Microsoft Word D. Nurmatova Mehnat ta`limi mashg`ulotlarida texnik ijodkorlikka oid plakatlar majmuasidan foydalanishni pedago


Real obyekt yoki uning tasvirini ko`rish



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/34
tarix07.06.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#115974
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34
diplom ishi

Real obyekt yoki uning tasvirini ko`rish
(idrok etish) inson uchun uni bilishning 
dastlabki va eng oddiy akti hisoblanib, aniq tasavvurlar va mavhum tushunchalar hosil qilish 
uchun asos vazifasini o`taydi. 
Ta'lim-tarbiya ishida ko`rsatmalilik tamoyiliga amal qilish zaruriyati insonning fikrlash 
xususiyatidan kelib chiqadi. Insonning fikrlash xususiyati ma'lumdan mavhum tomon 
rivojlanadi. Tushuncha va mavhum qonun-qoidalar aniq kuzatishlarga asoslansa, ularning 
mohiyat mazmuni ancha oson va tez shakllanadi. Inson tafakkurining rivojlanishi uning yoshiga, 
hayotiy tajribasi kabilarga bog`liq bo`lib, ta'lim-tarbiyajarayonida hisobga olinishi, aniq dalillar 
va obrazlardan ajralib qolmasligini talab etadi. 
Tasviriy ko`rsatmalardan quvidagi hollarda foydalaniladi: 
-o`rganiladigan ob`yekt juda katta yoki kichik bo`lganda: 
-o`rganiladigan ob`yektni bevosita ko`rish mumkin emas: 
-tushuncha va xulosalarni grafik tarzda ifodalash mumkin bo`lganda: 
-murakkab ob`yektlarni soddalashtirish yoki ishlash tartibini ko`rsatish zarur bo`lganda: 
-ob`yektning eng xarakterli zamon va makondagi holatni qayd etish va ko`rsatishda va 
boshqalar. 
Ko`rsatmali qo`llanmalarga quyidagi talablar qo`yiladi: 
-barcha o`quvchilarga yaxshi ko`rinadigan hajmda bo`lishi: 
-o`quv xonasining istalgan joyidan bemalol o`qilishi: 
-muhim detallar va yozuvlarning diqqatni o`ziga tortuvchi rang bilan alohida bo`yalishi: 
-tasvirlar imkon qadar ob`yektning asl rangiga mos bo`lishi: 
-tasvirlarning estetik did bilan rasmiylashtirilishi: 
-matnning haddan tashqari ko`p bo`lmasligi: 
-tasvirlangan obyektlarning tabiiy vaziyatda ko`rsatilishi: 
-masshtabga rioya qilishi: 
-arzon, qulay, uzoq vaqt o`z holatida saqlanishi va shu kabilar.


32
Shu o`rinda ko`rsatmali qo`llanmadan foydalanish maqsad bo`lmay, balki natijaga 
erishish vositasi ekanligini unutmaslik zarur. 
Ko`rsatmali qo`llanmalardan foydalanishda o`quv materialining mazmuni va vaqtini 
hisobga olish zarur. Mashg`ulotda ko`rsatmali qo`llanmalardan haddan tashqari ko`p foydalanish 
ham yaxshi natija bermaydi. Namoyish qilinayotgan materiallarni idrok etish jarayonida tahsil 
oluvchilar sezgi organlarini (ko`rish, eshitish, hidlash, ta'm bilish) ko`proq jalb etish zarur. 
o`qituvchining so`zi bilan ko`rsatmalilikning uyg`unligi katta ahamiyatga ega. Ko`rsatmali 
qo`llanmadan foydalanilganda beriladigan izoh tahsil oluvchilar diqqat-e'tiborini asosiy 
materiallarga qaratilishini ko`zda tutadi. 
Ushbu vositalardan foydalanishda ularni muayyan maqsad maxsus soha va usullarga mos 
holda tanlash muhim o`rin tutadi. Eng muhimi shundaki, amaliyot o`qituvchisi o`quv va 
ko`rgazmali vositalarni ishlata olishni va ulardan maqsadga muvofiq va oqilona tarzda 
foydalanishni bilishi kerak. Texnik vositalardan foydalanilayotganda yuzaga keladigan texnik 
muammolarni hal qila oladigan bo`lishi lozim. Masalan: tikuv mashinasi ishida sodir bo`ladigan 
nuqsonlarni bartaraf eta bilishi, asosiy sozlanishlani bajarishi va mashinani ishchi holatiga keltira 
olishi kerak, ya'ni o`z kasbiy sohasining mohir ustasi bo`lishi lozim. Amaliyot o`qituvchisi o`z 
kasbiy sohasi uchun qanday materiallar, qanday yangiliklar borligiga, shuningdek, qaysi maxsus 
sohalarda uning o`zi yangiliklar qila olishi mumkinligi yuzasidan umumiy tushunchaga ega 
bo`lishi lozim. Ko`pincha o`qituvchilar doska tasvirlari, flipchart tasvirlari va proyektor slaydlari 
kabi vizual vositalarni o`zlari ishlab chiqadilar. 

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə