Microsoft Word D. Nurmatova Mehnat ta`limi mashg`ulotlarida texnik ijodkorlikka oid plakatlar majmuasidan foydalanishni pedago



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/34
tarix07.06.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#115974
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34
diplom ishi

1.Chizmalar eskizlarini o`qish
Ахборотни оғзаки
равишда узатиш
4. Detallarni yig`ish
8. Detallarni uzellarga yig`ish 
va modelni ishda sinab ko`rish.
3. Detallarni biriktirish
6. Kinematik va printsipial sxemalar
bo`yicha detallarni konstruktsiyalash
5. Konstruktsiyada yetishmaydigan
detallar va uzellarni loyihalash
7. Texnik talablar, topshiriq
bo`yicha detallar tayyorlash.
Texnik modellashtirish jarayoni
Texnik modellashtirish jarayoni
9. Aniqlangan kamchiliklarni tuzatish, sinab ko`rish va pardozlash.
Texnik modellashtirish jarayonida turli texnologik operatsiyalar o`zlashtiriladi- metal va 
metallmas materiallarning har xil turlari va markazlari bilib olinadi. Zamonaviy texnikaning 
haqiqiy namunalari tuzilishi va ishlashining asosiy printsiplari tushuniladi, amaliy faoliyat 
jarayonida esa umumta`limiy predmetlar ,bo`yicha oligan bilimlar mustahkamlanadi 
 
 
 
 
 
Pedagogik qism 
 
 
 
 
 
3.1. Plakat tayyorlash va uni qo`llashning pedagogikadagi o`rni.
Hozirgi paytda ta`lim`-tarbiya tizimida o`qituvchining tahsil oluvchilar bilan jonli 
muloqot va munosabati muhim ahamiyatga ega bo`lganligiga qaramay, u yagona axborot manbai 
bo`la olmasligi hayotiy haqiqat. Shuning uchun ham, ta'lim-tarbiya ishini osonlashtiradigan va 
samaradorligini oshirish omillaridan keng foydalaniladi. Ana shunday omillardan biri 
o`qitishning texnik vositalaridir. 
O`qitishning texnik vositalari
deganda ta`lim`-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining 
hamkorlik faoliyatini ta'minlab, uning samaradorligini oshirish, ta'minlash maqsadida 
foydalaniladigan qurilmalar tizimi tushuniladi. 


31
Barcha o`qitishning texnik vositalarini shartli ravishda uch asosiy guruhga bo`lish 
mumkin. 
1.Audiovizual vositalar (kinoproyeksiya, diaproyeksiya va epi proyeksiyalar, ovoz yozib 
olish, televideniye, radio); 
2.Jihozlar, uskuna va asboblar; 
3.Dasturli (kompyuterli) ta`lim` vositalari. 
O`qitishning texnik vositalaridan ta`lim`-tarbiya jarayonining tashkil etuvchi 
komponentlari bilan uzviy bog`liqlik va munosabatlarni hisobga olgan holda foydalanish zarur. 
Aks holda mashg`ulot samarasini umuman yo`qqa chiqarish ham mumkin. 
Mashg`ulotda o`qitishning texnik vositalaridan foydalanish yordamchi xarakterga ega 
bo`lib, ularni tanlash, ishlatish vaqti va joyi darsning umumiy rejasida maqsadga muvofiq 
ravishda belgilanadi. 
Hozirgi paytda ta'lim-tarbiya jarayonida o`qituvchining jonli muloqoti muhim 
ahamiyatga ega bo`lganligiga qaramay, u yagona axborot manbayi bo`la olmasligi hayotiy 
haqiqat. 
O`quv xonalarini o`qitishning texnik vositalari bilan jihozlashda quyidagi texnik-
pedagogik talablar qo`yiladi: 
1. O`quv xonalarini o`qitishning texnik vositalari bilan jihozlashda o`quv jarayonida 
ulardan majmuaviy foydalanishni hisobga olish zarur. 
2. O`quv xonasining istalgan joyidan yaxshi ko`rish va eshitish imkoniyatining 
mavjudligi. 
3. O`quv xonasida, shovqin, yorug`lik, namlik kabilar me'yorini ta'minlash. 
4. Oddiy, arzon, xavfsiz, uzoq muddat buzilmay ishlashi; 
Ta'lim-tarbiya ishida texnik vositalardan foydalanish, avvalo, didaktik prinsiplarga amal 
qilishni ko`zda tutadi. Masalan, ko`rsatmalilik prinsipi real obyekt bilan mavhum tasavvurning 
birligini ifodalaydi. 

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə