Microsoft Word Ecologiya Ma'ruza matni 2007 Îõèðãè Latin rtf



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/51
tarix08.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#36588
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   51

 
20
Hayvonlar faqat harorat omiliga xulqpy tomondan moslashib qolmay, balki namlik, yorug’lik va boshqa 
ko’pchilik ekologik omillariga ham moslashadi. 
Xulqiy moslanishlar yirtqichlarning o’ljani izidan yurish, kuzatish kabilarda hamda o’ljaning javob 
reaktsiyalarida ko’rinadi. 
 
2 - asosiy savol bo’yicha O’qituvchi maqsadi: Ekologik omillar va ularning xillarini talabalarga 
tushuntirish. 
Omil tirik organizmlarga to’g’ridan – to’tri tasir etuvchi muhitning ayrim bir tarkibiy qismidir. 
Ekologik omillar xilma-xildir. Shuning uchun ularni tasniflash zarur bo’ladi. 
Ekologik omillarni abiotik (o’lik tabiatning tasiri), biotik (tirik organizmlar bilan bog’liq bo’lgan tasir) 
va antropogen (inson faoliyati natijasida kelib-chiqadigan tasir) omillarga bo’lib o’rganamiz.  
Abiotik omillarga quyidagilar kiradi: 
1.  Iqlim - harorat, yorug’lik, havo, namlik, radiatsiya, gravitatsiya. 
2. Edafik - tuproq. Tuproqning mexanik va kimyoviy tarkibi, tuproqning fizik xossalari. 
3. Topografik - orografik - relef sharoiti.  
Biotik omillarga esa quyidagilar kiradi: 
 
1.  Fitogen - o’simliklarning o’simliklarga, o’simliklarning hayvonlarga; 
2. Zoogen - xayvoilarning o’simliklarga, hayvonlarning hayvonlarga; 
3. Mikrobogen   -    mikroorganizmlarning o’simlik va hayvonlarga, o’simlik, hayvon, 
mikroorganizmlarning o’zaro bir-biriga tasirida yaqqol namoyon bo’ladi. 
O’simliklarning o’simliklarga tasiri deganda - bir turning ikkinchi turga ko’rsatgan tasiri kiradi. 
Bunday tasir natijasida ular o’sadi, rivojlanadi, urug’-meva hosil qilib, unada kengroq tarqaladi. Demak, 
har bir o’simlik yashash uchun kurashadi. Buning natijasida o’simliklar hayotida parazitlik, simbiozlik (o’zaro 
hamjixatlik) neytrallik kabi munosabatlar kelib chiqadi. 
O’simliklarning hayvonlarga tasiri - bazi bir zaharli o’simliklar va hasharotxo’r o’simliklar 
misolida ko’rinadi. 
Bizga tarkibida zaharli modlalar bor bo’lgan o’simliklar (zaharli ayiqtovon, kampirchopon, kakra, 
bangidevona, mingdevona va h.) hamda 500 ga yaqin o’simliklar (aldrovanda, venerina pashshatutari, 
nepetenis, puzirchatka va b.)ning hayvonlar bilan oziqlanishi fanga malum. Bunday o’simliklar xasharotxo’r 
o’simliklar deyiladi. Ular asosan botqoqlarda o’sadi. Botqoq erlarda azotli moddalar kam bo’lganligi sababli, 
hasharotxo’r o’simliklar bu moddalarga bo’lgan talabini shu erda yashaydigan hasharotlar bilan oziqlanishi 
orqali qondiradi. Buning uchun xasharotxo’r o’simliklar uzoq evolyutsiya davomida maxsus moslanishlarga 
(xasharotlarni tutib hazm qiluvchi) egadirlar. Ularning tuklaridan ferment (suyuqliklar) ajraladi va 
suyuqlik xasharotlarni parchalab xazm bo’lishiga imkon beradi. 
Hayvonlarning o’simliklarga tasiri - ko’pchilik hayvonlar o’simliklar bilan oziqlanganda 
o’simliklarning spora, urug’ va mevalarining tarqalishiga tasir ko’rsatadi. Bazi 
zararkunandalarning esa o’simliklar hayotiga salbiy tasiri hammamizga malum. Masalan: karam kapalagi, 
g’o’za qurti, kartoshka qo’ng’izi, donli ekinlarning zararkunandalari kabilar. 
Hayvonlarning hayvonlarga tasiri - buni tabiatda yirtqich o’lja o’rtasidagi munosabatda aniq ko’rish 
mumkin. Bunda o’lja dushmanidan himoyalanishiga intiladi. 
Mikroorganizmlarning o’simlik va hayvonlar tasirini - bazi kasallik tug’diruvchi mikroblarning 
o’simlik va hayvonlarda turli kasalliklarni keltirib chiqarishda ko’rish mumkin. O’simlik, hayvon, 
mikroorganizmlarning o’zaro tasiri - avvalo ularning tuproqda birgalikda yashashida seziladi. Natijada ular 
o’zaro murakkab munosabatlarda bo’ladilar. Bunday munosabatlar oziqa zanjiridagi biotik munosabatlarda 
yaqqol ko’rinadi. 
 
3 - asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi:  Omilning organizmga tasir kuchini, kritik nuqta, 
ekologik valentlik haqida malum tushuncha berish. Cheklovchi omillar tasirini yoritib berish.  
Ekologik omillar qanchalik xilma-xil bo’lmasin, ularning tirik organizmlarga tasir etishi xarakteri 
nuqtai nazaridan ular uchun umumiy bo’lgan qonuniyatlar mavjud. Omillarning qulay tasir etuvchi kuchi 
optimum zona deb qaraladi yoki optimum deyiladi. Ekologik omil organizmga xaddan tashqari kuchsiz 
(minimum) va kuchli (maksimum) tasir etishi mumkin. Minimum va maksimum chegaralari kritik nuqta deb 
qaraladi. Kritik nuqtalardan ortiq kuch tasirida organizm nobud bo’ladi. 
Muhitning biror omiliga keng doirada moslashgan zkologik turlarga evri old ko’shimchasini ko’shib, tor 
doirada moslashganlarga steno old ko’shimchasini ko’shib nomlanadi. Haroratga nisbatan evriterm, 
stenoterm; namlikga nisbatan evrigidrid, stenogidrid; sho’rlanishga nisbatan evrigal, stenogal, bosimga 
nisbatan evribat, stenobat, yorug’likga nisbatan evrifot, stenofot kabi ekologik guruhlarga ajratiladi. 


 
21
Kritik nuqtalar orasidagi chidamlik chegarasi mavjudodlarning muhit omillariga nisbatan ekologik 
valentligi hisoblanadi. Tashqi muhitning turli omillariga nisbatan ekologik valentliklar yig’indisi turning 
ekologik spektrini tashkil etadi. 
Organizmlarning normal hayoti uchun malum darajada sharoit talab etiladi. Agar barcha sharoitlar 
qulay bo’lib, ulardan biri etarli miqdorda bo’lmasa, uni cheklovchi omil deb ataladi. Cheklovchi omil 
organizmni ushbu sharoitda yashashi yoki yashay olmasligini belgilab beradi. 
1840 yilda ximik-organik, agrokimyo asoschilaridan biri Yu.Libix o’simliklarning mineral 
oziqlanish nazariyasini ilgari suradi. U shu narsani aniqladiki, o’simliklarning rivojlanishi faqat organizm 
uchun etarli miqdorda bo’lgan kimyoviy elementlar yoki moddalarga bog’liq bo’lib qolmasdan, balki 
etishmaydiganlarga ham bog’liq bo’ladi. Masalan: ortiqcha suv yoki azot-tuproqda mikromiqdorda 
uchraydigan temir va bor etishmasligining o’rnini bosa olmaydi. Libix o’zining «minimum qonuni»ni 
shakllantirdi. Bunga asosan - tuproqdagi minimum miqdorda uchraydigan oziq moddalarning miqdorini 
albatta oshirish kerak. 
«Minimum qonuni» faqat o’simlik uchungina xos bo’lmasdan, balki insonga ham xosdir. Inson 
salomatligi o’ziga xos moddalar bilan aniqlanadi, odatda bu moddalar organizmda judayam kam miqdorda 
uchraydi. Agarda bu moddalarning miqdori mumkin bo’lgan minimum chegarasidan ham pastga tushib ketsa, 
inson uning etishmasligini vitamin yoki mikroelement istemol qilishi bilan to’ldiradi. 
Amerikalik olim V.Shelfordning ko’rsatishicha, - faqat minimumdagina uchrovchi moddalar emas
balki ortiqcha element ham hosildrrlik yoki organizmlarning hayotiyligini aniqlashi mumkindir. 
V.Shelford bo’yicha - ortiqcha yoki etishmaydigan omillar - chegaralovchi bo’lib, bunga 
chegaralovchi omil, yoki «tolerantlik qonuni» deb ataladi. 
Minimum va maksimum chegaradan tashqariga chiqadigan omillar - cheklovchi omillardir. 
Turlarning shimolga tomon siljishiga harorat omilining etishmasligi tasir etsa, qurg’oqchil 
rayonlarda (janubda) namlik yoki yuqori haroratning tasiri cheklovchi hisoblanadi. Demak, cheklovchi omillar 
turlarning geografik tarqalishni ham belgilaydi. Cheklovchi omillar faqatgina abiotik omil bo’lib qolmasdan, 
balki biotik omillar ham bo’lishi mumkin. Gulli o’simliklar turlarini biror joyga iqlimlashtirishda ularni 
changlatuvchi hasharotlar cheklovchi omil bo’ladi. Cheklovchi omillarni aniqlash amaliy jihatdan muhim 
ahamiyatga ega. 
Mustaqil ish topshiriqlari: 
Ekologik omil xillarining organizmga tasir etishini kuzatib, daftarga yozib boring. 
Antropogen omillarning tashqi muhitga masirini kuzating. Yashash joyingizdagi suv havzasini kuzating. 
Undagi o’simliklar turidan gerbariy olinib, suv o’simliklari kuzatiladi. Adabiyotlardan foydalanib nomi 
aniqlanadi. Shu bilan birgalikda u erda uchraydigan hayvonlarni ham kuzatish mumkin. To’plangan malumotlar 
asosida suv havzasining kuchli yoki kuchsiz ifloslanishini bilib, u erga qanday sanoat chiqindisi yoki insonlar 
tamonidan ifloslanganligini, bunga qarshi qanday choralar ko’rish mumkinligi haqida o’ylab ko’rish lozim 
bo’ladi. 
Manba: V.A.Radkevich. Ekologiya. Minsk. «Vısshaya shkola», 1983. 37-44 b. 
A.S.To’xtaev. Ekologiya. T. O’qituvchi, 1998. 30-366. N.M.Chernova, A.M.Bılova. Ekologiya.                M. 
Prosveshenie, 1988. 11-17 b. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. V.A.Radkevich. Ekologiya. Minsk. «Vısshaya shkola», 1983. 37-44 b. 
2. N.M.Chernova, A.M.Bılova. Ekologiya. M. Prosveshenie, 1988.11-17 b. 
3. A.S.To’xtaev. Ekologiya. T. O’qituvchi, 1998. 30-36 b. 
 
 
 
 
 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə