Microsoft Word Ecologiya Ma'ruza matni 2007 Îõèðãè Latin rtf



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/51
tarix08.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#36588
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   51

 
40
ipak qurti ishlab chiqarishning pasayishi kuzatilmoqda. Anor, hurmoning hosildorligi va sifati pasayib 
ketgan, aholi salomatligi yomonlashmoqda. 
1982 yilda ftorli vodorod chiqindilari 24,5 ming t. bo’lsa, 1991 yilga kelib 56,7 ming t. ga ko’paygan. 
Transportning tasiri.  Eng yirik ifloslantiruvchi manba – bu avtomobil transportidir. Bilamizki, O’rta 
Osiyo mintaqasi avtomobil yo’llariga boy. 1990 yili respublika bo’yicha jami gaz chiqindilarining 60 % ni 
transport hissasi tashkil etadi.  
 
 
 
 
Avtomobillar sonining ortishi atmosferaning erga yaqin qatlamlarida azot gazlari, qo’rg’oshin 
birikmalari, oltingugurt gazlari, uglerod gazlari va boshqa moddalar miqdorining oshishiga olib keladi.  
Avtomobil chiqindilari birinchidan, shunisi bilan xavfliki, ular biosferaning faol zonasiga tushadi. 
Ikkinchidan, ular tarkibida barcha tirik jonzot uchun juda zaharli bo’lgan ko’rg’oshin birikmalari bor.  
Uchinchidan, avtomobil gaz chiqindilari atmosferaning erga yaqin qatlami, inson nafas oladigan 
satxga tushadi. 
Toshkent shaxrining o’zidagina shahar atmosferasiga tushadigan jami iflos moddalarning     80 % ni 
avtomobil gaz chiqindilari tashkil etadi. Gaz chiqindilari bilan har yili 300 ming t. dan ko’proq har xil 
ifloslantiruvchi moddalar tushadi. Ular ichida uglevodorodlar, qurum, qo’rg’oshin birikmalari asosiylaridir. 
O’rta Osiyoning issiq iqlimli sharoitida yo’llarning ko’pligi, shaharlardagi ko’chalarning yo’l  
belgilari, svetoforlar serobligi vaziyatni yanada murakkablashtiradi. Yo’llar qoniqarsiz bo’lgan sharoitda 
havoning avtomobil gaz chiqindilari bilan bulg’anishi meyoridagidan 5-10 marta oshadi. 
Tabiatga, inson ekologiyasiga transport tasirini yanada kamaytirishda transport vositalarini elektr 
quvvati bilan ishlashga o’tkazish, avtobuslarni trolleybuslar bilan atmashtirish, avtomobillardan 
elektromobilga o’tish zarurdir. 
Quyosh   energiyasidan   transportda   foydalanish   imkoniyatlarini   puxta   o’rganish   kerak. 
Avtotransport   vositalarini   suyultirilgan   gaz,   gaz   kondensati   bilan   ishlashga   o’tkazish  avtomobil gaz 
chiqindilarini  ancha kamaytirgan bo’lardi. Mamlakatimizda avtomobil parkining texnik holatini baxolash 
shuni kursatadiki, zaharli gaz chiqindilari ko’rsatkichi bo’yicha avtomobillarning faqat 20 % gina soz 
holatdadir.  
Qishloq xo’jaligining tasiri. Bu biogeotsenoz, ekotizimlarga salbiy tasir ko’rsatuvchi ekologik omillar 
majmuidir. Nnson tabiatni jadal o’zlashtirmoqda, ular xo’jalikda foydalanayotgan kimyoviy vositalar tirik 
mzvjudotlarga salbiy tasir qilmoqda. 
Noorganik o’g’itlar, zaharli ximiqatlarning keng qo’llanilishi keyinchalik o’simliklar va hayvonlardan 
olinadigan mahsulotlarda qo’rg’oshin, simob, ftor, kadmilar miqdorining tuproqda oshishiga olib 
kelmoqda. 
Sug’oriladigan er maydonlarini cheksiz ko’paytirish, miqdor ketidan quvish, paxtachilik borasida 
yangidan-yangi rekordlarga intilish O’rta Osiyo respublikalarida ekologik sharoitning juda ham 
murakkablashuviga olib keldi. 
Millionlab gektar erlar sho’rlandi va suv tagida qoldi, oqava suvlarning ko’payishi sho’r ko’llarni 
yuzaga keltirdi. Amudaryo va Sirdaryodan ko’plab suvni olish ekologik holatga - Orol dengizining qurishiga 
olib keldi. Bundan tashqari almashlab ekishga rioya qilmaslik, muntazam ravishda zaharli ximikatlar solish 
tibbiy - sanitariya holatini murakkablashtirdi, ichimlik suvining tarkibi buzildi. Orol bo’yida birinchi navbatda 
Qorakalpog’iston Respublikasida, Toshxovuz va Xorazm viloyatlarida suv taminotida og’ir vaziyat yuzaga 
keldi. 
Uzoq muddat mobaynida asosiy etibor sug’oriladigan yangi erlar maydonlarini ishga solishga 
qaratildi, buning ekologik va ijtimoiy oqibatlari hisobga olinmadi. Faqat O’zbekistan Respublikasi 
xududida keyingi 10 yil mobaynida har yili chet elda foydalanishi man qilingan, tarkibida xlor mavjud 
pestitsidlar 6000 tonnadan  ishlatildi. 
 
3 -asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi:  Biologik marom nima ekanligini, uning xillari haqida 
malum bir tushunchalarni yoritib berish.  
Tirik tabiatning muhim xususiyatlaridan biri unda sodir bo’lib turuvchi jarayonlarning uzluksizligi yoki 
izchilligidir. Barcha tirik organizmlar hayoti (hujayradan tortib biosferagacha) malum bir tartibda sodir 
bo’lib turadi. Barcha o’simlik va hayvonlarda uzoq tabiiy tanlanish natijasida anatomo - morfologik, 
fiziologik, biokimyoviy xususiyatlar va belgilar vujudga keladi hamda shular orqali ular muayyan sharoitga 
moslashadi. 


 
41
Har bir tur yil va yil fasllari davomida o’z hayotini boshqaradi. Demak, biologik marom deb, organizmlar 
hayotining yil davomida qatiy ravishda boshqarib turilishiga aytiladi. Shuningdek, malum vaqt oraligida 
qandaydir bir jarayon yoki xodisaning takrorlanishi, bir holatdan ikkinchi bir holatga o’tishi  hamda qayta 
tiklanishi tushuniladi. 
Marom materiya harakatining umumiy xususiyatlaridan biri bo’lib, dunyo uning qonunlari asosida 
mavjud. Biologik marom esa bir-birini inkor qiluvchi ikki o’zaro dialektik bog’lanishdagi hayot 
jarayonining, yani tiklanish va emirilishlardan iborat hayotiy jarayonlarning bir maromda borishi va o’z-
o’zidan qayta tiklanishini taminlashni ifodalaydi. Maromlar odatda ikki xil, yani ichki va tashqi maromlardan 
iborat. 
 
 
Tashqi maromlar geofizik xarakterga ega va ular organizmdagi endogen fiziologik jarayonlarda 
kuzatiladigan maromlardir. Nafas olish, yurakning urishi, tana harakati kabilar asosida bir necha maromiy 
jarayonlar yotadi. Organizmdagi har qanday funktsiya maromiy xarakterga ega bo’ladi. DNK va RNK ning 
sintezi, oqsil sintezi, hujayra organoidlarining ish faoliyati, hujayraning bo’linishi kabilar va hakazo. 
Tashqi maromlar Erning Quyosh atrofida aylanishi va Er bilan Oy o’rtasidagi bog’lanishlar natijasida 
sayyoradagi ko’pchilik ekologik omillar qonuniy ravishda o’zgaradi. Organizmlarning hayot faoliyatidagi qator 
o’zgarishlar ana shu tashqi geofizik davriy o’zgarishlar bilan bog’langan bo’lib, moslanish xarakteridagi 
biologik maromlar deyiladi. Ular dengiz va okeanlarda bir kecha - kunduz davomida sutkalik suvning 
ko’tarilishi va pasayishi, shuningdek, bir oylik va bir yillik maromlardir. 
Odamlar va yuksak tuzilishdagi hayvonlarda faollik va tinim, tetiklik va uyqu holatlari asosiy sutkali 
marom hisoblanadi. Odamda 100 dan ortiq sutkali o’zgarishlar bilan bog’langan fiziologik jarayonlar 
aniqlangan. Hayvonlarda kuzatiladigan tetiklik va uyqu davrining almashinishi kunduzgi faol va tungi faol 
turlarning ajralishiga sabab bo’ladi. Kunduzi faol hayot kechiradigan hayvonlar bo’lib uy tovuqlari, 
chumchuqsimonlarning ko’pchilik vakillari, yumronqoziqlar, chumolilar, ninachilar va boshqalar hisoblansa, 
tunda esa ko’rshapalaklar, tipratikanlar, boyo’g’li, yovvoyi cho’chqalar, mushuksimonlarning vakillari, baqalar, 
suvaraklar va boshqalar faol bo’ladi. 
Sutkali maromlar har xil omillarga sezilarli o’zgarishi mumkin. Kunning birinchi yarmida odam 
organizmining sovuq haroratga sezgirligining ortishi, kunning ikkinchi yarmida esa yuqori haroratga ortishi 
aniqlangan. Cho’lda yashovchi eshakqurtlar yoki qora dog’li qo’ng’izlarning faolligi tuproq yuzasida 
harorat va namlikning o’zgarishiga qarab surilishi mumkin. 
Sutkali biomaromlar yirik va ochiq rangli gullarda yaxshi ifodalangan. Ularning gullari bir kecha-
kunduz davomida davriy ravishda ochilib yopiladi. Bunday o’simliklarga qarab vaqtni aniqlash mumkin. 
Shuning uchun ham ular «biologik soatlar» deyiladi. Ertalab qoqio’t, bo’ztikan kabilar ochilsa, ulardan keyin 
sachratqi, namatakning gullari ochiladi. Kechga tomon xushbo’y tamaki, nomozshomgullar ochilib, 
changlatuvchi xasharotlarni o’ziga jalb etadi. K. Linney turli o’simliklarning gullashiga asoslanib flora soatini 
yaratdi. 
Dengiz va okeanlarda suvning ko’tarilishi va pasayishi sutka davomida ikki marta hamda oyning 
boshi va oxirida kuzatiladi. Ushbu maromlarga qirg’oqlarda yashovchi organizmlar moslashgan. 
Molyuskalar suvning pasayishi vaqtida pallalarini yopib oladi. Aterina deb atalgan baliq rivojlanishi davrida 
oy davomidagi suvning eng yuqori ko’tarilib tushishidan foydalanadi. Suvning ko’tarilishi kuzatilishi 
vaqtida urg’ochisi qum ostiga uvildirig’ini qo’yib, oradan 15 kun o’tgandan so’ng ulardan yosh baliqlar 
chiqadi va suvning ikkinchi marta eng yuqori ko’tarilib tushishida ular suvga tushib ketadi. 
Bir oyga teng bo’lgan davriylik quruqlikda va dengizda yashovchi bir necha organizmlarda kuzatiladi. 
YOrug’likga javob reaktsiyasi, kuchsiz magnit maydoni tasirida yoki mo’ljal olish tezligi kabilarning 
hayvonlarda oylik marom bilan bog’liqligi aniqlangan.  
 
Yillik maromlar. 
Ular organizmlarning umumiy xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Malumki, respublikamiz 
viloyatlarida yillik harorat maromiga ko’ra organizmlarning rivojlanishi uchun qulay davrlar 6 oy davom etadi. 
Shu davr ichida tirik organizmlarda asosiy fenologik xodisalar ruy beradi, Er yuzasidan qorlar erib, baxor nafasi 
sezila boshlaydi. Bodom, shaftoli, o’rik va tollar barg yozmasdanoq gullay boshlaydi. Tuproq yuzasi 
yashil o’tlar, o’simliklar bilan qoplanadi, uchib ketgan qushlar qaytib keladi, qishlab chiqqan hasharotlar 
hayoti faollashadi. YOz o’rtalarida harorat noqulay bo’ladi, daraxtlar va boshqa ko’pchilik o’simliklarning 
o’sishi sekinlashadi yoki butunlay to’xtaydi, qushlarning ko’payish davri tugaydi. 
YOzning ikkinchi yarmidan boshlab erta kuzda ko’pchilik o’simliklarning meva va urug’lari 
pishadi, to’qimalarida ozuqa moddalar to’planadi. Shunday qilib, qishga tayyorgarlik boshlanadi. 
Daraxtlarning qishlaydigan kurtaklari shakllanadi va novdalari qotib yog’ochga aylanadi. Qushlar 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə