51
Populyatsiyaning fazoviy tuzilmasi. Bunda ayrim individ va guruhchalarning
tarqalish xarakteri
ifodalanadi. Odatda tur va ayrim populyatsiyalar ichida individlar bir tekis tarqalmaydi, sababi yashash
sharoiti, yani ozuqa
resurslari, boshpana kabilar notekis taqsimlangandir. Har qanday populyatsiyadagi
individlarning malum darajada bir joydan ikkinchi joyga ko’chib yurishi kuzatiladi. Bazi individlar tug’ilgan
joyida umrining oxirigacha yashab qolsa, bazi birlari uzoq masofaga ko’chib ketadi. Individlarning uch turda
tarqalishi malum: bir tekis, tasodifiy va guruhli.
!! !! !! !! !! !! !! !!
!! !! !! !! !! !! !! !!
!! !! !! !! !! !! !! !!
!! !! !!
!!
!! !!
!! !! !!
!!
!! !! !! !! !! !! !! !! !!
!! !! !! !!!! !! !!
!! !!
!!!! !! !! !!!! !!!! !!
Bir tekisda Tasodifiy Guruhli yoki dog’li
Individlar bir tekis
tarqalganda, mevali daraxtlar bog’da o’tkazilgandek, bir - biriga nisbatan bir xil
masofada joylashadi. Tabiatda bunday tarqalish turi juda kam bo’ladi. Etilgan o’rmonlarda baland
daraxtlarning joylanishi bir tekis joylanishga to’g’ri keladi.
Tasodifiy tarqalishda individlar bir - biridan har xil masofada joylashadi. Bunday joylashish
populyatsiyaning zichligi kam bo’lgan bir xil muhitda uchratiladi.
Tabiatla guruhli tarqalish turi ko’p uchraydi. Bunda individlar to’da hosil
qilib bir - biridan turlicha
masofada joylashadi. Guruhli tarqalish - notekis muhit tasiri natijasida, yani muhitning ayrim bo’limlarida
qulay sharoit bo’lishi, shuningdek, noqulay omillar bilan birga uchraydigan joylar uchun xarakterlidir.
Hayvonlar populyatsiyasining etologik (xulqiy) xatti - harakati tuzilmasi.
Hayvonlar xulqiy xatti - harakati qonuniyatlarini o’rganadigan fan - etologiya (yunoncha -«ethos»
xarakter) deb ataladi.
Bitta populyatsiya azolari orasidagi o’zaro munosabat tizimiga – populyatsiyalarning
etologik tuzilmasi
deyiladi.
Organizmlarning butunlay yakka hayot kechirishi tabiatda uchramaydi. Ayrim turlar juda ham kuchsiz
bo’lsa ham kontaktda (birga yashashida) bo’lishi mumkin. Masalan: xon qizi faqat urug’lanish oldidan
erkak va urg’ochisi (qarama - qarshi jinslar) uchrashadi, boshqa vaqtlarda bir - biridan alohida yashaydi.
Hayvonlarning hulqi ularning hayot kechirish tarzi bilan bog’liq bo’ladi. Hayvonlarning birgalikda
yashashining qator shakllari mavjuddir.
Birgalikda yashash - qisqa, uzoq, umrining oxirigacha bo’lish mumkin.
Nasl qoldirish uchun qayg’urish natijasida oila deb atalmish hayvonlarning birgalikda yashash
shakli kelib chiqadi. Ularning birmuncha yirik birlashmalariga poda, gala va koloniya bo’lib yashash kiradi.
Koloniya – o’troq hayot kechiruvchi hayvonlarning birgalikda yashashidir. Ular uzoq vaqt yoki
ko’payish oldidan birga yashashi mumkin. Koloniya bo’lib hayot kechirish - oilaviy guruhlarning
kengayishi
hisobiga kelib chiqadi va birgalikda ko’payish, himoya, o’zini va bolasini boqish va boshqa funktsiyalarni
bajaradilar.
52
Galalar – bir turga kiruvchi bazi guruh hayvonlarining biron - bir biologik jihatdan foydali harakatni
amalga oshirish uchun vaqtinchalik birlashishi hisoblanadi. Galalar dushmandan saqlanish, ozuqa
topish, migratsiyalar kabi funktsiyalarni bajarishni engillashtiradi. Gala bo’lib yashash baliqlar,
qushlarda va sut emizuvchilardan itsimonlarda uchraydi.
Baliqlar galasi dushmandan saqlanishda, qushlarniki mavsumiy migratsiya vaqtida shakllanadi.
O’troq holda yashovchi qushlar o’rtasida
doimo tovush chiqarib turish, ko’rish bilan bog’liq signallar mavjud.
Bo’rilar galasi qishda birgalikda ov qilish uchun tashkil topadi.
Podalar – galalarga nisbatan hayvonlardagi ancha uzoq muddat davomida doimiy birlashish shaklidir.
Podalar odatda tur uchun xos bo’lgan barcha funktsiyalarni, yani ozuqa topish,
yirtqichdan saqlanish,
migratsiya, ko’payish va bolaparni tarbiyalash kabilarni amalga oshiradi. Podalardagi hayvonlarning guruhli
hulqiy xatti - harakatlari «xukmdor» va «itoatkor» asosidagi o’zaro munosabatlardan tashkil topadi. Podadagi
har bir individ raxbarga itoat etgan holda harakat qiladi.
Mustaqil ish topshiriqlari:
Yashab turgan joyingizdan, tabiatdan biror - bir o’simlikdan gerbariy namunalarini yig’ing. Aniqlagich
orqali shu o’simlikning nomini aniqlang. Har bir namunada o’simlikning yoshi holati aniqlandi. Shundan
so’ng gerbariylarni yoshi holati bo’yicha ketma - ket qo’yib chiqing. Ish daftaringizga mavjud yosh
holatlarini qisqacha yozib olish va uni sxemali ko’rinishda chizib olish bilan ish yakunlanadi.
Manba: Rabotnov T.A. Metodı opredeleniya vozrasta i dlitelnosti jizni u travyanistıx rasteniy. V kn,
Polevaya geobotanika. T. II, 1960, Izd. AN SSSR.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. V.A.Radkevich. Ekologiya. Minsk. «Vısshaya shkola» 1983. 155-186 b.
2. N.M.Chernova, A.M.Bılova. Ekologiya. M.«Prosveshenie». 1988. 106-148 b
3. A.S.Tuxtaev. Ekologiya. T. «O’kituvchi» 1998. 74-83 b.