Microsoft Word Ecologiya Ma'ruza matni 2007 Îõèðãè Latin rtf



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/51
tarix08.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#36588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51

 
5
zarar etkazgan, chunki uning rivojlanib, ko’payib ketishiga tabiiy dushmanlari imkon bermagan. Bog’larga 
DDT bilan ishlov berilganda olma kuyalari bilan birgalikda qizil qurtlarning dushmanlari ham qirilib ketgan. 
Qizil qurtlar esa o’lmay qolishgan va oqibatda bog’larga katta zarar etkazilgan. Boshqacha aytganda, ayni 
ekologik tizimdagi o’zgarishlar oldindan ko’ra bilinmagan noqulay oqibatlarga olib kelgan, yani zararkunanda-
qizil qurt yoppasiga tarqalib ketgan. 
Hali inson mustaqil tur sifatida shakllanmagan vaqtlarda ekologik muvozanat taminlangan va tabiiy o’z-
o’zini "sozlash, tozalash " mexanizmi (tartibi) hukm surgan. Biror populyatsiyaning haddan ortiq ko’payishi 
ayni muhitda oziqlanish imkoniyatidan ortib ketib, tabiiy muvozanat buzilgan hollarda tabiatning o’z-o’zini 
"to’g’rlash" mexanizimi ishga tushgan va natijada muvozanatning yangi holati yuzaga kelgan. Bugungi kun 
sharoitlarida tabiiy muvozanatning buzilishiga ayrim shaharlarda bazan qarg’alarning birdan ko’payib ketishi 
misol bo’la oladi. Ular shahardagi oziq-ovqat chiqindilari va axlatlarni titib yurishadi. Qarg’alar galasining 
ko’payishi natijasida boshqa qushlar shaharda kamayib qoladi. Holbuki ular hasharat-zararkunandalarni eb, 
istirohat bog’lari va daraxtzorlarga katta foyda keltiradi. Shaharda ancha-muncha ko’payib qolgan qarg’alar 
"surbetlashib" vaxshiy qushga aylanadi va kamayib qolgan boshqa paranda-qushlarga hujum qila boshlaydi. 
Xuddi ana shunday holat axlatxonalarga to’planib olgan daryo, ko’l va dengiz chag’alaylari bilan ham 
kuzatiladi.  
Bundan tashqari, 2000 yilning bahor-yozida Qozog’iston va Rossiyaning ayrim hududlarida 
chigirtkaning ko’payib ketishi va ularning maydondagi ekin-o’simliklarni eb qo’yishi va boshqalar tabiiy 
muvozanatning buzilishiga misol bo’ladi. Bunday hollarda, malum vaqt o’tib, yangi ekologik muvozanat qaror 
topadi.  
Tabiatdagi ayrim turlarning ekologik muvozanati buzilish qisqa muddatli, masalan, bevosita toksik 
(zaharlovchi) tasir va bilvosita uzoq tasir tufayli kelib chiqqan bo’lishi mumkin. Bu holni bir necha misollarda 
ko’rib chiqaylik. Agar begona (yovvoyi) o’tlar gerbitsidlar bilan yo’qotilsa yoki o’simliklarning yuqumli 
kasalliklari bilan kurashishda ularni eltuvchilarni bo’g’imoyoqlilarni - ularni eltuvchilarni qirish uchun 
insektitsidlar qo’llanilsa u bevosita tasir hisoblanadi. Ammo maskur kimyoviy vositalar yordamida begona 
o’tlar va hashorotlarni alohida tanlab yo’qotish bilan bir qatorda foydali o’simlik va hasharotlar va hatto 
hayvonlar ham zarar ko’rishi mumkin. Bunday holarda ham nomaqbul bevosita tasir yoki uzoq tasir 
ko’rinishlari namoyon bo’ladi. 
Bundan tashqari, zararkunandalar bilan kurashishda inson tamonidan foydalaniladigan zaharli moddalar 
uzoq vaqt davomida er-tuproqda, havo va suvda saqlanib qoladi. Chunki tabiatning o’zida ularni 
zararsizlantiradigan bakteriyalar (mexanizmlar) deyarli yo’q. Bu zaharli moddalarning parchalanib ketishi yoki 
zararsizlanishi uchun ko’p hollarda juda uzoq vaqt talab etiladi. 
Hatto, ko’pincha, ularning emirilishi jarayonida yanada zaharliroq mahsullar paydo bo’lib qoladi. 
Holbuki ularning xususiyatlarini biz hali bilmaymiz, o’rganishimizga to’g’ri keladi. Yangi paydo bo’lgan 
zaharli mahsullar flora va faunalarning namunalariga juda uzoq vaqt tasir ko’rsatishi mumkin. Bu bilvosita 
uzoq muddatli tasirlar hisoblanadi. Boshqacha aytganda, bir zararkunandaga tasir etib, hech kutilmagan yoki 
o’ylab ko’rilmagan natijaga duch kelinadi. Daryo va ko’llarda baliqlar, o’rmon va maydonlardagi foydali 
hasharotlar va qushlar, mazkur tuman xududlarida yashaydigan yovvoyi hayvonlarning qirilib ketishi yoki 
ko’plab o’lishiga sabab bo’lnadi. O’simliklar, hashorotlar, qush va hayvonlarning zaharlanib o’lishi esa qishloq 
xo’jaligi uchun juda katta zarar keltiradi. 
Xo’sh, ekologiya faqat bugungi kunning dolzarb muammosimi? Inson bilan tabiat o’rtasidagi munosabat 
faqat hozirgi davrdagina murakkablashdimi? Inson va tabiat munosabatlarini murakkablashib borishining 
sabablari nimadan iborat? Ekologiya muammosi insoniyatning tarixiy taraqiyoti bilan bog’liqdir. Tabiatning 
ekologik vazifasi shundan iboratki, inson faqat undagina biologik mavjudot sifatida yashay oladi. Odamlar 
tabiiy boyliklar etishmagan joylardan ko’chishib, suv va oziq-ovqat ko’proq bo’lgan va ob-havosi yaxshiroq 
joylarga to’planishadi. Bu joylarda ham aholi soni va ularning moddiy va manaviy ehtiyoji tobora ortib boradi. 
Inson mehnat qurollarini qo’llay boshlaydi. Bu ov qilishni, hosilni yig’ishtirishni va yirik vahshiy hayvonlardan 
o’zini himoya qilishni osonlashtiradi. Tabiatning beshafqat sovuqlari insonni turli kiyimlar tayyorlashga, uylar 
qurishga majbur etadi. Hayotiy ehtiyojlar uchun mehnat qurollarini qo’llanish zaruratga aylanadi va bu o’z 
navbatida insonni faollashtiradi. Bu bilan  insonning iqtisodiy faoliyati shakllana boshlaydi. Ayni paytda 
tabiatning iqtisodiy vazifasini yuzaga keltiradi. Endi tabiat Inson uchun faqat yashash maydonigina emas, balki 
qurilish uskunalari, qurilish va mehnat maydoniga aylanadi. Endi inson uchun tabiatni tashkil etuvchilar uning 
tabiiy boyliklari bo’ladi. Insonning ishlab chiqarish faoliyatida tabiiy boyliklar soni borgan sari ko’payib boradi 
va oxir-oqibatda butun tabiat boylikka aylanadi. Ammo bu ham insonga oz tuyuladi va u tabiatning ichiga 
chuqurroq kiradi hamda koinot kengliklariga chiqadi. Tabiatdan olingan har bir ulush, unda erishilgan yutuq 
inson ongining rivojlanishiga, uning kuchlanishiga sabab bo’ladi. Inson faqat tabiat qonunlarini bilibgina olg’a 
siljish mumkinligini anglab etadi. Hayotda ottirlgan tajriba-aql inson mehnatini engilashtiradi, mehnat esa 
yangi ehtiyojlar tug’diradi va inson fikrini rivojlantiradi. Olamni bilishga bo’lgan qiziqish ana shunday vujudga 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə