Microsoft Word Ecologiya Ma'ruza matni 2007 Îõèðãè Latin rtf



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/51
tarix08.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#36588
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   51

 
51
 
 
 
 
 
 
 
Populyatsiyaning fazoviy tuzilmasi. Bunda ayrim individ va guruhchalarning tarqalish xarakteri 
ifodalanadi. Odatda tur va ayrim populyatsiyalar ichida individlar bir tekis tarqalmaydi, sababi yashash 
sharoiti, yani ozuqa resurslari, boshpana kabilar notekis taqsimlangandir. Har qanday populyatsiyadagi 
individlarning malum darajada bir joydan ikkinchi joyga ko’chib yurishi kuzatiladi. Bazi individlar tug’ilgan 
joyida umrining oxirigacha yashab qolsa, bazi birlari uzoq masofaga ko’chib ketadi. Individlarning uch turda 
tarqalishi malum: bir tekis, tasodifiy va guruhli. 
!!   !!       !!   !!    !!     !!    !!    !! 
!!   !!       !!   !!    !!     !!    !!    !! 
!!   !!       !!   !!    !!     !!    !!    !! 
 
!!  !!                                     !!   
!!     
                        !!  !!     
   !!   !!                                 !!   
!! 
 
!! !!  !!        !! !!  !!          !! !! !! 
!! !! !!         !!!! !!                  !! 
!! !! 
!!!! !!       !! !!!!              !!!! !! 
 
   Bir tekisda                                              Tasodifiy                                        Guruhli  yoki  dog’li 
 
Individlar bir tekis tarqalganda, mevali daraxtlar bog’da o’tkazilgandek, bir - biriga nisbatan bir xil 
masofada joylashadi. Tabiatda bunday tarqalish turi juda kam bo’ladi. Etilgan o’rmonlarda baland 
daraxtlarning joylanishi bir tekis joylanishga to’g’ri keladi. 
Tasodifiy tarqalishda individlar bir - biridan har xil masofada joylashadi. Bunday joylashish 
populyatsiyaning zichligi kam bo’lgan bir xil muhitda uchratiladi. 
Tabiatla guruhli tarqalish turi ko’p uchraydi. Bunda individlar to’da hosil qilib bir - biridan turlicha 
masofada joylashadi. Guruhli tarqalish - notekis muhit tasiri natijasida, yani muhitning ayrim bo’limlarida 
qulay sharoit bo’lishi, shuningdek, noqulay omillar bilan birga uchraydigan joylar uchun xarakterlidir. 
 
Hayvonlar populyatsiyasining etologik (xulqiy) xatti - harakati tuzilmasi. 
 
Hayvonlar xulqiy xatti - harakati qonuniyatlarini o’rganadigan fan - etologiya (yunoncha -«ethos» 
xarakter) deb ataladi. 
Bitta populyatsiya azolari orasidagi o’zaro munosabat tizimiga – populyatsiyalarning etologik tuzilmasi 
deyiladi. 
Organizmlarning butunlay yakka hayot kechirishi tabiatda uchramaydi. Ayrim turlar juda ham kuchsiz 
bo’lsa ham kontaktda (birga yashashida) bo’lishi mumkin. Masalan: xon qizi faqat urug’lanish oldidan 
erkak va urg’ochisi (qarama - qarshi jinslar) uchrashadi, boshqa vaqtlarda bir - biridan alohida yashaydi. 
Hayvonlarning hulqi ularning hayot kechirish tarzi bilan bog’liq bo’ladi. Hayvonlarning birgalikda 
yashashining qator shakllari mavjuddir. Birgalikda yashash - qisqa, uzoq, umrining oxirigacha bo’lish mumkin. 
Nasl qoldirish uchun qayg’urish natijasida oila deb atalmish hayvonlarning birgalikda yashash 
shakli kelib chiqadi. Ularning birmuncha yirik birlashmalariga poda, gala va koloniya bo’lib yashash kiradi. 
Koloniya – o’troq hayot kechiruvchi hayvonlarning birgalikda yashashidir. Ular uzoq vaqt yoki 
ko’payish oldidan birga yashashi mumkin. Koloniya bo’lib hayot kechirish - oilaviy guruhlarning kengayishi 
hisobiga kelib chiqadi va birgalikda ko’payish, himoya, o’zini va bolasini boqish va boshqa funktsiyalarni 
bajaradilar. 


 
52
Galalar – bir turga kiruvchi bazi guruh hayvonlarining biron - bir biologik jihatdan foydali harakatni 
amalga oshirish uchun vaqtinchalik birlashishi hisoblanadi. Galalar dushmandan saqlanish, ozuqa 
topish, migratsiyalar kabi funktsiyalarni bajarishni engillashtiradi. Gala bo’lib yashash baliqlar, 
qushlarda va sut emizuvchilardan itsimonlarda uchraydi. 
Baliqlar galasi dushmandan saqlanishda, qushlarniki mavsumiy migratsiya vaqtida shakllanadi. 
O’troq holda yashovchi qushlar o’rtasida doimo tovush chiqarib turish, ko’rish bilan bog’liq signallar mavjud. 
Bo’rilar galasi qishda birgalikda ov qilish uchun tashkil topadi. 
 
 
 
 
 
 
 
Podalar – galalarga nisbatan hayvonlardagi ancha uzoq muddat davomida doimiy birlashish shaklidir. 
Podalar odatda tur uchun xos bo’lgan barcha funktsiyalarni, yani ozuqa topish, yirtqichdan saqlanish
migratsiya, ko’payish va bolaparni tarbiyalash kabilarni amalga oshiradi. Podalardagi hayvonlarning guruhli 
hulqiy xatti - harakatlari «xukmdor» va «itoatkor» asosidagi o’zaro munosabatlardan tashkil topadi. Podadagi 
har bir individ raxbarga itoat etgan holda harakat qiladi. 
Mustaqil ish topshiriqlari: 
Yashab turgan joyingizdan, tabiatdan biror - bir o’simlikdan gerbariy namunalarini yig’ing. Aniqlagich 
orqali shu o’simlikning nomini aniqlang. Har bir namunada o’simlikning yoshi holati aniqlandi. Shundan 
so’ng gerbariylarni yoshi holati bo’yicha ketma - ket qo’yib chiqing. Ish daftaringizga mavjud yosh 
holatlarini qisqacha yozib olish va uni sxemali ko’rinishda chizib olish bilan ish yakunlanadi. 
Manba: Rabotnov T.A. Metodı opredeleniya vozrasta i dlitelnosti jizni u travyanistıx rasteniy. V kn, 
Polevaya geobotanika. T. II, 1960, Izd. AN SSSR. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. V.A.Radkevich. Ekologiya. Minsk. «Vısshaya shkola» 1983. 155-186 b. 
2. N.M.Chernova, A.M.Bılova. Ekologiya. M.«Prosveshenie». 1988. 106-148 b 
3. A.S.Tuxtaev. Ekologiya. T. «O’kituvchi» 1998. 74-83 b.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə