Microsoft Word dinda savol2 ziyouz com doc



Yüklə 119,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/49
tarix21.08.2023
ölçüsü119,67 Kb.
#120769
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49
Muhammad Sharif Juman, Ahmad Muhammad. Dinda savolim bor... (2-kitob)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
25
Savol: Oila qurganimizga o‘n yil bo‘ldi. Afsuski, farzandimiz yo‘q. 
Turmush o‘rtog‘im bilan shunday qarorga keldik: «Sun’iy yo‘l bilan 
homila paydo qilsak-chi?!» Lekin bizga bu ish islomiy nuqtai nazardan 
durust emas, deyishdi. Haqiqatda shundaymi? Shariatda bu haqda nima 
deyilgan? 
Javob: Alloh taolo farzand tug‘ilishi uchun erkak va ayolning qo‘shilishini umumiy 
qoida qildi, ammo O’zi farzand berishini eslatib turish uchun ba’zi kishilarni befarzand
qilib qo‘ydi. Erkak va ayolning qo‘shilishi bola bo‘lishi uchun kifoya qilsa, hamma er-xotin 
bolali bo‘lishi kerak edi. Ammo ba’zilar farzand ko‘rmaydi, demak, qo‘shilishning o‘zi 
bola bo‘lishi uchun sabab emas ekan.
Alloh taolo har bir bandasiga bergan nasl qoldirish hissi, farzandli bo‘lish istagi va 
ehtiyoji ayniqsa, befarzandlarda kuchli bo‘ladi. Alloh taologa yolvoradi, nazr-niyozlar 
ataydi, xayr-sadaqa qiladi, tabiblarga yuguradi. Xullas, ham qoliy, ham fe’liy duoda 
bo‘ladi.
Insoniyat farzandsizlikka chora axtarib, o‘z zamonidagi tib ilmi taraqqiyoti darajasida 
turlicha usullarni qo‘llab kelgan. Nihoyat, bizning asrimizga kelib, sun’iy yo‘l bilan homila 
paydo qilish, ya’ni bachadonga urug‘likni tabiiy yo‘l bilan emas, sun’iy yo‘l bilan
tushirish usuli topildi.
Keyinroq tib ilmi yanada o‘sdi. Er, xotin urug‘liklari avval tashqarida urchitib olinib, bir 
yo‘la tayyor homilani bachadonga qo‘yish joriy qilindi. Bu uslub ilmda goh «naycha 
usuli», goh «naycha bolasi» deyilyapti. Har ikki atamada ham urug‘likni oldin naychada 
urchitib olishga ishora bor.
Hammamizga ma’lumki, bu usullar musulmon bo‘lmagan yurtlarda, musulmon 
bo‘lmagan odamlar tomonidan yo‘lga qo‘yildi. Binobarin, biz musulmonlarda savol paydo 
bo‘ladi: bu hodisaga shariatimiz nima deydi? Musulmonlar ham bu usuldan foydalansa
bo‘ladimi?
Musulmonlar har bir yangilikni qabul qilish va hayotlariga tadbiq etishdan oldin o‘ylab 
ko‘rishlari, o‘z dinlari hukmini so‘rab-surishtirishlari tabiiy holdir. Albatta, bunday 
savollarga mo‘‘tabar ulamolarimiz Qur’oni karim va Payg‘ambarimizning (s.a.v) sunnati 
mutahharalariga suyanib javob axtarishadi. Sun’iy yo‘l bilan homila paydo qilish 
masalasida ulamolarimizning fatvolari bir xil chiqdi: bu uslublardan musulmonlar 
foydalansalar bo‘ladi.
Ammo bachadonga sun’iy yo‘l bilan urug‘lik kiritiladimi yoki naychada urchitib, so‘ngra 
bachadonga qo‘yiladimi, asosiy shart – urug‘lik ayolning o‘z eridan, shar’iy jufti halolidan 
olingan bo‘lishi lozim. Begona erkakdan olinsa, zino hisoblanadi. Zino esa shar’an 
haromdir. Zinoning harom qilinishi-yu nikohning yo‘lga qo‘yilishidan asosiy 
maqsadlardan biri inson naslining pokligini saqlashdir. Shu boisdan begona erkakning 
urug‘ini muslima ayol bachadoniga kiritish Islom shariati qoidalariga mutlaqo to‘g‘ri 
kelmaydi. Bu hukmni asrimiz musulmon ulamolarning hammalari ittifoq qilib aytishgan. 
Shuningdek, «Azhari sharif», «Islom fiqhi akademiyasi» kabi mo‘‘tabar muassasalar 
masalani atroflicha o‘rganib chiqib, yirik anjumanlar o‘tkazib, so‘ngra fatvolar 
chiqarishgan. Musulmon inson doimo Allohning shariatiga muvofiq ish qilmog‘i lozim. 
(«Islomiy oila – farog‘at qasri» kitobi asosida tayyorlandi). 

Yüklə 119,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə