Microsoft Word Ecologiya Ma'ruza matni 2007 Îõèðãè Latin rtf



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/51
tarix08.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#36588
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51

 
98
bog’liq. Yangidan sug’orila boshlagan erlardagi kanallar. Ariqlar va egatlardan quyi qatlamga shimilayotgan 
suvlar sizot suvlari sathining ko’tarilishiga sabab bo’ladi.  (1,  45 b.)        
Tuproqning sho’rlanish va botqoqlanishidan muhofaza qilish. Tuproq sho’rlanish va botqoqlanishi 
qishloq xo’jaligida., Ayniqsa eng qimmatli texnika ekinlarni ekiladigan respublikalarda, shu jumladan 
O’zbekisionda ko’pgina zarar keltiradi. Sho’rxok va botqoqlangan erlarga eqilgan urug’ va chigitlar tekis unib 
chiqmaydi, chiqqanlari ham rivojlanmaydi yoki tamomila qurib qoladi. Bundan tashqari, agrotadbirlarga sarf 
etilgan mexnat va chiqimlar bekor ketadi. Xozirgi paytda mamlakatimizda, ayniqsa sug’oriladigan rayonlarda 
sho’rlanish va botqoqlanishga qarshi kurash olib borish hamda u erlarni  yaxshilashga katta ahamiyat 
berilmoqda. (1, 43 b.) 
Erni sho’r bosmasligi uchun sizot suvining sathini pasaytirish va uning ko’tarilishiga yo’l quymaslik 
kerak. Buning uchun asosan  almashlab ekishni to’g’ri joriy qilish, sug’orish, erni ishlash, ekinni parvarish 
qilish singari tadbirlarni ilg’or agronomiya fani ko’rsatgan qoidalarga mvofiq amalga oshirish zarur. 
Sug’orish suvini tejab to’g’ri sarf etish sho’rlanishning oldini olish choralaridan biri hisoblanadi. 
Bundan tashqari, o’simlikning talabi  va erning sharoitlariga rioya qilib suvni tejab sarflanganda  ekindan mo’l 
hosil olish ham tamin etiladi.  
Ekinni bilib sug’orilmaslik, tuproq sharoitlariga etibor qilmaslik va dalalarni kechasi sug’orish ishlarini 
to’g’ri tashkil eta bilmaslik orqasida suv ko’pisrof bo’ladi. Bu esa sizot suvlarining ko’payishiga, er yuzasiga 
tomon ko’tarilishiga va buning natijasida tuproqning sho’rlanishga sabab bo’ladi.  
Sizot suvi sathining pasaytirish uchun dala atrofiga zovurlar qazish va ularni tozalab turish, daladagi 
ortiqcha ariqlarni ko’mish, brigadalarda navbat bilan sug’orishning to’g’ri uyushtirish, oqova suvlarni 
zovurlarga tushirmaslik, shuningdek suvni ekinsiz va qurik erlarga oqizib quymaslik, sug’orish suvini 
belgilangan sug’orish sxemasi va normasiga muvofiq sarf etish, sug’oriladigan dalalarni o’z vaqtda  yaxshilab 
sifatli qilib ishlash va shu singari boshqa tadbirlarni bajarish kerak. 
Tuproqning sho’rlanishga dala atrofidagi katta ariq va kanallardagi suvning to’xtovsiz erga shimirilib 
turishi  ham sabab bo’ladi. Chunki kanal va ariqlardan shimilgan suv shu atrofdagi dalalarda  sizot suvining 
ko’payishiga va er yuzasiga  ko’tarilib ketishiga  olib boradi.  
Kanal suvining shimilishini mumkin qadar kamaytirish choralarini ko’rish zarur.  Buning uchun kanal 
va ariqlarning kattaligini mo’ljaldagi suv hajmiga moslab, tag’ini sug’oriladigan dala sathidan past 
bo’lmaydigan  va suv ravon oqadigan qilib qazish, ularni o’z vaqtda tozalab va begona o’tlarni yo’qotib 
turish, kanal atrofiga bir necha qator qilib daraxt o’tqazish. Ariqlar atrofidagi suv to’planib qoladigan pastlik 
va chuqur joylarni ko’mish, o’q ariqlarni ham suv ravon oqadigan qilib olish kabi agrotexnika va gidrotexnika 
choralarini bajarish kerak.(1, 46 b.) 
Sho’r bosgan erlarda ekishdan oldin va keyin qo’llaniladigan ishlar o’simlikning yaxshi o’sishini 
taminlashgina emas, balki shu bilan birga sizot suvining ko’tarilmasligiga ham qaratilgan bo’lishi kerak. 
Kuzgi shudgor tuproq xossalarining yaxshilanishiga, ayniqsa qor va yomg’ir suvlarining ko’proq to’planishiga 
hamda tuproqning ustki qavatidagi sho’rning yuvilib ketishiga imkon beradi. Ko’klam paytidagi erni ekishga 
tayyorlash va ekish ishlari shuningdek yoz vaqtdagi sug’orish, chopiq va kultivatsiya ishlari ilg’or agrotexnika 
yutuqlariga asoslangan bo’lishi tuproq sho’rlanishning oldini olish tadbirlaridan hisoblanadi. 
Beda ekish sho’rlanishning oldini olish  va sho’r bosgan erlar sho’rini yo’qotishga  katta ahamiyatga 
ega. Beda ildizi tuproqning  strukturali holatiga aylantiradi.  Va bir necha santimetrdagi ustki qavatni 
yumshatadi. Beda ildizi tuproqning chuqur  qatlamlariga tarqaladi. Va pastki qavatidagi sizot suvini nasos 
singari toritb olib, yaproqlari orqali bug’latadi. Beda eqilgan joyning tuproqlari strukturali bo’lganidan 
tuproqdan suv ortiqcha bug’lanmaydi, va nam uzoq vaqt saqlanadi. Shuning uchun ham sho’r sizot  suvi er 
betiga ko’tarilmaydi. Bundan tashqari, beda har yili 3-4 marta o’rib olinadi; natijada u bilan  birga ko’pgina  
tuz tuproqdan tamomila ketadi. 
Dala atrofiga o’tkazilgan ixota daraxtlar tuproq sho’rlanishning oldini olishda va sho’r bosgan erlarni 
yaxshilashda juda katta ahamiyatga ega.  YOzda havo issiq va quruq bo’lishi, kuchli shamollar esib turishi 
natijasida tuproqlarning, ayniqsa strukturasiz tuproqlarning ustki qavatidagi namlik tezda bug’lanib, 
sug’orilgan dala qurg’ob qoladi. Bu esa tuproqning ustki qatlamida tuzlarning to’planishiga  sabab bo’ladi. (1, 
47 b.) 
 Ixota daraxtzorlar barpo qilinganda  iqlimning bu xildagi noqulay sharoitni o’zgaradi. Tuproq va 
o’simliklarni qaxratuvchi shamolning zararli tasiri ozayadi, havoda namlik ko’payadi. Natijada tuproqdan va 
ekinlardan suvning bug’lanib ketishi ancha kamayadi. Shunga ko’ra sizot suvning er yuzasiga ko’tarilishi va 
tuproqning sho’rlanish sekinlashadi. Bundan tashqari daraxt ildizlari suvni to’g’ridan to’g’ri erning pastki 
qatlamidan surib olib, yaproqlari orqali  bug’latib yuboradi.  
Tuproq sho’rlanishning oldini olish uchun qo’llaniladigan  tadbirlar har qaysi rayonning tabiiy 
sharoitlariga qarab agronom-melioratorlar maslaxatiga muvofiq o’tkazilishi kerak.(1,48 b.)      
          


 
99
 
 
Adabiyotlar: 
 
1. 
X.A. Abdullaev. Biogeokimyo va tuproq muhofaza asoslari. T.: Ukit. 1989.-128 b. 
2. 
I.Boboxujaev, P.Uzoqov. Tuproqshunoslik. Toshkent.: Mexnat,1995.-512 b. 
3. 
M. Baxodirov. Tuproqshunoslik. Toshkent.: O’qituvchi,1971.-272 b. 
4. 
Sh.Otaboev, M.Nabiev. Inson va biosfera.Toshkent.: O’qituvchi,1995.-312 b. 
5. 
M. Baxodirov. Tuproq va uning unumdorligini oshirish yo’llari. T.: O’zdavnashr,1964.-96 b.    
6.     I.F Livchak., Yu.V.Voronov  Oxrana oqrujayushey sredı.  Moskva. Stroyizdat, 1988.-191 
7. 
V.S. Kosinskiy, V.S. Niklyaev, V.V. Tkachev. Osnovı zemledelya i rastenivodstva. 
 
 
 
 
 
 
MA’RUZA  –  19 
 
Mavzu: O’simliklar va hayvonot dunyosini muhofaza qilish 
 
Reja: 
 
1.  O’simliklarni muhofaza qilish. 
2.  Hayvonlarni muhofaza qilish.  
3.  O’rta osiyo va O’zbekistonning biologik resurslari. 
 
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Fotosintez, Qizil kitob, bakteriya, BMT, YuNESKO, 
qo’riqxona, milliy bog’, davlat buyurtmalari. 
 
O’qituvchining maqsadi: Talabalarga O’simliklarning biosfera va inson hayotidagi ahamiyatini talabalar 
ongiga singdirish. O’simliklarni muhofazasi va «Qizil kitob», uning ahamiyatini yoritib berish. Hayvonlarning 
biosfera va inson hayotidagi ahamiyati haqida tushuncha berish. Hayvonlarni muhofaza qilish yo’llari haqida 
fikr yuritish. Qo’riqxona, davlat buyurtmalari haqida malumot berish. 
O’simliklarni muhofaza qilish. O’simliklar Er yuzidagi hayotning asosi hisoblanadi. Sayyoramizda 
500 ming. dan ortiq o’simlik turlari mavjuddir. 
O’simliklarning tabiat va inson hayotidagi ahamiyatiga ko’ra bir necha guruhlarga bo’linishi mumkin. 
Suv o’simliklaridan inson kam foydalanadi, lekin ular tabiatda kislorod va ozuqa manbai hisoblanadi. 
Bakteriyalar, ayrim qo’ziqorinlar va suv o’tlari tuproqda ham ko’plab uchraydi. Ular tuproqning unumdorlik 
xususiyatiga tasir ko’rsatadi, organizmlar qoldiqlarini parchalaydi. Turlarga eng kambag’ali er osti o’simliklari 
asosan bakteriyalardan iborat bo’lib, 3 km va undan ortiq chuqurliklarda ham uchraydi. Er usti o’simliklari 
turlarga eng boy shuning bilan birga eng ko’p ishlatiladigan va insonning kuchli tasiri ostidagi o’simliklardir. 
O’simliklar fotosintez jarayoni natijasida havodan karbonad angidrid SO
2
 gazini yutib kislorod 
chiqaradi va yiliga 200 milliard tonnadan ortiq organik mahsulot yaratadi. Inson va hayvonlar hayotida asosiy 
ozuqa va kislorodning manbai bo’lgan o’simliklarning ahamiyati katta. 
Biosfera biomassasining eng katta qismi o’rmonlarda to’plangan. O’rmon biotsenozining hamma 
komponentlari o’zaro va atrof-muhit bilan uzviy bog’langan. O’rmonlarda qimmatli hayvon va o’simlik 
turlari jamlangan. YOg’ochdan inson extiyoji uchun zarur bo’lgan 20 mingga yaqin turli mahsulotlar olinadi. 
Inson hayotida dorivor o’simliklar ham muhim rol o’ynaydi. 
Shundan 6000 turidan inson kundalik hayotida foydalanadi. Bundan 1500 turi dorivor o’simlik 
sifatida ahamiyatga ega. 
O’zbekistonda 4 mingdan ortiq yovvoyi o’simlik turlari mavjud bo’lib, shundan 577 tasi dorivor 
o’simliklar, 103 turi bo’yoqdor o’simliklar, 560 turi efir moyli o’simliklar hisoblanadi. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə