Muqobil energiya turlari va ularning ekologik xavfsizligi


O’zbekistonda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish



Yüklə 53,28 Kb.
səhifə4/7
tarix27.12.2023
ölçüsü53,28 Kb.
#163482
1   2   3   4   5   6   7
4-amaliy mashg\'ulot

O’zbekistonda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish
Elektr energiyasini olish uchun katta gidroenergetik resurslar, sanoat, qishloq xo’jaligi va kommunal sohasining issiqlik, elektr ta’minoti ob’ektlarini elektr­issiqlik ta’minotiga o’tish bilan takomillashtirish talabga muhtoj emas, yoqilg’i­energetika balansida gidroenergetika ulushi uning imkoniyatlariga to’g’ri kelmaydi. O’zbekistonda mavjud bo’lgan gidroelektrstantsiyalarning o’rnatilgan quvvati 1700 MVt ni tashkil qiladi. ularda o’rtacha yillik elektr energiya ishlab chiqarish yiliga 6 mlrd kVt soatdan ziyod, garchi Respublikaning gidroresurslari gidroenergiya yordamida bir necha marta ko’proq elektr energiyani ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. O’zbekiston hududi bo’ylab oqib o’tayotgan 650 ta daryolarning texnikaviy salohiyati umumiy quvvati 207 MVt va umumiy elektr energiyani ishlab chiqarish yiliga 1532 mln.kVt soat bo’lgan 1100 gidroelektrstantsiyalarni qurish imkoniyatiga ega. Tabiiy suv oqimlaridan foydalanishdan tashqari, “Gidro­ loyiha” aJ baholariga ko’ra, O’zbekistonning sun’iy suv oqimlarida umumiy o’rnatilgan quvvati 1726 MVt va umumiy elektr energiyani ishlab chiqarish yiliga 7213 mln kVt soat bo’lgan 140 ta GES qurish mumkin. Sun’iy suv oqimlarining texnikaviy salohiyatiga baho berishda, ularda 10 MVt dan 30 MVt gacha quvvatga ega GES yaratish nazarda tutilgan edi, lekin deyarli 100 MVt gacha mikro GES va 100 kVt dan 10 MVt gacha kichik GES qurish hisobga olinmagan edi, garchi aynan shunday gidroelektrstantsiyalar g’arbda kengroq tarqalgan. Mikro GES qurish nisbatan arzon, ular ko’p mablag’ talab qiladigan va yuqori malakali xizmat ko’rsatishni talab qilmaydi. ular O’zbekistonda nafaqat qishloq joylarining elektr ta’mi­ notida, balki issiqlik, issiq suv ta’minotida va isitishda ishlatilishi mumkin. 1995 yilda “O’zbekiston Respublikasida kichik va o’rta gidroelektrstantsiya­ larni yaratish to’g’risida” hukumat qarori qabul qilingan edi. Hukumat tomonidan tasdiqlangan dasturga binoan, 141 ta GES, shu jumladan, 2010 yilgacha 15 ta GES qurish rejalashtirilgan bo’lib, ular ishga tushirilganda har yili o’rtacha 1300 mln kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Bu esa taxminan 160 ming tonna shartli yoqilg’i tejab qolinishiga xizmat qiladi. O’tkazilgan tadqiqotlar kichik GES yiliga 8 mlrd kVt soatgacha elektr energiyasini ishlab chiqarish imkoniyatini aniqlab berdi. Hozirgi vaqtda ushbu dasturni amalga oshirish bilan “O’zsuvenergo” birlashmasi shug’ullanmoqda.
“O’zbekiston Qurilish­loyiha” ilmiy­tadqiqot institutida alinitli port­ landtsementni ishlab chiqarishning tubdan yangi yoqilg’i va energiya tejamkor quyi haroratli texnologiyasi ishlab chiqilib, u qurilish kompleksida yoqilg’i va energiya iste’mol qilish hajmini 30% ga qisqartirish imkoniyatini beradi. Texnologiya katta ekologik ahamiyatga egaki, u tarkibida xlor bo’lgan sanoat chiqindilarni — axlat yoqib yuborish korxonalarining kulini ishlatish imkoniyatini beradi.
Energiya resurslarni tejash dasturi har yili neft ekvivalentining 12 mln tonnasini saqlab qolish imkoniyatini berishi kutilmoqda. Dastur bo’yicha 2010 yilga kelib, uglevodorod resurslarni iste’mol qilish faqatgina 10% ga oshadi (neft ekvivalentida 50 mln tonnagacha). Bunda 2010 yilga kelib energiya iste’mol qilinishi 25–30% ga kamayishi kutilmoqda.
Energiya ta’minoti masalalari O’zbekiston Hukumatining ustuvor masala­ lari deb hisoblanadi va bu borada, so’zsiz, energiyani tejaydigan lampalarni ishlatish o’rni yuqoridir. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.06.2011 yildagi “Energiyani tejaydigan lampalar ishlab chiqarishni tashkil etish va ulardan foydalanishga bosqichma­bosqich o’tish chora­tadbirlari to’g’risi­ da”gi161­sonli qarorida 2011–2015 yillarda zamonaviy energiyani tejaydigan lampalar ishlab chiqarishni tashkil etish va ishlatilayotgan cho’g’lanma lampalarni almashtirish bo’yicha chora­tadbirlar dasturi ma’qullangan. Energiyani tejay­ digan lampalar tarkibida simob bo’lgan lampalar deb hisoblanadi, shuning uchun mazkur Dasturda Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar shahar va tumanlarida, Toshkent shahar­tumanlarida o’z resursini ishlatib bo’lgan energiyani tejaydigan lampalarni yig’ish va saqlash punktlarini hamda ularni utillashtirish bo’yicha korxonalarni tashkil etish nazarda tutilgan.

Yüklə 53,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə