Microsoft Word Ecologiya Ma'ruza matni 2007 Îõèðãè Latin rtf



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/51
tarix08.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#36588
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   51

 
14
Ichimlik suv taminoti manbalarining ifloslanishi respublikada, ayniqsa Orol bo’yida turli kasallikga 
chalinishning yuqori darajaligiga sabab bo’lmoqda. 
 
 
Uchinchidan, Orol dengizining qurib borishi xavfi, aytish mumkinki milliy kulfat bo’lib qoldi. 
To’rtinchidan, havo bo’shlig’ining ifloslanishi. 
Mutaxassislarning malumotiga qaraganda, har yili respublikaning atmosfera havosiga 4 mln t. ga yaqin 
zararli moddalar qo’shilmoqda. Shularning yarmi uglerod oksidiga tug’ri keladi, 15 % ni uglevodorod 
chiqindilari, 14 % oltingugurt qo’sh oksidi, 9 % ni azot oksidi, 8 % ni qattiq moddalar tashkil etadi va 4 % ga 
yaqini o’ziga xos o’tkir zaxarli moddalarga to’g’ri keladi. 
Atmosferada uglerod yig’indisining ko’payib borishi natijasida o’ziga xos keng ko’lamdagi issiqxona 
effekta vujudga keladi. Oqibatda er havosining o’rtacha harorati ortib ketmoqda. 
Respublikada tez - tez chang bo’ronlarini qo’zg’atib turuvchi, atmosferani chang to’zonga 
chulg’atuvchi Qoraqum va Qizilqum sahrolari mavjud. So’ngi 10 yil mobaynida Orol dengizining qurib borishi 
tufayli chang va tuz ko’chadigan yana bir tabiiy manba paydo bo’ldi. 80 - yillarning boshlarida qo’shni 
Tojikistonda alyuminiy zavodi ishga tushishi bilan Uzbekistonning Surxondaryo viloyatiga qarashli ko’p 
tumanlarda ekologik jihatdan tang ahvodga keldi. 
 
 
 
 
 
Foydalangan adabiyotlar: 
1.  I.Karimov. «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida, xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari 
va taraqqiyot kafolatlari». T. «O’zbekiston». 1997. 110 – 134 b. 
2.  A.A.Rafiqov. Geoekologik muammolar. T. «O’kituvchi», 1997. 12 – 15 b. 
3.  X.T.Tursunov. Ekologiya asoslari vatabiatni muxofaza kilish. T. Universitet. 1997. 7 - 86. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
15
 
MA’RUZA  –  3  
 
Mavzu: Ekologiyaning tadqiqot usullari 
 
Reja: 
 
1. Ekologiyaning tadqiqot usullari: dalada kuzatish, laboratoriya va dala tajribalari,  
o’simlik assotsiatsiyasi va hayvonlarni ekologik o’rganish. 
2. Matematik modellashtirish. 
 
Mavzuga oid tushuncha va  iboralar:  Kuzatish, tajriba, modellashtirish, assotsiatsiya, formatsiya, 
tip, organizmlar soni, turlarning uchrashi, biomassa, hosildorlik indeksi, dominantlik, qoplam, zichlik. 
 
1 - asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi:  Ekologlar dalada kuzatish, laboratoriya va dala 
tajribalari kabi usullardan foydalanishlari haqida fikr yuritish. O’simliklar assotsiatsiyalarini, hayvonlarni 
ekologik o’rganish kabi masalalarni yoritib berish.  
 
Ekologiya o’ziga xoslikga ega bo’lib, uning izlanish obekti bo’lib, alohida olingan tur emas, balki turlar 
guruhi, populyatsiyalar va ularning jamoalari yoki biologik makrotizimlar xizmat qiladi. 
Ekologik ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda ko’pincha daladagi kuzatishlar, dalada va laboratoriyada 
tajribalar va ekotizimlarni modellashtirish usullaridan foydalaniladi. 
Demak, ekologlar kuzatish va tajribaga asoslangan holda ish olib borishadi. 
Metod yoki uslub so’zi yunoncha - «biror narsaga yo’l» degan manoni anglatadi. O’rganilayotgan obektni 
to’g’ri tasavvur etish, faqatgina unga to’g’ri yondoshganda, to’g’ri uslub tanlagandagina bo’lishi mumkin. 
Umuman, uslubni - qorong’uda yo’lni yoritib turuvchi chiroqga o’xshatishadi. 
Ekolog uchun birinchi navbatda daladagi kuzatishlar muhim rol o’ynaydi, yani turlarning populyatsiyasi 
va ularning jamoasini tabiiy holatda - tabiatda o’rganish. Bunda odatda fiziologiya, biokimyo, anatomiya, 
sistematika kabilarning usullaridan keng foydalaniladi. 
Daladagi kuzatishlar bizga organizm yoki populyatsiyalarga aniq bir omillar majmuasining tasir 
natijalarini aniqlashga imkon yaratadi, aniq bir sharoitda turlarning rivojlanishi va hayot faoliyati haqida 
umumiy tushuncha beradi. Kuzatishlar, muhitning qaysi bir omili turlarning, populyatsiya va jamoaparning 
hayoti faoliyati xarakterini aniqlaydi? - degan savolga to’liq, javob bera olmaydi. Bu savolga faqatgina 
tabiatdagi bo’ladigan munosabatlarning sababini aniqlash imkoniyatiga ega bo’lgan - tajriba javob berishi 
mumkin. Laboratoriya sharoitidagi tajribalarda olingan natijalar albatta tabiatda tekshirilib ko’rilishi kerak. Bu 
esa populyatsiya va jamoaning tabiiy ekologik munosabatlarini yanada chuqurroq tushunishga imkon beradi. 
Tajriba - tadqiqotchi tamonidan yaratilgan sharoitda borayotgan malum tabiiy jarayonni kuzatishdir. 
Tajribada malum obektga (individ, populyatsiya, biogeotsenoz) tasir etayotgan omil kuchining ortishi yoki 
kamayishi namuna bilan taqqoslanadi. Tajriba natijalari haqida ko’rsatkichlarning o’zgarishiga qarab xulosa 
qilinadi. Buning uchun albatta namuna bilan taqqoslash zarur. Tajriba xech vaqt taqqoslashsiz olib 
borilmaydi. 
Ilmiy-tadqiqot ishlari laboratoriya va dala sharoitlarida olib boriladi. Dala sharoitida olib boriladigan 
tajribalarga misol qilib turli qishloq xo’japigi o’simliklarini sug’orish, o’g’itlash tasiri, tuproqqa har xil 
usullarda ishlov berish bilan hosildorlikning o’zgarishi, shuningdek har xil ekologik omillarnyng 
hayvonlar maxsuldorligiga tasiri kabilarni ko’rsatish mumkin. 
Ekologik ilmiy – tadqiqot ishlarida laboratoriya eksperimenti keng yoyilmagan, chunki laboratoriya 
sharoiti tabiiy sharoitga to’liq to’g’ri kelmaydi. Tirik organizmlardagi hayotiy jarayonlarning bazi 
tomonlarini laboratoriya sharoitida aniqlash mumkin. Laboratoriya sharoitida olib boriladigan ilmiy 
tadqiqot ishlariga misol qilib G.F.Gauzening infuzoriyalarda olib borgan tajribalarini ko’rsatish mumkin. 
G.F.Gauze infuzoriyalarda olib borgan tajriba natijalari asosida turlar o’rtasidagi raqobatni yo’qotish 
tamoyillarini ishlab chiqdi. 
Biologik kuzatishlarni to’g’ri olib borish, dala va laboratoriya tajribalari qanday qo’yilishi, tajriba 
va nazorat variantlari, tajriba natijalarining aniqligi va boshqalar to’g’risida to’liq tasavvurga ega 
bo’lishdagina, yani bunday metodologik tushunchaga to’liq ega bo’lgandagina o’z ishingizning muvaffaqiyatli 
chiqishini amalga oshirasiz. 
Hozirgi zamon sharoitida ekologik izlanishlar qator nazariy va amaliy masalalarni hal etishda muhim 
rol o’ynaydi. Organizmlar sonining dinamikasi, mavsumiy rivojlanish, foydali va zararli turlarning 
tarqalishi va iqlimlashtirishni, ko’payish va tarqalishni oldindan aniqlash, bularning hammasi xozirgi 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə