Microsoft Word D. Nurmatova Mehnat ta`limi mashg`ulotlarida texnik ijodkorlikka oid plakatlar majmuasidan foydalanishni pedago



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/34
tarix07.06.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#115974
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34
diplom ishi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2.2. Maktab o`quvchilarining texnik ijodkorligining xususiyatlari 
Mehnatkashlarning ijodiy aktivligini oshirish ko`prok ularning kashfiyotchilik va 
ratsionalizatorlik faoliyatiga tayyor ekanliklariga bogliqdir. Ishlab chiqarishda o`zlarining 
mehnatlariga ijodiy yondashuvchilar faqat ishlab chiqarishning iqtisodiy asoslari va ilmiy 
texnika bilimlarini chuqur bilishdan tashqari kashfiyotchilik va ratsionalizatorlik sohasidagi 
bilim va ko`nikmalarni ham egallashlari zarurdir. Bunday bilimlarning asosiy maktabdan 
boshlanib, oliy o`quv yurtida yuqori darajada shakllanmog`i lozim.
Shuning uchun fanning o`qitilishi quyidagi maqsadlar asosida olib boriladi: 
- Jamiyat ishlab chiqarishdagi texnik ijodiyotga oid bilimlar sistemasi bilan tanishish: 
- texnik ijodiyotning iqtisodiy asoslari va tashkil qilishi bilan tanishish: 
- patent asoslari xaqidagi ma`lumot olish: 
- texnika masalalar ustidagi ijodiyot ob`ektlarini va ijodiyot maxsuliga texnik hujjatlarni 
tuldirishni o`rganish: 
- texnika to`garaklarida o`quvchilar bilan ijodiy faoliyatlari tashkil etish natijasida texnik 
ob`ektlarni o`quvchilarga loyixalash ishlarini o`rganish: 
- o`qish va o`qishdan tashqari mashg`ulotlar uchun kichik o`lchamli dastgoxlar, ish quroli 
hamda kurilmalarni loyixalashni o`rganish: 
- Respublika miqyosida talabalar texnik ijodiyoti xozirgi xolatlari va rivojlanish 
yunalishlaribilan tanishish: 
- talabalarga, qidiruv - loyixalash faoliyatlari asoslari va ishlab chiqarish tajribalari usullarini 
o`rganish:
- texnika to`garaklari dasturi amalga oshiradigan ishlari va texnika ob`ektlarni tanlash; 
- to`garak ishlarini moddiy texnika ba`zasi bilan tanishish: 
- o`quv va o`qishdan tashqari mashg`ulotlarida texnikaga oid ishlardagi texnik ijodkorlik 
uslubiyoti bilan tanishish: 
Mehnat mazmuni faqatgina uning rivodlanishi darajasi bilangina emas, balkim uning 
ijodiylik darajasi bilan ham o`lchanadi. Shaxsiy ijodiyot va umuman ijodiyot masalalariga 


18
o`zlarining diqqat markazlarini faylasuflar, sotsiologlar, pedagoglar, psixologlar ham qaratib 
kelganlar. 
Psixologlarni aytishlaricha xar qanday inson normal xolatda ijod qila olar ekan. 
Ijodkorlik xususiyati yoshlardan ya`ni bolalarda yaxshi rivojlanar ekan, agar kattalar tomonidan 
to`g`ri yo`l ko`rsatilsa ko`zlangan natijaga erishish kafolatlanishi mumkin bo`ladi.
Psixologiya va pedagogika fanlarining xulosalariga ko`ra ijodkorlik xususiyatini 
insonda bolalik chog`laridan boshlaboq shakllantirish zarur ekan. Agar bolalarni yoshligidan 
ijodkorlik faoliyatiga o`rgatilmasa, u xolda katta xatoga yo`l qo`yiladi deyish mumkin.
Barchaga ma`lumki, o`quvchilarning eng asosiy mehnati o`qishdir. Shuning uchun 
talabalarda ijodkorlik shaxsini tarbiyalashga jiddiy yondoshmoq zarur. 
Lekin bizning maktablarimizda reproduktiv ta`lim keng tarqalgan. O`quv jarayoni esa 
o`qituvchining o`quvchiga axborot berishi bilan olib boriladi. Bunda o`qituvchi tayyor 
ma`lumotni uzatuvchi sifatida, o`quvchilar esa passiv eslab qoluvchi sifatida ishtirok etishadi.
Jamiyatimizning ijodiy fikrlovchi mutaxassislarga bo`lgan extiyojini qondirish uchun, 
maktab ta`limini tubdan o`zgartirmoq kerak, ya`ni eng avval ijodiy dastur pedagogik texnologiya 
asosida mashg`ulotlarni tashkil etish lozim.
Psixologiya, pedagogika fanlarini yutuqlaridan foydalanib, maktablarda ta`lim va 
tarbiyaning ijodiy usullarini joriy qilib, o`quvchilarning bilim ko`nikma va malakalarni qabul 
qilish aktivligini oshirish zarur. 
Texnik ijodkorlik tushunchasida ikki xil fikr mavjud: 
Pedagoglarning qarashlaricha talabalar texnik ijodkorligi nafaqat faoliyat turi, balkim 
talablarning turli xil texnika dunyosi bilan tanishtirishga qaratilgan, ular qobiliyatning 
rivojlanishiga, politexnik ma`lumotiga va mehnatga bo`lgan tarbiyaning samara beruvchi turidir. 
Psixologlarning diqqat markazida talabalar texnik ijodkorligida talabalar ijodining biror 
turiga bo`lgan qobiliyatini o`z ongida paydo bo`lishiga, rivojlanish ketma-ketligiga va 
shakllanishi darajasining o`rnatilishi turadi. 
Shunday qilib, bolalar texnik ijodkorligi pedagogika va psixologiya nuqtai nazarida 
samara beruvchi tarbiya vositasidir, hamda o`quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlanishi 
maqsad qilib olgan ta`lim jarayonidir. 
Psixologiya va pedagogika ilmiy tadqiqot ishlarini taxlili va tajribasini quyidagi 
xulosaga kelishga imkon beradi, ya`ni texnikaviy ijodiyot avvalambor texnik fikrlashning 
rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratib beradi. Texnik fikrlashdan boshqa oddiy fikrlash ham 
mavjud. Texnik fikrlash oddiy fikrlash bilan murakkab aloqadorlikda bog`langan.
Birinchidan: texnik fikrlash oddiy fikrlash asasida rivojlanadi, ya`ni oddiy fikrlashning 
barcha tashkil etuvchilar texnik fikrlashga oid.
Ikkinchidan, oddiy fikrlashning rivojlanishi uchun psixofizologik yo`nalishini tashkil 
qiladi. Oddiy fikrlash natijasida bolalarni eslab qolish qobiliyati, fikrlashning tezkorligi va uning 
ongi rivojlanadi.
Ijodiy qobiliyatni tahlili texnik ijodkorlikni bir necha bosqichlarga bo`linishini 
ko`rsatadi. Albatta bu bosqichlarning bo`linishi shartlidir, ya`ni ijodiyot jarayoni uzluksizdir. 
Metodik maqsadga ko`ra bosqichlarga bo`linadi. Mana shu metodik maqsadlar asosida 
talabalarning texnik ijodkorligi jarayonidagi mehnat mazmunini aniqlab olish mumkin. Bundan 
tashqari forma va metodlarni ham aniqlash mumkin.
Psixologiya va pedagogika adabiyotlarida turli xil sondagi bosqichlar ajratiladi. Biroq 
har qanday ijodiy faoliyatda vazifani bajarish uchun uchta asosiy bosqich ajralib ko`rsatilishi 
kerak: 
g`oyani tushunishi ( va ular ustida amaliy ishlash) tushuntirib berish: topshiriqni texnik ishlab 
chiqish va ular ustida amaliy ishlash: ijodiy yechim natijasining baxosi va ob`yektini sinab 
ko`rish. Xar qaysi bosqich aniq ifodalangan natijasiga ega bo`lishi kerak: 1 - bosqichda o`ylab va 
qabul qilingan g`oyaga ega bo`lmoq: 2 - bosqichda g`oyani konstruktor texnologik ishlab 
chiqarish va uning yechimidan amaliy foydalanish; 3 - bosqichda yechimni tahlil qilish, oxiriga 
yetkazish va baholash.


19
Texnikaviy topshiriqni bajarishdagi har bir bosqichning natijaviyligi o`quvchilarda 
texnik fikrlashni mehnatni uddalash va egallashni rivojlanishi va shakllanishi bilan uzviy 
bog`liqdir.
Solishtirish usuli bilan o`quvchilar masalaning mohiyatini tushunib yetadilar. Avval 
masala ularda qo`yilgan noaniq qo`yilgan savol sifatida paydo bo`ladi. Keyin qayta ishlash 
jarayonida, to`plangan ma`lumotlar asosida bunday texnik masala aniqlanadi va shakllanadi. 

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə