Microsoft Word Ecologiya Ma'ruza matni 2007 Îõèðãè Latin rtf



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/51
tarix08.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#36588
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   51

 
79
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda agrotexnika qoidalariga va o’g’it solish meyorlariga qatiy amal 
qilish muhimdir.  Chunki zararkunandalar va yovvoyi o’tlar bilan kimyoviy vositalar yordamida kurashish 
ekologik muvozanatning buzilishiga olib keladi. Bu krizisni bartaraf etish yo’llarini axtarish bir necha 
yo’nalishlarda olib borilmoqda. 
Qishloq xo’jaligi zararkunandalari va kasalliklarga chidamli o’simlik navlarini o’stirish borasida ishlr 
qilinmoqda. Zararli hasharotlarning tabiiy dushmanlari ko’paytirilib, biologik ko’payish usullari borasida katta 
izlanishlar olib borilmoqda. Faqat, hasharotlarning malum turlarining biokimyoviy sistemasiga tasir ko’rsatib 
boshqa organizmlarga zarar keltirmaydigan yuqori, texnologiyali pereparatlar ishlab chiqilmoqda. 
Elektr stantsiyalar va elektr korxonalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish murakkab ekologik 
muammolar bilan bog’liqdir. Energiya zarurligi - insonning asosiy ehtiyojlaridan biridir. Energiya nafaqat 
hozirgi zamondagi murakkab inson jamoasining normal hayotiy faoliyati uchun, balki har bir insonning 
yashashi uchun ham juda zarurdir. Hozirgi vaqtda elektr energiya asosan gidroelektr stantsiyalar, issiqlik va 
atom elektr stantsiyalarda olinadi. 
Gidroelektrstantsiyalar yuzaki qaralganda tabiatga zarar keltirmaydigan ekologik toza karxona 
hisoblanadi. Odamlar katta daryolarda ko’plab yirik gidroelektrstantsiyalar qurdi. Endilikda esa, bu yirik 
inshootlarning ham tabiat va insonga katta zarar keltirgani malum bo’lib qoldi.  
Birinchidan, daryoning katta tekisliklarida to’g’onlar qurish suv havzalari ostida katta hududlar - foydali 
erlar qolib ketishiga olib keldi. Ko’plab odamlar o’z joylaridan ko’chirildi va yaylovlardan mahrum bo’ldilar. 
Ikkinchidan, daryolar to’sib qo’yilib, to’g’onlar baliqlar migratsiyasi uchun xalaqit berdi.  
Uchinchidan, havzalarda suv to’planib uzoq turib qoladi va sifati pasayadi. Suv havzalarining 
mustahkamligi kamayib borib, daryo va daryo yaqinida yashovchi organizmlarga xavf tug’diradi, malum 
tasirlar ko’rsatadi. 
To’rtinchidan, mahalliy suvning ko’payishi tuproq suviga tasir qiladi. Buning oqibatida esa erlarni suv 
bosishi, qirg’oqlar ko’chishi, har xil eroziya sodir bo’lishi kuzatilmoqda. 
Issiqlik elektrstantsiyalari (IES) ham mamlakatning elektr energiyaga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishda 
muhim o’rin to’tadi. Ko’mirda malum darajada radioaktivlik xususiyati mavjudligini hamma ham 
bilavermaydi. 
IESda katta miqdorda yoqilg’i yonadi va ko’p miqdorda radioaktiv chiqindilar havoga chiqadi. 
Shuningdek, organik yoqilg’ilar yonishi tufayli ham tabiatga juda ko’p zarar keltiriladi. 
IESda yonilg’i sifatida mazut va gazdan foydalaniladi. Ekologik nuqtai nazardan suyuqlik va ayniqsa gaz 
bilan ishlaydigan energetik qurulmalar qattiq yoqilg’ilar bilan  bilan ishlaydiganlariga qaraganda tozaroq 
hisoblanadi. IESlarni gaz bilan ishlashga o’tkazish energetik qurilmaning FIK ancha oshiradi va ekologik 
holatni yaxshilaydi. 
Atom - energetik stantsiyalari oddiy elektr stantsiyalarga  nisbatan ekologik jihatdan ancha toza. Ammo 
ular ancha xavflidir. Buni Chernobil atom elektr stantsiyasida ro’y bergan halokat isbotlaydi. 
Shunday qilib, energetika, aftidan, insoniyat oldiga hal etilishi lozim bo’lgan muammolar qo’yadi. Bu 
muammolarni  hal etish borasida bir necha yo’nalishlarda ishlar olib borilmoqda. 
Ekologlar noananaviy, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishning istiqbolli ekanini 
takidlaydilar. Bular, eng avvalo, quyosh va shamol energiyasi, er bag’rining issiqligi, okeanning mexanik va 
issiqlik energiyasidir. Mamlakatimizda quyosh (issiqlik) energiyasidan foydalanish borasida katta ishlar  
qilinmoqda. 
Radioaktiv ifloslanish boshqa ifloslanishlardan ancha farq qiladi. Radioktiv nuklidlar - bu nobarqaror 
kimyoviy elementlarnig yadrosidir. Ular o’zlaridan zaryadli zararlar chiqaradi va qisqa to’lqinli elektromagnit 
nurlanishlar tarqatadi. 
Aynan xuddi ana shu zarralar va nurlanishlar inson organizmda turli xastaliklar, xususan, nurlanish 
kasalligi keltirib chiqarishi mumkin. 
Biosferada hamma joyda radioaktivlikning tabiiy manbalari mavjud. Inson ham boshqa tirik organizmlar 
singari hamisha tabiiy nurlanishlarga duchor bo’ladi. Tashqi nurlanish kosmosdan tarqalgan nurlar va atrof - 
muhitda mavjud bo’lgan radioaktiv nuklidlar hisobiga sodir bo’ladi. Ichki nurlanishni havo, suv va oziq 
moddalari orqali inson organizmiga kirib qolgan radioaktiv elementlar keltirib chiqaradi. 
Eng xatarlisi biosferaning anropogen radioaktiv, yani inson faoliyati natijasida ifloslanishidir. Hozirgi 
vaqtda radioaktiv elementlardan turli sohalarda keng foydalaniladi. Ularning saqlashda va tashishdagi 
etiborsizliklar tufayli jiddiy radioaktiv ifloslanishlar yuz beradi. 
Chernobil atom stantsiyasidagi portlash tufayli yadro yoqilg’isining atigi 5 % atrof - muhitga tarqalgan 
edi. Bu ko’plab kishilarning nurlanishiga sabab bo’ldi. Katta hudud radiatsiya bilan shu darajada ifloslanadiki, 
u joylarda yashash salomatlik uchun xavfli bo’lib qoldi. Radiatsiya halokat joyidan yuzlab va minglab kilometr 
uzoqlikka tarqaldi. 


 
80
Hozirgi vaqtda harbiy sanoat va atom elektr stantsiyalari chiqindilarini to’plash va saqlash keskin 
muammo bo’lib bormoqda. Har yili ular borgan sari atrof - muhit uchun katta xavf - xatar tug’dirmoqda. 
Shunday qilib, yadro energiyasidan foydalanish insoniyat oldiga yangi jiddiy muammolar qo’ydi. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. P.Baratov. Tabiatni muhofaza qilish. T. «O’qituvchi» 1991. 253 b. 
2. X.T.Tursunov. Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish. T. 1997. 34 - 42 betlar. 
3.  V.A.Radkevich. Ekologiya. Minsk. «Vısshaya shkola», 1983. 270 - 294 b. 
4. N.M.Chernova, A.M.Bılova. Ekologiya. M.«Prosveshenie», 1988. 239 – 249 b. 
5. A.S.To’xtaev. Ekologiya. T.«O’qituvchi», 1998. 131-143 b. 153. 
 
MA’RUZA  –  16 
Mavzu: Atmosfera havosini muhofaza qilish. 
 
Reja: 
 
1.  Atmosfera  ifloslanishi  haqidagi  tushuncha. 
2.  Atmosfera ifloslanishining oqibatlari. 
3.  Inson talablari. 
 
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:  Rxsat etilagan miqdor (REM), kislotali yomg’irlar, smog 
biologik ifloslovchi birikmalar, chang, tutun, gologenlar, organik brikmalar, og’ir zarracha,.... 
Tabiiy savol tug’iladiki, havoning ifloslanishi yaqinda paydo bo’ldimi yoki biz bu muammoga endi 
etibor berdikmi? 
Albatta, havo ifloslanishining fotokimyoviy tutun shaklidagi ko’rinishi yangi xodisalardandir, ammo, 
uni tutun bilan ifloslanishi esa qadimdan mavjuddir. 
Atmosfera haqidagi birinchi ilmiy manaba bo’lib, Arastuning asarlari hisoblanadi. Arastu o’zining 
asarlarida, er shar shaklidaligi va uni havo kobig’i o’rab turishi haqida fikrlar bildirgan. Atmosfera so’zi 
grekcha so’z bo’lib, atmos – bug’, sfera – shar manosini anglatadi.  
14 - asrda Angliya parlamentining yig’ilishida Kirol Eduard shaharlardagi havo ifloslanishini oldini 
olish maqsadida ko’mir yoqilishni taqiqlagan ekan. “Hammangizga malum bo’lsinki, ko’mir yoqganlikda 
kim ayblansa, uning boshi tanasidan judo bo’lar!” degan  Kirol Eduard. 
1661 yilda angiyalik olim Evelin o’zining asarida havo ifloslanishining muammosini echish 
maqsadida bir nechta taklif kiritgan edi. Evelin havoni ifloslantiruvchi zavod va fabrikalar shahardan 
tashqarida joylashishi va shahar atrofiga daraxtlar ekishni taklif qilgan edi. O’shanda uning takliflari rad 
etilgan edi, ammo xozirda ular muammoninig bir echimi sifatida foydalanib kelinmoqda. 
Yuqorida keltirilgan faktlardan ko’rnib turibdiki, havoning ifloslanishi qadimda ham xozirda ham 
mavjud bo’lgan insoniyatning dolzarb muammolaridandir. 
Er kurrasini o’rab olgan havo qoplami - atmosfera deyilib, erning landshafti hayotida juda muhim vazifani 
bajaradi. 
Atmosfera. Atmosfera erning himoya qatlami bo’lib, tirik organizmlarni turli ultrabinafsha 
nurlardan, samodan tushadigan meteortlarning zarrachalaridan saqlaydi. Agar atmosfera bo’lmaganda - er 
yuzasi kechqurun – 100 °S sovib, kunduzi 100 °S isib ketgan bo’lardi. Faqat atmosfera tufayli erda hayot 
mavjud. Atmosfera tabiatning eng muhim elementlaridan biri bo’lib, tirik organizmlarning yavdashi uchun 
juda ham zarurdir. Chunki, organizm, xususan inson suvsiz, ovqatsiz bir necha kun yashashi mumkin, lekin U 
havosiz faqat 5 minut yashaydi, xolos. Demak, erda hayotning, ayniqsa inson yashashi toza havoga bog’liq 
ekan. 
Atmosfera  ifloslanishi  haqidagi  tushuncha. Atmosferaning ifloslanishi o’zi nima? 
Muxandislarning Birlashgan Xayati quyidagicha tarif beradi: atmosferaning ifloslanishi deb, atmosferada 
insonga, o’simliklarga, hayvonlarga, hayot va mulk osoyishtaligiga zarar etkaza oladigan bir yoki bir necha 
ifloslantiruvchilarning mavjudligiga aytiladi. 
Ifloslantiruvchilarga atmosferaning ichki kobig’ida joylashgan tutun, bug’lar, yonib bo’lgan kog’oz, 
chang, qurum, axlat, uglerod bug’lari, gazlar, tuman, xushbo’yliklar, maxsus moddalar, radioaktiv 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə