31
Barcha o`qitishning texnik vositalarini shartli ravishda uch asosiy guruhga bo`lish
mumkin.
1.Audiovizual vositalar (kinoproyeksiya, diaproyeksiya va epi proyeksiyalar, ovoz yozib
olish, televideniye, radio);
2.Jihozlar, uskuna va asboblar;
3.Dasturli (kompyuterli) ta`lim` vositalari.
O`qitishning texnik vositalaridan ta`lim`-tarbiya jarayonining
tashkil etuvchi
komponentlari bilan uzviy bog`liqlik va munosabatlarni hisobga olgan holda foydalanish zarur.
Aks holda mashg`ulot samarasini umuman yo`qqa chiqarish ham mumkin.
Mashg`ulotda o`qitishning texnik vositalaridan foydalanish yordamchi xarakterga ega
bo`lib, ularni tanlash, ishlatish vaqti va joyi darsning umumiy
rejasida maqsadga muvofiq
ravishda belgilanadi.
Hozirgi paytda ta'lim-tarbiya jarayonida o`qituvchining jonli muloqoti muhim
ahamiyatga ega bo`lganligiga qaramay, u yagona axborot manbayi bo`la olmasligi hayotiy
haqiqat.
O`quv xonalarini o`qitishning texnik vositalari bilan
jihozlashda quyidagi texnik-
pedagogik talablar qo`yiladi:
1. O`quv xonalarini o`qitishning texnik vositalari bilan jihozlashda o`quv jarayonida
ulardan majmuaviy foydalanishni hisobga olish zarur.
2. O`quv xonasining istalgan joyidan yaxshi ko`rish va eshitish imkoniyatining
mavjudligi.
3. O`quv xonasida, shovqin, yorug`lik, namlik kabilar me'yorini ta'minlash.
4. Oddiy, arzon, xavfsiz, uzoq muddat buzilmay ishlashi;
Ta'lim-tarbiya ishida texnik vositalardan foydalanish, avvalo, didaktik prinsiplarga amal
qilishni ko`zda tutadi. Masalan, ko`rsatmalilik prinsipi real obyekt
bilan mavhum tasavvurning
birligini ifodalaydi.
Dostları ilə paylaş: