Muqobil energiya turlari va ularning ekologik xavfsizligi



Yüklə 53,28 Kb.
səhifə1/7
tarix27.12.2023
ölçüsü53,28 Kb.
#163482
  1   2   3   4   5   6   7
4-amaliy mashg\'ulot


MUQOBIL ENERGIYA TURLARI VA ULARNING EKOLOGIK XAVFSIZLIGI


Darsning maqsadi: Talabalargatabiiy resurslar va ulardan oqilona foydalanish yo‘llari haqida tushunchalar hosil qilish.
Jihozlar: Adabiyotlar, jadvallar.


Darsning metodi: Savol-javob, suhbat, munozara.


Savollar:

  1. Ilmiy texnika taraqqiyoti va tabiatdan foydalanish.

  2. Atrof muhitga inson ta’sirining kuchayishi.

  3. Tabiiy resurslar tasnifi.

  4. Tabiiy resurslarning yetishmovchiligi, urbanizasiya va ularni hal etish yo‘llari.

  5. O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish muammolari.

Yuqorida keltirilgan savollarga talabalar javob byergach, o’qituvchi har bir savolni umumlashtiradi, to’ldiradi.
Uyga vazifa: «Orol dengizi va Orolbo’yi hududining ekologik muammolari hamda ularning oldini olish» mavzusini kelgusi darsda tayyorlab kelish topshiriladi.
Zamonaviy sivilizatsiyaning me’yorda mavjud bo’lishi elektr energiya va mineral energiya tashuvchilar va ularni qayta ishlash mahsulotlari — neft va uning hosilalari, ko’mir, tabiiy gaz kabi energiya ehtiyojlarini ishonchli ta’minla­ masdan mumkin emas. Neftni zamonaviy sivilizatsiyaning qoni deb nomlashlari tasodifiy emas. Energiya ehtiyojlarni ta’minlash uchun ko’pgina variantlar mavjud bo’lib, ulardan asosiysi deb quyosh, shamol energiyasidan foydalanish evaziga tiklab bo’lmaydigan energiya manbalari (qazib olinadigan yoqilg’i) ishlatilishini qisqartirish hisoblanadi. Bunda ko’pgina mamlakatlar ushbu bosqichda importdan foydalangan holda (masalan, AQSHda bir qator konlarni ishlatishga moratoriy e’lon qilingan), “yomon kunlargacha” o’z neft va gaz konlarini konservatsiyalashni afzal ko’radilar. Daniya, Niderlandlar, AQSH, Xitoy kabi mamlakatlar shamol va quyosh elektr stantsiyalar hisobiga elektr energiyani olishga yanada ko’p e’tibor qaratib kelmoqda. Bizning mamlakatimizda ham ushbu yo’nalishda ma’lum ishlar olib borilmoqda, ammo ular, afsuski, sinash loyihalar chegarasidan hali o’tgani yo’q.
Energiya xavfsizligi — bu kompleksli tushuncha bo’lib, bir necha darajalarga taalluqli:

  • siyosiy energiya xavfsizligi;

  • iqtisodiy energiya xavfsizligi;

  • texnogen energiya xavfsizligi.

«Energiya xavfsizligi shunday shart­sharoitlarni nazarda tutadiki, ularda iste’molchi unga zarur bo’lgan energiyaga, yetkazib beruvchi esa uni iste’mol qiluvchilarga ishonchli foydalana olish imkoniyatiga ega, ya’ni gap nafaqat uzluksiz oqimlar haqida, balki barqaror va oqilona narxlar haqida ham ketadi».
Energiya xavfsizligiga erishish uchun davlatning ma’lum siyosati va maxsus chora­tadbirlarni o’tkazish talab qilinadi. Shuningdek, energiya xavfsizligiga o’z hissasini bozorlar kiritishi mumkin, lekin buni yagona amalga oshiruvchilari deb ular bo’lishi mumkin emas. Energiya xavfsizligiga erishish uchun barcha tartibga solish mexanizmlardan birgalikda foydalanish talab qilinadi.
«Energiya xavfsizligi — bu har bir oilani yetarlicha hajmda va maqbul narx­ larda gaz va energiya bilan ta’minlash». Bunga qo’shimcha ravishda soha mutaxassis­ lari quyidagilarni qo’shadilar: energiya manbasining xavfsizligi, yetkazib berish kafolatlari va tranzit ishonchiligi, quvur yo’llarini nazorat qilish, gaz va neft shantajidan voz kechish, narxlarning spekulyativ o’sishiga yo’l qo’ymaslik va h.k.
“Energiya xavfsizligi — bu maqbul narxlarda energiya resurslaridan uzluksiz foydalanish imkoniyatini ta’minlash”. Yuqorida keltirilgan ta’riflar — bu hozirgi kunda davlatning ichki va tashqi siyosatining eng muhim iqtisodiy va siyosiy muammolariga aylanuvchi energiya xavfsizligining ko’p sonli ta’riflaridan biridir. Misol sifatida Butunjahon Energiya kengashi ekspertlari tomonidan taklif qilingan ta’rifni keltirish mumkin: mahalliy va import qilinayotgan resurslarning qulay narxlar bo’yicha ma’lum vaqt davomida energiyaga o’sib boruvchi ehtiyojni qondirish. Energiya xavfsizligining har bir ta’rifi, u qaysi iqtisodiy yoki siyosiy kontekstda ko’rib chiqilayotganligiga bog’liq. Hozirgi zamon dunyosida energiya xavfsizligining muhimligi nafaqat uglevodorod yoqilg’isi zaxiralarining qisqarishi bilan, balki ayrim davlatlar, ko’proq neft va tabiiy gaz eksport qiluvchilar tomonidan, o’z siyosiy maqsadlariga erishish uchun energiya resurslarini import qiluvchilarga bosim o’tkazish bilan ifodalanadi.
Siyosiy energiya xavfsizligi. Energiya xavfsizligi davlat, uning sub’ekti yoki mintaqasining energetik mustaqilligi bilan assotsiatsiyalanadi. Iqtisodiy energiya xavfsizligi. Energiya xavfsizligi tushunchasi qo’yilgan vazifalarni hal etish imkoniyatini beruvchi energiya resurslariga tariflardan va ularning zaxiralaridan iborat. Oddiy kishilar ongida energiya xavfsizligi yonib turgan lampa va issiq batareya ko’rinishida namoyon bo’ladi.
Texnogen energiya xavfsizligi. “Har qaysi energetik qurilmalarni ishlatish bilan bog’liq inson, mol­mulk va atrof­muhit uchun xavflarning texnogen tusini” nazarda tutadi. “Energetik qurilmalarning, shu jumladan, ham energiya tejamkor tashkilotlar, ham elektr va issiqlik energiya iste’molchilarining elektr uskuna, issiqlik va atom energetik qurilmalarning inson, mol­mulk va atrof­muhit uchun xavf tusi”. Energiya xavfsizligining mazkur tipi energetika ob’ektining texnogen xavfiga kompleksli baho berishni o’z ichiga oladi: elektr xavfsizligi va yong’in xavfsizligi, elektr magnit va mexanik xavfsizligi, ekologik va sanoat xavfsizligi, portlash xavfsizligi, radiatsiyaviy, yadro va kimyo xavfsizliklari va h.k.
Texnogen xavfsizligini pasaytirish — bu doimiy ravishda amalga oshirilishi lozim bo’lgan chora­tadbirlarning majmuasidir. “Ekspertlarning bahosiga ko’ra, texnogen halokatlar va avariyalarning 70% inson omili bilan bog’liq. Demak, kasb bo’yicha chuqur bilimlarga ega bo’lish — texnogen energiya xavfsizligini ta’minlashning asosiy yo’nalishi”.
Hozirgi vaqtda energiya resurslari uchun raqobat keskin oshgan, ular yaqinda tugab qolish haqida bashoratlar paydo bo’ldi. Bular hammasi energiya xavfsizligi muammosini, birinchi navbatda, neft va gaz importidan tobe bo’lgan mamlakatlar uchun eng muhimiga aylantirdi.
Dunyo hamjamiyatida global energiya xavfsizligining yangi kontseptsiyasini rivojlantirish zaruriyati tug’ildi — “Kelajak energiyasi”, uning doirasida quyidagi ustuvor yo’nalishlar belgilab olinadi: yoqilg’ini qazib olishda, trans­ portda tashishda va yoqib yuborishda ekologik toza texnologiyalarni qo’llash; insoniyat taraqqiyoti va kelajak avlodlar uchun tabiiy resurslarning sezilarli darajada hajmlarini saqlab qolishning asosi sifatida tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish.

Yüklə 53,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə