Microsoft Word axloq odob hadis ziyouz com doc



Yüklə 169,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/43
tarix22.05.2023
ölçüsü169,22 Kb.
#111877
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43
Axloq-odobga oid hadis namunalari

www.ziyouz.com kutubxonasi 
31
439.
Musibat yetganda yuzlarini yuladigan, yoqasini yirtadigan va o’zini qarg’ab yig’laydiganlarni 
Tangri la’natlasin. 
440.
Pora beruvchini ham, uni oluvchini ham, ikkalasining orasida turuvchini ham Tangri la’natlasin! 
441.
Tangri ayollarning kiyimini kiyadigan erkakni va erkaklarning kiyimini kiyadigan ayolni 
la’natlasin! 
442.
Ota-onasi qarg’aganni Tangri qarg’aydi. Tangridan boshqaga atab jonliq so’yuvchilarni Tangri 
la’natlaydi. 
443.
Mo’min kishini la’natlashlik – uni o’ldirish bilan barobardir. O’zini o’zi o’ldirgan odam qiyomat 
kuni tegishli azobini tortgusidir. 
444.
Odamning qalbi qaynab turgan qozondan ham o’zgaruvchanroqdir. 
445.
Har bir narsaning buzuvchi ofati bordir. Dinning ofati yovuz hokimlardir. 
446.
Har bir narsaning kaliti bor. Jannatning kaliti miskin faqirlarni sevishdir. 
447.
Eshigiyu derazasi yo’q bir silliq toshning ichida turib biror ish qilsalaringiz ham odamlarga 
ma’lum va oshkor bo’laveradi. 
448.
Tilamchilik nima ekanligini bilganlaringda edi, birortalaringiz ham biror kishidan hech narsa 
so’ramas edingiz. 
449.
Mabodo men dalil-isbotsiz toshbo’ron qilishim mumkin bo’lganda, mana shu shu fohisha ayolni 
toshbo’ron qilar edim. 
450.
Agar sizlarning tilsiz hayvonlarga nisbatan qilgan zulmlaringiz kechiriladigan bo’lsa, demak juda 
ko’p gunohlaringiz kechirilgan bo’lar edi. 
451.
Insonga bir vodiy to’la molu dunyo berilsa, u ikkinchi vodiyning ham berilishini xohlaydi. 
Ikkinchisidan keyin uchinchisini va hokazo, uning nafsi to’ymaydi. Insonning ko’zini faqat tuproq 
(qabr tuprog’i) to’ydiradi. Kimki tavba qilsa, Tangri uni kechiradi. 
452.
Qiyinchilik qilmaganda edi, har bir namoz oldidan misvok ishlatish va xushbo’ylanishga buyurar 
edim. 
453.
Yurib ketayotganga otliq, o’tirganga yurib ketayotgan, ko’pchilikka ozchilik salom bersin! 
Salomga alik olsa-ku yaxshi, bordiyu olmasa, salom beruvchiga zarari yo’q. 
454.
Kishi vafo qilish niyatida va’da bergan bo’lsa-yu, uni bajara olmasa – bu va’dani buzgani 
bo’lmaydi. Ammo vafo qilmaslik niyati bilan va’da qilsa – bu ayni xilofdir. 
455.
Kurash tushib yiqitgan emas, balki g’azabi kelganda o’zini bosib olgan odam kuchlidir. 
456.
Ro’za faqatgina yeyish-ichishdan saqlanish bilan emas, balki behuda, bema’ni va yomon 
so’zlardan saqlanish bilandir. Agar biror kishi seni so’ksa, sen unga: “Men ro’zadorman”, - deb uzr 
aytgin. 
457.
Boylik molu dunyoning ko’pligi bilan emas, balki nafsning to’qligi bilandir. 


Axloq-odobga oid hadis namunalari 

Yüklə 169,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə