Microsoft Word D. Nurmatova Mehnat ta`limi mashg`ulotlarida texnik ijodkorlikka oid plakatlar majmuasidan foydalanishni pedago


 O`quvchilar texnik ijodkorligining mohiyati va tushunchalari



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/34
tarix07.06.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#115974
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
diplom ishi

Asosiy qism 
2.1. O`quvchilar texnik ijodkorligining mohiyati va tushunchalari 
O`qitish jarayonida, maktablardagi to`garak mashg`ulotlarida, maktabdan tashqari 
muassasalarda o`quvchilar ijodiy faoliyatini o`stirish muammosi katta ijodiy va iqtisodiy 
ahamiyatga ega. 
O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g`risida»gi Qonunida bolalarning qobiliyati
is`tedodini rivojlantirishga, «kadrlar tayyorlash milliy dasturi«da esa ijodiy fikrlash va atrof - 
muhitga ongli munosabatda bo`lishni shakillantirishga katta e`tibor berilgan.
Fan va texnikaning aniq turlari bo`yicha o`quvchilar ijodiy faoliyatini aktivlashtirish - 
umumta`lim predmetlari, mehnat ta`lim o`qituvchilari va to`garak rahbarlarining eng muhim 
vazifasidir. Chunki qiziqishlar bo`yicha amalga oshiriladigan ana shu faoliyat mehnatning 
boshqa shakllari bilan uzviy bog`liq holda shaxsni uyg`un shakllantiradi va maktabni 
bitiruvchilarni sanoat hamda qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishida ongli, samarali mehnat qilishga 
tayyorlaydi. O`quvchilar va texnika to`garagi rahbarlarining ilg`or tajribasini o`rganish, 
umumlashtirish va tadbiq qilish doimo pedagogika fanining muhim vazifalaridan biri bo`lgan va 
shunday bo`lib qoladi.
O`quvchilarni xalq xo`jaligida ishlashga tayyorlash, ularda mehnatga muxabbat va 
yaratuvchilik faoliyati darajasida o`z bilim va malakalarini ijodiy qo`llash ko`nikmalarini 
shakillantirish - umumta`lim maktablarining asosiy vazifalaridan biridir. Bu vazifani hal qilishda 
o`quvchilarni texnik ijodkorlikka jalb etish katta rol o`ynaydi.
Bolalarning ijodiy qobiliyatlarini o`stirish yo`llari xam belgilab berilgan. Ilmiy 
tadqiqotlarning natijalari hozirgi maktab o`quvchilarining faoliyati ijodiy izlanish tavsifida 
bo`lishi kerak, buning uchun esa o`quvchilarni ob`ektiv borliqdagi hodisalarni mustaqil xolda 
aniqlash, tekshirish va tushuntirishga o`rgatuvchi uslublarini qo`llash zarurligini tasdiqlash 
imkonini beradi. Tayyor xolda o`quvchilarga beriladigan bilimlar va ularning ijodiy 
qobiliyatlarini susaytiradi.
Shuningdek, fan asoslari, mehnat ta`limi va ishlab chiqarish mehnati mashgulotlarida 
ilmiy, umummehnat, umumtexnik va maxsus bilimlar xamda ko`nikmalarni o`zlashtirish 
o`quvchilarni ta`lim va mehnat jarayonining dastlabki bosqichlaridayoq, ilmiy faoliyatga jalb 
qilish bilan birgalikda bo`lishi kerakligi ham aniqlandi. SHu taqdirdagina bilim va 
ko`nikmalarning shakillanishi va mustahkamlanishi samaraliroq bo`ladi, chunki o`quvchilar 
bularni egallash zarurligini tushunadilar.
Bolalarning texnik ijodkorligida vazifani bajarish to`rtta asosiy bosqichga ajraladi;
-G`oyani idrok etish va asoslash:


11
-Topshiriqni texnik jixatdan ishlab chiqish:
-Topshiriq (ob`yekt) ustida amaliy ishlash ob`ektni sinab ko`rish^ 
-Ijodiy echim natijasini baholash.
Har bir bosqich aniq natijaga ega bo`lishi kerak: bu natija

birinchi bosqichda idrok etilgan va qabul qilingan g`oya,

ikkinchi bosqichda g`oya konstruktorlik - texnologik jixatdan ishlab chiqish, 
amalga oshirish imkoniyatiga yetkazish:

uchunchi bosqichda qarorni amalga oshirish,

to`rtinchi bosqichda analiz, ishni tugatish va yechimni baholash hisoblanadi. 
Ijodiy topshiriqni bajarishdagi har bir bosqichning natijaliligiga o`quvchilarda texnik 
fikrlash, mehnat ko`nikma va malakalarini rivojlanishi bilan uzviy bogliqdir.
O`quvchilarda texnik fikrlashni rivojlantirish vositasi mehnat faoliyati jarayonida 
beriladigan ijodiy topshiriq sistemasi bo`lib, ular ma`lum izchillikda soddaroq texnik 
vazifalardan asta - sekin murakkabroq masalalarga o`tish tartibida beriladi


Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə