Microsoft Word D. Nurmatova Mehnat ta`limi mashg`ulotlarida texnik ijodkorlikka oid plakatlar majmuasidan foydalanishni pedago


O`quv va didaktik materiallarni tayyorlash



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/34
tarix07.06.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#115974
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34
diplom ishi

 
O`quv va didaktik materiallarni tayyorlash 
Nazariy va amaliy mashg`ulotlar uchun manba sifatida ishlatiladigan vositalarimiz 
quyidagicha farqlanadi: 
Ko`pincha o`quv materiallari bir paytning o`zida didaktik materiallar sifatida, ya'ni 
o`qitish, o`rganish uchun ishlatiladi. 
O`quv materiallari - amaliyot o`qituvchilari tomonidan darsni ko`rgazmali o`tkazish va 
bilim berish uchun qo`llaniladi. 
Didaktik materiallar - o`quvchilarning o`rganishi uchun o`qituvchi tomonidan 
tayyorlanadi. 
O`quv va didaktik materiallarni tayyorlash deganda, o`qituvchi tomonidan ularning 
tanlanishi va nazariy yoki amaliy mashg`ulotlar maqsadiga moslashtirilishi tushuniladi. 
Agar tayyor vositalar yo`q bo`lsa, u holda bu vositalarni o`qituvchining o`zi 
tayyorlashiga to`g`ri keladi. 
Turi 
Ishlatish uchun ko`rsatmalar 
o`quv kitoblari 
Kitobning muayyan betlarini belgilab, dars rejasiga kiritiladi 
Tarqatma 
materiallar 
0`quv kitoblaridan yoki boshqa manbalardan saylanma nusxalar tayyorlanadi va 
ko`paytiriladi. 
Doska tasvirlari 
Mavzu va grafiklarga eskizlar tayyorlash 
Slaydlar 
Nusxa ko`paytirish apparatida yoki kompyuterda tayyorlanadi 
Modellar 
Ustaxonadagi har bir fan yaroqli: ham yaxshi, ham yomon mahsulotlar 
ko`rsatilishi lozim. 
Amaliy mashg`ulotlar yoki amaliy ish jarayonlari paytida amaliy ko`rsatmalar bilan 
to`ldirilgan quyidagi vositalardan foydalaniladi: 
Turi 
Ishlatish uchun ko`rsatmalar 
Texnik chizmalar (kinematik sxemalar, 
konstruktiv chizmalar) 
buning uchun asl nusxalar maxsus jildlarda to`planadi. 
Ekspluatatsion ko`rsatmalar 
nusxalar tarqatmalar va slaydlar tayyorlash uchun 
ishlatiladi. 
Ish rejalari va boshqa hujjatlar 
faqat nusxalar ishlatiladi, asl nusxalari esa toza saqlanadi 
Modellar, real jihozlar, asboblar va yaroqli va yaroqsiz jihozlar, yaxshi va yomon mahsu-


33
mahsulotlar 
lotlar sifatiga nisbatan yuzaga kelgan farqni ko`rsatib 
berishi mumkin. 
O`quv va didaktik materiallarni tayyorlashda amaliyot o`qituvchisi chegaralangan vaqt va 
texnik imkoniyatlami inobatga olgan holda e'tiborini quyidagilarga qaratishi lozim: 
ish varaqalari, tarqatmalar (bosilgan matnlar nusxalari), slaydlar, doska tasvirlari uchun 
eskizlar; 
yozma topshiriqlar, yozma va og`zaki testlar uchun so`rov qog`ozlari; 
baholash varag`i, nazorat qog`ozi; 
ish rejalari, tashkiliy hujjatlar. 
Nazariy darslar o`tkazish paytida amaliy ko`rsatmalar berilgan quyidagi vositalar 
ishlatiladi: 
O`qituvchi uchun materiallar nafaqat sohaga tegishli ma'lumotlarni, balki tashkiliy ishlar, 
usul va natijalarni baholash borasidagi ma'lumotlarni ham o`z ichiga oladi. 
O`quvchilar uchun materiallar esa qoida bo`yicha faqatgina sohaga tegishli jihatlarni o`z 
ichiga oladi. 
Didaktik materiallar o`quvchilarga mo`ljallangan bo`lsa, o`qitish materiallardan farq 
qilishi mumkin. Masalan: topshiriqlar varaqlari, savolnomalar, yo`naltiruvchi usul savollari va 
muayyan tarqatma materiallar. 

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə