Microsoft Word D. Nurmatova Mehnat ta`limi mashg`ulotlarida texnik ijodkorlikka oid plakatlar majmuasidan foydalanishni pedago



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/34
tarix07.06.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#115974
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
diplom ishi

REJA: 
I.
 
Kirish: 
Bitiruv malaviy ish mavzusining dolzarbligi. 
Bitiruv malakaviy ishning izlanish ob`yekti va predmeti. 
Bitiruv malakaviy ishi izlanishining metodik asosi. 
Bitiruv malakaviy ishning ilmiy yangiligi.
Bitiruv malakaviy ishning amaliy ahamiyati. 
1.6. Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining qonuniy 
asoslari (shart-sharoitlari). 
Asosiy qism: 
2.1. O`quvchilar texnik ijodkorligining mohiyati va tushunchalari 
2.2.
Maktab o`quvchilarining texnik ijodkorligining xususiyatlari. 
2.3. O`quvchilar ijodkorligiga oid atamalarni tahliliga oid 
plakatlar 
III. Pedagogik qism:
3.1. Plakat tayyorlash va uni qo`llashning pedagogikadagi urni.
3.2. Plakatlar majmuasi asosida darslarni o`tkazish. 
3.3. Tadqiqot usullari va natijalarini tahlili. 
Xulosa 
Foydalanilgan adabiyotlar 
Internet ma`lumotlari.


4
KIRISH 
1.1.
 
Bitiruv malaviy ish mavzusining dolzarbligi. 
Hozirgi kunda mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturini bosqichma-bosqich 
muvaffaqiyatli amalga oshirish ko`p jihatdan o`qituvchi faoliyatiga, uning kasbiy nufuzini 
oshirishga bog`liqdir. SHunday ekan, sog`lom har tomonlama barkamol avlodni yetishtirish 
uzluksiz ta`lim tizimida mehnat qilayotgan pedagogning saviyasiga, tayyorgarligiga va 
fidoyiligiga, yosh avlodni o`qitish va tarbiyalash ishiga bo`lgan munosabatiga bog`liqdir. 
O`qituvchi jamiyatning ijtimoiy topshirig`ini bajaradi, shunday ekan, har tomonlama etuk 
mutaxassislarni tayyorlashda o`qituvchi muayyan ijtimoiy-siyosiy, pedagogik va shaxsiy 
talablarga javob berishi lozim. SHunday ekan, o`qituvchi mustaqqillik g`oyasiga e`tiqodi, har 
tomonlama rivojlangan ilmiy tafakkuri, kasbiga tegishli ma`lumoti, ya`ni o`z fanining chuqur 
bilimdoni, pedagogik muloqot ustasi, pedagogik-psixologik va uslubiy bilim va malakalarni 
egalangan bo`lishi hamda turli pedagogik vazifalarni tezda yechishni, vaziyatlarni sezishi, 
o`rganishi va baholay olishi kerak. Pedagogik ta`sir ko`rsatishning eng maqbul usul va 
vositalarini tanlay olish qobiliyatiga ega bo`lishi lozim. 
Mustaqil O`zbekistonning kelajagi bo`lgan avlodni tarbiyalash nozik, nihoyatda katta 
diqqat-e`tiborni talab qiladigan, ichki ziddiyatli jarayondir. SHunday ekan, o`qituvchi, o`quvchi 
va talabaning shakllanish jarayonini zo`r xavas va sinchkovlik bilan kuzatishi lozim. U 
pedagogik jarayonni boshqarar ekan, pedagogik bilim va mahorat egasi bo`lishi lozim. 
SHundagina o`qituvchi pedagogik hodisalarning mohiyatini va dialektikasini, pedagogik mehnat 
metodi, kasb va texnologiyasini va professional pedagogik mahoratni egallay oladi. Pedagogik 
bilim va mahorat egasi bo`lgan o`qituvchi avval, pedagogika fanining metodologik asoslarini 
shaxs rivojlanishining qonuniyatlari va omillarini, kadrlar tayyorlash milliy, dasturining 
mohiyati, maqsad va vazifalarini bilishi kerak. Ta`lim tizimida mehnat qilayotgan 
pedagoglarning ko`pchiligi ta`lim va tarbiya jarayonida pedagogik mahoratning zaruriyati va 
ahamiyatini chuqur anglamoqdalar. 
SHu sababli ular o`z mahoratlarini uzluksiz oshira borishga, hozirgi kunning yuksak 
talablariga mos zamonaviy bilim va tajribalarinig o`zlashtirishga, ijodiy mehnat qilishga 
intilmoqdalar. Ammo shuni ham e`tirof etishimiz kerakki, o`quv yurtlarida ayrim o`qituvchilar 
o`z pedagogik mahoratlarini oshira borishning ahamiyatini etarli darajada his qilmaydilar, ta`lim 


5
to`g`risidagi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini talablarini chuqurroq o`rganishga 
qiziqmaydilar, o`quv jarayonining ilmiyligiga, zamon talablariga mosligiga, turmush, amaliyot 
bilan bog`lanishiga yuzaki qaraydilar, o`qitilayotgan o`quv fanlarining ilmiy va g`oyaviy 
tarbiyaviy birligini doimo esda tutmaydilar. Bu esa ular qo`lida ta`lim olayotgan o`quvchi, 
talablarning bilim darajasi va saviyasining etarli emasligiga, o`quv dasturlarini o`zlashtirishdan 
orqada qolishlariga sabab bo`lmoqda. 
Uzluksiz ta`lim tizimini amalga oshirish jarayonida yosh avlodni ko`ngildagidek o`qitish 
va tarbiyalash haqida gap borar ekan, bu g`oyat murakkab va ko`p qirrali vazifani faqat malakali 
pedagogik mahoratga ega bo`lgan o`qituvchi kadrlar bilan amalga oshirish mumkin. 
SHunday ekan, o`qituvchilik katta san`atdir. Bu san`atga u yoki bu pedagog osongina, o`z-
o`zidan erisha olmaydi. Buning uchun o`qituvchilik kasbiga, ya`ni sog`lom avlodning chinakam 
murabbiy bo`lishiga havasi, ishtiyoqi zo`r, zamon talablarini tez va chuqur tushunadigan, 
o`zining ilmiy, ijtimoiy-siyosiy saviyasini, pedagogik mahoratini izchillik bilan amalga oshira 
boruvchi, mustaqillik g`oyasi va mafkurasi bilan puxta qurollantirilgan, haqiqiy vatanparvar va 
mehnatsevar kishilargina erisha oladilar. 
Davlatimiz rahbari I. Karimov Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasining ochilishi 
marosimida so`zlagan nutqida: «Birovni o`qitadigan, tarbiya qiladigan inson avvalo o`zi har 
tomonlama barkamol bo`lmog`i shart». Zamon talablari: professor va o`qituvchilar o`zlarida 
mavjud bo`lgan bilim va saviya bilan cheklanib qolmasdan, xorijiy mamlakatlar tajribasini qunt 
va sabot bilan o`rganib, mag`zini chaqib, undan keyin o`z talabalariga saboq berishlari 
zarurligini alohida ta`kidlaydi. 
Bu esa pedagogikadan o`z ilmini yangidan, tanqidiy tahlil etishini talab etadi. CHunki 
yangi tartib qoidalardan foydalandimi yoki axborot manbai sifatida kelib ketadimi, bu narsa ayni 
o`qituvchiga bog`liq. O`qituvchi o`quv texnologiyasining bevosita tartib qoidalarga jiddiy 
tayyorlangan, yo`l-yo`riq olgan, moslangan, ruxlangan bo`lishi lozim. 
Pedagogikaning ijodiy potentsiali uning ijodkorlik shaxsiyatini shakllantirishga 
intilishadi, pedagogik odobning namayon bo`lishi, qobiliyat, tasavvurni rag`batlantirish, yumor 
hissini rivojlantirish, qiziqarli, qo`yilmagan savollarni qo`yish o`quv, o`quvchi- talabalarni savol 
berishga jalb qilish o`quv va x.k. orqali amalga oshirilishi mumkin.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə