Muqobil energiya turlari va ularning ekologik xavfsizligi


Quyosh va shamol energiyasi



Yüklə 53,28 Kb.
səhifə5/7
tarix27.12.2023
ölçüsü53,28 Kb.
#163482
1   2   3   4   5   6   7
4-amaliy mashg\'ulot

Quyosh va shamol energiyasi
“Quyosh fizikasi” institutining mutaxassislari hisoblab chiqdiki, O’zbekiston hududiga tushayotgan quyosh energiyasining miqdori hozirgi vaqtda mamlakatda boshqa manbalardan jami iste’mol qilinayotgan energiyadan to’rt marta ko’pdir. “O’zgeliomaxsusmontaj” MChJ O’zbekistonning bir qator ob’ektlarida geliotizimlarni o’rnatish bo’yicha muayyan loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Masalan, Samarqand viloyatida quyosh energiyasida birinchi elektrostantsiya o’z ishini boshlagan va yana bir quyosh energiyasini elektr energiyaga aylantiruvchi fotoelektr stantsiyasi montaj qilinmoqda.
Kichik kuchga ega fotoelektr stantsiyalarni seriya usulida ishlab chiqarishni “Soleko” O’zbekiston—Rossiya qo’shma korxonasi o’zlashtirdi. uning ta’sischi­ laridan biri O’zbekiston kosmik tadqiqotlari bo’yicha agentlik — “O’zbekkosmos” bo’ldi. Quyosh energiyasida ishlab turgan fotoelektr stantsiyalar uzoq sahrolarda va baland tog’larda cho’ponlarning manzillarini, foydali qazilmalar qidiruvchi uncha katta bo’lmagan geologlar posyolkalarini, tog’lardagi asalari xo’jalik­ larini elektr energiya bilan ta’minlaydi. Fotoelektr stantsiyalar foydalanishda juda qulay. Modullar o’zi bilan amorf kremniy qatlamli zanglamas po’latdan ishlangan tasmalarni kasb etadi. Cho’ponlar molni boshqa yaylovlarga ko’chirishga qaror qilganlarida, ular bu tasmalarni o’rab, yangi joyga olib borishadi. ushbu o’ramlardan doimiy yashash joylarda tomlarni yopishda ham foydalanish mumkin. O’zbekiston telekommunikatsiyalar vazirligi tomonidan Kommunikatsiyalar tadqiqot markazi va Boshgidromet bilan birgalikda uzoqda joylashgan o’zini­o’zi qoplaydigan telekommunikatsiya ob’ektlari (radio va teleuzatgichlar) uchun kombinatsiyalangan shamol­quyosh energiya majmuasini yaratish bo’yicha loyiha amalga oshirilmoqda. Bunday energiya majmuasining quvvati 9 kVt (fotoo’zgartiruvchi modullardan 6 kVt va shamol generatoridan 3 kVt) ni tashkil qiladi. O’zbekiston­ ning mahalliy hududlarida shamol yuklamalar taqsimlanishini o’rganish bo’yicha tadqiqot o’tkazildi. Ob’ektni dengiz sathidan 1172 metr balandlikda Chorvoq suv ombori yaqinida Respublika televizion uzatish markazi yonida qurishga qaror qilindi. 2000 yilning avgust oyi boshiga ob’ekt tajriba foydalanishga topshirildi. Ikki yil ichida gibridli qurilma 16 ming kVt•soatdan ko’proq elekt energiyasini ishlab chiqardi, shundan retranslyator ishlashi uchun 13 ming kVt•soat sarflandi va xuddi shu miqdorda sanoat elektr energiyasi tejab qolindi. 1987 yilda Toshkent viloyatining parkent qishlog’ida foydalanishga quyosh pechi topshirilgan edi. u issiqlikka bardoshli, qiyin eriydigan materiallarni olish va issiqlik­fizikaviy tadqiqotlarni o’tkazish uchun mo’ljallangan. Quyosh energiyasi mevalarni quritish qurilmasida va qorako’l terisini quritish uchun ishlatiladi, bu esa jarayonni 2–3 marta tezlashtiradi.
O’zbekistonning ko’pgina tumanlarida foydalanish uchun sho’r suv mavjud. Ichimlik xususiyatlarini yaxshilash maqsadida, u tuzsizlantiriladi, buning uchun parnikli tuzsizlantirgichlar ishlatilib, ularning ishlash tartibi juda sodda: ularga quyilgan suv quyosh issiqligi ta’sirida bug’lanib ketadi. Tuzdan xoli bo’lgan suv bug’i nishabli shisha devorida kondensatlanadi va maxsus suvto’plagichga tushadi.

Yüklə 53,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə