Microsoft Word Ecologiya Ma'ruza matni 2007 Îõèðãè Latin rtf



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/51
tarix08.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#36588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51

 
4
o’rtasida dinamik muvozanat yuzaga kelgan. Uning mohiyati shundan iboratki, o’txo’r hayvonlar o’simliklarni, 
o’txo’r hayvonlarni esa yirtqich hayvonlar eyishi va ularga boshqalarining kushanda bo’lishi flora va faunalar 
mazkur turlarining butunlay yo’qolib ketishiga olib kelmagan. Nobud bo’lgan o’simliklar va hayvonlar o’rniga 
evolyutsiya va ko’payishning tabiiy jarayoni natijasi sifatida yangilari paydo bo’lib turgan. 
Hatto katta geologik kataklizmalar (o’simlik va hayvonlarning yalpi  qirilib ketishiga olib kelgan 
halokatlar) davrida ham tabiat o’zning dinamik muvozanatini saqlab qola olgan. Lekin bu yangi bosqichdagi 
muvozanat bo’lgan, yani o’simlik va hayvonlarning yangi turlari hamda eski (qolgan)lari o’rtasida muvofiqlik 
o’rnatilgan. Boshqacha aytganda, tabiiy tanlanish jarayoni kechgan - yashashga qobil bo’lmagan o’simlik va 
hayvonlar  qirilib ketgan va o’lgan. Ularning o’rniga yashashga ancha qobil bo’lgan yangilari paydo bo’lgan. 
Bu qonuniyat flora va faunalarning xilma-xilligi ortishiga olib kelgan. Lekin, bunda o’simlik va hayvonlar 
turkumi (jamoasi) ichidagi, shuningdek, ular jamoasi  o’rtasidagi dinamik muvozanat saqlanib qolgan. 
Odamsimon jonzotlar bundan qariyib uch million yil ilgari biologik tizimga qo’shilgan. Ularning 
biologik muvozanatiga ko’rsatgan tasiri juda kichik bo’lgan. Ibtidoiy inson faoliyati ov qilish, baliq tutish, 
o’simliklarning ildiz va butalarini, meva va hosilini yig’ish va boshqalar bilan cheklangan. Bu esa mavjud 
biologik muvozanatning juda oz darajada buzilishiga olib kelgan, xolos. 
Tadrijiy takomilning malum bosqichida mehnat qurollari yaratilishi natijasida inson o’zining tevarak-
atrofidagi tabiiy muhitga faol tasir ko’rsata boshlagan. Endi u ko’chmanchi tarzda emas, balki tabiiy shart-
sharoitlar yaxshi bo’lgan joylarda o’troq holda hayot kechirgan va qishloq xo’jaligi faoliyati bilan 
shug’ullangan. Natijada inson hali qo’l tegmagan erlarni qishloq xo’jaligi maydoni yoki tomorqa sifatida 
o’zlashtirgan va ayrim yovvoyi hayvon turlarini xonakilashtirgan. Insonning bunday ongli faoliyati tufayli 
biologik (ekologik) tizimning yangi turi-qishloq xo’jaligi shakillangan. 
Atrof-muhitni o’zlashtirishning bu boshlang’ich shakli, o’z navbatida, mavjud ekolgik muvozanatning 
o’zgarishiga olib kelgan. Tabiatning biologik qiymati o’zgargan. Oxir-oqibatda dastlabkidan farq qiluvchi 
yangi shakldagi ekologik muvozanat vujudga kelgan. 
Insoniyat taraqqiyoti sanoatning rivojlanishiga olib kelgan. Shaharlarning qurilishi va o’sishi, shahar 
aholisining ko’payishi qonuniy holda tabiat va insonning yangi turdagi o’zaro munosabatini shakllantirgan. 
Natijada bizning zamonamizda inson qadami etib bormagan tabiiy muhitlar faqat tropik junglilar va tog’larning 
baland-baland etaklarida, qisman tundrada, himoya qilinadigan qo’riqxonalardagina saqlanib qolgan. U erlarda 
inson yashamaydi va faoliyatining salbiy natijalari ham kuzatilmaydi. Dunyodagi butun tabiiy muhitining 
taxminan o’n foiz hududiga hali butunlay tegilmagan, xolos. 
Inson tsivivlizatsiyasining rivojlanishi va uning tabiat bag’riga tobora chuqurroq kirib borishi oqibatida 
ahvol tubdan o’zgardi. Odamlar o’simlik va hayvonot olamiga bostirib kirib, ko’pincha, o’z faoliyatining salbiy 
oqibatlari tabiatni o’zgartirib yuborishi mumkinligi haqida hatto o’ylab ham ko’rishmaydi. 
Bugungi kunda ibtidoiy sof tabiat haqida gapirmasa ham bo’ladi. Er yuzida o’rmonlar kesildi, katta-katta 
hududlar dehqonchiliq qilish maqsadida o’zlashtirildi, dorilar bilan o’g’itlandi, har xil chiqindi hamda gazlar 
bilan toza havo va tabiat ifloslandi. Bundan tashqari, tabiatda toshqinlar, o’rmon yong’inlari, chang bo’ronlari 
ham yuz beradi. Bularning barchasi tabiatning tabiiy muvozanatiga putur etkazadi. 
Shvetsiariyalik ekolog V.Tsisvilerning etirof etishicha, keyingi 300 yil davomida 150 xildan ortiq 
hayvonlar turi er yuzidan butunlay qirilib, yo’qolib ketgan. Afsuski, endi ularni qayta yaratib bo’lmaydi. 
Hozirgi sharoitda yo’qolib ketish arafasida turgan 240 turdagi hayvonni qanday saqlab qolish masalasi 
muammo bo’lib turibdi. Nafaqat hayvonlar, balki o’simliklar ham yo’qolib ketadi. Bularning barchasi biologik 
muozanatning buzilishi oqibatlaridir. Ha, insonning noaxloqiy, noinsonparvar va ilmiy nuqtai nazardan 
asoslanmagan, oqibatlari o’ylanmagan faoliyati natijasida ko’plab o’simlik va hayvonlar, mikroorganizmlar 
butunlay yo’qoldi. 
Ekologik muvozanatning buzilishi inson faoliyati oqibatida yuzaga keladi. Agar bu buzilish malum kritik 
(keskinlik) holatidan yuqori bo’lmasa, muvozanat qaytadan tiklanadi. Bu hol atrof-muhit zahiralari 
tugamaguncha davom etaveradi. Agar buzilish darajasi keskinlik (kritik) holatidan o’tib ketgan bo’lsa, u holda 
ekologik tizim ishdan chiqadi, undagi hayot so’nadi yoki eng qashshoq va sodda ko’rinishda saqlanib qoladi. Er 
sharining bir vaqtlar gullab yashnagan hududlari (regionlari), masalan, Afrika va Amerikaning cho’l tumanlari, 
Shimoliy Italiyaning tog’ etaklari, Amerika harbiylarining gerbidtsitlar va defoliantlarni qo’llashlari natijasida 
Vetnam xududining bir qismi, O’zbekistonning Orol atrofi mintaqalari va boshqa ko’plab joylar insonning 
nooqilona faoliyati tufayli juda achinarli holatga kelib qolgan. Shuni takidlash joizki, ekologik muvozanat 
buzilganidan keyin malum vaqt o’tib, yangi dinamik muvozanat yuzaga keladi. Bu holatni aniq misollarda 
ko’rib o’tish mumkin. 
XX asrning 60 yillarida bog’larni eb qo’yadigan olma kuyasiga qarshi DDT preparatidan ko’p foydalana 
boshlagan edi. Olma kuyasi bartaraf etilgandan so’ng, qizil qurtlarning o’rnashib olishi muammosi keskin 
bo’lib qoldi. Hali shu paytgacha bog’bonlarni qizil qurt muammosi tashvishga solmagan edi. Gap shundaki
mevali bog’larda qizil qurtlarning qirq beshta tabiiy dushmani mavjud. Shuning uchun ham, u bog’larga kam 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə