Microsoft Word Ecologiya Ma'ruza matni 2007 Îõèðãè Latin rtf



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/51
tarix08.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#36588
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   51

 
32
Ayrim suvda yashovchi hayvonlar (gidrobiont) suvni yutishi yoki filtratsiya qilish orqali yashashga 
moslashgan. Natijada suv havzalarida biologik tozalanish sodir bo’ladi. Masalan, lixet, mshanka, astsidiy, 
plankton, qisqichbaqasimonlar, mideyalar bir sutkada 150 - 280 m
3
 suvni tindiradi va tozalaydi. 
Qurg’oqchiliq sharoitida yashovchi suv o’tlari, lishayniklar va moxlar poykilokserofitlar deb ataladilar. 
Ular qurg’oqchil davrda qurib qolib anabioz holatiga o’tadilar va yog’ingarchiliq boshlanishi bilan yana 
hayotini tiklab davom ettiraveradilar. 
Hayvonlarning kurg’oqchiliq sharoitiga moslanishlari ham juda xilma-xildir. Galopagos orollaridagi 
toshbaqalar suvni siydik qopida jamg’argan holda saqlaydi. Avstraliya cho’llaridagi qurbaqalarda ham 
shunday holat kuzatiladi. Kemiruvchilar va hasharotlar odatda suvga bo’lgan talabini oziq tarkibidagi suv 
hisobiga qondiradi. Yumronqoziq kabi hayvonlarda qurg’oqchilik sharoitiga uyasining ancha chuqurda 
bo’lishi, tanasida malum miqdorda yog’ jamg’arib, yozgi uyquga (tinimga) ketishi bilan moslashadi. Tuyalar 
esa to’plangan yog’ miqdorini metabolik parchalash yo’li bilan organizmlarining suvga bo’lgan talabini 
qondiradi. Tez yuguradigan hayvonlar (antiloplar) yoki uchadigan qushlar suv ichish uchun uzoq 
masofalarga borib keladilar. 
Umurtqasiz hayvonlar qurg’oqchil davrini tsista (yoki qalin po’stli sporalar) holatida o’tkazadilar yoki 
bazi birlari ancha qulay bo’lgan joylarga ko’chib ketadilar. 
Shunday qilib, qurg’oqchil sharoitida yashovchi hayvonlar tanasidan yo’qotgan suvni butun tanasi - 
teri qatlami orqali shimishi yoki ozuqa orqali, ancha murakkab yo’l hisoblangan oqsil, yog’ va uglevodlarning 
parchalanishi vaqtida ajralib chiqqan suv hisobiga qondiradi. 
Er yuzasida yashovchi hayvonlarni suv rejimiga nisbatan ham 3 ta ekologik guruhga ajratish mumkin, 
lekin ular o’simliklarga qaraganda aniq ifoda etilmagan. 
1. Gigrofilllar – namlikni sevuvchi hayvonlar. Ular uchun muhit yuqori namlikga ega bo’lishi kerak. 
Ularda suv almashinuvini boshqarib turuvchi mexanizm kuchsiz taraqqiy etgan yoki umuman yo’qdir. Suvni 
tanasida ko’p miqdorda to’plash va uzoq vaqt saqlab turish qobiliyatiga ega emas. Bunday hayvonlar namli 
muhitda yashaydi va doimo suv zaxirasini to’ldirib turishga majburdir. Bu guruhning tipik vakili molyuskalar, 
amfibiyalar hisoblanadi. 
2. Mezofillar – o’rtacha suv talab qiladigan, yani evrigil organizmlar hisoblanib, namlikning 
o’zgarishiga yaxshi bardosh beradilar. Ular gigrofil va kserofillarning o’rtasida oraliq holatni egallaydilar. 
Ko’pchilik hasharotlar, qushlar, sut emizuvchilar tipik mezofillar hisoblanadi. 
3. Kserofillar – qurg’oqchilikni yaxshi ko’radigan hayvonlar bo’lib, cho’lda yashovchilar-tuyalar, cho’l 
kemiruvchilari bu guruhga kiritiladi. Ularda suv almashinuvini boshqarish mexanizmi yaxshi rivojlangan. 
 
3 – asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi:  Edafik – tuproq omili haqida, uning tabiat va insonlar 
hayotidagi ahamiyatini yoritib berish. Sho’rlanish, eroziya uning turlari, o’simliklarning sho’rlanishga 
chidamliligi bo’yicha Genkel klassifikatsiyasi moxiyatini ochib berish va tushuncha hosil qilish. 
Har xil iqlim omillari bilan bir qatorda tirik organizmlar hayotida tuproq ham muhim rol o’ynaydi. 
Tuproq – yunoncha «Edafos» so’zidir. Edafik omil – deganda  tuproq omilini tushunamiz. Tuproq deganda 
erning g’ovak, unumdor yuza qavatini tushunamiz. 
Tuproqda uchrovchi barcha tirik organizmlar yashash jarayonida bir-biriga nisbatan turli xil munosabatda 
bo’lib tasir ko’rsatadi, yani o’simlik, hayvon va mikroorganizmlar o’rtasidagi murakkab munosabatlar 
natijasida tuproqda gumus va mineral moddalar to’planadi. 
Tuproqning ekologik omil sifatida o’simliklarga tasiri haqida gapirganda, shuni aytish kerakki, tuproq 
o’simlikni o’zida tutib turadi va uni ozuqa bilan taminlaydi. O’simlik  tuproqdan suv va unda erigan 
mineral va organik moddalarni oladi. 
O’simlikga tuproqning xususiyatlari va kimyoviy tarkibi hamda mikroflorasi juda katta tasir qiladi. 
(Zamburug’lar, bakteriyalar, yashil o’simliklarning ildizlari). 
Tuproqning kimyoviy xossalaridan biri uning kislotaligi bo’lib, bu vodorod ionlarining 
 
kontsentratsiyasini bilan ifodalanadi. Tuproq eritmasida musbat zaryadlangan (N
+
) vodorod ionlari ko’p 
bo’lsa, tuproq kislotali, agar manfiy (ON
-
) zaryadlangan gidroksil ionlar ko’p bo’lsa, tuproq ishqorli 
bo’ladi. Tuproqdagi bu nisbatlar teng bo’lsa, tuproq eritmasi neytral reaktsiyada bo’ladi. 
O’simlikda er osti organlarining rivojlanishi tuproqning vodorod ionlari kontsentratsiyasiga 
bog’liq bo’ladi. Braun – Blanke klassifikatsiyasi bo’yicha: kislotali tuproqda yaxshi o’sadigan o’simlik 
turlariga - atsedofil, ishqoriy tuproqlarda o’suvchi o’simlik turlariga atsedofillar, neytral tuproqda o’suvchi 
turlarga esa - neytrofillar deb ataladi. 
O’simliklarning tuproqda bo’ladigan turli tuzlarga munosabati ham har xildir. Bazi o’simliklar 
karbonat tuzlari ko’p tuproqlarda yaxshi o’sadi va ularga k a l  ts e- fillar deyiladi. (Sibir tilog’ochi, qoraqayin, 
shumtollar va boshqalar kiradi). 


 
33
Kislotali muhitga ega bo’lgan tuproqda o’suvchi o’simlik kaltsiy tuzlarini yoqtirmaydi va ular 
kaltsefoblar deb ataladi. (Torf moxlari, otquloq, choy, kashtan kabilar kiradi). 
Oson eruvchi tuzlarga boy bo’lgan tuproqlarda (sho’r erlarda) o’suvchi o’simliklar - galofitlar deyiladi. 
Qumli tuproqlarda - psammofitlar deb atalgan o’simliklarning ekologik guruhlari tarqalgan. Psammofit 
o’simliklarning barglari ensiz, qattiq yoki odatda reduktsiyalashgan, meva va urug’lari qumda o’rmalab yoki 
shamol yordamida tarqaladi va sharsimon ko’rinishda bo’ladi. Sho’rsiz joylarda o’suvchi o’simliklar - 
glikofitlar deyiladi. O’simliklar morfofiziologik tuzilishi va sho’rlikga chidamliligi bo’yicha P.A.Genkel 
klassifikatsiyasiga asosan quyidagi guruhlarga bo’linadi: 
1.  Eugalofitlar. Sho’r erda o’suvchi o’simliklar bo’lib, asosan sho’ralar, saleros, sarsazan 
kabilar kiradi. Bu sukkulent o’simliklar bo’lib, barg sathi qisqargan, bo’g’inlidir, go’shtdor. Ularning 
hujayralari yuqori o’tkazuvchanlik xususiyatiga ega. Eugalofitlar tuzga chidamli bo’lib, tanasida tuz 
to’plash xususiyatiga egadir, «tuz yig’uvchi»   o’simliklar hisoblanadi. Ularning barg va poyalari tushishi 
natijasida erlar sho’rlanadi. 
2.  Krinogalofitlar. «Tuzni tashqariga ajratib chiqaruvchi» o’simliklar hisoblanadi. Bunga 
tamariks va kermeklar misol bo’ladi. Bunda tuzlar tuz ajratuvchi maxsus bezlar orqali barglar yuzasiga 
ajralib chiqadi, sho’rlanish qanchalik yuqori bo’lsa, bezlar soni ham ko’payib boradi. Bazan 
o’simliklar barglarini to’kish yo’li bilan tuzlardan ko’tiladi. 
3.  Glikogapofitlar.  Bu  kseromorf  qiyofadagi  o’simliklar bo’lib,  ularning hujayralari 
tuzlarni o’tkazmaydi, shuning uchun ular kuchli sho’r tuproqlarda o’sishiga qaramasdan, tuzni 
to’qimalarida to’plamaydi. Bunga shuvoqlar misol bo’ladi. Undan tashqari oq saksaul, chingil, jiyda, 
buyurg’unlar ham kiradi. 
4.  Galomezofitlar. Bu o’tloqlarda, kamroq sho’rlikga ega bo’lgan tuproqlarda o’suvchi o’simliklardir. 
Qumli joyda o’suvchi o’simliklarga - psammofitlar deyiladi. Hayvonlarga – psammofillar deb ataladi. 
Tosh va qoyalarda o’suvchi o’simliklar – litofitlar deyiladi. Bularga avtotrof suv o’tlari, qoyalardagi 
lishayniklar misoldir. 
Tuproqning malum kimyoviy elementlarga boyligini ko’rsatuvchi o’simliklar - indikator turlar deb 
ataladi. Buni o’rganadigan fanga fitoindikatsion botanika deb ataladi. Plaunlar alyuminiyga boy tuproqlarda, 
astragal selenga, itqo’noq ruxli, shuvoq, oldiy qarag’aylar oltinga boy bo’lgan tuproqlarda o’sadi. Tuproq, 
organizmlarining ekologik guruhi. 
Tuproqda organizmlar miqdori judayam ko’pdir. Ular – yashash muhiti bilan bog’liqligi darajasiga 
qarab 3 ta asosiy ekologik guruhga bo’linadi: 
1.  Geobiontlar – Tuproqda doimiy yashovchilar. Ularning hamma taraqqiy etish (rivojlanish) 
tsikli tuproq muhitida o’tadi. Tipik vakillari bo’lib – yomg’ir chuvalchangi, ko’pgina birlamchi 
kanotsiz hasharotlar hisoblanadi. 
2.  Geofillar – rivojlanishining bir qismi yoki biron - bir fazasi albatta tuproqda o’tadi. 
Bu guruhga – ko’pchilik hasharotlar: sarancha, ko’ng’izlar kiradi. Lichinkalari tuproqda 
rivojlanadi,  katta holdagilari tipik er yuzida yashaydi. 
3.  Geoksenlar – bu guruhga ayrim vaqtlarda vaqtincha yashirinish uchun tuproqda yashovchilar 
kiradi. M:  ko’pgina yarim  qattiq qanotlilar,  qo’ng’izlar,  kemiruvchilar  kiradi, yana inlarda 
yashovchi sutemizuvchilar ham kiradi. 
Bu klassifikatsiya hayvonlarning tuproq hosil bo’lishidagi rolini aniqlab bera olmaydi, chunki har bir 
guruhda aktiv holda harakat qiluvchi va oziqlanuvchi, undan tashqari  passiv - qaysiki tuproqda 
rivojlanishining ayrim fazalaridagina (lichinka, tuxum qo’yish kabi) bo’ladi.  
 
 
Shuning uchun tuproqda yashovchilarni harakatlanishlariga qarab 3 ta guruhga bo’lishadi: 
1.  Mikrobiotip – tuproq mikroorganizmlari. Bular o’simlik qoldiqlari va tuproq hayvonlari   orasidagi 
oraliqni tashkil qiladi. Bularga yashil, ko’k-yashil suv o’tlari, bakteriyalar, zamburug’lar va sodda 
organizmlar kiradi. 
2.  Mezobiotip – bu guruhga tuproq nematodalari, hasharotlarning mayda lichinkalari, kanalar va 
boshqalar kiradi. 1 m
2
 tuproqda yuz mingdan - milliongacha bo’ladi. 
3.  Makrobiotip – yirik hasharotlar, yomg’ir chuvalchanglari va boshqa hayvonlardan tortib to er 
kovlovchi umurtqalilargacha kiradi. Bu tipga o’simlik ildizlari ham kiradi. Eng ahamiyatlisi 
yomg’ir chuvalchanglari hisoblanadi. 
Tuproqlarniig tabiatdagi va jamiyat hayotidagi roli g’oyat kattadir. Tuproq organizmlar uchun xdyot 
muhiti, ozuqa manbai hisoblanadi. Modadlarning kichik biologik va katta geologik aylanma, harakatida 
muhim rol o’ynaydi. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə