Microsoft Word Ecologiya Ma'ruza matni 2007 Îõèðãè Latin rtf



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/51
tarix08.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#36588
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   51

 
16
davrimizning ekologik muammolari hisoblanadi. Bularni ishlab chiqish uchun albatta dala, laboratoriya va 
eksperimental kuzatishlar bir-birlarini o’zaro to’ldirib va bir - birlarini nazorat qilishlari kerak. 
O’simliklar assotsiatsiyalarini o’rganish. Tabiatda xilma-xil o’simliklar jamoasm mavjud ekan, ular bir - 
birlariga malum darajada o’xshab ketadi. Shunga ko’ra, ularni ajratish maqsadida maxsus taksonomik 
birliklar qabul qilingan. 1910 yilda Bryusselda Xalqaro botaniklar Kongressida o’simliklar qoplamining 
asosiy birligi sifatida assotsiatsiya qabul qilingan. Har qanday o’simlik assotsiatsiyasi iqlim, tuproq, undagi 
yashaydigan hayvonlar bilan bog’liq hamda hosildorligi bilan tavsiflanadi, sharoitga qarab flora tarkibi ham 
o’zgaradi. 
O’xshash assotsiatsiyalar guruhlarga birlashadi, guruhlar - formatsiyaga, formatsiyalar-formatsiya 
sinflariga va o’simlik tiplariga birlashadi. Assotsiatsiyani o’rganishning o’ziga xos bo’lgan usul, tajriba 
maydonchasini qo’yish va undagi o’simliklarni aniqlashdir. 
Mana shu tajriba maydonchalarining hajmi odatda o’t o’simliklar jamoasi uchun 1 m dan 100 kv.m, 
o’rmon jamoasi uchun 100 dan 5000 kv.m.gacha bo’ladi. YOsh daraxtlar, ayrim o’simlik turlarini aniq 
hisoblash uchun hajmi 1 - 4 kv.m.dan oshmaydigan, o’tlarning biomassasini aniqlash uchun - 0,25 kv.m. 
hisoblash maydonchalari ajratiladi. 
O’simlik jamoasi o’rganilayotganda avvalo aniq ketma-ketlikda o’simliklarning ro’yxati yoziladi. 
Masalan: daraxtlar, butalar, butachalar, ko’p yillik, bir yillik o’tlar, moxlar, lishayniklar va x. Undan 
tashqari o’simliklarning hayotiyligi, yani yaxshi, tez rivojlanayotgan va qurib kolayotgan turlari aniqlanadi. Bu 
ko’rsatkich ko’pincha quruq massani tortish bilan ham aniqlanadi, bu esa miqdor jihatdan aniq xisob - kitob 
qilishga olib keladi. Undan tashqari, yaruslik (qavatlik), mozaiklik, fenologiyasi ham yoziladi. Yaruslarni 
yozishda yuqoridan boshlab rim raqami bilan belgilanib yozib chiqiladi. Bunda etiborni gullayotgan, meva hosil 
qilayotgan, o’layotgan va vegetatsiya qilayotgan o’simliklarga qaratish kerak. 
O’simlik assotsiatsiyasi tuzilmasi yozib chiqilgandan keyin jamoaning yashash joyi yozib chiqiladi: 
relef, qiyalik (agar bor bo’lsa), tuprog’i, mexanik tarkibi, iloji bo’lsa tuproqdan laboratoriya analiziga namuna 
olinadi. Kimyoviy va mexanik tarkibi aniqlanishidan tashqari mikroflora va mikrofaunasi ham aniqlanadi. 
O’simliklar assotsiatsiyasini o’rganishda sezilarli ko’rsatkich bo’lib, assotsiatsiyalarning xo’jalikdagi 
bahosi hisoblanadi. O’simliklar assotsiatsiyasini o’rganishning oxirgi bosqichi geobotanik harita tuzish 
hisoblanadi. Masshtabiga qarab haritaga o’simlik assotsiatsiyasi yoki formatsiyalari kiritiladi. Harita tuzishda 
aerofoto syomkalardan keng foydalaniladi. 
O’simliklar assotsiatsiyalarini o’rganishda boshqa usullardan ham foydalaniladi. 
Kimyoviy usul bilan jamoadagi ayrim yoki umuman o’simliklarda u yoki bu mineral va organik 
moddalarning to’planishi aniqlanadi. 
Fiziologik usullar ham muhim bo’lib, uning yordamida dala sharoitida ayrim olingan o’simliklarda 
yoki butun jamoadagi o’simliklarda fiziologik jarayonlar o’rganiladi. Fiziologik va kimyoviy tadqiqotlar katta 
ahamiyatga egadir. Biogeotsenozda moddalarning va energiyaning aylanishi va akkumulyatsiyasida asosiy 
rolni fitotsenoz o’ynaydi. 
Hayvonlarni ekologik o’rganish. Hayvonlarni ekologik o’rganishning xarakterli tomonlaridan biri, 
ularning oziqlanishini, yani oziqa tarkibi va uning komponentlari miqdorini o’rganishdan iborat. Bu 
ko’rsatkichlar mavsum davomida o’zgarib turadi. 
O’simliklar kabi hayvonlarni o’rganishda ham muhitning abiotik sharoitlarini (kimyoviy tarkibi, namlik, 
harorat, yorug’lik darajasi, umuman meteorologik, tuproq va boshqa omillar) va jamoada biotik bog’lanishlar, 
aloqalarni bilish kerak. 
Hayvon turlari populyatsiyalarining tarkibi, ularning tuzilmasi, miqdori va boshqa ko’rsatkichlar 
ko’payish dinamikasiga bog’liqdir. Bu masalani echish orqali ko’payish fenologiyasini, unga turli yosh 
holatining katnashishi, populyatsiya ko’payishining tezligi hamda hamma shu ko’rsatkichlarning biotik va 
abiotik omillarga bog’liq ekanligini aniqlash mumkin. 
Hayvonlarning turli mavsum, hayot bosqichlarida xulq-atvorini bilish ham muhimdir, chunki bu 
ko’rsatkich bilan  populyatsiyalar holati, o’zgaruvchan sharoitga ularning moslashish xususiyatlari bog’liqdir. 
Hayvonlarning hayot tarzini, ularning mavsumiy biologik tsiklini o’rganish uchun ularning migratsiya 
qonuniyatlarini va populyatsiyalarning joylanishini aniqlash shartdir. Buning uchun hayvonlar tanasini 
belgilashning turli yo’llari mavjuddir. (Qushlarda halqa osish, tanasiga belgi qo’yish, rangini bo’yash, 
tanasiga radio uzatgichlarni bog’lab qo’yish va h.). 
Hayvonlarni ekologik o’rganish, o’simliklar kabi, ularda gaz almashinishining jadalligi, suv 
almashinishi, zaxira oziq moldalarining to’planishi, o’sish jadalligi, ko’payish tezligi, biokimyoviy jarayonlar 
va boshqa ko’rsatkichlarni o’rganishga yo’naltirilgandir. 
Organizmlar sonining asosiy ko’rsatkichlari. Organizmlar sonini va uning dinamikasini hisobga olib 
tekshirishlarning asosiy ko’rsatkichlari hisoblanadi. 


 
17
Miqdor jihatdan hisobga olish bo’lishi mumkin: vizual (kuz bilan  chamalab)  va  instrumental              
(biror-bir asbob yordamida). 
Ekologiyada organizmlar sonining quyidagi asosny ko’rsatkichlari foydalaniladi. 
Turlarning uchrashi. Bu 3 xil holatda bo’lishi mumkin: 1. Agar tur 50 % dan ko’p uchrasa konstant 
turlar. 2. 25 - 50 % - ikkinchi darajali turlar. 3. 25 % dan kam uchraydigan turlar tasodifiy turlar deb ataladi. 
Mo’llik. Bu tur yoki butun jamoaning miqdori. O’simlik assotsiatsiyasini yozishda mo’llikni tavsiflash 
uchun 5 balli Xult shkalasidan foydalaniladi: 5 - judayam mo’l, 4 - mo’l, 3 - mo’l emas, 2 - kam,   1 - judayam 
kam. 
Hayvonlarni xisoblashda o’rtacha va bir martali mo’llik farqlanadi. Bunday tekshirishlarda mo’llik 
ko’pincha aholi zichligi deb yuritiladi. 
Dominantlik - (nisbatan mo’llik). Bir turning ikkinchi tur ustidan xukmronligi bilan tavsiflanadi. 
Geobotanikada bu ko’rsatkich bilan bir xil hajmdagi o’simliklarni o’rganishda foydalaniladi. 
Qoplam - jamoadagi u yoki bu tur bilan (er ustki qismi yordamida) qoplangan maydon. 
Biomassa - malum joydagi organizmlarning og’irligi. O’simlik biomassasi - fitomassa, hayvonlarniki - 
zoomassa deb yuritiladi. 
Miqdor jixatdan hisoblash yordamida bir martali, boshlang’ich (vegetatsiya davri boshida), oxirgi 
(vegetatsiya davrining oxirida), o’rtacha (qandaydir vaqt davrida - oy, yil) kabi biomassani hosil qilish mumkin. 
Zichlik indeksi - malum sharoitda turlarning o’rtacha biomassasi va sonini bog’lovchi ko’rsatkich. 
Yuqoridagi aytilganlardan tashqari yana hosildorlik, solishtirma hosildorlik kabi organizmlar sonini 
hisoblashning ko’rsatkichlaridan foydalaniladi, bu ko’rsatkichlarning hammasi nazariy va amaliy jixatdan 
katta ahamiyatga egadir. Bular foydali va zararli turlarning soni to’g’risida oldindan qisqa va uzoq 
muddatli malumot olish, tabiiy resurslardan unumli foydalanish va ularni muhofaza qilish yo’llarini ishlab 
chiqish imkonini beradi. 
 
2 – asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi: 
Ekologiyada matematik modellashtirishning moxiyatini ochib berish, modellashtirishning kelajakda 
tadqiqotlar rejasini tuzishda kuchli omil sifatidagi ahamiyatini bayon qilish.  
Hozirgi vaqtda ekologiyada matematik modellashtirish uslublaridan keng foydalanilmoqda.  
Tabiat yaxlit bir tizim sifatida qaralib, uni o’rganishda tizimli uslubdan foydalaniladi. Bu uslubning 
metodologik asosi shundan iboratki, tabiatning barcha komponentlari fazo va vaqtda          bir-birlari bilan 
o’zaro aloqada va rivojlanishda deb qaraladi. Tabiatni o’rganishdan asosiy maqsad uning haqiqiy aks ettiruvchi 
modellar tizimini yaratishdan iboratdir. Model olamdagi muayyan xodisani abstrakt tasvirlashdan iborat 
bo’lib, ushbu hodisani nisbatan oldindan aytib berish imkonini beradi. Odatda model so’z bilan yoki 
grafik tarzda ifodalanadi. Ammo biz uchun aniq miqdoriy malumotlar kerak bo’lsa, unda statik va qatiy 
matematik model bo’lishi lozim. Masalan: hasharotlar populyatsiyasidagi individlar sonini malum vaqtda 
o’zgarish imkonini beradigan matematik tasvirlash biologik nuqtai nazardan maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Agarda o’rganilayotgan populyatsiyamiz zararkunanda tur bo’lsa, unda model iktisodiy ahamiyatga ham ega 
bo’ladi. Model ko’rsatkichlarini EHMda ishlab chiqish unga bazi o’zgartirishlarni kiritish yoki avvalgilarni olib 
tashlash, yangilash kabi imkoniyatlar yaratadi. Matematik modellarni xisoblash mashinalari yordamida 
«sozlash», takomillashtirish, xakiqiy hodisaga yaqinlashtirish mumkin. 
Modellashtirish jarayoni umumlashtirish uchun ancha qulay imkon beradi, shuningdek xodisaning 
bazi tomonlarini aniq malumot bilan to’ldirish yoki yangi nazariy xulosalar chiqarishga yordam beradi. 
Model «ishlamay qolsa», yani xakikatga uncha to’g’ri kelmasa, EHM tamonidan o’zgartirishlar kiritilishi va 
yaxshilash zarurligini asoslab beriladi. 
Model xaqiqatni to’g’ri aks ettirsa tajriba uchun keng imkoniyatlar ochib, tizimga yangi omillarni 
kiritish vaularningtasirini aniqlash mumkin bo’ladi. 
Matematik va kontseptual modellar ajratilib, kontseptual model malum bir ekotizimni ilmiy 
tasvirlovchi sxemalar majmui yoki tizimi, jadval, grafiklar va boshqalardan tashkil topadi. Masalan: 
energetik model bloq - sxemalardan tashkil topgan bo’lib, unda bloqlar, har bir bloqdagi energiya zaxirasi 
hamda energiyaning harakat yo’nalishi kabilar ifodalanadi. 
Matematik modellar bir necha differentsial tenglamalar va tengsizliklar yig’indisidan iborat bo’lib, u 
yoki bu omilning tasir kuchi o’zgarishini modelning o’zgarishiga qarab oldindan aytib berish mumkin. 
Masalan, populyatsiyalardagi murakkab hodisalarni matematik modellar yordamida 
o’rganmoqchimiz, yani populyatsiyalarning dinamik nazariyasi bilan tanishmoqchimiz. Bunda 
populyatsiyaning miqdoriy dinamikasi uning jinsiy va yosh tuzilmasi, tashqi muhit tasiri, evolyutsiyaning har 
xil omillari tasirida o’tadigan genetik shakl va odamzot faoliyati natijalari bilan bog’lab o’rganiladi. Jonsiz 
olamda dinamik jarayonlar juda ko’p uchratiladi, ularni modellashtirish ham oson. Ammo tirik organizmlar 
uchun dinamik modellar yaratish nisbatan ancha qiyin. Shuning uchun dinamik modellar yaratishdan avval 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə