Microsoft Word Ecologiya Ma'ruza matni 2007 Îõèðãè Latin rtf



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/51
tarix08.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#36588
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   51

 
24
kerak. (bizdagi ko’pgina yovvoyi o’simliklar). 
3. Fotoperiodik  reaktsiyasi  bo’yicha  neytral  o’simliklar.  Bu  o’simliklar  uchun   kunning 
uzunligi gullash fazasiga o’tishda farq qilmaydi. Bu guruhga pomidor, qoqio’t kabi o’simliklar 
kiradi. 
YOrug’lik spektrining tarkibi ko’p jixatdan geografik holatga bog’liq bo’ladi. Shimolda yorug’lik 
intensivligi kuchsiz bo’lib, ammo yoritilish uzoq vaqt davom etadi, asosan uzun to’lqindan iborat 
bo’lgan nurlardan tarkalib tushadigan yorug’lik ustunlik qiladi, janubda esa kun qisqa. YOrug’lik 
intensivligi yuqori, qisqa to’lqinli yorug’lik ustunlik qiladi. Demak, shimolda o’simliklar uzun kun, janubda 
qisqa kun sharoitida o’sadi. 
Har bir tur uchun o’zining fotoperiodik yoki yorug’lik davri xarakterli bo’ladi: xrizantema uchun 
gullash fazasiga o’tishda sutkasiga 14 soat 40 minut davomida yorug’lik kerak, agar 13 soatu 50 minut 
davomida qabul qilinsa ham g’unchalar hosil bo’lmaydi. Fotoperiodik reaktsiya malum geografik muhitga 
moslashishi bo’lishi bilan birga o’simliklarning er yuzida tarqalishida chegaralovchi omil hamdir. Malum 
fotoperiodik reaktsiyali o’simliklar ularga to’g’ri kelmaydigan yorug’lik miqdorida o’sa olmaydi. 
Kunning uzunligi shimoldagi uzun kun o’simliklarining janubda tarqalishida; janubdagi qisqa kun 
o’simliklarning esa shimolga tarqalishiga halaqit beradi. Neytral fotoperiodik reaktsiyaga ega bo’lgan 
o’simliklar keng tarqalgan bo’lib, tropik o’rmonlardan tortib to arktik rayonlargacha uchraydi. 
 
2 - asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi:  O’simliklarning yorug’lik omiliga moslashuvi 
haqidagi fikrlarni bayon qilish. YOrug’likning hayvonlar hayotidagi ahamiyatini yoritib berish.  
O’simliklarning yorug’likka moslashishi, o’simliklar yashaydigan muhitning yorug’lik bilan taminlashi 
juda turli tumandir, chunki bizda baland tog’, cho’l dashtlardagi eng yorug’likka boy joylardan Tortib, juda 
qorong’u g’orlar, suv ostidagi muhitlar mavjud. 
Shu sababli o’simliklarning yorug’likka moslashishi xam turlichadir. 
Geliofitlarning ekologik optimumi - yorug’lik ko’p bo’lgan zonaga to’g’ri keladi. Stsiofitlarniki 
esa yorug’lik darajasi past bo’lgan joylarga to’g’ri keladi. 
O’simliklarda yorug’likka moslashishni barg tuzilishida ko’rish mumkin: yorug’sevar 
o’simliklarning barglari yorug’likdan boshqa tomonga o’zgarib tursa, soyada o’sadigan o’simliklarda barglar 
quyosh nuridan maksimum darajada foydalanadigan holatda turadi. Buni qalin bo’lib o’sadigan o’rmonlarning 
pastki yarusida o’sadigan o’simliklar misolida ko’rish mumkin. Ular barg sathini daraxtlar orasidan tushadigan 
kuchsiz yorug’lik tomon qaratib oladi. 
YOrug’sevar o’simliklarda bargning ustki qismi nurni qaytarishga moslashgan, yaltiroq lak bilan 
qoplangandek; Masalan, magnoliya, davr o’simliklari kabi. Boshqa o’simliklarda barglar tukchalar bilan 
qoplangan, kserofit belgilariga ega bo’ladi. Epidermisdagi kristallar nurni qaytaradi. 
Soyani sevuvchi o’simliklarda bunday moslanishlar bo’lmaydi. Bularda hujayra orasidagi bo’shliqlar 
katta og’izchalar faqat bargning pastki qismida joylashgan bo’ladi. V.N.Lyubimenko 600 tur o’simlikni 
o’rganib shunday xulosaga kelgan: soyani sevuvchi o’simliklarning bargida xlorofill miqdori yorug’likni 
sevuvchi o’simliklarga qaraganda nisbatan ko’p, ularning rangi tuq yashil bo’ladi. 
Malum ekologik muhitda o’simliklarning yashashi, fotosintez davom etishi va organik moddd hosil 
qilishi uchun o’simliklar kerakli darajada yorug’lik nurini qabul qilishi kerak. Buning uchun bargning 
tuzilishi va o’simliklar jamoasining yorug’likga moslashish arxitektonikasi katta ahamiyatga ega. 
YOrug’lik nurlariga moslanish uchun o’simlik bargining ichki tuzilishi, to’qimalari va boshqalar 
katta rol o’ynaydi. Bular yorug’lik miqdoriga qarab har xil joylashadi. Malum miqdorda yorug’likni qabul 
qilish uchun barglarning quyosh nuriga nisbatan joylanishi muhimdir. YOrug’likga moslashish 
o’simliklarda barglarning ko’p qavatli joylashishi, yaruslab joylashishdir. O’simliklarning eng yuqori 
qismida barglar vertikal shaklda joylashsa, o’rtarog’ida egilibroq, eng pastida esa gorizontal shaklda 
joylashadi. 
Hayvonlar uchun quyosh nuri yashil o’simliklar kabi muhim omillardan biri bo’lib hisoblanmasa 
ham, ularning hayotida spektrning yorug’lik qismi muhim rol o’ynaydi. 
YOrug’likni sevuvchi hayvonlarga - fotofillar. soyani sevuvchi hayvonlarga esa - fotofoblar deb 
ataladi. Keng yorug’lik diapazoniga moslashgan hayvonlar – evrifot, yorug’likga moslanish diapazoni tor 
bo’lgan hayvonlarga - stenofotlar deyiladi. 
YOrug’lik hayvonlar ko’rishi uchun zarur omil hisoblanadi. Hayvonlarda ko’rishning rivojlanishi 
nerv tizimining rivojlanishi bilan parallel holda borgan. 
Ko’rish organlarining taraqqiy etishi – bu har bir tur yashagan muayyan ekologik sharoit va yashash 
muhitiga bog’liq. Doimo g’orda yashaydigan hayvonlarda, u erga yorug’lik tushmaganligi sababli
ularning ko’rish organlari - ko’zlari qisman yoki to’lig’icha reduktsiyalashgan bo’ladi. Masalan, bazi bir 
ko’zi ojiz ko’ng’izlarda. 


 
25
Yaxshi ko’rish faqat ko’zlar etarli darajada murakkab tuzilishga ega bo’lgandagina mumkin bo’ladi. 
Masalan, o’rgimchaklar 1-2 sm oraliqdagi xarakat qiladigan narsalarni ajratadi. Keng xajmda ko’rish odamga, 
bazi bir qushlarga - sava, burgut kabilarga xosdir. Bazi bir chirqildoq ilonlar spektrning infraqizil nurlarini 
ko’ra olganligi sababli, o’ljasini qorong’uda ham ovlaydi. Asalarilar esa ultrabinafsha nurlarni ajrata oladi, 
lekin infraqizil nurlarni ajrata olmaydi. 
Odamlar uchun ko’rish nurining chegarasi – binafshadan tortib toki to’q – qizilgacha hisoblanadi. 
Yuqorida qayd etilgani kabi, yorug’lik ko’pchilik hayvonlar uchun fazoda mo’ljal olishda yordam 
beradi. Masalan, asalarilar asal-shira ko’p bo’lgan joyni bildirish uchun iniga qaytgach, uzoq muddat 
davomida gir aylanib quyosh bilan ozuqa joylanishiga nisbatan malum burchak hosil qilgan holda to’xtaydi. 
Qushlar esa uzoq joylarga uchib ketayotganida quyoshga qarab, yulduzlarga qarab mo’ljal oladi. 
Hayvonlarning hayotida biolyuminestsentsiya xodisasining ahamiyati ham kattadir, yani tirik 
organizmlarning o’zidan nur chiqarishi, yonib turishi. B xususiyat baliqlar, molyuskalar va boshqa suv 
organizmlari uchun xosdir. Bu yorug’lik signali chiqarishdan maqsad – o’ljaga tuzoq qo’yish, yirtqichlarni 
qo’rqitish, jinsiy marosim, dushmandan himoyalanish, dushmanni chalg’itish kabilarni bajarishdan iboratdir. 
Quruqlikdagi muhitda suvdagiga qaraganda bu xodisa kamroq kuzatiladi. Masalan, kung’izlarda 
kuzatish mumkin. Ular yorug’lik signalidan kechqurun o’zlariga qarama-qarshi jinslarni jalb qilish uchun 
foydalanadi. 
YOrug’lik hayvonlarning geografik tarqalishiga ham tasir qiladi. Qushlar olami vakillari va ayrim sut 
emizuvchilarning kuz kelishi bilan janub tomonlarga migratsiyasi boshlanadi, chunki qisqa shimol kunlari 
ko’pgina nurlar uchun o’zlarining oziq - ovqatini etarli darajada topish uchun etarli emas. Mayda qushlar 
o’ziga kerakli ozuqa moddani olish uchun kun davomida 5-6 marta ovqatlanishi kerak, bu esa ularning bir 
joydan ikkinchi joyga ko’chib o’tishiga sabab bo’ladi. Qisqa kunda ovqat topib ulgura olmaydilar. Shimoldan 
ketib qolishlariga past harorat, ovqat etishmasligi emas, balki qisqa kun ichida o’ziga kerakli- ovqatni topa 
olmasligi sababchidir. 
Hayvonlar orasida kunduzgi, kechki va tungilarini, yani quyoshning yorug’ nuriga chiday 
olmaydigan, doimo qorong’uda yashovchilarni ajratish mumkin. Ularga tuproq hayvonlarini, chuqur g’or va 
1500 m chuqurda dengizda yashovchilarni, o’simlik va hayvonlarning ichki parazitlarini misol qilib olish 
mumkin. 
Hayvonlarda ko’rish ham har xil bo’ladi. Ko’pchilik umurtqalilar insonlarga o’xshab rang va shaklni 
ajrata oladi, boshqa birlari esa, faqat oq-qora rangni ajratadi, narsa shaklini ajrataolmaydi, yorug’likni ular 
signal - xabar berish omili sifatida qabul qiladi, bu esa ularning xulqi va tarqalishini aniqlaydi. Masalan, 
yirik chivin va ularning lichinkalari kuchsiz yorug’likni yaxshi ko’radi, kuchli qorong’u va kuchli 
yorug’likdan qochadi. Tuproq umurtqasizlarining xammasi deyarli - fotofoblar. Ular uchun yorug’lik - 
signal, yani noqulay sharoitdan ogoxlantiradi (kurg’oqchiliq, yuqori harorat kabi). 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki - yorug’lik o’simliklar uchun birinchi navbatda fotosintezning 
amalga oshishi uchun muhim hisoblansa, hayvonlar uchun asosan axborot berish sifatida ahamiyatga egadir. 
 
3 - asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi:  Issiqlik ham ekologik omil ekanligini, termofil va 
kriofil o’simliklar, o’simliklarning past va yuqori haroratga moslanishlari guruhlari haqida tushuncha 
berish.  
Er sharidagi organizmlarning tarqalishi, ko’payishi va boshqa hayot jarayonlarini belgilaydigan 
omillardan biri - haroratdir. Ekvatorda harorat yil davomida va bir sutka davomida uncha keskin 
o’zgarmaydi. Ammo ekvatordan shimolga yoki janubga yo’nalgan sari tekislik joylarda har 100 km. ga 
harorat 0,5 - 0,6° S ga o’zgara boradi. Bunday o’zgarishlar er sharining tog’li qismida ham har 100 m 
balandlikka ko’tarilganda yuz beradi. Demak, barcha o’simliklarning hayot jarayonlari shu xildagi o’zgarishlar 
bilan bog’liq holda o’tadi. Ayniqsa, o’simliklarning tarqalishida bunday o’zgarishlar alohida rol o’ynaydi. 
Shu sababli ham, er sharining tekislik qismida uchraydigan o’simliklar va ular hosil qiladigan 
qoplam  o’rganilganda bir necha iqlim zonasiga, chunonchi: Shimoliy qutb, tundra, o’rmon, dasht, cho’l, 
subtropik, tropik kabi geografik zonalarga bo’lib o’rganiladi.  
Iqlim zonalari:   1. Ekvator, 2. Tropik, 3. Subtropik, 4. O’rta iqlim, 5. Qutbiy.  Harorat odatda er 
sharining quruqlik qismida bir muncha o’zgarib turadi. Suv muhitida esa bunday o’zgarishlar, ayniqsa sutka 
davomida juda sekin o’zgaradi. 
Umuman olganda, ko’pchilik yirik organizmlar hayoti 0 dan 50° S o’rtasida o’tadi. Harorat 0 dan 
past yoki 50° S dan yuqori bo’lganda hayot jarayonlari keskin darajada sekinlashib qoladi. Demak, tirik 
organizmlar hayotiga harorat optimum, minimum, maksimum darajada tasir etadi. Masalan, 
bakteriyalarning ayrim vakillari 70 - 90 °S haroratda uchraydi; sporalari 120 – 140 °S ga chidamli bo’ladi, 
o’simliklar YOkutistonda – 68 °S o’sadi, urug’lari – 170 – 273 °S ga chidaydi. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə