Microsoft Word Ecologiya Ma'ruza matni 2007 Îõèðãè Latin rtf



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/51
tarix08.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#36588
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51

 
100
Shaharlarda yashil o’simliklar havoni tozalaydi, estetik zavq beradi. Dalalarni shamollardan 
himoya qiladi. 
Insonning o’simliklarga ijobiy va salbiy tasiri ajraladi. O’rmonlarni tiklash, ko’kalamzorlashtirish, 
o’simliklarning serhosil navlarini yaratish va boshqalar ijobiy tasirga kiradi. 
Insonning salbiy tasiri oqibatida oxirgi 10 ming yil ichida sayyoramizdagi o’rmonlarning 2/3 qismi 
yo’q qilingan, ko’plab noyob o’simlik turlari yo’qolib ketgan. Hozirgi vaqtda o’rmonlar maydonining keskin 
qisqarishi jarayonlari davom etmoqda. Yangi erlarni o’zlashtirish, atrof-muhitning ifloslanishi oqibatida kuniga 
yuzlab o’simlik turlari yo’q bo’lib borlmoqda. 
Er yuzidagi hamma biologik turlar kerakli va ular o’ziga xos ekologik makonni egallaydi. Ekotizimlarda 
organizmlar qanchalik rang-barang bo’lsa, uning tashqi tasirga chidamliligi ham shunchalik kuchli bo’ladi. 
Shuning uchun biosferadagi mavjud rang - baranglikni saqlab qolish tabiatni muhofaza qilishning asosiy 
vaziflaridan hisoblanadi. 
Biosferadagi muvozanatni saqlab qolishda o’simliklarni, hayvonlarni muhofaza qilish va ularlan oqilona 
foylalanish katta ahamiyatga ega. Bu maqsadga erishish uchun turli tadbirlar o’tkaziladi. 
XIX asrdan boshlab qo’riqxonalar, milliy bog’lar, davlat buyurtmalari tashkil qilish faoliyati 
jadallashgan. 
Bunday alohida muhofaza qilinadigan xududlarda yo’qolib borayotgan noyob o’simlik va hayvonlar 
muhofaza qilinadi. Noyob va yo’qolib borayotgan turlarning muhofazasiga etiborni kuchaytirish uchun 1966 
yili tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi tamonidan xalqaro «Qizil kitob» tashkil qilingan. Alohida yirik 
davlatlar o’z «Qizil kitobi» ga ega. «Qizil kitob» faqatgina xatar darakchisi bo’lib qolmay, balki muhofaza 
harakatlarining dasturi hamdir. 
 
 
«Qizil kitob» ayrim viloyatlar, mamlakatlar yoki butun dunyo bo’yicha kelajakda xavf ostida turgan 
o’simlik va hayvonlar haqida malumotlarga ega bo’lgan rasmiy hujjatdir. 1948 yil BMTning YuNESKO 
tashabbusi bilan tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish halqaro ittifoqi tuzildi. Ushbu tashkilotga maxsus 
komissiya tuzib er yuzida yo’qolib borayotgan va noyob o’simlik, hayvon turlarini aniqlash hamda ularni 
saqlash, tiklash dasturini ishlab chiqish topshirildi. 1948-1954 yillari komissiya yo’qolish xavfi ostidagi 
hayvonlar ro’yxatini tuzib chiqdi. Buning uchun maxsus mezonlar ishlab chiqildi. Qabul qilingan mezonlar 
tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi tamonidan maqullanib, muhofazaga olish 
uchun o’simlik va hayvon turlarini ayrim mezonlarga ajratgan holda «Qizil kitob» yaratishga asos bo’ldi. 
1966 yili stol ustida foydalanadigan kalendar sifatida turli ranglarga ega bo’lgan varaqlardan iborat birinchi 
halkaro «Qizil kitob» nashr qilindi. 
1978 yilda O’zbekiston Fanlar Akademiyasining Ilmiy kengashi O’zbekiston «Qizil kitob»ini tasis 
etdi. 1983 yili nashr qilingan «Qizil kitob»ning birinchi navbatiga 22 turdagi sut emizuvchilar, 33 turdagi 
qushlar, 5 turdagi sudralib yuruvchilar, 5 turdagi baliqlar kiritalgan. Kitobda hayvonlar soni, uning o’zgarish 
sabablariga, ayrim turlarning axvoli va ularning ko’payishiga, muhofaza qilish bo’yicha belgilangan hamda 
mo’ljallangan tadbirlarga alohida etibor berilgan. «Qizil kitob»ning hayvonot dunyosi qismi O’zFA ning 
Zoologiya va parazitologiya instituti zimmasiga yuklatilgan. Hozircha bu kitobga faqat umurtqali hayvonlar 
haqida malumotlar keltirilgan, 
O’zbekiston «Qizil kitob»ining 2 navbatiga davlat muhofazasiga olingan yovvoyi holdagi yo’qolib 
ketish xavfi ostida turgan 163 tur o’simlik kiritilgan. Bu kitobga kiritilgan o’simlik turlari tabiatni muhofaza 
qilish xalqaro uyushmasi tamonidan ishlab chiqilgan klassifikatsiyasiga binoan 4 kategoriyaga ajratiladi, 
Ular quyidagilardan iborat: 
1. Yo’qolgan yoki yo’qolish arafasidagi turganlar; Bir necha yillar davomida tabiatda uchratilmagan, lekin 
ayrim yig’ib olish qiyin bo’lgan joylardagina yoki madaniy sharoitda saqlanib qolish extimoliga ega 
bo’lgan o’simlik turlari. 
2. Yo’qolib borayotgan turlar; Yo’qolib ketish xavfi ostida turgan, saqlanib qolishi uchun maxsus muhofaza 
talab etadigan turlar. 
3. Noyob turlar; Malum kichik maydonlarda o’ziga xos sharoitlarda saqlanib qolgan va tez yo’qolib 
ketishi mumkin bo’lgan va jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar. 
4. Kamayib borayotgan turlar;  Malum vaqt ichida soni va tarqalgan maydonlari tabiiy 
sabablarga ko’ra yoki insonlar tasiri ostida qisqarib ketayotgan turlar. Ayni vaqtda bunday o’simliklar 
har tamonlama nazorat qilib turishni talab etadi. 
«Qizil kitob» ning yangi nashrida muhofazaga olingan o’simlik turlarining soni 300 ga boradi. 
Respublikamiz «Qizil kitobi»ni har 5 yilda yangilab turish ko’zda tutilgan. O’simliklar dunyosi O’zFA 
Botanika ilmiy ishlab chiqarish Markazi olimlari tamonidan yoziladi. 


 
101
«Qizil kitob»da o’simlikning har bir gurxining nomi, qaysi oilaga mansubligi va qisqacha tarifi, 
tarqalishi haqida, sxematik haritada o’sish joyi ifodalangan. Ilmiy malumotlar va shaxsiy kuzatishlar asosida 
turlarning tabiatdagi miqdori va ushbu tur arealining o’zgarish sabablari keltirilgan. 
Umumiy qilib aytganda. «Qizil kitob»ning moxiyati shundaki, ular o’simlik va hayvonot olamining 
noyob, yo’qolib ketish xavfi ostidagi turlari haqida malumot beruvchi hujjatdir. 
Uning vazifasi - jamoatchiliq va davlat ijroiya muassasalarini tabiat muhofazasi muammosiga jalb 
qilishdan va turlar genofondini saqlab qolishga yordamlashuvidan iboratdir. 
Respublika tabiiy florasining aksarnyat qismidan xalq xo’jaligi extiyojlari uchun oqilona 
foydalanilmayotir. Oqibatda ulardan ko’plarining tabiiy zahiralari keskin darajada kamayib, yo’qolib ketish 
xavfi tug’ilgan. Bularga dunyoga dong’i ketgan lola va sallagullar, sanoat extiyoji uchun xom-ashyo sifatida 
yig’ib olinayotgan saponin saqlovchi qimmatbaxo o’simlik - etmak, muhim dorivor o’simlik - bozulbang 
(lagoxillus), oziq-ovqat o’simligi - anzur piyoz kabilar misol bo’ladi. O’simliklarning kamayib ketishiga 
kishilarning tabiatga ko’plab chiqib sayr qilishlari ham sabab bo’lmoqda. Masalan: Chimyon (Toshkent 
atrofida)dagi qizil lola, sallagul, shirach va shunga o’xshash nafis gullarni ayni vaqtda juda kam uchratish 
mumkin. Ayrim shaxslar dorivor va oziq - ovqat o’simliklarning piyozlarini. tuganaklarini, ildizpoyalarini 
ruxsatsiz qazib olib, yovvoyi o’simliklar olamiga jiddiy zarar keltirmoqda. Tabiatga, shu jumladan 
o’simliklar dunyosiga nisbatan shavqatsizlarcha munosabatda bo’lishga chek qo’yish payti keldi. Tabiat 
boyliklarini muhofaza qilish va ko’paytirit barchamizning asosiy burchimiz bo’lmog’i darqor. 
 
 
 
 
 
 
Hayvonlarni muhofaza qilish.  Hayvonlar biomassasi tirik mavjudotlar biomassasining 2 foizini 
tashkil qilishga qaramasdan ular biosferadagi modda almashinuvi, boshqa turli jarayonlarda muhim rol 
o’ynaydi. Biosferadagi aniqlangan hayvon turlarining soni 1,5 mln. dan oshadi. Sodda hayvonlar tuproq hosil 
bo’lishida muhim rol o’ynaydi. Hayvonlar o’simliklar hayotiga ham katta tasir ko’rsatadi. Har bir hayvon turi 
biosferada o’zining ekologik ahamiyatiga egadir, inson uchun hayvonlar oziqa mahsuli, xom-ashyo manbai, 
uy hayvonlari zotlarini yaxshilash va estetik zavq manbaidir. 
Hayvonlarning 1 mln. dan ortiq turi hasharotlarga to’g’ri keladi. Hasharotlar o’simliklarni changlatadi, 
qushlar, boshqa umurtqali hayvonlar, inson uchun oziqa manbaidir. Er yuzidagi hayvonlar biomassasining 
95 foizdan ortig’i umurtqasizlarga to’g’ri keladi. Umurtqali hayvonlar ichida sut emizuvchilar, qushlar, 
baliqlar, sudralib yuruvchilar eng katta ahammyatga egadir. Dunyo okeanida hayvonlar biomassasi o’simliklar 
biomassasidan kattadir. 
Er yuzida inson uchun zararli bo’lgan yirtqichlar, turli kasallik tarqatuvchi hayvonlar, ekinlarning 
zararkunandalari ham mavjuddir. Insonning bevosita tasiri natijasida oxirgi ikki yuz yil ichida 300 dan ortiq 
sut emizuvchilar va qushlar turlari yo’q qilingan. O’rmonlarning kesilishi, erlarning o’zlashtirilishi, 
hayot muhitining ifloslanishi orqali inson katta miqyosda hayvonot dunyosiga bilvosita tasir ko’rsatadi. 
O’simlik va hayvonlarni muhofaza qilish faqatgina turli davlatlar o’rtasidagi hamqorlik yo’li bilangina 
muvaffaqiyatli olib borilishi mumkin. 
Ko’chib yuruvchi hayvonlar, Dunyo okeani hayvonot va o’simlik dunyosi, bazi daryolarda yashovchi 
o’simlik va hayvonlar - davlatlararo kelishuv yo’li bilan muhofaza qilinadi. 
1992 yili Rio-de - Janeyroda biologik xilma - xillikni saqlash halkaro konventsiyasi qabul qilindi. 
O’simlik va hayvonlarni muhofaza qilish alohida maxsus qonunlar orqali nazorat qilinadi. 
O’zbekiston Respublikasi o’ziga xos o’simlik va hayvonot dunyosiga ega. So’nggi yillarda insonning 
xo’jalik faoliyati natijasida flora va faunaga salbiy tasir kuchaydi. O’zbekistonda mavjud 4000 dan ortiq 
o’simlik turlarinnng 10-12 foizi muhofazani talab qiladi. O’rmon resurslari cheklangan. Eng qimmatli tog’ 
o’rmonlarining maydoni o’nlab marta qisqarib ketgan. Tabiiy yaylovlarning holati yomonlashgan. 
O’zbekiston faunasi 682 tur umurtqali hayvonlar va 32484 tur umurtqasiz hayvonlar turlaridan iborat 
(D.A.Azimov, 1995). Xali to’la o’rganilmagan umurtqasiz hayvonlar ichida muhofazaga muxtojlari 
ajratilmagan. 
Yuqorida qayd etilgani kabi, 1983 yili elon qilingan O’zbekiston Qizil kitobiga umurtqali 
hayvonlarning 63 turi kiritilgan bo’lib, baliqlar - 5 tur; qushlar - 31 tur; sut emizuvchilar - 22 tur; sudralib 
yuruvchilar - 22 turdan iboratdir. O’zbekistonda turon yo’lbarsi, qizil bo’ri, gepard, yo’l-yo’l giena kabi turlar 
qirilib ketgan. Ustyurt qo’yi, burama shoxli echki, qor barsi, buxoro bug’usi va boshqa ayrim turlar yo’qolish 
arafasidadir. 


 
102
Orol dengizining ko’rishi, daryolar suvining ifloslanishi va suv omborlarining qurilishi ko’plab noyob 
baliq turlarining kamayishiga olib keldi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
O’zbekistonda birinchi ko’riqxona 1926 yilda Zomin rayonining Jizzax o’rmon xo’jaligiga qarashli 
«Guralash» tog’ archa qo’riqxonasi nomi bilan tashkil qilingan. U keyinchalik Zomin tog’ o’rmon qo’riqxonasi 
nomi bilan qayta tiklangan. Hozirda bizda 9 ta qo’riqxona mavjud bo’lib, ularga quyidagilar kiradi: 
                                Jadval - 4.  Davlat qo’riqxonalari 
Qo’riqxona nomi 
Ixtisoslanishi 
Maydo
ni 
(ga)
. 
Baday –To’qay  
To’qay qo’riqxonasi (Qoraqalpog’istonda) 
6481 
. 
Qizil qum 
To’qay qo’rshxonasi (Buxoro viloyatida) 
3995 
. 
Nurota 
Tog’ - o’rmon qo’riqxonasi (Nurota tog’ 
tizmasi) 
22537 
. 
Zarafshon 
To’qay qo’riqxonasi (Samarqandda) 
2066 
. 
Orol Payg’ambar 
To’qay qo’riqxonasi (Surxondaryoda) 
3094 
. 
Zomin 
Turkiston tog’ tizmasi (Tog’-o’rmon 
qo’riqxonasi) 
15600 
. 
Ugom-Chatqol 
tabiiy   
milliy bog’i 
Tog’ - o’rmon  qo’riqxonasi 
35256 
. 
Xisor 
Tog’ - o’rmon  qo’riqxonasi 
76889 


 
103
. 
Ko’xitangtor 
Tog’ - qo’riqxonasi (Surxondaryo) 
43500 
 
O’zbekistonda har yili o’n minglab, turli hayvonlar ov qilinadi. Ruxsatsiz ov qilish ayrim noyob hayvon 
turlarining yo’qolishiga olib kelmoqda. 
O’zbekistonda noyob o’simlik va hayvonlar qonun tamonidan himoya qilinadi va ulardan oqilona 
foydalanish, muhofaza qilish uchun xilma-xil tadbirlar o’tkazilmoqda. 
Qo’riqxona deganda - insonning xo’jalik faoliyati butunlay taqiqlangan, tabiiy kompleks asl holida 
saqlanadigan xududlar tushuniladi. 
Qo’riqxona quruqlik va suv havzasining xarakterli tabiiy landshaftlari bo’lgan malum bir maydon bo’lib, 
tabiatni muhofaza qilishning eng samarali shakllaridan biridir. 
Qo’riqxonalarning asosiy vazifasi – tabiatning diqqatga sazovor, qimmatli landshaftlarini 
jamiyat manfaatlari uchun saqlashdan iborat. Qo’riqxona xududlaridan xo’jalikda foydalanish, hattoqi 
pichan o’rish, ov qilish, baliq tutish, qo’ziqorinlarni terish umuman taqiqlanadi. Uning xududldridagi 
majmualar tabiiy holda saqlanadi. Bu erda tabiat bir butun holda o’rganiladi. 
Qo’riqxona xududlari turli xil hayvon va o’simlik turlarini, ovlanadigan hayvonlarning miqdori va 
genetik fondini saqlash uchun xizmat qiladi. Mamlakatimizdagi hamma qo’riqxonalar ilmiy muassasalar 
hisoblanadi. Bu erda doimo ilmiy - tekshirish ishlari olib boriladi. 
 
 
 
 
 
 
 
Milliy   bog’lar  (parklar)da landshaftlar  muhofaza  qilinadi   va  aholi   ham  dam   olishi mumkin.  
Respublikamizda 2 ta milliy bog’ bor bo’lib:    
1. Zomin xalq bog’i,      
2. Ugom - Chotqol milliy bog’idir. 
Zomin xalq bog’ida dam olish, sport o’yinlari va turizm bilan shug’ullanishi bilan birga tog’ landshafti 
– u  erdagi archazorlar, o’tloqlar, hayvonlar va tabiatning ajoyib namunalari muhofazaga olingan. Dengiz 
sathidan 1000 - 4030 m. balandlikda joylashgan. 
U Tyanshanning g’arbiy qismi tizimidagi Ugom – Chotqol tog’lari yonbag’irlarini egallab yotadi. 
Dengiz sathidan 1000 - 3200 m. balandlikda joylashgan. Bu milliy bog’da respublikada va xalqaro sport 
musobaqalarini o’tkazishda, ayniqsa Toshkent shahar aholisining dam olish maskani hisoblanadi. Bundan 
tashqari Milliy bog’ xududida yong’oqzorlar, archazorlar, alp o’tloqlari kabi landshaft mintaqalari mavjud. 
Milliy bog’ faunasi tarkibida qora bars, oq tirnoqli ayiq, yovvoyi cho’chqa va xaqazolar uchraydi. Davlat 
buyurtmalarida (chet elda rezervatlar) bazi tabiiy resurslardan foydalanishi mumkin. Bu erda tabiiy – geografik 
majmualar, ayrim hayvon va o’simlik turlari muhofaza qilinadi, unda qator tabiiy resurslardan xo’jalikda 
foydalanishga ruxsat beriladi. 
Davlat buyurtmalari - doimiy va vaqtinchalik bo’ladi. Malum bir maqsadga erishgandan so’ng ayrim 
buyurtmalardagi muhofaza tartibi bekor qilinishi mumkin. 
O’zbekistonda 8 ta davlat buyurtmaxonalari faoliyat ko’rsatmoqda, ularda respublikamizning 
hayvonot vao’simliklar dunyosi muhofaza qilinadi va tiklanadi. Ular quyidagilardir: 
 
 
1.  Oqbuloq                         tog’ davlat buyurtmasi                                 111000 ga 
2. Xorazm                           ko’l buyurtmasi                                             7800 ga 
3. To’dako’l                         ko’l buyurtmasi                                              30000 ga 
4. Dengiz ko’l                    davlat buyurtmasi                                         86000 ga 
5. Nurun – tepa               to’qay buyurtmasi                                         29000 ga 
6. Amudaryo                        davlat buyurtmasi ko’l buyurtmasi 
7. Chadik                             ko’l buyurtmasi                                                18600 ga. 
8. Ko’xitang                       tog’-o’rmon davlat buyurtmasi 
 


 
104
Mustaqil ish topshiriqlari: 
 
«Qizil kitob» nimaligi va uning ahamiyati haqidagi malumotlarni bilish asosida hamda «Qizil 
kitob»ning yangi nashr etilgan uchinchi jildini ko’rib chiqib, har bir jildiga kiritilgan o’simlik va hayvon turlari 
bilan tanishing va ro’yxatini daftaringizga yozib chiqing. Yildan yilga bo’layotgan o’zgarishlar haqida xulosa 
chiqaring. 
Manba: «Qizil kitob» birinchi jshdi, 1983 y. Toshkent «Fon» nashriyoti 1984 y. ikkinchi jildi, 
O’simliklar. Toshkent «fon» nashriyoti. 150 - bet 
Er osti qazilmalarini va landshaftlarni muhofaza qilish masalalari bo’yicha malumsl to’plang. 
To’plangan malumotlarni tahlil qilib daftarchangiega yozib qo’ying. 
Manba: 1. P.Baratov. Tabiatni muhofaza qilish. T. «O’qit.», 1991. 157-175 va 220 -230 betlar. 
2. X.T.Tursunov. Ekologsh asoslari va tabiatni muhofaza qilish. T. - 1997. 42-47 betlar. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. 
O’zbekiston Qizil kitobi. T. «fan» nashriyoti. 1984 yil 1 – 10 b. 
2. 
P.Baratov. Tabiatni muhofaza qilish. T. «O’qituvchi» 1991. 253 b. 
3. 
X.T.Tursunov. Ekologiya asoslari vatabiatni muhofaza qilish. T. 1997. 34 - 42 betlar. 
 
 
M U N D A R I J A  
 
 
Ma’ruza  –  1  
Mavzu: Ekologiya faning predmeti, maqsadi va vazifalari. Asosiy tushunchalar…… 
O’zbekistonda ekologiya fanining qisqacha rivojlantirshp tarixi. …………….……. 
Ma’ruza  –  2 
Mavzu: O’zbekistoining sotsial - ijtimoiy ekologik muammolari..............................  
Ma’ruza  –  3  
Mavzu: Ekologiyaning tadqiqot usullari ……………………………..………..…… 
Ma’ruza  –  4  
Mavzu: Muhit va ekologik omillar ............................................................................. 
Ma’ruza  –  5 
Mavzu: Asosiy abiotik omillar: Yorug’lik va issiqlik (harorat) – ekologik omil 
sifatida. Organizmlarning yorug’lik va issiqlik  
omiliga moslashuvi /………………………………………………..………………. 
Ma’ruza  –  6 
Mavzu: Asosiy abiotik omillar. 
Namlik, edafik – tuproq omili ekologik omil cifatida …………………..………….. 
Ma’ruza  –  7. 
Mavzu: Biotik va antropogen omillar. Biomaromlar……………………………….  
Ma’ruza  –  8 
Mavzu: Organizmlarning hayot shakllari …………………………………………... 
Ma’ruza  –  9  
Mavzu: Populyatsiya haqida talimot. Populyatsiyalar ekologiyasi ………………… 


 
105
Ma’ruza  – 10  
Mavzu: Populyatsiyalar dinamikasi………………………………………..……….  
Ma’ruza  –  11 
Mavzu: Jamoalar haqida talimot. Biotsenozlar………………………………..……  
Ma’ruza  –  12  
Mavzu: Ekologik tizim va biogeotsenozlar ……………………............…….…….. 
Ma’ruza  –  13  
Mavzu: Quruqlik va suv ekotizimlari ………………………….............…….….…. 
Ma’ruza  –  17 
Mavzu: Suv muhitini muhofaza qilish. Gidrosfera haqida tushuncha…………...….  
Ma’ruza  –  18 
Mavzu: Tuproqlarni muhofaza qilish. Uning tabiatdagi va inson hayotidagi 
ahamiyati……………………………………………………..........................….…. 
T a k l i f   v a   m u l o x a z a l a r … … … … … … … … … … … … . . 1 0 5
 
 
 
 
 
 
 
T a k l i f   v a   m u l o x a z a l a r :  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
106
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
107
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
108
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
109
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
110
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
111
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
112
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
113
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ekologiya va tabiatni muxofaza kilish kafedrasi 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə