Muqobil energiya turlari va ularning ekologik xavfsizligi



Yüklə 53,28 Kb.
səhifə6/7
tarix27.12.2023
ölçüsü53,28 Kb.
#163482
1   2   3   4   5   6   7
4-amaliy mashg\'ulot

Bioenergetika
Biomassani utillashtirish, biogazni olish va ishlatish energetikasining ustuvor yo’nalishlaridir. aytish lozimki, biomassadan olinadigan energiya O’zbekistonning energiyaga bo’lgan ehtiyojlarini faqat 15–19% ga qondirishi mumkin. lekin bu ham muhim, chunki energiyani olish uchun biomassadan foydalanish ma’lum bir darajada atrof­muhitni muhofaza qilish muammosini hal etadi va qishloq xo’jaligini yuqori sifatli o’g’itlar bilan ta’minlaydi.
Biomassaning o’ziga xos jihati shundan iboratki, neft, tabiiy gaz va ko’mirdan farqli o’laroq, u o’zi bilan doimiy ravishda yangilanib turuvchi energiya manbasini kasb etadi. Biomassaning manbalari bo’lib qattiq maishiy, sanoat chiqindilari, shahar oqova suvlarining qoldiqlari, chorvachilik chiqindilari, o’simliklar qoldiqlari, o’rmon mahsulotlari, shu jumladan, yog’och tayyorlash va transportda tashishdagi chiqindilar, yog’och­taxta materiallari, yog’och massasi, qog’oz va h.k.larni ishlab chiqarishdagi chiqindilar hisoblanadi.
Energiyani olish nuqtai nazaridan yirik bo’rdoqiga boqiladigan xo’jaliklarda yopiq xonalarda hayvonlar saqlanganda chorvachilik chiqindilari katta qiziqish tug’diradi. Biomassadan energiyani bevosita yoqib yuborish, termik parchalanish va shlaklash orqali, pog’onali bug’lash bilan, quyish jarayoni bilan, biomassani yoqib yuborish, yoqilg’ilarni gazifikatsiyalash, anaerobli fermentlash va h.k. yo’llar bilan olish mumkin. Hayvonlarning chiqindisidan energiya olishning eng yaxshi samarali usuli — bu anaerobli fermentlash va biogazofikatsiyalash. Natijada nafaqat olingan metan, balki chirib ketish qoldiqlari ishlatilib, ular organik o’g’itlar yoki mol uchun yem sifatida qo’llaniladi.
1 tonna biomassani gazifikatsiyalash 0,5 tonna yoqilg’i qazilmalar yonishidan hosil bo’layotgan 1,5 tonna SO2 qisqarishiga mos keladi.
Biogazli qurilmalar parranda fabrikalar va bo’rdoqiga boqiladigan chorva­chilik komplekslarida muvaffaqiyatli ishlab kelmoqda, lekin ular haligacha keng tarqalmagan.
O’zbekiston kommunal xo’jaligi vazirligi tomonidan Boshgidromet bilan birgalikda ikkita pilot loyihalarni amalga oshirish haqida qaror qabul qilindi. ulardan birinchisi yiliga 55000 tonna biomassani (shu jumladan, qattiq uy axlati, silos, chorvachilik fermalar chiqindilarini) qayta ishlash stantsiyasini qurishni nazarda tutadi. Texnologiyani qo’llash yaqin kelajakda taxminan 2 mlrd kub. m. biogazni berishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi Hukumati, BMT Taraqqiyot dasturi, Energiya va atrof muhit bo’yicha Tematik Trast Jamg’armalari tomonidan “O’zbekistonda Biogaz Texnologiyalarni Rivo­ jlantirishga Ko’maklashish” loyihasi amalga oshirilmoqda. loyiha doirasida fermer xo’jaligi uchun moliyaviy investitsiyalardan foydalanish imkoniyatini ta’minlash maqsadida biogaz tizimining texnik­iqtisodiy asoslash bajariladi va pilotli namoyish qurilmasi amalga oshiriladi. Mahalliy bank tashkilotlari, toza rivojlantirish mexanizmi va xususiy tadbirkorlar bilan hamkorlik qilish orqali qayta tiklanadigan energetikaga moliyaviy investitsiyalardan foydalanish imkoniyatlarni o’rganadi. Shunga o’xshash loyihalar Shvetsiya, AQSH va Kanadada ishlab kelmoqda. Ikkinchi loyihada axlatda ishlaydigan kombi­ natsiyalangan qozonxona­elektrstantsiyasini qurish rejalashtirilgan. Bunday qozonxonaning amaldagi prototipi Daniyada ishlamoqda.
Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, O’zbekiston Fanlar akademiyasi va Boshgi­ dromet tomonidan amalga oshirilayotgan loyihada avtonom issiqlik va elektr­ generatsiyalovchi uskunalar to’plamini yaratish nazarda tutilgan. To’plam biogaz qurilmadan (Stirling­generator) va quyosh bilan qizdiriladigan suv kollektor­ laridan iborat. Kombinatsiyalangan Stirling­generator biogaz (metan) va quyosh energiyasini ishlatadi va 50 ta bosh moldan iborat fermaning issiq suv, isitish va qisman elektr energiyaga bo’lgan ehtiyojlarini to’liq qondiradi. O’zbekistonda bunday qurilmalarga ehtimoldagi talab — taxminan million dona.
Sezilarli darajada energiya xarajatlarini tejashga yaxshi issiqlikni izolyatsiya qiluvchi xususiyatlarga va yorilib ketishga qarshi yetarlicha yuqori qarshilikka ega qurilish materiallarining issiqlikni izolyatsiya qiluvchi xususiyatlarini oshirish, shu jumladan, o’simlik chiqindilarini ham, ya’ni biomassani ishlatish hisobiga erishish mumkin.
Ekologik xavfsizlik
Ekologik xavfsizlik milliy xavfsizlikning bo’g’inlaridan biri bo’lib, hududda istiqomat qiluvchi (yoki ishlovchi) aholi obod turmushini, hayoti va faoliyati xavf­ sizligini hamda tabiiy ekotizimning barqaror holatini ta’minlovchi tabiiy, ijtimoiy, texnik va boshqa shart­sharoitlar yig’indisidir (Bolsherotov, 2010). Ekologik xavfsizlik — atrof­muhitdagi ekologik muvozanatni ta’minlovchi holatlar, jarayonlar va faoliyat jamlanmasi. u tabiiy muhitga va inson hayotiga ziyon yetishiga (yoki shunday xavf tug’ilishiga) yo’l qo’ymaydi (Xorujaya, 2002). Shuningdek, bu shaxsning, jamiyatning, tabiatning, davlatning va, umuman, insoniyatning eng zarur manfaatlarini atrof­muhitga antropogen va tabiiy ta’sir natijasida yuzaga kelgan haqiqiy va potentsial tahdidlardan himoya qilinishi jarayonidir. Ekologik xavfsiz­ likning ob’ektlari huquq, shaxsning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari, tabiiy resurslar hamda tabiiy muhit yoki davlat va jamiyat taraqqiyotining moddiy asosi hisoblanadi. Ekologik xavfsizlik atrof­muhitga antropogen ta’sir natijasida kelib chiqqan oqibatlardan, shuningdek, stixiyali falokatlar va katastrofalardan shaxs, jamiyat va davlatning himoyalanishidir (Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligiga kiruvchi mamlakatlarning parlamentlararo assambleyasi qarori bilan 1992 yilning 29 dekabrida Sankt­peterburgda qabul qilingan Hamkor davlatlar ekologik xavfsizligi tamoyillari to’g’risidagi tavsiyaviy­qonuniy hujjat).
Ekologik xavfsizlik inson istiqomat qiluvchi makon va biosferadagi, atmos­ fera, gidrosfera, litosfera va yaqin kosmosfera, hayvonot va nabotot olami turlari tarkibidagi ekologik ko’rsatkichlar yomonlashuvi xavfining oldini olish, shuningdek, qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslarni inson tugatib bitirishi xatarini oldindan bartaraf etishdir. Konstitutsiyaga ko’ra, har bir fuqaro qulay atrof­muhit sharoitidan bahramand bo’lish, uning holati haqida haqqoniy axborot olish, ekologik huquqbuzarlik natijasida salomatligi yoki mulkiga yetkazilgan zararni qoplash huquqiga ega.
Ekologik xavfsizlik tabiiy muhit, insonning o’ta muhim manfaatlari xo’jalik yoki boshqa biror faoliyat sohasida tabiiy va texnogen turdagi favqulodda vaziyat­ lar keltirib chiqargan negativ hodisalar va oqibatlaridan himoyalanganini e’tiborga oladi. Bu esa o’z navbatida, demografik vaziyat, aholining munosib yashash iqlimi, ichimlik suvi, energetik resurslar va oziq­ovqat mahsulotlari, chiqindi chiqarilishi va boshqa omillar e’tiborda tutilishini anglatadi.
Ekologik xavfsizlikni faqatgina alohida bir mamlakatning urinishi bilan ta’minlab bo’lmaydi. u umuminsoniyat manfaatlariga xizmat qilib, butunjahonga xos masala sanaladi, shu sababli milliy xavfsizlik tushunchasidan ko’ra kengroq ahamiyatga egadir. Tabiiy ekotizimning ekologik xavfsizligi va barqarorligini baholashning yagona mezoni asosiy biotsenoz tabiiy biotopining buzilmasligi va antropogen ta’sir ostida qayta tiklanish xususiyatidir. Sun’iy ekotizimning ekologik xavfsizligini baholashning yagona mezoni turmush darajasi va aholi salomatligidir (Bolsherotov, 2010). Ekologik xavfsizlik butunjahon, mintaqaviy va mahalliy darajalarda amalga oshiriladi.
Ekologik xavfsizlikni boshqarishning global darajasida bir butun bios­ fera va uning tarkibidagi boshqa sferalarda kechuvchi jarayonlarini kuzatish va oldindan aytish ko’zda tutiladi. XX asrning ikkinchi yarmida bu jarayonlar iqlim­ ning global o’zgarishida, “issiqxona ta’siri”da, ozon qatlamining yemirilishida, sayyoraning cho’llashuvida, dunyo okeanining va havo muhitining ifloslanishida aksini topdi. atrof­muhitdagi biosferaning holatini saqlash va uning tarki­ bidagi tirik organizmlar majmuining o’zini qayta tiklash tabiiy mexanizmini ishga tushirish global nazoratning mazmun­mohiyatidir.
Global ekologik xavfsizlikni boshqarish BMT, YUNESKO, YUNEP va boshqa xalqaro tashkilotlar darajasidagi davlatlararo aloqalarda alohida huquq­imtiyozlarga ega hisoblanadi. Bu darajadagi boshqaruv usullari biosfera miqyosida atrof­muhit muhofazasi bo’yicha xalqaro hujjatlarni qabul qilish, davlatlararo ekologik dasturlarni amalga oshirish, antropogen va tabiiy kelib chiquvchi ekologik halokatlarni bartaraf etuvchi hukumatlararo kuchlar tuzish singari ishlarni o’z ichiga oladi.

Yüklə 53,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə