Microsoft Word Ecologiya Ma'ruza matni 2007 Îõèðãè Latin rtf



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/51
tarix08.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#36588
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51

 
93
Insoniyat tarixi davomida 2 milliard gektar dan ortiq unumdor tuproqli erlar yaroqsiz holga 
keltirilgan. Har yili sayyoramizdagi qishloq xo’jaligi uchun yaroqli erlar maydoni sho’r bosishi, cho’llashish, 
emirilish natijasida 5 - 7  mln. gektarga kamaymoqda. Tuproqlarga inson tasirining kuchayishi sug’oriladigan 
dexqonchilik va chorvachiliqning rivojlanishi bilan bog’liqdir. Tuproq tugaydigan va tiklanadigan resurslarga 
kiradi. Er yuzida dehkonchiliq maqsadlarida ishlatiladigan erlar mavjud erlar xududining 10 % ni tashkil 
qiladi va dunyo aholisi jon boshiga 0,5 ga dan to’g’ri keladi. 
Keyingi vaqtda olib borilgan tekshirishlar natijasida tuproqning tabiatda tutgan o’rni juda katta ekanligi 
aniqlandi. Litosfera, gidrosfera va atmosferada kechayotgan juda ko’p jarayonlar tuproq bilan bevosita bog’liq 
holda amalga oshadi. Litosferada xilma-xil minerallar, cho’kindilar hosil bo’lishi va nixoyat, energiyaning 
litosfera qatlamlarida qaytadan taqsimlanishi ham tuproq paydo bo’lishi jarayoni bilan bog’liq. 
Tuproq er po’stining eng ustki unumdor qismi bo’lib, litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferada uzoq 
vaqt davomida  bir-biri bilan bog’liq holda sodir bo’lgan kimyoviy, fizikaviy va biologik jarayonlar natijasida 
vujudga kelgan. Tuproq unumdorligining vujudga kelishida tirik mavjudotning, ayniqsa eng sodda 
organizmlarning  roli kattadir. Chunki, bu organizmlar hayot faoliyati va xalok bo’lishi natijasida tuproqni 
malum miqdorda organik moddalar bilan boyitadi. Mikroorganizmlarning xalok bo’lishi tufayli vujudga kelgan 
organik moddalarning parchalanishidan o’simliklarning o’sishi va oziqlanishi uchun zarur bo’lgan mineral 
mahsulotlar vujudga keladi. Tuproqning unumdor ustki qismidagi organik moddalarning bazilari, bir 
tomondan, suv tasirida erib sizot suvlar sathigacha yuvilib tushsa, ikkinchi tomondan, o’simlik ildizlari orqali 
o’sha tuproqning chuqur qismida o’sish uchun zarur bo’lgan birikmalarni biriktirib beradi. Natijada o’simlik 
tuproqdan olgan mineral moddalar  o’simlik xalok bo’lgandan so’ng tuproqning ustki qatlamida  qoladi. 
O’simliklarning ildizlari va er ustidagi organlari  tuproq ustida va uning yuqori qatlamlarida  bakteriya va 
zamburug’lar  tasirida parchalanadi. Tuproqdagi o’sha organik qoldiqlarning parchalanishi bilan bilan bir 
qatorda, parchalanishdan paydo bo’lgan mahsulotlar bir-birlari bilan qo’shilib, kimyoviy birikmalar hosil 
qiladi. Natijada yangi, murakkab organik moddalar vujudga keladi. Shunday qilib, tuproq tarkibida o’simlik va 
hayvon qoldiqlarining chirishidan paydo bo’lgan mahsulotlardan hamda bu mahsulotlarning sintezi 
(qo’shilishi) dan chirindi deb atalgan qoramtir organik modda  vujudga kelgan. 
Yuqorida aytilgan protsesslardan ko’rinib turibdiki, moddalarning aylanma harakatida tuproq ham 
ishtirok etadi. Uni  V.R. Vilyams biologik (kichik) aylanma harakat deb atalgan. Bu aylanma protsesslar tufayli 
tuproqning unumdorlik xususiyati doimo saqlanib turadi. Dexqonchilik madaniyatining o’sishi natijasida 
tuproq bilan ekinlar orasida sodir bo’ladigan biologik aylanma harakat tufayli yangi oziq moddalar vujudga 
keladi. Bu soxada organik va mineral o’g’itlarning roli juda kattadir. 
Tuproq tabiatning boshqa  elementlari bilan doimo aloqada bo’lib, moddalarning umumiy aylanma  
harakatida muhim rol o’ynaydi. Tuproq eng avvalo o’simlik, hayvonlar va mikroblar bilan birga  murakkab 
ekologik sistemani (biogeotsenoz) vujudga keltiradi va planatemiz biosferasida hayotning yashashini 
taminlashdek muhim vazifasini bajaradi. 
Tuproqning biologik yoki kichik aylanma harakatidan tashqari uning katta yoki geologik aylanma 
harakati ham bor. Bunda oqar suv va yog’in suvlarining ishi tufayli tuproqdagi oziq elementlar eritilib, yuvilib 
ketadi va okean, dengiz ko’llar tubiga cho’kindi jins sifatida yotqiziladi. So’ngra tektonik jarayonlar hamda 
dengiz regressiyasi natijasida o’sha joylar quruqlikka  aylanadi va o’simliklar o’sib, tuproqning unumdor qismi  
vujudga keladi. Lekin bu jarayon uzoq vaqt davomida, geologik davrlarda  sodir bo’ladi. 
Litosfera va atmosfera o’rtasida moddalarning almashinishi ham tuproq tasirida sodir bo’ladi. Shamol 
natijasida tuproq ustidan ko’tarilgan chang to’zonlar atmosferaga etib, havoning tiniqligiga  putur etkazadi, er 
yuzasiga  kelayotgan  yorug’lik energisi tasirini susaytiradi, yog’inlarning vujudga kelishiga tasir etkazadi. 
Atmosferadan tuproq ustiga har xil zarrachalar tushib, tuproq, o’simlik va hayvonot olamiga turlicha tasir etadi. 
YOg’in suvlari va shamol tasirida tuproq mikrorelefi o’zgaradi. 
Litosferaning unumdor qatlami hisoblangan tuproq bilan gidrosfera, biosfera hamda atmosfera  orasida 
uzviy  aloqa mavjud  bo’lib, ular  orasida doimo  moddalar almashinib turadi. 
Tuproq kishilar hayoti uchun ayniqsa muhimdir. Inson o’zi yashashi uchun zarur bo’lgan ozuqa 
resurslarini tuproqdan oladi. Chunki, tuproq ekinlarning asosiy manbaidir. Okean va dengiz resurslarini hisobga 
olmaganda, inson o’z hayoti uchun kerak bo’lgan hamma narsani tuproqdan oladi.  Xozir Er shari quruqlik 
yuzasining 10,8 % i xaydab ekin ekiladigan erlardir. Antarktida maydoni hisobga olinmasa, ekin ekiladigan 
erlar dunyo quruqlik yuzasining 11,5 foizini ishg’ol qiladi. Masalan, Janubiy Amerika materigi umumiy er 
maydoning atiga 5 foizidagina xozirda qishloq xo’jaligida foydalanilmoqda.  
Er sharidagi ekinzorlar umumiy maydonning faqat 14 % i sug’oriladigan erlardir. Ana shu sug’oriladigan 
erlardan olinadigan hosil xozir dunyo aholisining 50 foizini  oziq-ovqat bilan taminlamoqda. 
Xaqiqatdan ham tuproq paydo bo’lish jarayonida har xil kimyoviy va biologik aktiv moddalar- 
murakkab chirindi kislotalari, oddiy organik kislotalar, biogen ishqorlar va shunga o’xshash xilma-xil nurash 
elementlari hosil bo’ladi. Bular fizik nurash elementlari va mikroorganizmlar bilan bir qatorda tog’ jinslariga 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə