Microsoft Word Ecologiya Ma'ruza matni 2007 Îõèðãè Latin rtf



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/51
tarix08.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#36588
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   51

 
42
glalashib uzoq tropik mamlakatlarga uchishga xozirlana boshlaydi. O’simliklarda xazonrezgilik kuzatilib
qushlar uchib ketadi. Hasharotlar va umurtqasiz hayvonlar uchramay qoladi. 
Sovuq boshlanishidan avval tana haroratini boshqara olmaydigan organizmlar tinim holatiga 
o’tadi. Umurtqali hayvonlar, qushlar va sut emizuvchilarning qish mavsumiga moslashishi kuzatiladi. 
Ular kuzda tullaydi, qalin va uzun, hatto oq rangdagi yunglar va tivit hosil qiladi. Qushlar pat chiqaradi. 
Qishda etarli ozuqa topa olmaydigan hayvonlar, ko’rshapalaklar, kemiruvchilarning ko’pchilik vakillari, 
bo’rsiqlar, ayiqlar uyquga ketadi. 
 
 
Suvda suzadigan xasharotxo’r parrandalar qishda ozuqa topib eya olmaydilar, shuning uchun ular 
mavsumiy migratsiya qilishga majbur, bularning hammasi muhitning kunlik, oylik va yillik maromlariga 
organizmlarning bergan javobi hisoblanadi. 
Har bir turning yillik maromi tabiiy tanlanish natijasida kelib chiqadi. Jadal o’sish va rivojlanish davri 
ko’payib, qishgi tayyorgarlik va qishlash davrining muayyan tartib va muddati yillik maromni tashkil etadi. 
Yillik maromlar ko’pchilik turlarda endogen xarakterga ega va tsiklik maromlar deyiladi. 
 
Mustaqil ish topshiriqlari: 
1.  Insonlarning tabiatga tasiri oqibatlarini (talabalar yashab turgan joylari misolida) tahlil qilib daftarga 
yozish. 
2. Biomaromlarning tirik organizmlar hayotida qanday ahamiyati borligini tahlil qilib daftarga yozish.                 
                                 Manba: A.S.To’xtaev. Ekologiya. T. «O’qituvchi» 1998. 59 – 64 6. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Yu.Shodimetov. Ijtimoiy ekologiyaga kirish. T. «O’qituvchi», 1994. 165-172 b. 
2. A.S.To’xtaev. Ekologiya. T. «O’qituvchi», 1998, 58-63 b. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
43
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
MA’RUZA  –  8 
Mavzu: Organizmlarning hayot shakllari 
 
Reja: 
 
1. Hayot shakli tushunchasi. (Lavrenko, Varming, Serebryakov bo’yicha tariflar). 
2.  K. Raunkier bo’yicha o’simliklar hayot shakli klassifikatsiyasi. 
3.  Hayvonlarning hayot shakllari.  
 
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:  Hayot shakli, ekobiomorf, fanerofit, hamefit, 
gemikriptofit, kriptofit, terofit, gelofit, gidrofit, buta, butacha, efemer, nekton, plankton, bentos, gigrofil, 
kserofil, aerobiont. 
 
1 – asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi:  Hayot shakli tushunchasini tariflab berish. 
Lavrenko, Varming, Serebryakov bo’yicha hayot shakli tushunchasini tariflash va talabalar ongiga singdirish.  
O’simlik va hayvonlarning atrof - muhitning asosiy omillariga nisbatan morfologik moslanishlari va aniq 
bir yashash tarzi organizmlarning hayot shakllari deyiladi. 
Organizmlarning uzoq tarixiy rivojlanish jarayonida ular yashab turgan muhitga mos ravishda har 
xil morfologik va biologik moslanish xususiyatlari kelib chiqqan. Mana shu moslanish xususiyatlari ularda 
malum tashqi kiyofani ham vujudga keltirgan. 
Hayot shakllari dastlab o’simliklarda ajratilgan bo’lib, bunga doyr turli tasniflar va sxemalar mavjud 
bo’lib, bunday tasniflash Teofrast davridan boshlangan. Teofrast barcha o’simliklarni - daraxt, buta, chala buta 
va o’t o’simliklarga ajratadi. 
Demak, har-bir o’simlik muayyan ekologik va biologik xususiyatlariga, shakl va o’lchamga yoki 
E.M.Lavrenko tarificha – ekobiomorfga egadir. 
«Hayot shakli» terminini birinchi bo’lib 1884 yil daniyalik botanik E.Varming tamonidan qo’llangan. U 
«hayot shakli» deganda: - o’simlik vegetativ tanasining butun hayoti davomida tashqi muhit bilan 
garmoniyada ekanligini, beshikdan to qabrgacha yoki urug’dan toki xalok bo’lguncha bog’liq shaklni 
tushunadi. 
O’simliklar ekologiyasida bu terminning sinonimi sifatida «ekobiomorf», «biotip», «o’sish shakli», 
«epimorf» kabilar ishlatiladi. 
I.G.Serebryakov hayot shakli haqida yanada mukammal tushuncha berib, o’simliklarning «hayot 
shakli» deganda – malum tashqi muhit sharoitida o’simliklar guruhining o’sishi va rivojlanishi 
natijasida kelib chiqadigan umumiy ko’rinish (qiyofasi, gabitusi)ni tushunadi. Ana shunday qiyofa ayni 
tuproq, iqlim sharoitlariga moslanish ifodasi sifatida tarixan kelib chiqqandir. «Tur» va «hayot shakli» 
tushunchalarini aralashtirib yuborish mumkin emas, chunki har bir turning o’zi turli ekologik sharoitda har xil 
hayot shakllariga ega bo’lishi mumkin. Masalan: ko’pchilik daraxtlar yashash joyi atrofida buta yoki yotib 
o’sadigan shakllarni hosil qilishi mumkin. Boshqacha aytganda, - yashash sharoiti – ekologik  omillar 
(iqlim, tuproq va hakazo) o’zgarishi bilan hayotiy shakllar ham o’zgaradi. 
Ikkinchidan, turli floristik mintaqalarda iqlim, tuproq va boshqalar o’xshash bo’lgan sharoitda 
sistematik jixatdan bir-biridan uzoq bo’lgan turlar - o’xshash, analogik, konvergent hayotiy shakllar hosil qiladi. 
Masalan: Markaziy Amerikada sukkulent, kaktussimon shakllar xaqiqiy kaktuslardan hosil bo’lgan yoki baland 
tog’larda turli sistematik guruhlar orasida ancha bir-biriga o’xshash  yotiqsimon hayot shakllarini kuzatish 
mumkin. 
 
2-asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi:  O’simliklarning K.Raunkier bo’yicha hayot shakli 
klassifikatsiyasini talabalarga gapirib berish. 


 
44
O’simliklarning hayot shakliga doir turli tasniflar va sxemalar mavjud bo’lib, shulardan biri xozirgacha 
keng tarqalgan, yashab kelayotgan sxema daniyalik botanik K. Raunkier (20 – asrning boshlarida  1903 -1905) 
sxemasi hisoblanadi. 
Raunkierning klassifikatsiyasi nimaga asoslangan? 
Bu tasniflash – o’simliklarda yangilanib turadigan organlarining, ayniqsa, kurtakning joylanishiga va 
ularning qishning noqulay sharoitidan saqlanishiga yoki qurg’oqchilikdan himoyalanishiga asoslanadi. Ana shu 
belgiga asoslanib er yuzidagi barcha o’simliklarning hayot shakllari 7 turga bo’lib o’rganiladi: 
 
 
1.   Fanerofitlar  (Rh) - faneros yunoncha (yaqqol ko’rinib turuvchi) degan manoni beradi. Bu 
daraxt va butalar hisoblanib, ularning kurtaklari er yuzidan ancha balandlikda joylashgan. 
Qishda novdalari saqlanib qolinadi. Sovuqdan nobud bo’lmaydi. 
2.   Hamefitlar  (Sh) (hame – past, er bag’irlovchi ) manosini beradi. Mayda va chala butachalar 
kiritilib, ularning kurtaklari er yuzasiga yaqin joylashadi, sirti esa qalin tangachalar bilan 
koplanadi, qishda qor bilan qoplanadi, novdalari saqlanib qolinadi. (teresken, izen, keyreuk). 
3.   Gemikriptofitlar (NK) (gemi – yarim, kreptos - yashirin degani). Bular ko’p yillik o’tsimon 
o’simliklar hisoblanadi. Kurtaklari er sathi bilan barobar joylashadi, to’kilgan barg va 
qurigan novdalar bilan himoyalangan bo’ladi. Er ustki massasi qishda qurib ketadi. (beda, yantoq, 
ko’ng’irbosh, o’tloq o’simliklari). 
4.   Kriptrfitlar  (K) (Kriptos – yashirin degani). Ko’p yillik o’t o’simliklari bo’lib, er ustki 
organlari qishda butunlay qurib qoladi, yangilanuvchi kurtaklari er ostida, har-xil chuqurlikda, 
er ostki organlarida, yani tugunaklar, ildizpoyalar, piyozboshlarida saqlanib qoladi. (lola, 
boychechak, chuchmoma, iris, nartsiss, er noki - topinambur). 
5.   Terofitlar  -  (Th) (tero – yoz degan manoni beradi). Bir yillik o’simliklar bo’lib, ularning 
er ustki va er ostki organlari qishda qurib qoladi, faqat urug’larigina qishlab chiqadi. Urug’ 
yordamida ko’payadi. Urug’larigina qish va qurg’oqchiliqga chiday oladi. (bug’doy, arpa, mosh). 
6.   Gelofitlar - botqoqlik o’simliklari bo’lib, ularning kurtaklari joylashgan, vegetativ 
organlari suvdan ko’tarilib turadi. 
7.   Gidrofitlar - Gulli o’simliklar bo’lib, kurtaklari suv ostida vegetativ novdalari suvda 
joylashadi. 
Raunkier klassifikatsiyasidan tashqari o’simliklarning tashqi kurinishiga asosan ham klassifikatsiyalash 
ham keng tarqalgan: 
  Daraxtlar 
  Butalar. 
  Butachalar. 
  Chala butachalar. 
  Efemerlar.  
  Lianalar. 
  YOstiqsimon o’simliklar. 
 
1. – Daraxtlar. Ko’p yillik, er ustki qismlari yog’ochlashgan, balandligi ikki metrdan kam 
bo’lmagan, asosiy tanasi yaxshi shakllangan o’simliklar (terak, chinor, olma, karag’ay va boshqalar). 
2. – Butalar. Ko’p yillik, er ustki organlari yog’ochlashgan, ammo yog’ochlanishi er yuzasidan 
boshlangan hamda asosiy tanasi yaxshi ifodalanmagan o’simliklardir (namatak,  maymunjon, nastar, 
atirgul va boshqalar). 
3. – Butachalar. Ko’p yillik, past buyli, tanasi yog’ochlashmagan, balandligi yarim metrdan oshmaydigan 
o’simliklardir. 
4. – Chala butachalar. Ko’p yillik o’simliklar bo’lib, faqat poyasining ostki qismi yog’ochlashgan. 
Poyasining yuqori ustki qismi har yili kuzga borib qurib qoladi. (shuvoq, izen) 
5. – Efemerlar. Vegetatsiyasini yoz oylari boshida tugatadigan (lola, boychechak, yovvoyi piyoz va b.) 
o’simliklar. 
6. – Lianalar. Poyasi nozik, uzun bo’lib, bular boshqa o’simliklarga o’ralgan holda o’sadi. (tok, pechak. 
ilonchirmoviq va b.) 
7. – YOstiqsimon o’simliklar. O’ziga xos o’sish va shoxlanish xususiyatiga ega bo’lib, sharsimon yoki 
yostiqsimon shaklni o’sadi. Bular cho’l va yaylov sharoiti uchun xosdir. (astragallar, bo’ritikonlar va h.). 
Raunkier o’z ishlarida statistik usullarni qo’llab hayot shakllari  guruhlarining iqlim sharoitiga 
bog’liq holda tarqalishini ko’rsatib beradi. O’simlik jamoasida turlarning hayot shakllari bo’yicha foiz 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə