Microsoft Word Ecologiya Ma'ruza matni 2007 Îõèðãè Latin rtf



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/51
tarix08.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#36588
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51

 
91
Sug’oriladigan erlarg maydonining ortib borishi Orol dengizining takdirini hal qilib kuydi. Orol dengizining 
ko’rishi Orolbo’yi mintaqasidagi sotsial - ekologik vaziyatning og’irlashishiga olib keldi. 
Har yili Orolning qurigan tubidan millionlab tonna tuz va chang ko’tarilib, juda katta xududda havo, 
tuproqlarning ifloslanishiga olib kelmoqda. Aholi o’rtasida kasallanish va o’lim ko’rsatkichlari yuqori darajaga 
etgan. Orol dengizining asl holiga qaytarish muammosi munozarali hisoblanadi. Z.M.Akramov va 
A.A.Rafikovlarning fikricha mavjud suv resurslari asosida dengizni asl holiga qaytarish aslo mumkin emas. 
Chunki mintaqada dengizni tiklash uchun ortiqcha suv mavjud emas. Orol muammosini hal qilish uchun turli 
loyihalar, mutaxassislarning fikrlari mavjud. Masalan: Sibir daryolarining suvini keltirish, Kaspiy dengizidan 
suv olish kabi loyihalar. Albatta qaysi ilmiy farazningto’g’riligini vaqt ko’rsatadi. 
Yaqin kelajakdagi asosiy va real vazifa Orol dengizining sathini 30 - 33 metr balandlikda saqlab 
qolishdir. Buning uchun dengiega har yili kamida 20 km~' suv etib borishini taminlash zarurdir. Orol va 
Orolbo’yi muammolarini hal qilishda Markaziy Osiyo mamlakatlari hamqorlikda ish olib bormoqda. AQSh, 
Yaponiya, GFR, Frantsiya va boshqa rivojlangan davlatlar, BMT, Jahon banki va boshqa turli davlat va nodavlat 
xalqaro tashkilotlari bu asr muammosini ijobiy hal qilishgao’z hissalarini qo’shmoqdalar. 
 
 
 
 
 
Shunday qilib, kishilik jamiyatida suvning o’rnini bosadigan boshqa hech qanaqa resurs yo’qdir. Bu esa 
suvning bebaho ekanligidan darak beradi. 
Kelgusida toza suv tanqisligi sezilsa, insoniyat bir qancha qo’shimcha choralar ko’rishga majbur bo’ladi. 
Bunday choralar qatoriga muzlik suvlaridan foydalanish, dengiz va okean suvlarini chuchuklashtirib foydalanish 
va nihoyat yomg’ir suvlaridan foydalanish kabi vazifalar kiradi. 
 
Mustaqil ish topshiriqlari: 
O’zingiz yashaydigan joydagi suvdan foydalanish muammolarini urganib, daftarga yozing. 
 
Foydalanilgan adabiyopglar: 
1.  P.Baratov. Tabiatni muhofaza qilish, T. «O’qituvchi». 1991. 
2. A.To’xtaev, A.Hamidov. Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish. T. «O’qit.». 130 -133 b. 
3. X.T.Tursunov. Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish. T. 1997. 19-336. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
92
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
MA’RUZA  –  18 
 
Mavzu: Tuproqlarni muhofaza qilish. Uning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati. 
 
Reja: 
 
1.  Tuproqlarni muhofaza qilish. Uning tabiatdagi va inson hayotidagi  roli. 
2. Tuproqning ifolslanishi va uni muhofaza qilish. 
3. Tuproqni sho’rlanishi. 
 
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:  Gumus, eroziya, sho’rlanish, cho’llanish, fotosintez, 
bakteriya, ... 
 
O’qituvchining maqsadi: Talabalarga tuproqning biosfera, jamiyat hayotidagi ahamiyatini 
tushuntirish. Eroziya, sho’rlanish jarayonlarining oldini olish, Tuproqlarni ifloslanishdan saqlash, cho’llanish 
jarayonining oldini olish kabilar haqida tushuncha berish. 
Tuproqlarni muhofaza qilish. Tuproq - tarixiy tarkib topgan murakkab, mustaqil tabiiy jism bo’lib, 
u tabiiy landshaftlarning asosi hisoblanadi. 
Biosferadagi bajaradigan faoliyatiga qarab, tuproqni organik hayot zanjirining eng muhim xalqasi deb 
yuritsa bo’ladi. Biosferada tuproqning eng muhim roli shundaki, barcha organizmlarning qoldiqlari 
tuproqda parchalanadi va yana mineral birikmalarga aylanadi. Tuproq qatlamisiz er yuzida hayotni tasavvur 
ham qilib bo’lmaydi. 
Tuproq ifloslanishini oldini olish va tuproqni muhofaza qilish xozirgi kunda nafaqat Respublikamizda 
balki butun dunyoda eng dolzarb muammolardan biriga aylanib qoldi. Tuproqning ifloslanishini nafaqat inson 
balki butun hayvonot, o’simlik dunyosiga va umuman atrof-muhitga salbiy tasirini tariflash juda qiyin. Tuproq 
ifloslanishi oqibatida o’pka raki allergiya, bronxit, pnevmoniya, tuberkulyoz, kuz kasalliklari, og’ir ichak 
xastaliklari va boshqa bir qator og’ir kasalliklar  kelib chiqadi. Ayniqsa ishlab chiqarish korxonalarining ish 
jarayonida og’ir metall changlari va shuningdek qattiq va suyuq chiqindilar bilan atrof-muhitni ifloslanishi, 
qishloq xo’jaligida tuproqga pestitsidlarni  qo’llash jiddiy zarar etkazadi. Shu  bilan birga qishloq xo’jaligi 
ekinlarini har xil kimyoviy moddalar bilan ishlov berish erga o’z salbiy tasirini o’tkazadi. 
Tuproqlarning tabiat va jamiyatdagi roli. Tuproq organizmlar uchun hayot muhiti, ozuqa manbai 
hisoblanadi. Moddalarning kichik biologik va katta geologik aylanma harakatida muhim rol o’ynaydi. 
Tuproq qattiq, suyuq va gazsimon komponentlardan iborat bo’lib, iqlim, tog’ jinslari, o’simliklar va 
hayvonlar, mikroorganizmlarning o’zaro murakkab tasiri natijasida hosil bo’ladi. 
Dexqonchiliqning yuzaga kelishi bilan tuproqning kishilar hayotidagi ahamiyati keskin oshib borgan. 
Inson o’zi uchun zarur bo’lgan barcha oziq mahsulotlari va ko’plab boshqa vositalarni bevosita yoki bilvosita 
tuproqdan oladi. Er yuzining hozirgi mavjud tuproq qatlami jamiyat taraqqiyoti natijasida kuchli o’zgargan. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə