Microsoft Word Ecologiya Ma'ruza matni 2007 Îõèðãè Latin rtf



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/51
tarix08.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#36588
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51

 
94
juda kuchli tasir etib, turli gil, qum va shag’allardan tashkil topgan. Er sharining nurash qobig’ini hosil qiladi. 
Nixoyat tuproq g’ovak bo’lganligi uchun yog’in-sochin suvlarini shimish, saqlash va ostki qatlamlarga 
o’tkazish xususiyatiga ega.  
Tuproqning chuqur qatlamlariga suvning shimilib borishi bilan u erda ham suvda eruvchi xilma-xil 
kimyoviy birikmalar paydo bo’lishiga sharoit tug’iladi. Bu erning chuqur qatlamlarida paydo bo’lgan yangi 
birikmalar tabiatdagi turli jarayonlarda ishtirok etib, yana yangi minerallar hosil qiladi. Agar suvni shimib, uni 
ostki qatlamlarigacha etkazib bera olish xususiyatiga ega bo’lgan g’ovak tuproq qavati bo’lmaganda edi, 
yog’in-sochin suvlari er yuzasi orqali oqib ketgan bo’lar edi. 
Tuproqga to’g’ri munosabatda bo’linsa, u doimo yaxshilanib boradi. Buning uchun tuproqni ishlashda 
ilg’or agrotexnikaga rioya qilish, erni doimo o’g’itlab turish, tuproqda iloji boricha  ko’proq nam saqlash, 
almashlab ekishni joriy qilish zarur. Agar bu tadbirlar amalga oshirilmasa, tuproqda oziq moddalar kamayib 
ketadi, strukturasi o’zgaradi va oqibatda eroziyaga tez uchraydi, yani tuproq qashshoqlashib boradi. Natijada, 
unumdor erlar kam unum bo’lib qoladi va kishilik jamiyati uchun salbiy oqibatlar kelib chiqadi, kelajak 
avlodga tabiiy holati o’zgarib, yomonlashgan, kam unum erlargina meros bo’lib qoladi. Shuning uchun 
sayyoramizdagi har bir kishining muqaddas burchi, kelajak avlodga  erlarimizni yaxshi saqlangan holda 
qoldirishdan iboratdir.                
Insonning tuproqga tasiri va uning asosiy shakllari. Insonning tuproqga ijobiy va salbiy tasiri 
ajratiladi. Inson tuproqlarning hosildorligini oshirishi, erlarning holatini yaxshilashi mumkin. Shuning bilan 
birga shahar ko’rishi, atrof - muhitning ifloslanishi, agrotexnik tadbirlarning talabga javob bermasligi 
natijasida tuproqlar bevosita yo’q qilinishi, yaroqsiz holga kelishi, emirilishi mumkin. Hozirgi kunda tuproqlar 
maydonining kamayishi uning tiklanishidan minglab marta tezroq amalga oshmoqda. 
Er sharida tuproq qatlami tabiatning boshqa komponentlari kabi ekvatordan shimolga va janubga tomon 
zonal o’zgarib boadi, tog’lik erlarda esa balandlik mintaqalari  hosil qiladi. Joyning geologik tuzilishi, iqlimi, 
o’simliklari va boshqa tabiat komponentlari tasirida har bir tabiat zonalarining tuproqlari turlichadir. Er shari 
quruqlik yuzasi umumiy maydonning 31 foizga yaqini tuproqlari uncha rivojlanmagan joylarga to’g’ri keladi ( 
15 foizini muz va tundra zonalari, 1,2 foizini tog’lar, 0,7 foizini quruqlikdagi suvlar ishg’ol qiladi). Qolgan 60 
foizi esa tuprog’i yaxshi rivojlangan o’rmon, o’rmonli dasht, chala cho’l, cho’l, savannlar, subtropik, tropik 
zonalar va daryo vodiylardagi allyuvial tuproqli erlardir. 
Ammo har tabiat zonasida tuproq qoplamining xarakteri va qishloq xo’jaligida foydalanishi tabiiy 
faktorlar tasirida turlicha bo’ladi.  
Mo’tadil mintaqada joylashgan keng barglik va aralash o’rmonlar (sur tusli o’rmon tuproqlari), o’rmonli 
dasht va dasht (qoramtir va qora tuproqlar) zonalar xozircha ko’proq o’zlashtirilgan. Bu tuproq zonalarida 
butun er maydonning 26 – 35 % ini ekinlar va o’simliklar eqilgan joylar egallaydi. Dexqonchiliqda foydalanish 
darajasi jixatidan qizil tuproqli subtropik zona (13 %)- ikkinchi o’rinni; kashtan hamda qo’ng’ir tuproqli 
cho’llar zonasi (7 %) esa uchinchi o’rinni; issiq mintaqada joylashgan bo’z tuproqli cho’l zonasi (2 %) va qizil 
qo’ng’ir tuproqli savanna (2 %)- to’rtinchi o’rinni egallaydi. Tabiiy sharoitni noqulayligi tufayli tundra 
zonasidagi dexqonchiliqda foydalaniladigan (qisman ekiladigan rezavor ekinlarni hisobga olinmaganda) erlar 
yo’q. 
MDH da mavjud tuproq zonalari ichida dexqonchiliqda eng ko’p foydalanilayotgan erlar qora tuproqli 
dashtlar (63%), bargli o’rmonlar zonasining sur tusli o’rmon tuproqlari (44%), subtropik zonasining qizil 
tuproqlari (80 %), cho’l zonasining bo’z va madaniy bo’z tuproqlari (24%) va chala cho’l zonasining kashtan 
tuproqlari (12 %) ni tashkil etadi. 
Agar quruqlik yuzasida er fondining strukturasi : dunyo bo’yicha 13393 mln.ga (100 % ) bo’lsa, shundan 
4041 mln. ga (30,1%) o’rmonlar bilan qoplangan erlar, 2987 mln. ga (22,3 %) o’tloq va yaylovlar, 14,7 mln. ga 
(10,8 %) haydaladigan va ekin ekiladigan erlar, qolgan 4908 mln. ga (36,8 %) qumli cho’llar, muzlik va 
qorliklar, qishloq va shaharlar, sanoat obektlari ishg’ol qilingan erlarga to’g’ri keladi. 
So’ngi yillarda planetamiz tuproq qoplami tabiiy holatining o’zgarishiga qishloq xo’jalik ishlari  bilan 
bog’liq bo’lgan tadbirlar tasir etmoqda. Chunonchi, o’rmonli erlarda  daraxtlarni kesib, xaydab ekin ekish; 
almashlab ekish; erlarni xaydab kultivatsiya qilish; tuproqqa ko’plab organik moddalar  va mineral o’g’itlar 
solish; tuproqni sug’orish va sho’rini yuvish;  zax va botqoq erlarni quritib o’zlashtirish; erlarni planirovka 
qilish va tekislash; ko’plab mevali va dekorativ daraxtlar o’tkazish va boshqalar. Qayd qilingan bu ishlarning  
tasiri sug’orib ekin ekiladigan erlarda ayniqsa kuchli bo’lib, bir tamondan, tuproqning tabiiy holati tez o’zgarsa, 
ikkinchi tomondan, uning unumdorligi ortib boradi va tuproqning holati yaxshilanadi.           
Tabiiy omillardan tashqari, tuproq paydo bo’lishida inson faoliyatining tasiri ham katta ahamiyatga ega. 
Chunki inson tamonidan qilinadigan ishlar tuproq paydo bo’lish jarayonini tezlashtiradi va uning sifatini 
o’zgartiradi. Masalan, erni xaydash, o’g’itlash, sug’orish, botqoqlarni quritish va boshqalar natijasida tuproq 
anchagina o’zgaradi. Inson ixota daraxtzorlari barpo qilish orqali malum zona iqlimini, shuningdek bu zonadagi 


 
95
boshqa tabiiy sharoitlarni keskin o’zgartiradi. Bu dexqonchilik tadbirlari ongli va agronomiya fanining 
ko’rsatmalariga muvofiq olib borilgan taqdirda tuproqning unumdorligi oshadi. 
Bizda uzoq vaqtlar davomida qaxrab yotgan dasht va cho’llarga suv chiqarish uchun kanallar va yirik 
inshoatlar qurilmoqda, botqoqliklarni quritish uchun zovurlar qazilmoqda, sho’rxok erlarning sho’ri 
yuvilmoqda va qurg’oqchiliq zonalarida ixota daraxtzorlari barpo qilinmoqda. Bu tadbirlarning hammasi 
erlarni o’zlashtirish, tuproqning sifatini yaxshilash va unumdorligini oshirishga qaratilgandir. 
Tuproqning ifolslanishi va uni muhofaza qilish. Tuproqlar sanoat korxonalari, transport chiqindilari, 
kommunal-maishiy chiqindilar bilan ham ifloslanadi. Kimyo va metallurgiya korxonalari, tog’-kon sanoati 
chiqindilari tuproqlarni ayniqsa kuchli ifloslaydi va ishdan chiqaradi. Tuproqda simob, ko’rg’oshin, ftor va 
boshqa judayam zaharli birikmalar to’planadi. Bu o’simliklarga salbiy tasir ko’rsatadi, bazilari nobud bo’ladi 
va insonlarda turli xavfli kasalliklarni keltirib chiqaradi. 
Tuproqlarni maxsus tadbirlar o’tkazib tozalash qiyin. Shuning uchun tuproqlarni ifloslanishdan saqlash 
tadbirlari o’z vaqtida o’tkazilishi va qonuniy nazorat qilinishi kerak. 
Respublikada er va er resurslaridan foydalanishni tartibga solish maqsadida «O’zbekiston 
Respublikasida Er to’rrisida»gi qonuni qabul qilingan. (1990 yilning 20 iyunida). 
Biosferadagi o’ziga xos tabiiy muvozanat ko’p jihatdan o’simlik va hayvonlarning biologik rang - 
barangligining saqlanishi bilan bog’liqdir. 
Tuproqning og’ir metallar bilan ifloslanishi. Foydali qazilmalarni qazib chiqarish va ularni ishlatish 
bo’yicha odamlar bir qancha geokimyoviy jarayonlarni yaratdilar. Bu jarayoni akademik  A.E. Fersman 
“texnogenez” termini bilan atagan. 
Texnogenezning birdan-bir belgisi Er shari sirtini temir bilan boytishdir. Akademik A.E.Fersman XIX 
asrda metallar qazib chiqarish qanchalik o’sganligini hisoblab chiqdi. Uning hisobiga qaraganda, chuyan 
sanoati (Fe, Mn, Mo, NiCr), elektrotexnika va havoda uchish (AL, Cu va kamchil elementlar), oziq-ovqat 
sanoati (N,P, K elementlari) juda tez suratlar bilan o’sgan. 
Og’ir metallarga ftor, vanadiy, xrom, marganets, kobalt, nikel, mis, rux, mishyak, molibden, kadmiy, 
simob, qo’rg’oshin, volfram, vismut, temir, surma va boshqalar kiradi. Atrof-muhit uchun xavflilari simob, 
qo’rg’oshin, kadmiy, mishyak, selen, ftor elementlari bo’lsa, bular ichida o’ta xavflilari simob, qo’rg’oshin va 
kadmiy hisoblanadi. 
Og’ir metallar tuproqqa yana biotsidlar va mineral o’g’itlar bilan ham tushadi. Og’ir metallar tuproqda 
asosan  o’simlikka, undan oziqlanish zanjiri buylab odam va hayvonga zararli tasir qilish mumkin. Zaharli 
kimyoviy elementlar ichida xavflisi simob bo’lib, uning metilsimob birikmasi tabiatdagi anorganik 
birikmalardan anaerob sharoitida organik moddalar ishtirokida hosil bo’lishi mumkin. 
Tuproqning og’ir metallar bilan ifloslanish manbalari asosan metall ishlab chiqarish sanoati 
chiqindilari, turli yokilgilarning yonish maxsuloti, avtomobil dudlari va chiqindi gazlar, qishloq xo’jaligida 
ishlatiladigan ximikatlar va boshqalardir. Xisoblarga qaraganda metallurgiya sanoati har yili juda ko’p 
miqdorda mis, rux, qo’rg’oshin, nikel, moibden, kobalt, simobni atrof-muhitga chiqarib yuboradi. 
 Simob, qo’rg’oshin, kadmiy, mishyak, ftor, rux va boshqalar bilan tuproqning ifloslanishi. 
Zaharli kimyoviy elementlar ichida eng xavflisi simob bo’lib, uning metilsimob tabiatdagi anorganik 
birikmalardan anaerob sharoitda organik moddalar ishtirokida hosil bo’lishi mumkin. Simob atmosferaga 
toshko’mir yoqishdan hosil bo’lgan dud va simob bilan zaharlangan suv havzalari suvini bug’lanishida 
chiqadi. Bunda simob havo oqimi bilan ko’p joylarga tarqalishi va bazi erlarga o’tirib qolishi mumkin. Simob 
birikmalari, jumladan metilsimob suv, tuproq, o’simlik va boshqa oziqlanish zanjirlari orqali o’tib borib, oxiri 
odam organizmiga tushishi mumkin. 
Odam organizmdagi simob miqdori ruxsat etilgan miqdordan oshib ketsa, u vaqtda buyrak, jigar va 
hatto miyaga kuchli tasir qilib asab kasalini keltirib chiqishi va bu kasallik  hatto o’limga olib kelishi mumkin. 
Tuproqning og’ir metallar bilan ifloslanishidan muhofaza qilish. Mamlakatimizda  
texnogenezisning yomon oqibatlarini qaytarish bo’yicha puxta ishlab chiqilgan qatiy choralar qurilmoqda. 
Atrof-muhitni og’ir metallar bilan ifloslanishidan muhofaza qilish uchun, birinchi navbatda shu metallarni 
ishlab chiqaradigan sanoatni xar tamonlama takomillashtirish kerak bo’ladi. Sanoatni chiqindisiz yoki oz 
chiqindili yopiq texnologiyaga o’tkazish atrof-muhitni og’ir metallar bilan ifloslanishidan saqlaydi. 
Keyingi vaqtlarda o’zida metallarni  to’plovchi mikroorganizmlar  ham borligi  ko’pchilik diqqatini jalb 
qilmoqda. Bunday mikroorganizmlar mis, uran, mishyak, kadmiy va boshqa elementlarni olishda 
ishlatilmoqda. Bu xil mikroorganizmlardan keng foydalanish shaxtalar, karerlar va metallurgiya sanoatida 
chiqadigan turli gaz chiqindilarini keskin kamaytirish imkonini beradi. 
Kimyo va mashinasozlik  sanoati chiqindilaridan  qishloq xo’jaligi uchun qimmatli mineral o’g’itlar 
olish mumkin. Shunday qilib, chiqindilarni zararsizlantirishning hamma imkoniyatlaridan to’liq foydalanish 
kerak. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə