Microsoft Word dinda savol2 ziyouz com doc


Qarindoshlari kechasi dafn qilib kelishdi. O’likni shuncha tez ko‘mish



Yüklə 119,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/49
tarix21.08.2023
ölçüsü119,67 Kb.
#120769
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   49
Muhammad Sharif Juman, Ahmad Muhammad. Dinda savolim bor... (2-kitob)

Qarindoshlari kechasi dafn qilib kelishdi. O’likni shuncha tez ko‘mish 
joizmi? 
Javob: Dinimiz mayyitni imkoni boricha tezroq dafnga hozirlab, janozasini o‘qish va 
qabrga qo‘yishni targ‘ib qiladi. Bu shariatimiz ko‘rsatmasi bo‘lsa, mayyitga hurmatdir. 
Zero, o‘lik tana uzoqroq vaqt qolsa, o‘zgarishi, hidlar paydo qilishi mumkin. Bu holdan 
tiriklarga ham ozor yetadi. 
Payg‘ambarimiz alayhissalom sahobalardan bittasini tunda dafn etganlar. Hazrati Abu 
Bakr Siddiq vafot etganlarida ham, Imom Buxoriy rivoyatlariga ko‘ra, tong otguncha 
dafn etilganlar.
Savol: Janoza namozi o‘qiyotgan imom har gal takbir aytganida iqtido 
qilayotganlarning ko‘plari boshlarini yuqoriga ko‘tarib-tushiradilar. Shu 
to‘g‘rimi? 
Javob: Bu ishlarida ma’no yo‘q. Aksincha, u man etilgan amaldir. Bunday bosh 
ko‘tarish aqidamizga zid holatlardan hisoblanadi.
Savol: Mayyitni janoza o‘qish uchun masjidga ko‘tarib kelganlarning 
ko‘pi nima uchundir janoza namozida qatnashmaydilar. Bunga nima 
deysiz? 
Javob: Mo‘minlar marhumning yaqinlariga ko‘rinib qo‘yish uchun emas, balki uning 
janozasini o‘qish, haqqiga duo qilish, Allohdan gunohlarini mag‘firat qilishini so‘rash 
uchun janozaga keladilar. Janoza namozida hozir bo‘lib, unda ishtirok etmaslik ana shu 
qarzni uzishdan bo‘yin tovlashdir. 
Savol: Nima uchun odatda musibatxonalarda mayyit chiqarilmay turib 
tilovat qilmaydilar, balki mayyitning dafnidan keyingina tilovat qilinadi? 
Javob: «Majmu’-ul fatovo» kitobida mayyitni yuvmay turib, uning haqqiga tilovat 
qilish mumkin emas deyilgan. Mayyit yuvilgach tilovati Qur’on uchun mayyitning 
musibatxonadan chiqarilishi shart emas.
Savol: Xalqda «Aza uch kundir», degan gap yuradi. Nima, uch kundan 

Yüklə 119,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə