya  akt  asosida  OS-6  shaklidagi  inventar  kartochkasini  ochadi  va  unga  oboekt 

xaqidagi hamma maolumotlarni yozadi. So`ngra inventar kartochkalari OS-7 shaklidagi mahsus 

ro`yxatda,  asosiy  vositalar  turkum  guruhlari  bo`yicha  ro`yxat  qilinadi.  Ro`yxat  qilingan 

kartochkalar  asosiy  vositalar  kartotekalariga  joylashtiriladi,  bunda  ular  tarmoq,  turkum 

guruhdari,  gurux  ichida  esa  joylanish,  foydalanish  joylari  va  turlari  bo`yicha  guruhlanadi. 

Harakatda bo`lmagan asosiy vosita oboektlarining kartochkalari aloxida guruhlanadi. 

Asosiy  vositalar  uchyoti  foydalanish  joylarida  (sexlar,  uchastkalar,  korxona  bo`limlari) 

asosiy vositalar inventar kartochkalari bo`yicha amalga oshiriladi (OS-9 shakli). Hamma moddiy 

javobgar  shaxslar  bilan  belgilangan  namunada  2  nushada  shartnoma  tuziladi,  bittasi 

buxgalteriyada,  har  bir  moddiy  javobgar  shaxsga  ochilgan  deloda,  boshqasi  esa  o`sha  xodimda 

sakdanadi. 

Qabul  qilingan,  tugatilgan  va  korxona  ichida  ko`chirilgan  asosiy  vositalarning  inventar 

kartochkalari  tegishli  yozuvdan  so`ng  oy  oxirigacha  aloxida  saqlanadi,  Ular  asosida  har  oyda 

asosiy  vositalar  amortizatsiyasi  hisob-kitobi  tuzilatsi,  ularning  har  biri  bo`yicha  qabul  qilish, 

hisobdan  chiqarish  bo`iicha  oborotlar  qo`shiladi  va  asosiy  vositalar  harakatini  hisobga  oliy 




 

kartochkasi  to`lg`aziladi.  Asosiy  vositalar  harakatini  hisobga  olish  kartochkasi  (OS-8  shakli) 



joriy  yilning  boshida  ochiladi.  Unda  1  yanvarga  va  har  bir  keyingi  oyning  1-kuniga  asosiy 

vositalarning  xolati  turlari  bo`yicha  ko`rsatiladi.  Bu  maolumotlardan  asosiy  vositalar  harakati 

oborot  vedomosti  tuzishda  foydalaniladi  va  u  o`z  navbatida  korxona  asosiy  vositalar  harakati 

hamda xolati xususida hisobot tuzish uchun asos bo`lib xizmat qiladi. 

Foydalanishdagi,  zaxiradagi  yoki  ijaraga  berilgan  korxonaga  qarashli  asosiy  vositalarning 

xolati  va  harakatini  hisobga  olish  01-«Asosiy  vositalar»,  07-«O`rnatiladigan  asbob-uskunalar», 

08-«Kapital  ko`yilmalar»  schyotlarida  yuritiladi.  Asosiy  vositalarni  sotib  olish  bo`yicha 

schetlarni to`lashga rozilik berilishi va to`lanishi schetlarda quyidagicha aks ettiriladi: 

 

D- 60-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» 



K - 51-«Hisob-kitob scheti» 

D - 07-«O`rnatiladigan asbob-uskunapar»  

K - 60-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» 

 

Montajga topshirilgan uskunalar qiymati va montaj harajatlari summasiga: 



D- 08-«Kapital qo`yilmalar» 

K-07-«O`rnatiladigan asbob-uskunalar»  

D-08-«Kapital qo`yilmalar» 

K-10,70,60,69-schyotlar 

 

Qabul qilingan asosiy vositalarning montaj, o`rnatish va foydalanishga topshirish harajatlari 



hisobga olingan xoldagi qiymatiga: 

 

D- 01-«Asosiy vositalar» 



K- 08-«Kapital quyilmalar»  

 

Shrnatish va mantaj talab qilinmaydigan asosiy vositalar oboektlari bshyicha quyidagicha 



buxgalteriya provodkasi tuziladi. 

D-60-“Mol yetkazib beruvchilar bilan hisob kitoblar” 

K-51-“Hisob kitoblar scheti 

D-08-«Kapital ko`yilmalar» 

K-60-“Mol yetkazib beruvchilar bilan hisob kitoblar” 

D-01-«Asosiy vositalar» 

K- 08-«Kapital quyilmalar 

 



 

10 


Taosischilar  tomonidan  korxona  mulkiga  qshshilgan  asosiy  vositalar  qiymatiga 

kelishilgan narxda quyidagicha provodka tuziladi: 

D-01-«Asosiy vositalar»  

K-75-«Taosischilar bilan hisob-kitoblar scheti» 

Nodavlat  sektoridagi  korxonalar  bepul  olingan  asosiy  vositalar  qiymatini  hisobda 

quyidagicha aks ettiriladi. 

D-01-«Asosiy vositalar»  

K-80-«Foyda va zararlar» 

Eskirish summasiga  

D-01-«Asosiy vositalar»  

K-02-«Asosiy vositalarning eskirishi» 

Korxona bepul olingan asosiy vosita oboektlarini realizatsiya qilganda debetli qoldiq (zarar) 

yoki  kreditli  qoldiq  (47-«Asosiy  vositalarning  realizatsiyasi  va  boshqa  ko`rinishdagi  hisobdan 

chiqarishlar»  scheti  bo`yicha  daromad)  joriy  davrda  80-«Foyda  va  zararlar»  schetiga  yoziladi. 

Amaldagi  nizomga  muvofiq  47-schet  bo`yicha  debetli  salhdo,  foydadan  (daromaddan)  soliq, 

hisob-kitob qilishda soliqka tortiladigan bazani kamaytirmaydi. 

Soliqka  tortiladigan  baza  47-«Asosiy  vositalarning  realizatsiyasi  va  boshqa  ko`rinishdagi 

hisobdan chiqarishlar» schetining kreditli salhdo summasiga ko`payadi. 

Asosiy vositalarni bepul topshiradigan korxonalar, ularni o`zining uchyotida quyidagicha aks 

ettiradi: 

D – 47 - «Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqa kurinishidagi hisobdan chiqarishlar» 

K - 01 - «Asosiy vositalar» 

Eskirish summasiga  

D- 02-«Asosiy vositalarning eskirishi» 

K-  47-«Asosiy  vositalarning  realizatsiyasi  va  boshqa  kshrinishidagi  hisobdan 

chiqarishlar»   

Debetli  salhdo  asosiy  vositalar  qoldiq,  qiymatini  ko`rsatadi  va  ustav  kapitalining 

kamayishiga yoziladi. 

 D- 85-«Ustav kapitali» 

K-47-«Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqa kshrinishdagi hisobdan chiqarishlar» 

 

Bepul qabul qilingan asosiy vositalarni montaj qilish, o`rnatish bo`yicha  harajatlar korxona 



uchyotidan  olib  boriladi  va  08-«Kapital  qo`yilmalar»  schetida  hisob  qilinadi.  Bepul  olingan 

asosiy  vositalarni  keltirish  bo`yicha  harajatlar  20-«Asosiy  ishlab  chiqarish»,  25-«Umumishlab 

chiqarish harajatlari» yoki 26-«Davr harajatlari» schyotida hisob qilinadi. 

 

 




 

11 



Yüklə 225,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə