Microsoft Word Ecologiya Ma'ruza matni 2007 Îõèðãè Latin rtf



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/51
tarix08.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#36588
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   51

 
34
Tuproq - qattiq, suyuq, gazsimon komponentlardan iborat bo’lib, iqlim tog’ jinslari, o’simliklar va 
hayvonlar mikroorganizmlarning o’zaro murakkab tasiri natijasida hosil bo’ladi. 
Tabiatda moddalarning almashinuvida tuproq ham ishtirok etadi. Buni olim V.R.Vilyams biologik 
aylana deb atagan. Bu jarayonlar tufayli tuproqning unumdorlik xususiyati doimo saqlanib turadi. Tuproq 
eng avvalo o’simlik, hayvonlar va mikroblar bilan birga murakkab ekotizimni vujudga keltiradi va 
sayyoramiz biosferasida xayotning yashashini taminlashdek muxim vazifani bajaradi. 
Tuproqning inson hayotidagi ahamiyati shundan iboratki, u o’zi-o’zini tozalash xususiyatiga ega 
ekanligi tufayli tabiatdagi iflos moddalarni biologik yo’l bilan o’ziga singdiruvchanlik adsorbent), 
tozalovchanlik (purifikator) va neytrallashtiruvchanlik xususiyatiga egadir. 
Tuproq xalqning bebaxo boyligi va insonning yashashi uchun hayot manbaidir. Inson o’zi uchun zarur 
bo’lgan ozuqa resurslarini, kiyim-boshni tuproqdan oladi. Chunki tuproq qishloq xo’jalik ekinlarining asosiy 
manbai hisoblanadi. 
Tuproq tugaydigan va tiklanadigan resurslarga kiradi. Tuzilishiga ko’ra tuproqda 3 asosiy qatlam 
ajratiladi: 
A – eng ustki gumus (chirindili) qatlam; 
V – yuqori  qatlamdan mineral va organik birikmalar to’planadigan gorizont; 
S – tuproq vujudga keladigan ona jinsi, tuproqning har bir gorizonti organik va mineral brikmalar 
aralashmasidan iborat. 
Tuproq – tarixiy tarkib topgan murakkab mustaqil tabiiy jism bo’lib, o’zgaruvchan dinamik hosiladir. Er 
yuzi turli qobiqlari o’rtasidagi aloqadorlik tuproq orqali amalga oshadi. Tuproq tabiiy manfaatlarning asosi 
hisoblanadi. 
Biosferada bajaradigan faoliyatiga qarab tuproqni organik hayot zanjirining eng muhim xalqasi deb 
yuritsa bo’ladi. 
Tabiat komponentlari - tog’ jinslari, suv, havo, tuproq, o’simlik va hayvonlar o’ziga xos 
xususiyatlari bilan rivojlansa ham o’zaro uzviy bog’langan. Ular o’rtasida to’xtovsiz modd almashinuvi 
amalga oshadi va natijada tabiiy xududiy komplekslar – landshaftlar  hosil bo’ladi. Cho’l, o’rmon, dasht, to’qay 
va boshqa landshaftlarni ajratish mumkin. O’zaro ichki aloqalari va birligiga ko’ra boshqa joylardan farq 
qiluvchi, tabiiy chegaralariga ega bo’lgan xududiy komplekslarga landshaftlar deyiladi. 
Tuproqda u yoki bu mikroelementlarning etishmasligi yoki ortiqchaligi organizmlarning rivojlanishi va 
insonning sog’ligiga bevosita tasir ko’rsatadi. Tuproqda sil, vabo, bryutsellyoz va boshqa kasalliklarning 
qo’zg’atuvchilari bo’lishi mumkin. 
Biosferada tuproqning eng muhim roli shundaki, barcha organizmlarning qoldiqlari tuproqda 
parchalanadi va yana mineral birikmalarga aylanadi. Tuproq qatlamisiz er yuzida hayotni tasavvur ham 
qilib bo’lmaydi. 
Er yuzining hozirgi mavjud tuproq qatlami - jamiyat taraqqiyoti natijasida kuchli o’zgargan. Insoniyat 
tarixi davomida 2 mlrd dan ortiq unumdor tuproqli erlar yaroqsiz xolga keltirilgan. xar yili sayyoramizdagi 
qishloq xo’jaligi uchun yaroqli erlar maydoni sho’r bosishi, cho’llanishi, emirilishi natijasida 5 - 7   mln ga 
kamaymoqda. 
Er yuzida dehkonchiliq maqsadlarida ishlatiladigan erlar mavjud erlar xududning 80 % ni tashkil qiladi 
va dunyo aholisi son boshiga 0,5 ga dan to’g’ri keladi. 
L.I.Kurakova (1983) malumotiga ko’ra xozir er yuzidagi quruqlikning 1,9 mlrd ga xaydab ekin 
ekiladigan maydonlarga to’g’ri keladi, Hali dunyoda xaydab dexqonchilik qilishga yaroqli erlar maydoni 
ko’p. Masalan: faqat Janubiy Amerikada xozir umumiy er maydonining 5 % dangina qishloq xo’jaligida 
foydalanishmoqda. Vaholanki bu joyda qishloq xo’jaligiga yaroqli erlar maydoni 25 % ni tashkil qiladi yoki 
Afrikada jon boshiga 12 ga qishloq xo’jaligiga yaroqli erlar to’tri kelsa, hozir shundan faqat 1 ga dan xaydab 
foydalanilmoqda xolos. 
Yuqorida aytib o’tildi, er yuzasida o’rtacha har bir kishiga 0,5 ga xaydaladigan er to’g’ri keladi deb, bu 
ko’rsatkich yana L.I.Kurakova (1983) malumotiga ko’ra: Yaponiyada - 0,7 ga, Misrda - 0,10 ga, AQShda - 2 ga 
dan ko’p, Argentinada - 6 ga, Avstraliyada - 40 ga dan ko’p ekan. 
Respublikamizda har bir odamga 0,17 ga ekin maydoni to’g’ri keladi. Qozog’istonda - 1,54 ga, 
Qirg’izistonda -  0,26 ga, Ukraina - 0,59,  Rossiya - 0,67 ga ekin maydoni to’g’ri keladi. 
Er yuzi tuproq qatlamining hozirgi holati kishilik jamiyatini ko’p asrlik tasiri natijasida o’zining 
dastlabki tabiiy xususiyatini ancha o’zgartirgan. Insonning tuproqlarga ijobiy va salbiy tasiri ajratiladi. 
Inson tuproq hosildorligini oshirishi, erlarning holatini yaxshilashi mumkin. O’rmonlarni tashkil 
qiladi, tuproq flora va faunasini muhofaza qiladi. Shuning bilan birga shahar qurilishi, atrof - muhitni 
ifloslanishi, agrotexnik tadbirlarni talabga javob bermasligi natijasida tuproqlar bevosita yo’q qilinishi, 
yaroqsiz xolga kelishi, emirilishi mumkin. 


 
35
Hozirgi kunda tuproqlar maydonning kamayishi uning tiklanishidan minglab marta tezroq amalga 
oshmoqda. Inson o’zining xo’jalik faoliyatida tuproqdan foydalanish jarayonida ijobiy tasir etib, tuproqga har 
xil o’g’itlar soladi, sug’oradi, zaxini qochiradi, almashlab ekin ekadi, tuproqni ustki unumdor qismini yuvilib 
ketishdan saqlaydi. Erni agrotexnika qoidalariga rioya qilib xaydaydi va unda namni uzoq vaqt saqlanishini 
taminlaydi. 
O’rmonlarni noto’g’ri kesishga chek qo’yadi, o’rmonlar barpo etiladi, tuproq flora va faunasini muhofaza 
qiladi va boshqa choralar ko’rishi orqali tuproqning tarkibini yaxshilaydi, natijada tuproq hosildorligi oshadi. 
 
 
 
Inson o’zining xo’jalik faoliyatida tuproqqa salbiy tasir ham qiladi. Uning unumdorligini 
pasaytirib hosildor erlar maydonining qisqarishiga sababchi bo’ladi. Agrotexnika qoidalariga rioya 
kilmasligi tufayli tuproq eroziyasi kuchayadi: sug’orish qoidasi va meyoriga amal qilmaslik oqibatida tuproq 
qayta sho’rlanadi, botqoqlashadi, mineral o’g’itlardan noto’g’ri foydalanish va zaharli ximikatlarni ishlatish 
qoidalariga rioya qilmaslik natijasida tuproq kimyoviy moddalar bilan zaharlanadi: almashlab ekishga etibor 
bermaslik tufayli tuproqda ozuqa moddalar miqdori kamayadi, shamol eroziyasiga qarshi ixota o’rmonlar 
tashkil etilmasa, tuproqning ustki hosildor qismi uchirilib ketadi, yonbag’irlarni, tik erlarni noto’g’ri xaydash 
oqibatida suv eroziyasi kuchayadi. Bunday salbiy oqibatlar natijasida hozir dunyoda yiliga 6 - 7  mln ga 
qishloq xo’jaligi aylanmasidagi er ishdan chikmoqda. Tuproq sifatini buzilishida injenerlik 
kommunikatsiyaning tasiri ham bor bo’lib, gaz, neft, issiqlik, kanalizatsiya, suv quvurlari atrofdagi 
tuproqning biologik va issiqlik rejimining buzilyshiga sabab bo’ladi. So’ngi yillarda 75 - 80 % shaxtalarda 
ochish usulda madanlar qazib olinishi natijasida qishloq xo’jaligi aylanmasidagi er maydoni qisqarmoqda. 
Erlarning ustki hosildor qismini suv va shamol tasirida yuvib yoki uchirib ketishiga eroziya deyiladi. 
Eroziya dexqonchilik uchun juda katta zarar keltiruvchi ofat hisoblanib, lotincha «erosia» degan so’zdan 
olingan bo’lib «kemirish» yoki «emirilish» degan manoni bildiradi. Tuproq eroziyasi – tabiiy  va suniy bo’lishi 
mumkin. 
Tuproqlarni kishilarni xo’jalik faoliyati tasirisiz tabiiy holda eroziyaga uchrashi – tabiiy  eroziya,  
kishilarning tasiri natijasida eroziyaga uchrashi esa – suniy (antropogen) yoki tezlashtirilgan eroziya deb 
ataladi. 
Eroziyaga uchragan tuproqda hosildorlik 5 – 10 marta kamayib, har yili begona o’tlar 2 - 4 marta 
ko’payadi. Shu sababli dunyo bo’yicha eroziya natijasida yiliga 1000 mlrd dollar zarar ko’rilmoqda. 
Tabiatda tuproqning tabiiy holda eroziyaga uchrashi jarayonlari bo’lib, uni geologik eroziya deb 
yuritiladi. Demak, geologik eroziya bu insonning tasirisiz ro’y beradigan jarayon bo’lib, bu jarayon tuproq hosil 
bo’lishi jarayoni tezligiga tengdir. Geologik eroziya Er evolyutsiyasining bir qismi hisoblanib, uni oldini olish 
mumkin emas. U butun geologik davrda davom etadi. 
Geologik eroziya tektonik jarayonlar tufayli ro’y beradi. Tektonik jarayonlar tasirida tog’lar 
ko’tariladi, muzlar harakat qiladi, daryo vodiylarida qator qayirlar vujudga keladi. Vaqt o’tishi bilan nurash 
tufayli baland tog’lar (Qozog’iston past toglari) pasayadi, muz qaytadi, dengiz chekinadi. Ular urnida asta-
sekin tuproq vujudga kelib, o’simliklar o’sadi, tuproqni ustki qismida yana hosildor qatlam vujudga kela 
boshlaydi. 
Tuproqning suniy yoki tezlashtirilgan eroziyasi ham bor. Bu eroziya Er yuzida inson paydo bo’lganidan 
beri erlardan noto’g’ri foydalanish tufayli ruy bera boshlagan bo’lib, uning asosiy sabablari o’rmon va 
to’qaylarni kesib yuborish, yaylovlarda chorva mollarini boqish normasiga amal qilmaslik, dehkonchiliq 
yuritishning noto’g’ri metodlaridan foydalanish va h.  
Turli malumotlarga ko’ra har kuni Er yuzida eroziya natijasida 3500 ga unumdor tuproqli erlar ishdan 
chiqadi. 
O’simliklar tuproqda chirindi miqdorini ko’paytirishdan tashqari qor va yomg’ir suvlarining er sirtidan 
oqib ketishni kamaytiradi, aksincha ularning tuproq orasiga singishiga yordam beradi, natijada tuproqda 
nam saqlanib qolishiga imkon beradi. 
F.K.Kocherga malumotiga ko’ra O’rta Osiyo tog’li rayonlarida o’rmonlar er usti oqimini kamaytirib
tuproqqa singdirish orqali yog’in suvlarini 50 % tutib qoladi. Aksincha, o’rmon va butalarni ko’plab kesish 
natijasida yoqqan yog’inning 90 % i tog’ yonbag’irlari orqali oqib ketadi. 
O’simliklar qoplami qanchalik zich bo’lsa, tuproq eroziyasi shunchalik sustlashadi. 
Eroziya jarayonining tezlashishida yaylovlardan noto’g’ri foydalanish ham muhim omil hisoblanadi. 
Bir rayonda doimo mol boqilishi natijasida, o’sha joyning o’simlik qoplami siyraklashadi, tuyoqlari bilan 
o’simliklarni kesib, bosib tuproqni bo’shatib yuboradi. So’ngra yog’in suvlari yoki shamol tufayli u erlarda 
tuproq eroziyasi boshlanadi. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə