Microsoft Word Ecologiya Ma'ruza matni 2007 Îõèðãè Latin rtf



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/51
tarix08.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#36588
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   51

 
85
har bir avtomobil bir kunda 180 funt havo talab qilar ekan. To’rt million avtomobillar uchun bu son 
720.000.000 funtni tashkil etadi.  
 Erning suniy yuldoshlari, raketalar va kosmonavtlarning malumotiga qaraganda, atmosferaning 100 
km gacha baland qismida ham uning tarkibi yuqorida qayd qilingan gazlardan iboratdir. 
1000 - 1200 km balandlikda atmosfera asosan kislorod va azotdan; undan yuqorida - 2500 km gacha 
bo’lgan qismida geliy gazi; 2500 km dan yuqorida esa eng engil gaz - vodoroddan iborat. 
Kislotali yomg’irlar keyingi 10 - 15 yil ichida ayrim davlatlarda xaqiqiy ekologik falokatga aylanib 
qoldi. Har qanday qazilma yoqilg’i yondirilganda chiqindi gazlar tarkibida oltingugurt va azot qo’sh 
oksidlari bo’ladi. Atmosferaga millionlab tonna chiqarilayotgan bu birikmalar yomg’irni kislotaga 
aylantiradi. 
So’nggi yillarda AQSh, Qanada, Germaniya, Shvetsiya, Norvegiya, Rossiya va boshqa rivojlangan 
davlatlarda kislotali yomg’irlar tasirida katta maydondagi o’rmonlar quriy boshladi. Bunday yomg’ir 
hosildorlikni pasaytiradi, binolar, tarixiy yodgorliklarni emiradi, inson sog’ligiga zarar etkazadi. Kislotali 
yomg’irlarning uzoq masofaga ko’chishi natijasida turli davlatlar o’rtasida kelishmovchiliklar yuzaga 
kelmoqda. 
Ayrim xududlarda havoning harakatsiz turib qolishi oqibatida kuzatiladigan zaharli tuman - smog 
insonlar sog’ligiga o’ta salbiy tasir ko’rsatadi. 
1952 yili 5 - 9  dekabrda Londonda yuz bergan smog oqibatida 4000 dan ortiq kishi nobud bo’lgan. 
Keyingi yillarda dunyoning turli yirik shaharlarida London tipidagi, Los - Anjeles tipidagi smoglar qayd 
qilingan fotoximik smog - deganda sanoat va transport chiqindi gazlarining quyosh nurlari tasirida 
reaktsiyaga kirishib xavfli birikmalarni hosil qilish tushuniladi. Masalan; formaldegid. 
Er yuzida atmosfera havosining ifloslanishini kamaytirish uchun tezlik bilan zarur choralar 
ko’rilishi lozim, aks holda Amerika olimi, meteorolog Luis Batton (1967) aytgani kabi: 
«Ikkalasidan bittasi bo’ladi, odamlar shunga erishadiki, havo kam ifloslanadi, yoki havoning ifloslanishi 
shunga olib keladiki, Er yuzida odamlar kam qoladi». 
Insonlar sog’ligining yomonlashuvi, binolar, tarixiy obidalarining emirilshi, o’simlik va hayvonlarning 
nobud bo’lishi va boshqa hodisalar katta iqtisodiy zarar etkazadi. Faqatgina AQSh da havoning ifloslanishi 
inson sog’ligiga etkazilgan ziyoini hisobga olmaganida, yiliga 30 milliard dollardan ortiq moddiy zarar 
etkazadi. Atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish va kamaytirishning turli yo’llari mavjuddir. 
Korxonalarda tozalash qurilmalari o’rnatiladi, zararli korxonalar shahar chekkasiga chiqariladi. Ishlab chiqarish 
texnologiyasini o’zgartirish, ayniqsa muammoni hal qilishning eng istiqbolli yo’li hisoblanadi. 
Atmosfera havosining ifloslanishida avtotransportnik hissasi oshib bormoqda. Toshkent shahrida havo 
ifloslanishining 70 % dan ortiqi avtotransport hissasiga to’g’ri keladi. 
Transport harakatini tartibga solish, metro, elektr transportini rivojlantirish, yoqilki sifatini yaxshilash 
va boshqa tadbirlar yirik shaharlar havosining ifloslanishini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega. 
O’zbekistan Respublikasida atmosfera havosining ifloslanishi eng asosiy ekologik muammolardan biri 
hisoblanadi. Shaharlarning asosan tog’ oldi va tog’ oraliq botiqlarida joylashganligi, iqlimning issiq va 
quruqligi O’zbekistonda atmosfera havosi ifloslanishining nisbatan yuqori bo’lishiga olib kelgan. 
Havo ayniqsa aholi, sanoat va transport yuqori darajada to’plangan Toshkent va Farg’onada kuchli 
ifloslangan. Metallurgiya, kimyo va mashinasozlik markazlari bo’lgan Olmalik, Toshkent, Farg’ona, 
Bekobod, Andijon, Chirchiq, Navoiy shaharlarida havoning ifloslanish darajasi ancha yuqori. Bir qator zararli 
birikmalar bo’yicha ko’rsatkichlari REMdan yuqori bo’lgan bu shaharlarning bazilarida fotoximik smog 
xavfi mavjud. 
Bizda hozir atmosferaga tashlanadigan chiqindilar miqdorining kamayishi kuzatiladi. Agar 1990 yili 
atmosferaga harakatlanadigan va turg’un manbalardan 4 mln. tonnadan ortiq zararli birikmalar chiqarilgan 
bo’lsa, bu ko’rsatkich 1995 yilda 2 mln. tonnagacha kamaygan. 
Mamlakatimiz xududi Rossiya, Kozog’iston, Tojikiston va boshqa ko’shni mamlakatlardan keladigan 
zararli birikmalar bilan ham ifloslanadi. Orol dengizining qurigan tubidan ko’tarilayotgan chang va tuzlar ham 
juda katta maydonda havoning ifloslanishiga sabab bo’lmoqda. 
Bizda havo ifloslanishini kuzatish va nazorat qilish - monitoring yaxshi yulga qo’yilgan. 
Korxonalar uchun havoni belgilangan miqdordan ortiqcha ifloslangani xollarida to’lov va jarimalar 
belgilangan. 
O’zbekistonda «Atmosfera havosini muhofaza qilish to’g’risida» maxsus qonun qabul qilingan. 
Bu qonun 1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan. 
Bu qonunda atmosfera havosining tabiiy tarkibini saqlash, uni zararli moldalar bilan 
ifloslanishining oldini olish, davlat organlari, korxonalar va fukarolarning havoni muhofaza 
qilishdagi xuquqiy vazifalarini tartibga solish va boshqalar qayd etilgan. 


 
86
 
 
Asosiy adabiyotlar: 
1.  Beknazarov R.U., Novikov Yu.V. Oxrana prirodı. - T.: O’qituvchi, 1995. 
2.  Saydaminov S.S. Reshenie voprosov injenernoy ekologii v kursovom i diplomnom proektirovanii. 
T., 1989. 
3.  Lobanov N. N., Oxrana atmosfernogo vozduxa. Ij., 1982. 
Qushimcha adabiyotlar: 
1. Bronshteyn D.L., Aleksandrov N.N., Sovremennıe sredstva izmereniya zagryazneniya atmosferı.L., 
"Gidrometeoizdat", 1989. 
2. RD “Metodicheskie ukazaniya po opredeleniyu platejey va vıbrosı,sbrosı, zagryaznyayushix 
veshestv v prirodnuyu sredu i razmeshenie otxodov”. Goskomprirodı Ro’z. T., 1993. 
3. Henry C.Perkins., Air Pollution.  US, "McGrao’-Hill", 1974. 
4. Maskenzie L.Davis., David A.Corno’ell. Introduction to environmental engineering. US, "McGrao’-
Hill", 1991. 
 
 
 
MA’RUZA  –  17 
 
Mavzu: Suv muhitini muhofaza qilish. Gidrosfera haqida tushuncha.  
 
Reja: 
 
1.  Gidrosfera haqida tushuncha. Suv resurslaridan foydalanish va uni muhofaza qilish. 
2.  Dengiz va okeanlar ekologik muammosi. 
3.  Orol dengizi muammosi. 
 
O’qituvchining maqsadi:  Gidrosfera tushunchasi, er yuzida suvlarning etishmasligi va ifloslanish 
muammolari haqida gapirish. Suvlarni tozalash usullarini bayon qilish. O’zbekistonda suvlarning 
ifloslanishi va uning oldini olish usullari haqida tushuncha berish. 
 
Er yuzidagi barcha mavjud suvlar gidrosferani tashkil qiladi. 
Gidrosfera - deganda okean, dengiz, ko’l, daryo, er osti suvlari va muzliklarini o’z ichiga olgan Erning 
suv qobig’i tushuniladi. Sayyoramizda dastlab hayot suv muhitida paydo bo’lgan, rivojlangan va tirik 
organizmlar uchun suvning ahamiyati kattadir. 
Suv - hayot manbai. Suv tugamaydigan resurslarga kiradi va aylanma harakat natijasida suv zahiralari 
doim tiklanib turadi. Er yuzidagi suv tugamaydigan resurs bo’lishiga qaramasdan inson bevosita ishlatishi 
mumkin bo’lgan suv zaxiralari juda ham cheklangan. Gidrosferadagi barcha suvlarning 96,5  %  dunyo 
okeanining sho’r suvlariga to’g’ri keladi. Mavjud chuchuk suvlarning katta qismi muzliklarda (1,73 %) va er 
osti zaxiralarida (1,70 %) joylashgan. Shuni aytish kerakki, er ostidagi suv zaxiralari aniq baholangan 
emas. Er yuzida xozirgi vaqtda inson bevosita foydalanishi mumkin bo’lgan chuchuk suvlar miqdori 
gidrosferadagi umumiy suv hajmining taxminan 0,3 % ni tashkil qiladi. Sayyoramizda daryo va ko’l suvlari 
bir tekis taksimlanmagan va ayrim xududlarda suv tugaydigan hamda juda sekin tiklanadigan resurs 
hisoblanadi. 
Dunyo aholisi tez suratlar bilan o’sib borayotgan xozirgi vaqtda 800 mln. dan ortiq kishi suv 
etishmasligi sharoitida yashaydi va 60 % dan ortiq aholi sifatli ichimlik suvi bilan taminlangan emas. 
Biosferadagi jarayonlar va insonlar hayotida suvning ahamiyati juda kattadir. Kishilarning kundalik 
hayotini suvsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Suvning (suyuq, gazsimon, qattiq) bo’lishi turli joylarning ob-havo 
va iqlim sharoitining shaklanishida muhim rol o’ynaydi. Fotosintez jarayoni suv ishtirokida amalga oshadi. 
Suv tirik organizmlar uchun birlamchi hayot muhiti hisoblanadi. 
Inson organizmining 60 % dan ortig’i, bazi bir o’simliklar 85 % dan 95 % gacha suvdan iboratdir. 
Malumki, suv qishloq xo’jaligi va sanoat ishlab chiqarishidagi deyarli barcha texnologik 
jarayonlarning zaruriy tarkibiy qismi (komponenti) hisoblanadi. Mazkur sohalardagi texnologik 
jarayonlarda suv juda ko’p ishlatiladi. Chuchuk suvdan haddan ortiq ko’p foydalanilsa, oxir-oqibat u 
etishmay qolishi mumkin. Nega deganda, hozirgi zamon texnikasi uni yuz foiz tozalashga qodir emas. 
Suvni butunlay tozalash uchun ham oqova suvlardan foydalanishga to’g’ri keladi. Bu esa suvni yana isrof 
qilish demakdir. Tabiiy suv havzalarida o’z-o’zini tozalash effekti ham katta samara beradi. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə