Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə177/177
tarix29.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#142097
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   177
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
178
shirqillab vafodor Do‘nko‘lik odimlardi. 
Hayot shomi boshlangan edi... 
— Mana, dunyo ham oxir bo‘ldi,— o‘z-o‘ziga dedi Bo‘ston va shunda unga bir dahshatli haqiqat 
ochildi: shu damgacha bor yorug‘ dunyo uning o‘zida jamlashgan ekan, mana endi shu dunyo bitdi. U 
osmon edi, u yer edi, u tog‘lar edi, borlik, tiriklikning buyuk onasi bo‘ri Akbara edi, Ola Mo‘ngu 
muzliklarida abadiyan qolib ketgan Ernazar edi, pushti kamaridan bo‘lgan oxirgi bir parcha et, o‘z 
qo‘li bilan otgan Kenjash edi, la’natlangan va o‘ldirilgan Bozorboy edi va to shu tobgacha nima 
ko‘rgan, boshidan nimaiki kechirgan bo‘lsa — bularning bari u, uning o‘z jahoni edi, u uchun yashardi
uni deb yashardi, mana endi, garchi bular hammasi azaldan qanday esa, xuddi shunday yana boqiy 
qolaveradi, lekin faqat endi bular ichida u bo‘lmaydi — u endi butunlay o‘zga odam bo‘ladi, uning 
do‘nmas, qaytalanmas dunyosi esa endi yo‘qoldi va u hech qachon hech kimda takrorlanmagay. U 
buyuk halokatiga yetib keldi, uning uchun dunyo oxir bo‘ldi... 
Ko‘l bo‘yiga eltadigan kimsasiz dala yo‘lida Bo‘ston birdan shahd bilan orqasiga o‘girildi, otining 
bo‘ynidan quchoqlab osildi va alam bilan ho‘ngrab yig‘lab yubordi. 
— O’, Do‘nko‘lik, nima qilib qo‘yganimni faqat sen tushunasan! — deb o‘kirib yig‘lardi u butun 
jussasi silkinib.— Men nima qilay? 
O’g‘limni o‘z qo‘lim bilan o‘ldirdim, uni yerga qo‘ymay ketyapman, sevgan ayolim ham yolg‘iz 
qoldi. 
Keyin chilvir-chumburni o‘radi, tizgin-jilovni Do‘nko‘likning yuganiga o‘rab tugdi, uzangilar 
otning biqinini urib tashlamasin deb, egarning qoshiga mahkamladi. 
— Bor, bor, uyga bor, jonivor, mayli, qayga desang, o‘sha yerga bor! — vidolashdi u Do‘nko‘lik 
bilan.— Endi boshqa diydor ko‘rishmoq yo‘q! 
Otning sag‘riga kafti bilan urdi, uni chuv deb haydadi, ot bo‘shaganiga taajjubi ortib, qo‘ra tomon 
yurib ketdi. 
Bo‘ston yo‘lga tushdi... 
Issiqko‘lning moviy oshiyonasi dam sayin yaqinlardi, xuddi mana shu dam g‘oyib bo‘lib, dam 
yana o‘z bag‘ridan o‘zi qayta yaralib, do‘ngalaklanib chopayotgan to‘lqinlar kabi ko‘l bag‘rida badar 
yo‘q bo‘lib ketsam derdi, aslo yashab-yashagisi kelmasdi... 

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə