Microsoft Word Ecologiya Ma'ruza matni 2007 Îõèðãè Latin rtf



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/51
tarix08.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#36588
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   51

 
36
YOnbag’irlari tik bo’lgan erlarni noto’g’ri haydash suv eroziyasi jarayonini juda ham tezlashtiradi. 
Bunday erlarni ko’ndalangiga haydash, iloji boricha bir yillik ekinlarni kamroq ekish kerak. 
Suv eroziyasi – tuproq hosildor ustki qavatining yomg’ir, jala va qor suvlaridan hosil bo’lgan oqimlari 
bilan yuvilishidir. Bu xodisa natijasida er yuzasida chuqurchalar, jarlar hosil bo’ladi. 
Suv eroziyasining xavfli turlaridan biri sel hodisasidir. Kuchli jala natijasida vujudga keladigan oqim 
bo’lib, tuproqni yuvish bilan birga o’z yo’lida uchragan hamma narsani olib ketadi, juda ko’p erlarni ishdan 
chiqaradi. Natijada qishloq xo’jaligi katta zarar ko’radi. Shamol eroziyasini - defalyatsiya deb ham ataladi, 
yunon tilidan olingan bo’lib – puflayman  degani. 
Bunda er yuzasidagi tuproq va jinslarning mayda, kuruq zarrachalari shamol tasirida emirilib, 
uchirilib, boshqa joylarga ko’chiriladi. Shamol tuproqning chirindili ustki hosildor qismini, bazan esa 
xaydalgan qismini butunlay uchirib ketadi, natijada tuproqdagi o’simlikning o’sishi uchun zarur elementlar 
kamayib, tuproqning hosildorligi juda ham pasayib ketadi va ishdan chiqadi. Shamol eroziyasi O’rta Osiyo 
tekislik qismida Qozog’iston, Shimoliy Kavkazda, Rossiya va G’arbiy Sibir tekisliklarining janubida keng 
tarqalgan. 
Shamol eroziyasining vujudga kelishnga malum rayonda kuchli shamollarning esishi, iqlimning 
qurg’oqchiligi, tuproqning mexanik tarkibi va chirindining kamligi, o’rmonlarni plansiz, kesilishi chorva 
mollarini surunkasiga bir joyda boqish va boshqalar asosiy sababchidir. 
Agar Qizilqum va Qoraqumda mollar surunkasiga bir joyda boqilsa 3 - 4 yil ichida qum ko’chib 
barxanlar vujudga keladi. O’sha barxanlarni to’xtatish uchun o’simliklar ekilsa, 15 - 20 yil  kerak bo’ladi. 
Shamol eroziyasi maxalliy va chang bo’ronli kabi ikki turga bo’linadi: 
  Maxalliy shamol eroziyasi - chang bo’ronli bo’lmasdan shamolga ro’para karagan erlarni asta -cekinlik 
bilan emirilib, uchirib boradi.  Natijada,  malum  vaqtdan so’ng o’sha joylardagi tuproq kam hosilli 
erlarga aylanadi. 
  Chang bo’roili eroziya - juda kuchli shamol natijasida sodir bo’ladi. Bunda nuragan chang to’zonli 
zarrachalar havoga ko’tarilib, havo tarkibini o’zgartirib, qorong’ulashtirib yuboradi. Bunday shamol 
eroziyasi har 3 - 5,  10 - 20 yilda qaytarilishi mumkin. 
  
Bu ko’rinishdagi eroziya tufayli 1 - 2 va hatto 2 - 25 sm qalinlikdagi ustki qismi uchib ketadi. 
Natijada qishloq xo’jalik ekinlari nobud bo’ladi. 
Orol sathining pasayishi tufayli anchagina maydonni tuz bosgan. Chang bo’ronlar sho’r tuzlar va 
qumlarni uzoq masofalarga, jumladan quyi Amudaryoga olib borib, sug’oriladigan erlarning sho’rligini 
oshirmoqda. 
O’rta Osiyoda shamol eroziyasi natijasida qumlar ko’chib, barxanlar vujudga kelgan, hosildor vodiylarga 
qum bostirib kirishi hollari ham bor. Qumlarning voxaga bostirib kirishi natijasida qadimda obod bo’lgan 
Quyi Zarafshon va Quyi Amudaryodagi sug’oriladigan erlarning bir qismi hozir ham qum ostida qolgan. 
Suv eroziyasi – ko’proq tog’ oldi va tog’li mintaqalarda, shamol eroziyasi - tekisliklarga imatiladi. 
Eroziya jarayonining oldini olmsh va unga qarshi kurash uchun: o’simliklar qoplamini tiklash, agrotexnik 
tadbirlarni to’g’ri olib borish, yashil himoya zonalarini barpo qilish, agrotexnik tadbirlarni rejali o’tkazish 
va boshqalar kiradi. 
Sug’oriladigan dexqonchilik rayonlarida tuproqlarning sho’rlanishi asosiy ekologik muammolardan 
hisoblanadi. Tuproqlarning sho’rlanishi - sug’orishni noto’g’ri olib borganda er osti suvlari sathining 
ko’tarilishi natijasida ro’y beradi. Birlamchi va ikkilamchi sho’rlanish kuzatiladi. Ikkilamchi sho’rlanishda 
suv kapilyar orqali ko’tarilib, tuzi tuproqda qoladi yoki ortiqcha sug’orish natijasida grunt suvlari erigan 
tuzlar bilan sho’rlanadi. Ikkilamchi sho’rlanish ko’proq zarar etkazadi. 
O’zbekistonda mavjud sug’oriladigan erlarning 50 % dan ortiqrog’i sho’rlangan. Ayniqsa, 
Qorakalpog’iston Respublikasi, Buxoro, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari tuproqlari kuchli sho’rlangan. 
Tuproqda chirindi miqdori 30 - 50 % gacha kamaygan. 2 mln. ga dan ortiq, erlar eroziyaga uchragan. 
Bunday erlar Farg’ona, Surxondaryo, Qashkadaryo viloyatlarida keng tarqalgan. 
Tuproqlarning pestitsidlar bilan ifloslanish darajasi ham yuqori. Bunga asosiy sabablardan biri 
uzoq vaqt davomida paxta yakka xukmronligidir. Oxirgi yillarda paxta maydonlarining kamaytirilishi, 
almashlab ekishning kengroq joriy qilinishi, mineral o’g’itlarni ishlatishni meyorlab sho’rilishi va 
boshqa tadbirlar tuproqlar holatining yaxshilanishiga olib kelmoqda. 
Sho’rlanishning oldini olish uchun zovurlar o’tqaziladi, erlarning sho’ri yuviladi. Tuproqlarning 
botqoqlanishi – asosan namlik ko’p joylarda kuzatiladi. Suv omborlari atrofidaham botqoqlangan 
uchastkalar vujudga keladi. 
Er yuzasining qurg’oqchil rayonlarida erlarning inson xo’jalik faoliyatida noto’g’ri foydalanish 
oqibatida uning tabiiy xususiyatlari yomonlashib cho’llanish jarayoni boshlanadi. 


 
37
20 – asr  tarixida Afrikadagi Saxroi Kabirdagi Soxil mintaqasida 1968 - 73 yillarda bo’lib o’tgan 
falokatli cho’llashish xodisasi o’chmas iz qoldirdi. Shu yillarda qurg’oqchilik nixoyatda kuchli bo’lgan. 
Tabiiy yaylovlar nam etishmasligi tufayli qurib, mahsuldorlik keskin kamayib ketgan, buta, daraxtlar qurigan. 
Oqibatda dexqonchilik yaylov chorvachiligi bir necha yillar mobaynida katta zarar ko’rdi, aholi o’rtasida 
ochlik va o’lim avj oldi. Inson tasirida tashkil topgan cho’llarning jami maydoni 9,1 mln. km
2
 ni tashkil qiladi. 
 
 
 
Cho’llanish Osiyo, Afrika, Avstraliya mamlakatlarida kuchli darajada sodir bo’lmoqda. Olib borilgan 
hisob - kitoblarga qaraganda keyingi 20 yil mobaynida butun dunyoda cho’llanish natijasida etkazilgan 
umumiy zarar 520 mlrd. AQSh dollarini tashkil qiladi. 
Resggublikaning 70 % dan ortiq xududi cho’l va chala cho’l mintaqalarida joylashganligi sababli 
sug’oriladigan erlarda sho’rlanish, shamol va suv eroziyasi, yaylovlarda er osti suvlari sathining ko’tarilishi 
kabi xodisalar keyingi vaqtlarda katta maydonlarda ro’y bermoqda. Buning oqibatida qishloq xo’jaligida 
foydalaniladigan erlarning maxsuldorligi borgan sari pasayib, oziq  vqat,  em - xashak, sanoat xom - ashyolarini 
etarli miqdorda etishtirib berish  murakkablashmoqda.  
Cho’llanish hodisasi bilan yagona ilmiy dastur asosida barcha joylarda muntazam kurash olib borish shu 
kunning dolzarb masalasiga aylangan. Bu borada O’zbekistonda hozirgacha malum darajada amaliy ishlar 
bajarilmoqda. O’zbekistan Respublikasi cho’llanishga qarshi kurash Xalqaro konventsiyasiga imzo chekkan. 
Undan tashqari respublikada er va er resurslaridan foydalanishni tartibga solish maqsadida 
«O’zbekiston Respublikasida Er to’g’risida»gi qonun qabul qilingan. 
  
Mustaqil ish topshiriqlari: 
1. O’zbekistan tuproqlari  va ulardan  foydalanishning ekologik  muammolari  mavzusida referat 
tayyorlash. 
2. 
Yashaydigan joyingizda suvdan foydalanish muammolarini gapirib bering. 
Manba: P.Baratov. Tabiatni muhofaza qilish. T. «O’qituvchi» 1991. 124-155 b. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.  P.Baratov. Tabiatni muhofaza qilish. T. «O’qituvchi» 1991. 124-155 b. 
2.  A.A.Rafiqov. Geoekologik muammolar. T. «O’qituvchi» 1997. 111b. 
3.  X.T.Tursunov. Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish. Tosh. Universitet 1997. 34-37b 
4. A.S.To’xtaev. Ekologiya. T. «O’qituvchi», 1998. 50 - 53  b. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə