Microsoft Word Ecologiya Ma'ruza matni 2007 Îõèðãè Latin rtf



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/51
tarix08.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#36588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51

 
6
keladi. Bilimni tartiblashtirishdan maqsadga yo’naltirilgan ilmiy faoliyatga o’tiladi. Bunda tabiatning o’zi 
ustoz, birinchi darslik, birinchi imtihon oluvchi bo’ladi. Endi dehqonchiliq bilan shug’ullangan insonning 
ishlab chiqarish faoliyati boshlanadi va ekologik muammolar vujudga keladi. 
Ekologiyaning bo’limlari. Odum bo’yicha biospektr. Populyatsiyalar, turlar, biotsenoz, biogeotsenoz, 
biosfera kabi tushunchalar ekologiya fanining manbai hisoblanadi. Shuning uchun ham ekologiya 4 ta bo’limga 
bo’lib o’rganiladi: 
Autekologiya - «autos» - yunoncha so’z bo’lib «o’zi» degan manoni beradi. Autekologiya  – ayrim  
turlarning o’zlari yashab turgan muhit bilan o’zaro munosabatlarini, ularning qanday muhitga ko’proq va uzviy 
moslashganini o’rganadi. 
Populyatsiyalar ekologiyasi - «populyason» - frantsuzcha so’z bo’lib, «aholi» degan manoni 
beradi. Populyatsiyalar tuzilmasi, dinamikasi, malum sharoitlarda turli organizmlar sonining 
o’zgarish sabablarini tekshiradi. 
Sinekologiya - «sin» degani yunoncha so’z bo’lib, «birgalikda» degan manoni beradi. 
Sinekologiya - biogeotsenozlarning tuzilishi va xossalarini, ayrim o’simlik va hayvon turlarining o’zaro 
aloqalarini hamda ularning tashqi muhit bilan bo’ladigan munosabatlarini o’rganadi. 
Ekotizimlarni tadqiq qilishning rivojlanishi Ekologiyaning yangi bir bo’limini, yani 
biosfera (yunoncha «bios»-hayot; «sfera» - shar) haqidagi  talimotni    vujudga  keltirdi.                    
Bu talimot asoschisi V.I.Vernadskiy hisoblanadi. (1863 – 1945 yy). Organizmlar tarqalgan kobiq -biosferadir. 
Hozirgi zamon ekologiyasining mazmunini quyidagi biologik spektr tuzilishida yozsa bo’ladi. (Yu.Odum, 
1986). 
Gen —> hujayra —* to’qima —> organ —* [organizm —» populyatsiya —>• jamoa —> + abiotik muhit = 
Ekotizim]. 
Organizmlarni o’rab turuvchi va u bilan doimiy munosabatda bo’ladigan tabiatning bir qismi - xayot 
muhiti deb ataladi. Er yuzida organizmlar 4 ta hayot muxitida tarkalganlar. Bular - suv, havo, tuproq, 
organizmning o’zi. 
Hayot muhitining organizmlarning yashash faoliyatiga tasir ko’rsatadigan elementlari yoki xususiyatlari 
- muhit omillari yoki ekologii omillar deb ataladi. 
Ekologik omillar jonsiz (abiotik), biotik - jonli tabiat omillari va inson (antropogen) omillar guruxiga 
ajratiladi. Ekologik omillar aloxida mavzuda qarab chikiladi. 
Ekologik omillar barcha organizmlar va insonning hayotiga turli darajada tasir qiladi. (Organizmlarning 
ekologik omillar tasiriga moslashishi yoki tashki muhit sharoitlariga moslashuvi - adaptatsiya deyiladi. 
Ekologik omillar tasiriga chidamli va er yuzida keng tarqalgan organizmlar - zvribiontlar: omillar tasiriga 
chidamsiz va tarqalish doirasi tor organizmlarga esa - stenobiontlar deb ataladi. «Evros» - keng, «stenos» - tor 
degan manoni beradi. 
Biz yuqorida populyatsiya xaqida gapirdik. Tabiatda faqat populyatsiyalar o’zini son jixatdan boshqara 
oladilar. 
Tug’ilish va o’lish orasidagi muvofiqlik populyatsiya sonining boshqarilishi deyiladi. 
Populyatsiyadagi organizmlar soni omillar tasirida o’zgarib turadi. Uning sonining kamayishiga - 
o’limning ko’payishi va hosildorlikning kamayishi tasir kiladi. 
Boshkarishning yana bir shakli - populyatsiyada zichlikning oshishi bilan kuzatiladi. Zichlik meyordan 
ko’payib ketsa, ovqat etishmasa populyatsiyada o’z - o’zini boshqarish va shu orqali populyatsiyalarni 
boshqarish ro’y beradi. Masalan: Baliq, kalamushlarda populyatsiya zichligi malum darajaga etganda, 
ularning serpushtligi pasayib ketadi. Bu ovqat etishmasligi natijasida bo’ladi. Gormonal o’zgarishlar 
kuzatiladi (bola tug’ish kamayadi) bu esa jinsiy           xulq - atvoriga tasir qiladi va naslsizlikga olib keladi, 
bola tashlashga, ota - ona tomonidan bolalarning eyilishiga, bosqinchilik oshishiga olib keladi.  
Populyatsiya zichligi oshishi bilan hayvonlarning tuxum qo’yishi kamayadi, o’simliklarda urug’ hosil 
bulishi pasayadi. Joy etishmasligi bilan migratsiya boshlanadi. Bir xil populyatsiyalar tug’ilish orqali 
boshqarilsa, boshqalari o’lish orqali boshqariladi. Demak, populyatsiya -boshqarish vositasi hisoblanadi. 
Populyatsiyaning son jihatdan bir meyorda saqlanib              turilishi – gomeostaz deyiladi, yunoncha «gomeo» 
- o’xshash, statis - holat demakdir. Ekologiyada asosiy tushunchalardan biri ekologik tizim tushunchasidir. 
Tirik organizmlar jamoasi va ularning yashash muhitini o’z ichiga oladigan funktsional tizim ekologik tizim 
deyiladi. 
Tabiiy va suniy ekotizimlar mavjuddir. Shahar, akvarium, tuvakdagi gul, kosmik kema suniy 
ekotizimlarga misol bo’la oladi. Agar tashqi tasir natijasida muvozanat buzilsa, ekotizim o’z - o’zini tiklashi 
mumkin. Insonlarning tabiatga tasiri ekotizimlarning o’z - o’zini tiklash imkoniyatlaridan oshmasligi kerak. 
Ekotizimdagi organizmlarning alohida to’plami biotsenoz deb ataladi. Biotsenoz - lotincha «bios» - 
hayot, «tsenoz» - umumiy degan manoni anglatadi. Demak, muayyan sharoitda kuruklikdagi yoki suv 


 
7
havzalaridagi birga yashaydigan o’simlik, hayvon, zamburug’, mikroorganizmlarning yig’iidisi 
tushuniladi. Bu atama 1877 yili nemis biologi K. Mebius tomonidan fanga kiritilgan. 
Biotop - biotsenozning yashash muhitidir yoki aytishimiz mumkin: biotsenoz egallab turgan muhit - 
biotopdir. Bu lotincha so’z bo’lib «bios» - xaet, «topos» - yashash joyi demakdir. 
Biotsenoz va biotop birgalikda biogeotsenozni tashkil etadi. 
Biogeotsenoz  - «bios» - xayot; «geo» - er; «tsenoz» - umumiy tushunchasini rus botanik olimi
akademik V.N.Sukachev taklif etgan. Muayyan tuproq sharoitida o’simliklar, hayvonlar, zamburug’lar 
va ayrim sodda hayvonlardan tashkil topgan mikroorganizmlarning birgalikda yashashi biogeotsenozdir. 
Ko’pincha ekotizim va biogeotsenoz tushunchalari bir - birining sinonimi sifatida qo’llaniladi va 
deyarli bir xil manoni bildiradi, ammo bazi bir tomonlari bilan ular farklanadilar. 
Ekotizimdagi organizmlar oziqa zanjiri orqali o’zaro bog’langan. Oziqa zanjiri evolyutsiya jarayonida 
tashkil topgan. 
Tabiatda xayot uchun zarur bo’lgan moddalar to’xtovsiz ravishda aylanib turadi. Avtotrof organizmlar 
atrof muhitdan kimyoviy moddalarni o’zlashtiradi, bu moddalar geterotroflar orqali qaytadan atrof muhitga 
qaytadi. Bu jarayon juda murakkab shakllarda boradi. Oziqa zanjirida birinchi bo’g’indan keyingilarga qarab 
biomassa kamayib boradi. «O’simlik - hashorat -baqa - ilon - kalxat» mana shu oziqa zanjirida birinchi 
bo’g’indan keyingilariga qarab biomassa kamayib boradi. Oziqa zanjiri murakkab va ko’p bo’g’inli bo’ladi. 
Bunda albatta yashil o’simliklar (xosil qiluvchilar) produtsentlar; hayvonlar (organik moldalarni istemol 
qiluvchilar) konsumentlar; bakteriyalar (organik qoldiklarni parchalovchilar) redutsentlar ishtirok etadilar. 
Agar ozuqa zanjirining boshlanishi sifatida yashil o’simlik xisoblansa bu sarflanish zanjiri deyilali. 
Masalan: o’simlik - kiyik - bo’ri istemol qilganda. 
Agarda ozuqa zanjiri o’simlik qoldiqlari, hayvon jasadi yoki chiqindilaridan boshlansa, bunga detrid, 
yani parchalanish zanjiri deyiladi. Masalan: hayvon jasadi - pashsha - baqa - ilon. Shunday qilib, uzoq 
evolyutsiya jarayonida bir - biriga bog’liq turlardan barqaror oziqa zanjirlar paydo bo’ladi, bular 
boshlang’ich ozuqa moddalardan energiya va moddalarni birin -ketin olib tabiatda moddalarning doimiy 
xarakatini taminlaydi. Organizmlar quyosh energiyasini kimyoviy, mexanik va issiklik energiyalariga 
aylantiradi. Bunda boradigan barcha o’zgarishlar energiyani yo’qotish bilan bog’liq bo’lib, u pirovardida 
issiqlikga aylanib tarqalib ketadi. 
Ekologiya fanining rivojlanish tarixi. Markaziy Osiyoda ekologiya faniga hissa qo’shgan 
tabiatshunoslar.  Tirik organizmlar hayotining tashqi muhit bilan bog’liqligi qadimdan malum. Antik davrda 
yashagan faylasuflarning asarlarida hayvonlarning turli instinktlari, baliqlar va qushlarning 
migratsiyalari, o’simliklarning tashqi qiyofasi tuproq va iqlim sharoitlari bilan bog’liqligi haqidagi malumotlar 
keltiriladi. 
Dastlabki ekologik tushunchalar qadimgi yunon olimlari asarlarida qayd etilgan bo’lib, ularning 
ishlarida biz ekologik yo’nalishlarni ko’ramiz. Lekin ular «Ekologiya» terminini ishlatishmagan. Aristotel 
(eramizdan 384 - 322 yil avval), qadimgi yunon faylasufi Teofrast (371-280 yil) hayvon va o’simliklarni 
yashash sharoitiga bog’liq holda ko’rib chiqishgan, Aristotel 500 tur hayvonlarni o’rganib, ularning xulq-
atvori, ko’chib yurishi haqida, Teofrast – o’simliklarning shakli va o’sishi - iqlim, tuproq sharoitiga 
bog’liqligini aniqlagan. 
Frantsuz M.Byuffon (1707-1788)ning ishlarida hayvonlarning tuzilishiga tashqi muhitning tasiri 
masalasi ko’tarilgan. 
J.B.Lamark (1744-1829) dastlabki evolyutsion talimotning muallifidir. U o’simlik hamda 
hayvonlarning evolyutsion o’zgarishlarida eng muhim omil deb tashqi muhit tasirini xisoblagan. 
A.Gumboldtiing ishlari o’simliklar geografiyasida yangi ekologik yunalishlarni aniqlab berdi. U fanga 
landshaft «fizionomiyasi» o’simliklarning tashqi qiyofasi bilan aniqlanadi kabi tushunchani kiritadi. 
O’xshash zona va vertikal poyaslarda har xil taksonomik guruhlarda o’xshash «fizionomik» shakllar ishlab 
chiqiladi; Bu shakllarning tarqalishi va nisbatiga qarab joyning fizik - geografik xususiyatlari haqida fikr 
yuritish mumkin. 
Biogeotsenoz 
1.  Tabiiy xodisa hisoblanadi. 
2.  Malum tabiiy chegaraga ega bo’lgan 
fazoviy birlik  
3.  Uning tarkibiga odam kirmaydi. 
 
Ekotizim 
Tabiiy yoki suniy hodisa bo’lishi mumkin. 
Yirik ekotizimlar odatda odam tasirida bo’ladi 
Funktsional birlik bo’lgani uchun qushni 
ekotizimlardan ajralib turishi shart emas. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə