Microsoft Word Ecologiya Ma'ruza matni 2007 Îõèðãè Latin rtf



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/51
tarix08.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#36588
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   51

 
87
Bizning Respublikamizda hozirgi vaqtda ifloslangan oqova suvlarni suv manbalariga oqizish uchdan 
birga qisqartirildi. Suvni tejab ishlatish borasida nazorat kuchaymoqda. Dalalarga rejali asosda suv 
berilmoqda. Tashkilot va xonadonlarga suv o’lchagich asboblar o’rnatilmoqda. 
Garchand Er yuzida suv eng ko’p tarqalgan modda bo’lsada, ularning 98 foiz zahirasini 
dengizlarning sho’r suvlari tashkil etadi. Umumiy chuchuk suvning atigi 0,1 foizidan foydalanish imkoni 
bor, xolos (qolgan suvlar esa er qo’tblari va baland-baland tog’ cho’qqilarida muzliklar va qor tarzida 
mavjuddir). Suvdan tejamqorlik bilan foydalana olmaslik takomillashmagan texnologiyaga ham bog’liq. 
Masalan, 1 t sintetik tola olishda 500 m
3
 oqova suv hosil bo’ladi. 1 t mahsulot to tayyor bo’lgunicha 
sarflanadigan jami suv 15-20 ming m
3
 ni tashkil etadi. Hozirgi vaqtda sanoatning qator tarmoqlarida yopiq 
suv almashinish sxemasi ishlab chiqilgan va qisman yo’lga qo’yilgan. Bu suvni tozalashning mahalliy 
usulidir. Bunday hollar suv istemoli meyorini ancha pasaytirishi va ayrim hollarda esa, suv havzalariga 
umuman oqova suvini chiqarmaslik imkoniyatini yaratadi. 
Suv ona sayyoramizda eng ko’p tarqalgan noorganik moddadir. Suvsiz erda hayot yo’q.  Suv - 
Erdagi asosiy hayotiy jarayon hisoblanmish fotosintezda yagona kislarod manbaidir. U ob-havo va 
iqlimning shakllanishida katta ahamiyatga ega. 
 
 
 
Erdagi suvning katta qismi dengiz va okeanlarda to’plangan. Erda tarqalgan butun suvning atigi 2 
foizi chuchuk suv ulushiga to’g’ri keladi. Chuchuk suvlarning 85 foizini qutb zonalaridagi muzliklar  va 
boshqa muzlar tashkil etadi. Chuchuk suvlarni qayta tiklanishi tabiatda suv aylanishi tufayli sodir bo’ladi. 
Shuningdek, chuchuk suvlar daryolar, ko’llar, suv havzalari, buloqlar, quduqlar, ko’lmaklar, er osti 
manbalaridan joylashgan. 
Er sharining ko’pgina hududlarida daryolar asosan elektr manbai hisoblanadi. Chuchuk suvlardan 
inson turmushda, qishloq xo’jaligi va sanoat ehtiyojlari uchun foydalanadi. Daryolar aloqa yo’li sifatida 
ham muhim ahamiyatga ega. 
Afsuski insonning hayotiy faoliyati oqibatida tabiiy suvlar ifloslanib, ularning biosferik funktsiyasi 
pasaymoqda. Suvning ifloslanishi bugungi kunda muhim muammo hisoblanadi. 
Suv asosan neft va neft mahsulotlari, simob, qo’rg’oshin va uning bo’linmalari, rux, mis, xrom, 
marganets, shuningdek, radioaktiv elementlar, zaharli ximikatlar va boshqalar bilan ifloslanmoqda. 
Insoniyat o’z ehtiyojlari uchun chuchuk suvlardan juda ko’p foydalanadi. Ammo bugungi kunda 
dunyoning turli nuqtalarida chuchuk suvning etishmasligi hollari ko’zatilmoqda. Hozirgi vaqtda 
sayyoradagi shahar aholisidan 20 foizning va qishloq aholisidan 75 foizning chuchuk suvga bo’lgan 
ehtiyojni qanoatlantirarli emas. 
Chuchuk suvlarning ifloslanishi tufayli ularning zahiralari ham kamaymoqda. Ayniqsa zaharli oqar 
suvlar xavflidir. Ularning ko’p qismi suv havzalariga yana oqova suv tarzida qaytmoqda. 
Xullas, bugungi kunda suvning miqdoriy jihatdan kamayishidan ko’ra uning sifatiy buzilishi ko’proq 
xatarlidir. 
Yirik suv tozalash qurilmalarini qurish, sanoatda suvdan foydalanishning yopiq tsiklini joriy etish 
bilan bir qatorda ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish orqali suvning behuda sarflanishi va 
isrof bo’lishiga yo’l qo’ymaslik lozim. 
Chirchiq va Ohangoron daryo suvlari ham ifloslangan. Bunga sabab shuki, sanoat, maishiy -  
kommunal xo’jalik korxonalari, davolash, sog’lomlashtirish hamda dam olish zonalaridan oqib chiquvchi 
chiqindilarning, turli mineral va organik o’g’itlarning hamda zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashda 
qo’llaniladigan o’ta zaharli ximikatlarning suvga qo’shilishi ham o’z tasirini  ko’rsatmoqda. Bu ekologik 
vaziyatning yomonlashishiga va aholi orasida kasallikning ko’payishiga sabab bo’lmoqda.  Suv - 
boyligimiz, uning ustidan kuchli nazorat o’rnatish, umuman uni ifloslanishdan muhofaza qilsh borasida 
ko’p ishlarni bajarishimiz lozim. Biz ham bu borada o’z fikr-mulohazalarimizni bildirmoqchimiz: 
 Korxonalarda olayotgan suvlari bilan birga ulardan chiqayotgan iflos suv miqdoriga qarab haq 
to’lanishni amalga oshirish; 
 Yirik shaharlarda ikkita suv quvurlari tizimiga o’tib, biridan sifatli ichimlik suv, ikkinchisidan sanoat 
va boshqa ehtiyojlar uchun ishlatiladigan suv berishga o’tish; 
 Vodoprovod jo’mraklarini bekorga ochib qo’ymaslik, ularning texnik holatini muntazam nazorat qilib 
turish kabi qator tadbirlar, suvlarning ifloslanishi hamda ichimlik suvi isrof bo’lishining oldini olishda 
katta yordam beradi. 
Er yuzida xozirgi vaqtda suv etishmasligining asosiy sabablari - mavjud chuchuk suv manbalarining 
materiklar va ayrim mamlakatlar bo’yicha notekis taqsimlanishi va qishloq xo’jaligi sanoat korxonalarida 
suvdan nooqilona foydalanishdir. 


 
88
1 tonna paxta olish uchun 10000 tonnagacha 1 tonna suniy kauchuk olish uchun 3000 tonnagacha, 1 
tonna nikel olish uchun 4000 tonnadan ortiq suv sarflanadi. 
Maishiy extiyojlar uchun ishlatiladigan  suvning  o’rtacha  miqdori  ham  oshib  bormoqda.              
Masalan: Dunyo bo’yicha shaharlarda o’rtacha kundalik suv sarfi aholi jon boshiga 200 litrni tashkil qilsa, 
bu ko’rsatkich  Toshkentda 700. Moskvada 800 litrni tashkil qiladi. 
Suvlarning sanoat va maishiy chiqindilar bilan ifloslanishi ham suv etishmasligining asosiy 
sabablaridan biridir. 
Suvning ifloslanishi deganda - uning tarkibida sifatini kamaytiruvchi begona birikmalarning 
mavjudligi tushuniladi. 
Suvlarni ifloslovchi asosiy manbalarga - sanoat korxonalari va maishiy xo’jalikdan chiqadigan 
oqava suvlar; neftni qayta ishlash korxonalarida ishlatilib chiqadigan suvlar; transportning tashlanma suvlari; 
shaharlardan hamda, kimyoviy vositalar ishlatilgan dalalardan oqib chiqqan suvlar; kasalxonalar va 
chorvachiliq komplekslaridan oqib chiqadigan tozalanmagan suvlar va boshqalar kiradi. 
Neft va neft mahsulotlari, suniy yuvish vositalari, fenollar, pestitsidl Rg rangli metallar, murakkab 
kimyoviy vositalar suvni ifloslovchi asosiy birikmalar hisoblanadi. 
Oqava suvlarga tushadigan mineral, organik, bakterial va biologik ifloslovchi birikmalar ajratiladi: 
Mineral ifloslovchilar – odatda qum, loy, turli mineral tuzlar, kislota va ishqorlar eritmasidan iborat. 
 
Organik ifloslovchilar – o’simlik va hayvonlarning qoldiqlari, inson va hayvonlarning fiziologik 
chiqindilaridan iborat. 
Bakterial va biologik ifloslovchilar – asosan maishiy oqava suvlarda mavjuddir. 
Sayyoramizda suvlarning ifloslanishi natijasida har yili 500 milliondan ortiq kishi turli og’ir 
xastaliklarga chalinadi. 
Suvlarning etishmovchidigi sharoitida ulardan oqilona foydalanish va oqava suvlarni tozalab, qayta 
ishlatishni taminlash muhim ahamiyatga egadir. 
Oqava suvlarni mexanik, kimyoviy va biologik tozalash usullari mavjuddir. 
Mexanik usulda – suvlarni mineral va organik modlalyardan tozalanadi. 
Kimyoviy usulda – oqava suvlarga turli kimyoviy birikmalar qo’shilib, zararli moddalar bilan 
reaktsiyaga kiritilib (chiqindilar cho’kma holiga tushiriladi) tozalanadi. 
Biologik tozalash uslubi – ko’llanilganda organik ifloslovchilar bakteriyalar va mikroorganizmlar 
yordamida mineralizatsiya qilinadi. Biologik tozalash sug’orish maydonlari, biologik xovuzlarda amalga 
oshiriladi. Biologik tozalashdan so’ng suv xlor yordamida dezinfektsiya qilinadi va undagi hamma 
bakteriyalar nobud bo’ladi. 
Er yuzi aholisini sifatli ichimlik suvi bilan taminlashda er osti suvlarining ahamiyati kattadir. Turli 
mamlakatlarda, shu jumladan O’zbekistonda grunt suvlari. artezian suvlari va mineral suvlar katga miqdorda 
ichimlik uchun ishlatiladi. Mineral suvlar chiqgan joylarda maxsus shifoxonalar quriladi. Hozirgi kunda er 
osti suvlarining tartibsiz ishlatilishi, turli manbalar tasirida ifloslanishi oshib bormoqda. 
Ichimlik suvlarning bebaho manbai er osti suvlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni 
taminlash eng muhim ekologak muammolardan biridir. 
Suvlardagi 1300 dan ortiq zararli birikmalarning REM lari va korxonalar uchun oqavalarni 
tashlashning yo’l quyilgan chegaralari belgilangan. Korxonalar suvlarning belgilangan limitdan ortiqcha 
ishlatgani va oqavalarni tashlashni meyordan oshirganligi uchun jarima va boshqa to’lovlar to’laydi. 
Dengiz va okeanlar ekologik muammosi. Dunyo dengizlari – biosferani meyorlashtiruvchi eng 
muhim manbalardan biridir. Shuningdek, ularda juda katta biologik va mineral boyliklar zahiralari 
mavjuddir. Dunyo dengizi er shari sirtining 363 mln km
2
, yani 71 foizini tashkil etadi. Dengiz va 
daryolardagi suvning umumiy hajmi 1362200 ming km
3
. Dengizning atmosfera bilan o’zaro tasiri 
Erdagi ob-havo sharoiti va iqlimning shakllanishiga katta tasir ko’rsatadi. 
Dengiz suvi turli mineral moddalarga boy chuchuk suv olish manbai sifatida xizmat qiladi. 
Dunyo dengizi - juda katta miqdordagi osh tuzi zahirasi; unda 180 mingga yaqin organizm turlari – 
kichik bakteriyadan tortib, yirik kitlargacha panoh topgan. Dengizda yashovchilarning biomassasi 
tadqiqotchilarning malumotiga ko’ra 60 milliard t (quruqlikda yashovchilarning umumiy biomassasi 
taxminan 10 milliard t). Bugungi kunda inson oziq-ovqatidagi oqsillarning 10 foiziga yaqini 
dengizlardan olinadi. Ko’pgina mamlakat aholisi uchun dengiz mahsulotlari asosiy taom hisoblanadi. 
Insoniyatning bu "go’sha"si jahon "axlatxona"siga aylanib bormoqda. Chunki ularga inson 
faoliyati oqibatida to’planadigan chiqindilar tashlanmoqda. Kimyoviy sintez sanoati paydo bo’lgunga 
qadar bu "tabiiy axlatxona"ga nima tashlansa, ularning barchasi biologik tsiklga qo’shilib, tarqab 
ketardi. Biroq inson turli suniy moddalar ishlab chiqqanidan boshlab, dengiz tabiiy muhitining 
buzilishi jarayoni, ifloslanishi va zaharlanishi tobora ortib bormoqda.  


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə