Microsoft Word Ecologiya Ma'ruza matni 2007 Îõèðãè Latin rtf



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/51
tarix08.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#36588
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   51

 
49
Populyatsiya zichligi deganda, malum maydon birligiga to’g’ri keladigan individlar soni 
tushuniladi. (hayvon va o’simliklar miqdorini ko’rsatadigan kattalik). Populyatsiyaning miqdori va zichligi 
bir - biri bilan chambarchas bog’liq, shuning uchun u yoki bu populyatsiya haqida gap borganda uning 
soni va zichligi barobar etiborga olinadi. 
Populyatsiya zichligini o’rganishga tadqiqotchilar turlicha yondashadilar. Zoologlar – 
pulyatsiyadaga individlar sonini maydon birligida, mikrobiologlar – tuproqdagi yoki gumusdagi massa 
birligida, suvdagi sodad hayvonlar va suv o’tlari, tuproq mezo va mikrofaunalari suv va tuproqning hajm 
birligida hisobga oladilar. Ushbu yondashish to’g’ri hisoblanib, hakiqatan ham biogeotsenozga hayvonlar va 
mikroorganizmlar, individlar soni bilan, o’simliklar esa biomassasi bilan tasir etadi. 
Populyatsiya 
o’lchami – har xil turlarning populyatsiyasi bir - biridan o’lchami bilan farq qiladi. 
Masalan: bir gektar o’rmonda qushlardan o’nlab individlar; sichkonsimon kemiruvchilardan o’nlab va yuzlab; 
hasharotlar va yomg’ir chuvalchanglaridan millionlab uchratish mumkin. Turlar populyatsiyasi zichligining 
o’zgarib turish sabablaridan biri individlarning katta - kichikdigidir. Individlar qanchalik yirik bo’lsa, 
populyatsiya chegaralari katta: zichligi esa past bo’ladi.  
Populyatsiya zichligi vaqt davomida o’zgarib turadi. Har qanday o’zgarishning quyi va yuqori 
chegaralari, shuning bilan o’rtacha o’lchamlari bo’ladi. Populyatsiya zichligining yuqori chegarasi individlar 
sonining ortib ketishi va o’z - o’zini cheklash bilan bog’langan, quyi chegarasi esa populyatsiyaning kelajakda 
yashay olishi yoki o’limga yuz tutishi, yani minimal o’lchamga tushib qolishi bilan belgilanadi. Har bir 
populyatsiya malum sharoitda o’rtacha zichlikka ega bo’ladi, bunda barcha hayotiy jarayonlar samarali borib, 
uning natijasi populyatsiyaning yuqori maxsuldorligi, hayotchanligi va boshqalarda ko’rinadi. Bu qanuniyat 
ekologiyada Olli qoidasi nomini olgan. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2 - asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi:  Turlarning jins, yosh, fazoviy hamda hayvonlar 
populyatsiyasining etologik hatti - harakat tuzilmalari haqida fikr yuritish. Tuzilma xususiyatlarini 
bayon etish va talabalar ongiga singdirish. 
Turlarning populyatsion tuzilmasi. Har qanday tur populyatsiyalar tizimidan tarkib topadi. 
Populyatsiya tuzilishi barqaror emas. U doimo o’zgarib turadi. Organizmlarning o’sishi, rivojlanishi, 
yangisining tug’ilishi, har xil sabablarga ko’ra o’lish, atrof - muhit sharoitining o’zgarishi, dushman sonining 
ko’payishi va kamayishi - bularning hammasi populyatsiya ichida, har xil nisbatlarning o’zgarishiga olib keladi. 
Populyaiiyaning jinsiy strukturasi tuzilmasi deganda turli yoshdagi guruhlarda erkak va urg’ochi 
individlarning son jihatidan nisbati tushuniladi. Populyatsiyada jinslar bo’yicha organizmlarning nisbati va 
ayniqsa ko’payotgan urg’ochi individlarning bir qismi keyinchalik ularni sonining o’sishi uchun katta 
ahamiyatga egadir. 
Populyatsiyadagi jinslarning nisbati birinchidan genetik qonuniyatlarga (jinsiy xromosomalarning 
qo’shilishi) bog’liq bo’lib, populyatsiyaning evolyutsiyasi uchun urg’ochi organizmlarning soni muhim 
ahamiyatga ega bo’ladi. Masalan: odamlar populyatsiyasining potentsial o’sishi - o’smir va qariyalarga 
nisbatan 15 yoshdan 35 yoshgacha bo’lgan ayollar hisobiga to’g’ri kelar ekan. Ikkinchidan, malum 
darajada tashqi muhit ham tasir etishi mumkin. Masalan: o’rmon chumolilari harorat 20 °S dan past 
bo’lganda faqat erkak, yuqori haroratda deyarli urg’ochi chumolilar rivojlanadi. 
Populyatsiyalarning yosh tuzilmasi – qayta tiklanishning tezligi, nobud bo’lish darajasi va nasllar 
tallanishining tezligi kabi muhim jarayonlarni ifodalaydi. 
Zichlik 


 
50
O’simliklar populyatsiyasining yosh tuzilmasi. Fitotsenozdagi alohida turlarning har xil holatdagi 
individlar yig’indisi tsenopopulyatsiya deyiladi. Bularga gulli o’simliklar misolida ko’rsak, tuproq va uning 
yuzasida hayotchanligini yo’qotmagan urug’, nixol, har xil yoshdagi individlar, yani o’t o’simliklarining 
tinim holatidagi ikkilamchi er ostki organlari - ildizpoya, tuganak, piyozbosh kiradi. Turlarning o’zi esa 
populyatsiyalar tizimidan iboratdir. Jamoada har bir tur tsenopopulyatsiyasi maydon birligiga to’g’ri 
keladigan soni va yoshining nisbati bilan farqlanishi mumkin. 
T.A. Rabotnov o’simliklar jamoasidagi o’simliklar hayotini yoshi bo’yicha quyidagi asosiy davrlarga 
bo’ladi: 
Latent davri. Bunda o’simlik spora, urug’ yoki mevalar holida tinim davrida uchraydi. Tinim davri har 
xil o’simliklarda har xil davom etadi. Qulay sharoit vujudga kelishi bilan unib chiqadi. Terakning urug’i 
hayotchanligini 3 - 4  kundan to 3 haftagacha saqlay oladi, bazi bir begona o’t o’simliklar esa urug’ining 
hayotchanligini bir necha o’n yillab saqlay oladi. 
Virginil davri. Bu davrda o’simlikning nihollik, yosh o’simliklar va voyaga etgan holatidir. Nixollar 
yosh o’simliklardan urug’palla barglarining bo’lishi bilan farqlanadi. 
Generativ davr. O’simlik hayotida sporalar yoki urug’lar bilan ko’payishning boshlanishi bilan 
tavsiflanadi. 
Senil (qarilik) davri. O’simliklarning yoshi kattalashgan sari generativ ko’payish xususiyatini 
yo’qotadi, shundan boshlab o’simlikning qarish davri kuzatiladi. T.A. Rabotnov bo’yicha invazion, normal 
va regressiv turlardagi populyatsiyalar ajratiladi. 
Invazion tipdagi populyatsiya deyilganda, o’simlik jamoasiga endigina kirib kelayotgan populyatsiyalar 
tushunilib, uni nihollar, yosh o’simlik hamda voyaga etgan holda uchratish mumkin. Bunday 
populyatsiyaning urug’lari fitotsenozga tashqaridan kelib qolib, jamoada eng muhim o’rinni egallashi yoki 
mutlaqo yashay olmasliga ham mumkin. 
Regressiv populyatsiya - generativ ko’payish xususiyatini yo’qotgan populyatsiyadir. U odatda 
gullamaydi yoki gullasa ham unuvchanligini yo’qotgan bo’ladi. Ana shu holat populyatsiyaning fitotsenozda 
o’lib, yo’qolib chirib ketayotganligidan dalolat beradi. 
Normal o’simliklar populyatsiyasi jamoada taraqqiyot davrining barcha bosqichlarini to’liq o’tkazuvchi 
o’simliklardir. Ular spora yoki urug’laridan tortib to voyaga etgan o’simliklar ko’rinishida uchraydi. 
Tsenotik nuqtai nazaridan ular o’simliklar jamoasining asosiy populyatsiyasi hisoblanadi. O’simlik va 
hayvon populyatsiyasining yosh tuzilmasiga juda ko’p misollar keltirish mumkin. Ammo biz 
populyatsiyaning yosh tuzilmasini yaxshiroq tasavvur qilish uchun odamlardagi yosh davrlariga oid 
malumotlarni misol qilib keltiramiz. Odamning tug’ilgan kunidan boshlab to qarishigacha bo’lgan davri: 
1.  Yangi tug’ilgan bola 
2. Emizikli davrdagi bola 
3. Go’daklik 
4. Ilk bolalik 
      
      Bolalik 
 
 
5.O’spirinlik 
 
 
 
6. Yoshlik 
 
7. Voyaga etishning birinchi davri 
 
8. Voyaga etishning ikkinchi davri 
 
9. Yoshi qaytgan (keksaygan) davr 
 
10. Qarilik 
  11. Uzoq umr ko’rish (uzoq yashash) 
 
1 - 10 kungacha. 
10  kundan ikki yilgacha 
1 - 3  yosh 
4 - 7yosh 
 
8  - 12 yosh (o’g’il bolalar) 
8 - 11 yosh (qiz bolalar) 
 
13 - 16 yosh (o’g’il bolalar) 
1 2  -  1 5  yosh (qiz bolalar) 
 
 
17 - 21 yosh (o’spirinlar) 
16 - 20 yosh (qizlar) 
2 2  -  3 5  yosh (erkaklar) 
21 - 35 yosh (ayollar) 
36 - 60 yosh (erkaklar) 
36 - 55 yosh (ayollar) 
6 1 - 7 4  yosh (erkaklar) 
56 - 74 yosh (ayollar) 
75 - 90 yosh (erkaklar, ayollar) 
90 yoshdan yuqorisi. 
 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə