Microsoft Word Ecologiya Ma'ruza matni 2007 Îõèðãè Latin rtf



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/51
tarix08.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#36588
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51

 
96
Xozircha atmosfera havosini  avtomashinalar chiqindisi bo’lgan qo’rg’oshindan tozalashning yo’li 
topilganicha yo’q, lekin yaqin kelajakda simob qo’shilmagan benzin ishlatishning istiqbolli yo’llari 
izlanmoqda.     
Tuproqni chirindi bilan boyitish, muhitini yaxshilash, almashlab ekishni joriy qilish, tuproqni yashil 
qoplamini saqlash ko’kat o’g’itlardan keng foydalanish, umuman tuproqning fizik va kimyoviy xossalarini 
yaxshilash tuproq va atrof-muhitni ifloslanishidan saqlovchi omillardir. 
Radioaktiv chiqindilari bilan tuproqning ifloslanishi.  Er yuzasida radioaktiv ifloslanish ifloslanish 
uning hamma qismida  bir xil emas. Bunga havo tsirkulyatsiyasi, o’simliklar qoplami va bir joyda yadro 
qurollining ko’plab portlatilishi sababchidir. Er shari mintaqalari ichida ekvatorial mintaqada radioaktiv 
ifloslanish kamroq. Chunki bu joylarda havo oqimining yuqori ko’tarilishi natijasida troposferadagi radioaktiv 
moddalar ekvatorial mintaqa territoriyasiga kamroq tushadi. O’rtacha kengliklarda havo yog’inlar bilan 
yuvilib, radioaktiv moddalar er yuzasiga ko’proq tushadi. Shunday qilib, Er sharida radioaktiv ifloslanish 
havodan o’rtacha kengliklarga ko’proq, ekvator, shimoliy va janubiy qutb doiralari  ichiga kamroq tushadi. 
Bunga asosiy sabab shimoliy yarimsharda yadro  qurollarining sinalishidir. 
Er sharida radioaktiv  moddalarning ko’p qismi okean va dengiz suvlarida to’planib qolgan. Bunga 
asosiy sabab havodan tushgan va daryo suvlaridan kelgan radioaktiv moddalarning yig’ilib qolishidir. 
Natijada, xozir okeanlar suvida radioaktiv moddalarning miqdori tabiiy darajasidan 10 % oshib ketgan. 
Radioaktiv moddalar ayniqsa okean suvlarining organik dunyosiga  boy bo’lgan eng ustki, 200-300 m 
chuqurlikacha  bo’lgan qavatida  ko’p to’plangan.  
Tuproqning radioaktiv ifloslanishida atom elektrostantsiyalarining shikastlanishi, ulardan chiqayotgan 
chiqindilar, suvlar ham sababchidir. Chunki xozir dunyo bo’yicha atom elektrostantsiyalari juda ko’p bo’lib, 
har yili to’lardan o’rtacha 40-45 tasida faloqat yuz berib turadi, bundan 30-37 tasi AQSh zimmasiga to’g’ri 
keladi. Shu sababli materiklar ichida Shimoliy Amerika materigi radioaktiv moddalar bilan ko’proq  
ifloslangan. 
Er yuzasida radioaktiv izotoplarning to’planishi ko’proq ozuqa moddalari kam  bo’lgan landshaft 
zonalarida sodir bo’ladi. Shu sababli ozuqa moddalari kam bo’lgan Tundradagi mox, lishaynikda va alp 
o’tloqlarda radioaktiv izotoplar to’planib qolib (akkumlyatsiyalanib), undan hayvonlarga o’tadi. 
Atmosfera va tuproqning radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi biosferadagi hayot uchun  jiddiy xavf 
vujudga keltirmoqda. Chunki o’z xususiyatini  uzoq vaqt o’zgartmaydigan radioaktiv moddalar tirik organizm 
to’qimalarida to’planib, ularga salbiy tasir etmoqda. Radioaktiv moddalar inson  organizmiga salbiy tasir 
ko’rsatadi. Inson organizmiga radioaktiv moddalar havodan, suvdan, ozuqa moddalardan o’tib, ular 
organizmda neytrallashmasdan to’plana boradi. Natijada inson organizmi zaiflashib, rak, leykomiya (qon 
buzilish) kabi kassaliklar kelib chiqadi.      
Qazib olinayotgan fosforitlarda ham tabiiy radionuklidlar bo’lishi kuzatiladi. Unga katta bo’lmagan 
miqdorda U-238, Th-232, Ra-226 va K-40. 
Bu rudalarni qayta ishlanishidan, dalalarga fosforit solinishini va o’simlikka o’tishini nazarda tutganda 
fosforitlar ham atrof muhitni ifloslantiruvchi potentsial manbalardan hisoblanadi. 
Tuproqni radiatsiyadan nazorat qilish va uning muhofaza. Geografik muhitni va tuproqni 
radioaktiv chiqindilardan saqlash bugungi kunning eng muhim muammosiga aylanib qolmoqda. Chunki 
keyingi yillarda atom energiyasidan tinch maqsadda ko’proq foydalanib, juda ko’p atom elektr stantsiyalari, 
atom energiyasi bilan ishlovchi atom muzyorar kemalar qurilmoqda. Ayniqsa, atom elektrostantsiyalarining 
salmog’i ortib bormoqda. Agar 1970 yili AESlari quvvati 22 mln. kVt bo’lsa, 1977 yili 83 mln. kVt ga etdi. 
Bu butun dunyoda ishlab chiqariladigan energiyaning 50% ga yaqinini tashkil etadi. Bu bir tomondan arzon, 
qulay elektr energiyasi bo’lib, atmosferaga chang, tutun, zaharli gazlarning chiqishiga chek qo’ysa, ikkinchi 
tomondan, radioaktiv chiqindilarni, xususan radioaktiv shlaklarning miqdorini oshib borishiga sabab bo’ladi, 
binobarin, uni saqlash muammosi vujudga keladi. Chunki chiqindilari uzoq vaqt o’z xusuiyatini saqlab turadi. 
Shu sababli radioaktiv chiqindilarni qanday va qaerda saqlab, geografik muhitga, asosan tuproqqa zarar 
etkazmaslik butun dunyo bo’yicha muammoga aylanib qolmoqda. 
Yaqin vaqtgacha radioaktiv chiqindilarni okeanning 7 km dan chuqur qismiga konteynerlarga solib 
cho’ktirilar, buning uchun  Tinch okeaning Tonga cho’kmasi  tanlab olingan edi.  Faqat 1967 yili  5 davlat 11 
ming dona konteynerni okeanga cho’ktirgan. Lekin so’ngi vaqtlarda olib borilgan gidrologik tekshirishlar 
shuni  ko’rsatdiki, okeanlarning eng chuqur qismida ham suvning vertikal va gorizontal harakati mavjud. 
Shuning uchun  radioaktiv chiqindilarni  okeanning chuqur qismiga tashlash xavflidir. Chunki vaqt o’tishi 
bilan harakatdagi suv radioaktiv chiqindi solingan konteynerlarni emirib, okeanning boshqa qismlariga, 
qolaversa biosferaga tarqatib yuborishi mumkin. 
Malumki, xozircha  AES chiqindilarini beton konteynerlarga yoki temir bochkalarga solib, maxsus 
omborlarda radioaktiv xususiyati yo’qogunga qadar saqlanmoqda. Bu usul birinchidan, xavfli bo’lib, 


 
97
materiallar evolyutsiyasi nazariyasiga ko’ra vaqt o’tishi  bilan beton konteynerlari yorilib, atrofni ifloslaydi, 
ikkinchidan, juda katta  hududga ega bo’lgan er osti omborlari quriladi. 
Shu sababli frantsuz olimi  Jon-Per-Kopron AES chiqindilarini saqlashning yagona xavfsiz yo’li bu 
ulardan qayta (ikkalamchi) foydalanishga o’tishdir deb xisoblanmoqda. Bunda AES reaktorlaridan chiqqan 
chiqindining radioaktivlik xususiyati qisman kamayishi uchun o’sha joyda izolyatsiyalangan holda bir yil 
saqlanadi. So’ngra uni qayta ishlaydigan zavod omboriga olib borib yana ikki yil ushlab turilgandan so’ng 
mexanik yoki kimyoviy yo’l bilan izolyatsiya qobig’idan ajratib, azot kislotasi bilan eritiladi. Eritilgan  azot 
kislotali uran va pluton tuzi maxsus ishlovdan o’tkazilib, qattiq moddaga aylantiradi, so’ngra qayta 
foydalaniladi. 
AQShda radioaktiv chiqindilar grunt suvi kam  bo’lgan joylarda shaxtalar qazib, unga radioaktiv  
chiqindilar solingan konteynerlar joylashtirilib, bekitib quyiladi. 
Sobik Ittfoqda radioaktiv chiqindilar  grunt suvlari yo’q bo’lgan eski tuz shtolniylarida maxsus 
konteynerlarga solib saqlanadi. So’ngi vaqitlarda slanetsli tog’ jinslaridagi yoriqlarga kuchli bosim tasirida 
radioaktiv chiqindilarni tsementga aralashtirib xaydab joylashtirib, berkitib quyilmoqda. Bu xavfsiz bo’lib, 
atrof muhitni radioaktiv ifloslanishdan saqlaydi. 
Tuproqning sho’rlanish va uning turlari. O’zbekisionda va O’rta Osiyoning boshqa respublikalarida 
turli darajada sho’rlangan va sho’rxok erlar uchraydi. Farg’ona vodisi, Sirdaryo, Amudaryo, Zarafshon va 
boshqa daryolar vodisida  hamda Mirzacho’lda xozirgacha o’zlashtirilmagan sho’rxoklar ko’pgina maydonni 
egalaydi.      (1, 143 b.) 
Sho’rlangan tuproqlarning tarkibida oziq birikmalaridan boshqa suvda oson eriydigan har xil zararli 
tuzlar bo’ladi. Tuzlarning miqdori tuproqda 3 foizdan ko’p bo’lsa, unga sho’rxok deyiladi. Bu tuproqlarda  
ko’pchilik o’simliklarning o’sishi uchun qulay sharoit bo’lmaydi. 
 
Quruq iqlimli rayonlarda uchraydigan sho’r tuproqlar turli yo’llar bilan paydo bo’lgan. Tuproqda 
dastlab tuzlarning paydo bo’lishiga tog’ jinsi tarkibidagi suvda eriydigan tuzlar sabab bo’lgan. Tuproqning 
sho’rlanishga  shamol orqali dengiz yoki ko’l soxilidagi tuzli to’zonlarning uchirilib kelishi ham sabab 
bo’lishi mumkin. 
Tuproqda suvda eriydigan tuzlarning to’planishiga quruq iqlimli dasht va cho’llarda o’sayotgan 
sho’rsevar o’simliklar ham sabab bo’ladi. Ular tuproqning pastki chuqur qavatidagi tuzlarni ildizlari orqali 
tanasiga singdirib oladi. Bu xil o’simliklarning qoldiqlari chirishi natijasida yil sayin tuproqda tuzlar miqdori 
ortib bormoqda. Sho’rsevar o’simliklar qoldigi hisobiga bir yil mobaynida bir gektar erda  500 kg miqdorida 
tuz yig’ilishi mumkin.  
Bulardan tashqari tuproqning sho’rlanishga sizot suvlari ham sabab bo’ladi. Tarkibida har xil tuzlar 
bo’lgan sho’r sizot suvlari yuza bo’lganda tuproq qatlami orqali to’xtovsiz yuqoriga ko’tarilib, er betigacha 
chiqib, buglanib turadi. Natijada tuproqning hamma qatlamida, ayniqsa bug’lanish kuchli  borayotgan ustki 
qatlamida tuzlar to’plana boshlaydi. Bunday sho’rlanish xususan quruq va sershamol  iqlimli rayonlarda tez 
boradi. Sizot suvi qancha yuza va sho’r bo’lsa, sho’rlanish shuncha tez va kuchliroq  bo’ladi. 
Tuproq mexanik tarkibining og’irlanishi, strukturasizlanishi va qatlamning zichlanishi natijasida  sho’r 
suvlar 1,5-2,5 m, bazan  3 metrdan chuqur  bo’lganda ham ustki qatlamga  ko’tarilishi va tuproqning 
sho’rlanish mumkin. 
Tuproqning sho’rlanish yangi o’zlashtirilgan erdagi tuproqlarni sug’orish natijasida vujudga kelishi 
mumkin. Odatda bu xildagi sho’rlanish, sug’orishning birinchi yilida emas, balki keyingi yillarida  paydo 
bo’la boshlaydi. (1, 44 b.) 
Tuproqda sho’rlanish protsessining rivojlanishi natijasida, qatlam yuzasida ko’zga ko’rinarli darajada 
tuzlar yig’ila boshlaydi. Sho’rlanayotgan tuproq yuzasida garchi tuzlar ko’rinmasa ham, sho’ra va sho’r ajriq 
singari o’simliklarning o’sa boshlashi sho’rlanish protsessi borayotganing belgisi bo’la oladi. 
Sho’rlangan tuproqlar tarkibida suvda eriydigan tuzlardan osh tuzi, glauber tuz, kir soda, nordon (choy) 
soda, taxir tuz, magniy xlorid, magniy karbonat, magniy bikarbonat, kaltsiy xlorid, oxak va gips bo’ladi. 
Bu tuzlarning ko’pchiligi o’simliklar ayniqsa bir yillik ekinlar uchun zaharlidair. Tekshirish va 
kuzatishlarning ko’rsatishicha, tuproqda tuzlarning  miqdori 0,3 foizga etishi bilan o’simliklar zararlana 
boshlaydi va sho’r tuproq vujudga keladi.  
Sho’rlangan tuproqlar, tarkibidagi tuzlarning miqdoriga ko’ra oz sho’rlangan (tuz 0,3-1 foiz), o’rtacha 
sho’rlangan (tuz 1-2 foiz), kuchli sho’rlangan (tuz 2-3 foiz) va sho’rxoklarga (tuz 3 foizdan ko’p) bo’linadi. 
Dexqonlar sho’rxoklarni tashqi kurinishlariga ko’ra, qatqaloq sho’r, mayin sho’r va qora sho’rlarga  
ajratadilar. Qora sho’rxok tarkibida soda bo’lganligidan unda chirinda juda tez yuvilib ketib, unumdorlik 
manbai yomonlashadi. 
Quruq iqlimli oblastlardagi sug’oriladigan rayonlar tuprog’ida dastlabki tabiiy sho’rlanish bilan bir 
qatorda qaytadan sho’rlanish xodisalari ham uchraydi. Tuproqning qaytadan sho’rlanish asosan sug’orishga 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə