Microsoft Word Ecologiya Ma'ruza matni 2007 Îõèðãè Latin rtf



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/51
tarix08.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#36588
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   51

 
18
statik modellar bilan shug’ullanilgan. O’simlik barglarining joylanish tartibini yoki molyuska 
chig’anoqlarining tuzilishini spiral chiziqlar qonuniyati yordamida tushuntirishga harakat qilish statik 
modellashtirishga misol bo’ladi. 
Dinamik modellar shaxsning o’sishiga oid bo’lib, ularni 1831 yilda Belgiyalik olim Adolf Ketls tuzgan 
edi. Model voqealikni aniq aks ettirishi, uning kelib chiqish qonuniyatlarini saqlab qolishi kerak. Model 
tuziganda biz individlarning tug’ilishi va tirik qolish mexanizmlarini populyatsiyadagi ichki aloqalarga 
bog’lashimiz, populyatsiya ko’rsatkichlarini esa biotik va abiotik muhit orqali aniqlashimiz kerak. Bundan 
tashqari, individlarning genetik xususiyatlari ham muhim rol o’ynaydi. Malumki, tabiatda bir jinsli 
populyatsiya yo’q. Individlar genotipi nasllar soniga, ko’payish jarayoniga katta tasir ko’rsatadi. Demak, 
populyatsiyaning har bir guruhi o’ziga xos ko’payish ko’rsatkichlariga ega bo’ladi. Bu omillarni hisobga 
olmay turib to’g’ri model tuzish mumkin emas. Matematik modellashtirish biologik va ekologik xodisalarni aniq 
sharxlash va kelajak tadqiqotlar rejasini tuzishda qudratli omil sifatida katta ahamiyatga egadir. 
 
 
Mustaqil ish topshiriqlari: 
1. Ishlab chiqarish amaliyotida ekologik izlanishlarni dalada kuzatish, dalada tajriba va laboratoriyada 
tajriba usullaridan foydalanishingizga to’g’ri keladi. Ana shu usullarning qaysi biridan keng 
foydalandingiz, qanday xulosaga keldingiz? To’lar haqida daftaringizga yozing. 
Manba: V.A.Radkevich, Ekologiya. Minsk, «Vısshaya shkola». 1983. 22-36 b. 2.  YOzgi dala amaliyoti 
vaqtida o’simliklar assotsiatsiyasini o’rganishga harakat qiling. Olingan barcha malumotlarni 
daftaringizga qayd qiling. 
Manba: V.A.Radkevich, Ekologiya. Minsk, «Vısshaya shkola». 1983. 24-27 b. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.  V.A.Radkevich, Ekologiya. Minsk. «Visheyshaya shkola», 1983. 22-366. 
2.  A.To’xtaev, A.Hamidov. Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish. T. «O’qit.», 1994.6-7 b. 
3. A.To’xtaev. Ekologiya. T. «O’qituvchi», 1998. 7 - 96. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
19
 
MA’RUZA  –  4  
Mavzu: Muhit va ekologik omillar 
 
Reja: 
 
1. Muhit va moslanish tushunchalari. 
2. Ekologik omillar va ularning klassifikatsisi. 
3. Ekologik omillarning tirik organizmlarga tasir etishining umumiy qonuniyatlari. 
 
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:  Muhit, moslanish, hayot muhitlari, ekologik omil, 
abiotik, biotik, antropogen, fitogen, zoogen, mikrobogen, optimal, maksimum, minimum, kritik nuqta, 
ekologik valentlik, cheklovchi omil. 
 
1 - asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maksadi:  Muhit, hayot muhitlari, moslanish, uning xillari 
haqida talabalarga tushuncha berish.  
Muhit tevarak - atrofdagi o’zaro bog’lanishlardagi shart - sharoitlar va tasirlar majmuidir. Soddaroq qilib 
aytganimizda, organizmlarni o’rab olgan barcha omillar yig’indisini tushunamiz. 
Odatda tabiiy va suniy muhitlar mavjud. 
Tabiiy muhitni suv, quyosh, shamol, havo, er, o’simlik va hayvonot dunyosi kabi tabiiy omillar majmui 
tashkil etadi. Suniy muhit inson tamonidan yaratilgan bo’lib, bunda insonning mexnat maxsuli yotadi. Tabiiy va 
suniy muhitlar bir-biri bilan chambarchas bog’liqdir. Ularning bog’liqligini ekologik muhit tushunchasi 
ifodalaydi. 
Tirik organizmlarning hayoti o’zgarmagan shart - sharoitlar va tasirlar barqaror holatida muvozanat 
o’zgarmaydi, aksincha, muhitning shart - sharoitlari va tasirlar buzilganda muvozanatsiz holat kelib 
chiqadi. 
Ekologik muhitning buzilishi atmosferaning er osti suvlarining ifloslanishi, qattiq chiqindi 
moddalarining to’planishi va ozuqaning zaharlanishi, shovqinlarning ko’payishi, radiaktiv moddalar va 
boshqalarning tasirini ortib borishida ko’rinadi. Inson tabiat qonunlarini chuqurroq o’rganish o’rniga hayot 
muhitini tezkorlik bilan buzib ifloslantira boshladi. 
Tirik organizmlar to’rtta asosiy muhitlarda tarqalgan. Ulardan ikkitasi, yani suv va havo muhitlari o’lik, 
tuproq muhiti oraliq va organizm (muhit sifatida) tirik xususiyatlarga ega. Har bir hayot muhiti o’z navbatida 
organizmlar yashashi uchun har xil yashash joylaridan iborat. Masalan: suv muhiti quyidagi yashash joylari 
sifatida uchrashi mumkin: chuchuk va sho’r suv, ko’lmak va oqar suv, chuqur va sayoz, iliq va sovuq va h. 
Tirik organizmlar bir - birlaridan farq qiluvchi o’ziga xos 4 ta muhitda tarqalgan ekan, ulardan biri 
hisoblangan suv muhitda dastlab hayot kelib chiqqan. Keyinchalik tirik organizmlar quruqlikga chiqib, tuproq 
hosil bo’lishida qatnashaganlar va uni egallaganlar. Shuningdek, havo va boshqa bir tirik organizmni ichida 
yoki sirtida ham tarqalgandir. Demak, bizga malum bo’lgan tirik tabiat va uning tarkibiy qismlari hisoblangan 
zamburug’lar, o’simliklar va hayvonlar ana shu muhitlarda yashashga moslashganlar. Moslashish turli 
darajalarda va ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Ko’pchilik o’simliklar ortiqcha qizib ketishdan saqlanish 
uchun boshqa o’simlik turining soyasida o’sadi. Bu erda moslashish biotsenotik darajada namoyon bo’lmoqda. 
Asalarilarning uyalari xaddan tashqari qizib ketganda qanotlarini qoqib uyani sovutish jamoa 
darajasidagi moslashishga misol bo’ladi. Hayvonlarning teri bezlari orqali tanasini sovutishi yoki 
o’simliklarni transpiratsiya orqali barg yuzasini sovutishi kabilar organizm darajasidagi moslanishlardir. 
Moslashishning ko’rinishlariga kelsak morfologik, fiziolrgik va xulqiy moslashishlarga ajratiladi. 
Morfologik moslashishlarga misol qilib - suv muhitida gidrobiontlarning suvni qarshiligini kesib 
yurishga mos tana tuzilishi, plankton organizmlarning suvda osilgan holda yashashi kabilar hisoblansa, 
o’simliklar dunyosida cho’l sharoitida minimum suv sarflashga moslashish sifatida barglarning 
reduktsiyalanishi yoki butunlay bo’lmasligi kabilarni ko’rsatish mumkin. 
Fiziologik moslanishlar hayvonlarda ozuqa tarkibiga ko’ra ovqat xazm qilish tizimida fermentlarining 
malum turlarini uchrashi yoki cho’lda yashovchi hayvonlarning suvga bo’lgan talabini qondirish uchun 
yog’larning biokimyoviy oksidlanishidan foydalanish kabilar kiradi. 
Xulqiy yoki etologik moslashishlar - hayvonlar uchun xos bo’lib, turli shakllarda namoyon bo’ladi. 
Masalan, tashqi muhit bilan hayvon tanasi o’rtasida normal issiq almashinuvi uchun uya qurish (boshpana 
topish), qulay haroratli joyni izlab topish, shuningdek, qushlar va sut emizuvchilarda sutkalik va mavsumiy 
ko’chib yurishlari malum. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə