Muqobil energiya turlari va ularning ekologik xavfsizligi


Energiya xavfsizligining yuridik jihati



Yüklə 53,28 Kb.
səhifə2/7
tarix27.12.2023
ölçüsü53,28 Kb.
#163482
1   2   3   4   5   6   7
4-amaliy mashg\'ulot

Energiya xavfsizligining yuridik jihati
Energiya tashuvchilari bilan savdo qilish turli xalqaro kelishuvlar bilan tartibga solinadi. Kelishuvlarning bir qismi energiya xavfsizligini oshirish uchun maxsus ishlab chiqiladi. Ko’pincha, ular o’z maqsadi deb ishlab chiqarish faoliyatini transport va taqsimlash faoliyatidan ajratishni qo’yib, energiya bozorini ochish va libe­ rallashtirishga qaratilgan.
Energiya xavfsizligiga bag’ishlangan birinchi muhim hujjat ishlab chiqaruvchi mamlakatlar tomonidan yaratilib, uning yordamida ular tabiiy resurslar ustidan milliy suverenitetni mustahkamlashga harakat qilgan. 1960 yillar boshida BMT energiya resurslariga davlat suvereniteti va suveren huquqlarni rasman e’tirof etdi. BMTning ushbu rezolyutsiyasi ma’lum darajada energiya xavfsizligi masala­ larini hisobga oladi, lekin u ko’proq g’alaba qozongan mamlakatlarga iltifot ko’rsatadi. Shu sababli ishlab chiqaruvchi mamlakatlarga energiya resurslari ustidan nazoratni qaytarmoqchi bo’lgan neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OpYeK) tuzilgan edi. 1968 yilda muhim hujjat — Tashkilot ishtirokchilari hiso­ blangan mamlakatlarning neft siyosati to’g’risida Deklaratsiya qabul qilingan va uni energiya xavfsizligi globallashuvining boshi deb hisoblash mumkin.
Yana bir muhim voqea deb 1974 yilda Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT) ishtirokchilari hisoblangan mamlakatlari tomonidan Xalqaro Energiya tashkiloti (XET) tuzilishi bo’ldi. XET ishtirokchilari hisoblangan mamlakatlar inqirozdan chiqish bo’yicha Xalqaro energiya dasturini (XED) qabul qildilar. ushbu dastur faqat energiya xavfsizligiga bag’ishlangan ilk shartnoma bo’lib hisoblanadi. Shundan so’ng XED IHRT ishtirokchilari hisoblangan mamlakat­ larni neftga bog’liqligini qisqartirishga va muqobil yoqilg’i turi sifatida ko’mirdan foydalanishni rag’batlantirishga harakat qildi. 1991 yil dekabr oyida Yevropa Energiya xartiyasi tashkil qilindi. u keyingi ishlar uchun asosiy nuqtaga aylandi va 1994 yil dekabr oyida Energiya Xartiyasiga shartnoma (EXSH) qabul qilinishiga olib keldi. Hujjat 30 ta davlat, shu jumladan, aksariyat MDH mamlakatlari, Yaponiya, avstraliya va Mongoliya tomonidan ratifikatsiya qilindi. Rossiya uzoq davom etgan muzokaralardan so’ng Xartiyani ratifikatsiya qilishni rad etdi. EXSH da asosiy urg’u energiya tashuvchilarni transportda tashish muammosiga hamda iste’molchi va yetkazib beruvchini uchinchi tomonning tajovuzlaridan himoya qilishga berildi. Biroq uning energiya xavfsizligini yaratish ishidagi yuridik imkoniyatlari cheklangan. Bunda energiya resurslarini butun ishlab chiqarish va sotish ketma­ketligini qamrab oluvchi yagona kelishuv bo’lib hisoblanadi.
Bugungi kunda amal qilib turgan kelishuvlarda ayrim qarama­qarshiliklar mavjud. “umumiy” deb nomlanuvchi savdo kelishuvlar ba’zan energiya xavfsizligining yuridik jihatlariga zid bo’ladi. aksariyat savdo kelishuvlari bozor munosabatlarni tartibga soladi, lekin ular energiya xavfsizligi muammosini hal etishi mumkin emas.
“Yuridik shartnomalar energiya xavfsizligi sohasida ma’lum siyosatni olib borish vositasi sifatida xizmat qilishi mumkin, lekin ular ushbu siyosatning maqsadlari va amal qilish sohasini belgilamaydi. Energiya xavfsizligini ta’minlashning o’zginasiga yuridik yondoshuv muvaffaqiyatsizlikka olib keladi”. Energiya xavfsizligi sohasida muayyan siyosatni olib borish taqozo etiladi.

Yüklə 53,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə