Microsoft Word Ecologiya Ma'ruza matni 2007 Îõèðãè Latin rtf



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/51
tarix08.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#36588
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   51

 
89
Dunyodagi dengizlarning ifloslanishi ko’plab mamlakatlarning neft mahsulotlarini dengiz orqali 
tashishni keng yo’lga qo’yishi bilan bog’liqdir. Suvning neft va uning hosila-mahsulotlari bilan 
ifloslanishi, hayvonot va o’simliklar olami uchun juda xatarlidir. Neft, mazut bilan qoplangan 
Atlantika, O’rta Er dengizi, Fors ko’rfazi va boshqa dengizlarda o’n va hatto yuz minglab qushlar 
halok bo’ladi. To’g’ri, odamlar ularga yordam berishga keladilar, yuzlab qushlarni qutqarishga 
muvofiq bo’linadi, ammo minglab jonzotlar qirilib ketadi. 
Ilgari vaqtlarda iflos suvlar dengiega qo’yilsa, u dengiz muhitida erib tozalanadi, degan 
tushuncha mavjud edi. Haqiqatan, dengiz iflos suvlarni tozalash qobiliyatiga ega. 
Bu jarayonda dengiz organizmlari, masalan, mollyuskalarning har xil turlari katta rol o’ynaydi. 
Ammo dengizning o’z-o’zini tozalash qobiliyati ham cheksiz emas. 
Dengizni ifloslantirayotgan asosiy manba nimalardan iborat? Birinchidan, dengiega daryo 
suvlari orqali sanoat va qishloq xo’jaligi chiqindilari tashlanadi va shahar oqova suvlari quyiladi. Bu 
taxminan ifloslantiruvchilarning 40 % ni tashkil etadi. 30% ifloslantiruvchilar dengiz transport 
vositalari ulushiga to’g’ri keladi. Bunda dizel yoqilg’isi chiqindilari, kemalarni yuvish, tozalash, 
ballistik quyilmalarni to’kish va boshqalarni eslab o’tish kifoyadir. Ayniqsa, neft va neft mahsulotlari 
yuklangan tankerlarning haloqati, dengiz tubiga o’rnatilgan neft quvurlari, dengizdan neft qazib olish 
katta zarar keltiradi. 
 
Hozirgi vaqtda Orol, Boltiq, qora, Yapon, Oq va boshqa dengizlarda juda murakkab ekologik 
holat yuzaga kelgan. Hozirgi vaqtda dengizlardagi ekologik holatlarni yaxshilashning bir necha 
yo’llari malum: dengiz qirg’oqlarida chiqindisiz ishlab chiqarishni tashkil etish, zaruriy miqdorda 
tozalash inshootlarini qurish, antropogen tasirlarni kamaytirish va boshqalar. 
Dunyo dengizlarining qirg’oqlariga yaqin joylashgan sanoat ishlab chiqarishi chiqindilari va 
unga quyiladigan daryolar suvi bilan ifloslanishi ahvolni yanada qiyinlashtiradi. Bazi taraqqiy etgan 
mamlakatlar dunyo dengizlarining tubiga atom ishlab chiqarishidan hosil bo’lgan faolligi yuqori 
chiqindilarni ko’madilar (AQSh, Angliya, Germaniya). Holbuki, dengiz tubidagi chuqurliklar ham 
seysmik jihatdan ishonchli emas, u joylarda konteynerlarning chirish-buzilishi ham ehtimoldan xoli 
emas. 
Nitstsedagi Biologik markaz malumotlariga ko’ra, Atlantika dengizidan tutilgan baliqlardagiga 
qaraganda O’rta Er dengizi baliqlarida simob miqdori uch marta ko’p ekan. Jahon Sog’liqni Saqlash 
Tashkiloti malumoti bo’yicha O’rta Er dengiziga har yili 12 mln tonna organik chiqindilar tashlanadi, 
u oqar suvlar orqali har yili 1 million t rux, 2,5 ming t turli radioaktiv moddalar bilan ifloslanadi. 
Shuning uchun bu dengizning qator qirg’oqlarida cho’milish man etilgan va u erdagi xududlardan 
tutilgan baliqlar istemol uchun yaroqsizdir. 
Toqio, Jakarti ko’rfazlari, Yavan dengizlarining taqdirlari ham achinarli holatdadir. U erlarda 
o’simlik va hayvonot olamidan asar ham qolmagan. 
Dunyo miqyosida daryo, ko’llar va suv havzalarining ifloslanishiga ko’plab misollar keltirish 
mumkin. Dunyo okeanlarining ifloslanishi so’nggi yillarda jaxon ahamiyatiga ega bo’lgan ekologik 
muammoga aylandi. 
Dengiz va okeanlar asosan neft va neft mahsulotlari, sanoat va maishiy oqavalar, og’ir metallar, 
radioaktiv birikmalar va boshqalar bilan ifloslanadi. O’rta er dengizi - er yuzidagi eng ifloslangan dengiz 
hisoblanadi. 
Okean yuzasining neft bilan qoplanishi «okean - atmosfera» tizimida o’zaro aloqadorlikning 
buzilishiga va er yuzida kislorodning asosiy manbalaridan biri bo’lgan yashil o’simliklar - fitoplanktonning 
nobud bo’lishiga olib keladi. Bu o’z navbatida okeandagi biologik mahsuldorlikning kamayishiga sabab 
bo’ladi. 
Dunyo okeanlarining ifloslanishi nafaqat global ekologik, balki sotsial oqibatlarga ham olib kelishi 
muqarrardir. 
O’rta Osiyo berk havza (Dunyo okeani bilan bog’lanmagan) bo’lib, er yuzida suv etishmaydigan 
qurg’oqchil mintaqalardan hisoblanadi. O’rta Osiyoning tekislik qismida burlanish yillik yogan miqdoridan 
katta va suv oltinga teng baxolanadi. 
O’rta Osiyoning er usti va er osti suv resurslari cheklangan va oqilona foydalanishn talab qiladi. Ikki 
asosiy daryo - Sirdaryo va Amudaryoning suvlari deyarli to’liq o’zlashtirilgan. Er osti suvlari ham tobora 
ko’proq ishlatilmoqda. Hozirda er osti suvlari imkoniyatining 52 % ishlatilmoqda. 
O’zbekiston Respublikasi yirik sug’oriladigan dexqonchilik rayonlaridan biri hisoblanadi. 
Qadimdan bu katta xududda ko’l mexnat va mo’l suv talab qilinadigan ekinlar - paxta va sholi etishtirilib 
kelingan. 


 
90
O’zbekistan erlari asosan Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Qashkadaryo, Surxondaryo, Chirchik va 
Oxangaron daryolari suvlari bilan sutoriladi. Daryolar suv oqimini tartibga solish uchun respublikada 53 ta 
suv ombori kurilgan. Mavjud ishlatiladigan suvlarning 85 % qishloq xo’jaligiga, 12 % sanoatga va 3 % 
maishiy-kommunal xo’jalikga to’g’ri keladi. 
Suvlarning ifloslanishi ham dolzarb ekologik muammolardan biri hisoblanadi. O’zbekistonning 
asosiy daryolari Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmaniston xududlaridan ifloslanib keladi. 
Daryolar suvi - chorvachiliq kompleksi, kommunal - maishiy oqavalar, sanoat oqavalari va katta 
hajmda kollektor - drenaj suvlari bilan ifloslanadi. Suvlarga pestitsidlar va zaharli kimyoviy birikmalarning 
ko’plab tushishi natijasida respublikaning ayrim xududlarida ichimlik suv muammosi keskinlashib ketdi. 
Ayniqsa, Qorakalpogaston Respublikasi va Xorazm, viloyatida ichimlik suv sifatining yomonligi 
kasalliklarning ortishi, o’limning ko’payishiga olib keldi. Oxirgi yillarda er osti suvlari sifatining yomonlashuvi 
ko’zatilmoqda. Farg’ona - Marg’ilon sanoat rayonida neft mahsuloti va fenollar bilan er osti suvining 
ifloslanishi REM (ruxsat etilgan miqdor)dan yuz barobargacha ortiqligi qayd qilingan. Toshkent viloyatida ham 
er osti suvlarining mahalliy o’ta yuqori ifloslanishi kuzatiladi. 
Respublikamizda suvlardan oqilona foydalanish maqsadida ilg’or chet el tajribalari joriy qilinmoqda. 
Tomchilab sug’orish, suvlardan takror foydalanish oqavalarni tozalash to’lar jumlasidandir. Suv havzalariga 
tushadigan sanoat oqavalari keyingi 5 yil ichida 2 yarim marta kamaygan. Suvlarni meyoridan ortiq ifloslagani 
uchun jarima va to’lovlar belgilangan.  
 
Suvni ezozlasak, toza to’tsak, kelguvsi avlodlarga tabiatimiz go’zalliklarini kam-ko’stsiz etkazishga 
xizmat qilsak, o’z hayotimizning ham go’zal, obod va forovon bo’lishiga ko’maklashgan bo’lamiz. 
O’zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish maxsus qonun asosida amalga oshiriladi. «Suv 
haqidagi va suvlan foydalanish» to’g’risidagi qonun 1993 yil 6 mayla 
Orol dengizi muammosi. Qadimdan xalqimiz orasida "Bir narsani yo’qotmay turib, ikkinchi narsaga 
erishib bo’lmaydi", degan hikmatli so’z yuradi. Sobiq tuzum davrida, ekinekiladigan maydonlarni kengaytirish 
maqsadida, cho’llarni o’zlashtirishga tushdilar. Holbuki, o’zlashtirilgan cho’l tuproqlarining oddiy lalmiqor 
tuproqlarga nisbatan suvga bo’lgan ehtiyoji bir necha barobar katta. Bu muammo ham hamirdan qil 
sug’urgandek osongina hal etildi, yani Amudaryo va Sirdaryoning Orolga boradigan yo’nalishini 
o’zlashtirilayotgan cho’l zonasiga burdilar. Suvdan ayovsiz, vahshiylarcha foydalanish natijasida Orol dengiziga 
qo’yiladigan suvning miqdori kamaydi. Ha, bazilar o’ylagan maqsadiga erishdi, yani mahsuldorlikni oshirish 
uchun erlar kengaytirildi. Ammo bizga undan ikki barobar qimmatga tushgani - Orol dengizining batamom 
qurib qolish xavfi tug’ildi. 
2000 yil Prezidentimiz I.A.Karimov Birlashgan Millatlar Tashkilotida bo’lib o’tgan ming yillik sammiti 
55-sessiyasida Orol muammosini yana ilgari surdi va bunda Orolning muammoga aylangani etirof etildi.  
Aslida Orol dengizi muammosi uzoq o’tmishga borib taqaldi. Lekin bu muammo so’nggi o’n yilliklarda 
xavfli darajada ortdi. Markaziy Osiyoning butun hududi bo’ylab sug’orish tizimlarini jadal suratda qurish 
ko’plab aholi punktlariga va sanoat korxonalariga suv berish barobarida keng ko’lamdagi fojia - Orol halok 
bo’lishini anglandi. 
1991-1962 yillarda Orol dengizining sathi eng yuqori nuqtada bo’lib, 53,4 metrni, suvning hajmi 1064 
kub kilometrni, suvning yuzasi 66 ming kvadrat kilometrni va minerallashuv darajasi bir metr suvda 10-11 
grammni tashkil etgan edi. 
Dengiz transporti, baliq xo’jaligi, iqlim sharoiti jihatidan katta ahamiyatga ega bo’lgan. Unga Sirdaryo va 
Amudaryodan har yili deyarli 56 kub kilometr suv kelib quyilar edi. 
1994 yilga kelib, Orol dengizidagi suvning sathi-32,5 metrga, suv hajmi-400 kubkilometrdan kamroqqa, 
suv yuzasining maydoni esa 32,5 ming kvadrat kilometrga tushib qoldi, suvning minerallashuvi ikki barobar 
ortdi. 
1997 yil fevralda Markaziy Osiyodagi besh davlat boshliqlarning BMT, Jahon banki va boshqa xalqaro 
tashkilotlar vakillari ishtirokida Almatida bo’lib o’tgan uchrashuvida Orol muammosini hal etish bo’yicha 
tashkiliy tuzilmalarini takomillashtirish to’g’risida qaror qabul qilindi - Orolni qo’tqarish xalqaro fondining  
ancha ishchan tarkibi va uning negizida harakatchan Ijroya qumitasi tuzildi. 
Ekologik kulfatlar chegara bilmasligini anzarda tutgan holda jahon jamoatchiligi etiborini mintaqaning 
ekologik muammolariga qaratish lozim. 
Orol muammosini hal etish bo’yicha juda ko’p fikr mo’lohazalar aytiladi, tadbirlar belgilanadi. Biroq 
samarali natijalar bo’lmadi. Xullas, avval bizga juda foyda bergan dengiz, endi bizdan madad ko’tmoqda. 
Orol va Orolbuyidagi ekologik axvolning keskinlashuvi jahon jamoatchiligini tashvishga solmoqda, 
Yaqin o’tmishda dunyodagi eng yirik ko’llardan hisoblangan Orol dengizi teelik bilai qurib bormoqda. Oxirgi 
30 yil ichida dengiz sathi 16 metrga pasaygan va suv hajmi 1062 ming km
3
.dan 268 km
3
 ga tushib kolxan. Orol 
dengizining ko’rishiga asosiy sabab Amudaryo va Sirdaryo suvlarining keskin kamayib ketishidir. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə