Muqobil energiya turlari va ularning ekologik xavfsizligi


Energiya xavfsizligining texnikaviy jihati



Yüklə 53,28 Kb.
səhifə3/7
tarix27.12.2023
ölçüsü53,28 Kb.
#163482
1   2   3   4   5   6   7
4-amaliy mashg\'ulot

Energiya xavfsizligining texnikaviy jihati
“Energiya xavfsizligi sohasida yaqqol ko’zga tashlanadigan qisqa muddatli muammo­ lar deb transportda tashish tizimining barqarorligi, shuningdek qazib olish va transport infratuzilmalarning xavfsizligi hisoblanadi”. Bu ushbu tizimlarni yaroqli holda saqlab turishni va ularning muvaffaqiyatli ishlatilishini nazarda tutadi. lozim darajada transport tizimlarini saqlab turish uchun katta pul mablag’­ lari talab etiladi. Shuningdek, ularning texnikaviy va ekologik xavfsizligi ustidan doimiy nazoratni olib borish lozim. Bunday nazoratni ham davlat tomonidan, ham mustaqil agentliklar tomonidan amalga oshirish kerak. Bundan tashqari. mavjud qoidalar va hujjatlarni doimiy ravishda takomillashtirib borish zarur.
Energiya xavfsizligining siyosiy jihati
Energiya xavfsizligini ta’minlash uchun ishlab chiqaruvchi davlatlarning turg’un rivojlanishi va ularning energetika sohasida barqarorligi katta ahamiyatga ega. Bunday barqarorlik yanada murakkab shart­sharoitlarda energiya resurs­ larini izlash va qazib olish zarurligi sababli xavf ostida qolib ketishi mumkin, bu faqat o’ta zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, atrof­muhitga zarar yetkazish bilangina sodir bo’ladi, shuningdek, o’zi bilan transportda tashishdagi qiyinchiliklarni olib keladi.
Energiya xavfsizligi energiya yetkazib beruvchi mamlakatlarda olib borilayotgan sanoat siyosatiga bog’liq. “Hozirgi kunda erkin savdoni rag’batlantirish, energiya bozorlarini ochish va liberallashtirish kabi savdo strategiyalari va energiya xavfsizligini ta’minlash strategiyasi o’rtasidagi qarama­qarshiliklar mavjud”. Energiya xavfsizligi — bu, birinchi navbatda, siyosiy muammo.
O’zbekiston hukumati tomonidan energiyani tejash dasturi ishlab chiqilgan. Mazkur Dasturga binoan energiya tejamkor texnologiyalar joriy etiladi, energiya ishlab chiqarishning gidro, gelio, termo va shamol resurslari rivojlantiriladi.
Dunyoda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish
Hozirgi vaqtda, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan (QTEM) jadal foyda­ lanishga qaramay, ularning jahon yoqilg’i­energiya balansidagi ulushi bir necha foizni tashkil qiladi, xolos. QTEM negizidagi elektr qurilmalarning o’rnatilgan quvvati bo’yicha AQSH peshqadamlik qilmoqda, so’ng Yevropa mamlakatlari kelmoqda. ular orasidan Germaniya, avstriya, Norvegiya, Daniya, angliya, Ispaniya kabi mamlakat­ larni aytib o’tish lozim. Xitoy va Hindiston gidroenergiyani o’zlashtirish soha­ sida birinchilardan hisoblanadi. Juda yuqori sur’atlarda shamol energetikasi rivojlanmoqda: shamol energiyali qurilmalarni (SHEQ) o’rnatilgan quvvatlarining yiliga o’rtacha o’sish sur’ati — 30% dan ziyod. Sohaning bunday o’sish jadalligini faqat kompyuter texnologiyalarni rivojlanish sur’atlari bilan taqqoslash mumkin.
SHEQ umumiy o’rnatilgan quvvati bo’yicha dunyoda birinchi o’rinni Germaniya egallab turibdi — 6107 MVt, ikkinchi o’rinni Ispaniya — 2836 MVt, uchinchi o’rinni AQSH — 2610 MVt, to’rtinchi o’rinni Daniya — 2341 MVt, beshinchi o’rinni Hindiston — 1220 MVt. Germaniya SHEQ quvvatini kelajakda 25000 MVt gacha, Frantsiya — 10000 MVt gacha, Hindiston — 6000 MVt gacha yetkazishni rejalashtirgan.
Quyosh energetikasiga kelsak, bozorda eng raqobatdosh tovar bo’lib yassi quyosh kollektori hisoblanadi, u issiq suv bilan ta’minlashda, suzish basseynlarida suvni isitish va h.k. uchun keng ishlatiladi. Hozirgi vaqtda AQSHda quyosh kollektorlari yordamida 4 mln GDj dan ko’proq issiqlik energiyasi olinadi. Taqqoslash uchun O’zbe­ kistonda an’anaviy energetika yordamida taxminan 200000 TDj issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi. Dunyoda quyosh energiyasini elektr energiyasiga to’g’ridan­to’g’ri aylantirish uchun ular asosida fotoelementlar va modullar sotuvi 234 mln dollarni tashkil qildi. Dunyoda fotoo’zgartirgichlarning yillik o’sish sur’atlari oxirgi besh yil ichida 30% miqdoriga yetdi. peshqadam mamlakatlar — AQSH, Yaponiya, Germaniya, Rossiya. 1997 yilda e’lon qilingan “Million quyoshli tomlar” dasturiga ko’ra, AQSHda million uylar tomlarida quyoshli energetik qurilmalar o’rnatiladi. Shunga o’xshash, lekin kichikroq hajmli “1000 ta tom” dasturi Germaniyada amalga oshirilmoqda.

Yüklə 53,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə